Reja Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni


Download 173.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana13.02.2023
Hajmi173.65 Kb.
#1193932
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Ma\'ruza (1)



Mavzu: Fizikadan sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va tashkil etish 
usullari. 
 
Reja 
1. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. 
2. Fizikadan to‘garaklar tashkil etish. 
3. Fizikadan kecha, anjuman, viktorina uyushtirish. 
4. O‘tkir zehnlilar mashqini tashkil etish va o‘tkazish. 
5. Fizikadan ro‘znomalar chiqarish. 
6. O‘quv ekskursiyalari. 
 
 
Tayanch iboralar: to„garak, ish reja, sinfdan tashqari mashg„ulot, fizik 
kecha, texnik taraqqiyot, olimpiada, anjuman, viktorina, o„tkir zehnlilar mashqi
ro„znoma, o„quv ekskursiyalar.
1. Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. 
Fizikadan o„tkaziladigan sinfdan va maktabdan tashqari mashg„ulotlar 
o„quvchilarni politexnik saviyasini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash 
hamda ijodiy qobiliyatlarini oshirish uchun xizmat qilishidan tashqari fizika 
darsiga bo„lgan qiziqishini orttiradi. Ular o„quvchilarning qiziqishlarini hisobga 
olgan holda tashkil qilinadi. Buning uchun o„qituvchi avval fizikadan to„garak 
tashkil etadi. To„garakda o„quvchilarni yig„ib to„garak ish rejasini tuzadi. Bunda 
o„quvchilar qiziqishini e‟tiborga olish shart. To„garakning nomi qachon, qancha 
vaqt davomida o„tkazilishini kelishib oladi.
Sinfdan tashqari mashg„ulotlar tartibli yoki tasodifiy ravishda bo„lishi 
mumkin. Tasodifiy ravishda o„tkaziladigan mashg„ulotlarga fizika va texnika 
sohasidagi esdalik sana yoki ajoyib voqealarga bag„ishlangan fizika kechalari
qiziqarli fizika kechalari, olimpiadalari, anjumanlar va hokazolar kiradi. 
Fizikadan o„tkaziladigan kechalar - bu maktabda sinfdan tashqari ishlarni 
rivojlantirib yuborish uchun xizmat qiladi. Fizikadan o„tkaziladigan kechalar 
fizikaning ko„p sohalari bo„yicha o„quvchilar bilimlarini chuqurlashtirishga
kengaytirishga xizmat qiladi. Ba‟zi o„quvchilar fizika kechalari uchun zarur 
bo„lgan ayrim ma‟ruzalarini, boshqalari tajribalarni, uchinchilari kecha mavzuiga 
bag„ishlangan ro„znomalar tayyorlaydilar. Fizikadan o„tkaziladigan kechalar 
yaxshi o„ylab ko„rilishi, aniq tashkil etilishi kerak. Fizika kechalarining mavzusi 
turli-tuman bo„lishi mumkin, kecha fizikaning biror bo„limini, fan-texnikaning 


yutug„iga fizika fani taraqqiyotiga katta xissa qo„shgan olimlarning hayoti va 
faoliyatiga, turli tajribalarga, qiziqarli fizikaga bag„ishlangan bo„lishi mumkin.
Agar qiziqarli fizika kechasiga g„olibni yoki g„oliblar gruppasini 
aniqlaydigan musobaqa, yoki konkurs shakllari berilsa, kechalar ayniqsa qiziqarli 
o„tadi. Kecha taxminan 1-2 soat davom etadi.

Download 173.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling