Reja Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni
Download 173.65 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Ma\'ruza (1)
6. O‘quv ekskursiyalari.
1. Umumiy o„rta ta‟lim maktablarida darslardan tashqari mashg„ulotlarning muhim va majburiy shakli bu o„quv ekskursiyalaridir. O„quv ishlab chiqarish ekskursiyalari fizika hodisalarini ularning o„zaro bog„liqligida, ular hayotda, ishlab chiqarishda qanday ko„rinishda bo„lsa, insonlarga xuddi shunday ko„rinishda uchrashini ko„rsatishga imkon beradi hamda ekskursiyalar ilmiy bilimlarning hozirgi zamon ishlab chiqarishidagi ulkan rolini ko„rsatib beradi. Bu esa o„quvchilarga politexnik ta‟lim berish va ularni kasbga yo„naltirish uchun muhim ahamiyatga ega. Ekskursiyalar jarayonida o„quvchilar ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlardagi hozirgi zamon texnika taraqqiyotining asosiy yo„nalishlari, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va kompyuterlashtirish bilan tanishadilar, ilg„or ishchilar, injenerlar, yangi texnika va texnologiya ijodkorlari bilan bevosita uchrashadilar. Bu uchrashuvlar o„quvchilarga katta tarbiyaviy ta‟sir ko„rsatadi. Ekskursiyalarni tashkil etishning asosiy jarayoni ularni sinfda o„rganiladigan o„quv materiali bilan bog„lash hisoblanadi. Ekskursiyalarni tashkil etish dasturda ko„rsatilgan bo„lishi lozim. Ekskursiyalar boshqa fanlar bo„yicha ham o„tkazilishini nazarda tutib, o„quvchilar ekskursiyalar bilan qiynalib qolmasliklarini hisobga olib, ayrim ekskursiyalarni ximiya, biologiya, geografiya o„qituvchilari bilan birgalikda o„tkazish ham mumkin. Bir qancha hollarda bunday ekskursiyalar odatdagi ekskursiyalarga nisbatan ayrim afzalliklarga ega bo„ladi. Ko„p texnologik jarayonlar turli fizik, ximik va biologik hodisalarning butun kompleksi bilan belgilanadi. Shuning uchun fizik, ximik, biologik hodisalarning o„zaro bog„liqligi shunday ekskursiyalar vaqtida juda aniq va to„liq ko„rinadi. Har qanday ishlab chiqarish ekskursiyasi o„qituvchidan oldindan tayyorgarlikni talab qiladi. U o„zi ekskursiya olib borishi uchun ekskursiya ob‟yekti bilan tanishib chiqishi kerak. Ayrim hollarda ekskursiyani olib borish uchun korxona mutaxassisidan foydalanish mumkin. Buning uchun o„qituvchi mutaxassis texnik ob‟yektlarining tuzilishi va shakllanishining fizik prinsiplarini o„quvchilarga tushunarli qilib yetkazib berishiga ishonch hosil qilishi kerak. Ekskursiyani o„tkazishning aniq rejasi quyidagicha: ekskursiyalar oldidan takrorlash uchun fizikadan savollar ro„yxatini berilgan ketma-ketlikda ko„rib chiqish uchun ob‟yektlarni, o„quvchilar ekskursiya davomida bajarishlari lozim bo„lgan topshiriqlarni va nihoyat, ekskursiya natijalarini yakunlash uchun savollar ro„yxatini tuzib olishlari muhimdir. O„qituvchi ekskursiya oldidan bolalar bilan qilgan suhbatida mo„ljallangan ekskursiyaning aniq sharoitlariga qo„llash bo„yicha o„quvchilarning fandan bilimlarini sistemalashtiradi. Bunda asosiy masala ekskursiya jarayonida tanishish lozim bo„lgan hodisalarning fizik mohiyatini ochishdan iborat bo„ladi. O„quvchilarga topshiriqlar berish bilan birga, ularni bajarish jarayonida o„quvchilar ekskursiya davomida olgan ma‟lumotlarni, ko„rib chiqilayotgan elektrostansiya haqidagi ma‟lumotlarni hozirgi zamon gigant elektrostansiya ko„rsatkichlari bilan taqqoslay va baholay olishlarini ham o„rgatish kerak. O„quvchilarga ortiqcha topshiriqlar berish tavsiya etilmaydi, chunki bu ularning atrofidagi hodisalarga tabiiy qiziqishlarini bo„g„ishi, kuzatuvchanlik xislatlariga xalaqit berishi mumkin. Ekskursiya vaqtida olingan hamma ma‟lumotlarni o„quvchilar yozib olishsa va uni yakunlovchi suhbatgacha saqlashsa yaxshi bo„ladi. Ekskursiya haqida yozma hisobot talab qilish kerak emas. Ekskursiya vaqtida ta‟mirda bo„lgan mashina, mexanizm yoki uning qismlarining ichki tuzilishini ko„rib chiqish kerak. Agar bunday qilish mumkin bo„lmasa, u holda yakunlovchi suhbatda mashina yoki mexanizmning ichki tuzilishini tushunishga yordam beradigan plakatlarni, diapozitiv va kinofilmlarni o„quvchilarga ko„rsatish juda yaxshi natija beradi. Ekskursiyalarga yakun yasashni navbatdagi darsda bajarilsa, bu o„rganilgan materialni takrorlash va umumlashtirish turidagi dars bo„lishi mumkin. Bunda o„quvchilarning javoblari baholanishi kerak. Bu o„quvchilarning darsdagi aktivligini oshiradi va ularda ekskursiyalarga o„quv mashg„ulotlarining ma‟lum shakli sifatida javobgar munosabatda bo„lishni tarbiyalashga yordam byeradi. Muhokamaning ta‟sirchan o„tishi ko„rilgan narsalarga o„quvchilar o„zlarining shaxsiy munosabatlarini ochib tashlashlari, nima ularga yoqqani, nima ularni hayratda qoldirgani, bular ularning kelajaklari uchun qanday ahamiyatga ega bo„lishligi haqida gapirishlari juda muhimdir. 2. Fizikadan ekskursiyalar ko„pincha u yoki bu texnik ob‟yektlarning fizik prinsiplarini o„quvchilar o„rganganlaridan keyin yakunlovchi sifatida o„tkaziladi. Biroq ayrim hollarda ekskursiyalarni oldindan o„tkazish ham o„zini oqlaydi. Agar ekskursiya ob‟yekti yetarlicha sodda va o„quvchilar uchun tushunarli bo„lsa va zamonaviy korxona bilan tanishish uchun uyushtirilgan ekskursiya fizika predmetining ma‟lum temasiga qiziqish uyg„otishi mumkin bo„lsa, bunday ekskursiyalarni o„tkazish mumkin bo„ladi. Hozirgi zamon mashinasozlik zavodiga, elektrostansiyaga, metallurgiya kombinatiga, shuningdyek, EHM korxonalari, transport, aloqaning yirik korxonalariga va qishloq xo„jaligiga ishlab chiqarish ekskursiyalarini tashkil etish eng maqsadga muvofiqdir. Agar faqat kichik korxonalarga, tegirmonga, sut yoki g„isht zavodiga, avtomobillarni remont qiladigan ustaxonaga, temirchilik sexiga borish imkoniyati bo„lsa, u holda bunday imkoniyatdan ham foydalanish kerak. Masalan, 8 sinfda fizika o„rganishning oxirida avtomobillarni remont qiladigan garaj yoki ustaxonaga ekskursiya tashkil etish mumkin bo„ladi. Ekskursiya vaqtida o„quvchilar ichki yonuv dvigatelining tuzilishi va ishlash jarayoni haqida faqatgina bilimlarini mustahkamlabgina qolmay, shu bilan birga o„rgangan fizik qonun va hodisalarining amaliy qo„llanilishini ham ko„radilar. Ayrim mutaxassislar bilan, ishlab chiqarish ilg„orlari bilan tanishadilar. Bu esa tarbiya munosabatlarida muhim rol o„ynaydi. Dasturda shunga o„xshash ekskursiyalar materialining hajmi nisbatan ko„p. Shuning uchun bitta ikki soatli obzor xarakteridagi ekskursiya o„rniga ikkita bir soatli xususiy xarakterdagi «Issiqlik dvigatellari”, “Tokning ishi va quvvati”, “Elektromagnit hodisalar” singari mavzular bo„yicha ekskursiyalar o„tkazish mumkin. Fizika kursi dasturida har bir sinfda fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo„nalishlari asosida o„quv materialini umumlashtiruvchi takrorlash ko„zda tutilgan. Mexanika va ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, elektrodinamikaning asosiy qonunlari va fan-texnika revolyutsiyasi kabi darslardan ekskursiyalar o„tkazishga tayyorlash uchun yoki uning natijasini yakunlash uchun foydalanish maqsadga muvofiq bo„ladi. Umumlashtiruvchi darslarning strukturasi ishlab chiqarishning ma‟lum sohalarini ochib berish yo„li bilan tushuncha va qonunlarni takrorlashni ko„zda tutadi. Bunday masalalarda o„quvchilar o„quv ekskursiyalari vaqtida uchraydigan masalan, qishloq maktablaridagi «Mexanika va qishloq xo„jaligini mexanizatsiyalash” darsida mexanizatsiyalashning qishloq xo„jaligi mashina va qurollarida, shu mavzu bo„yicha shahar maktablaridaga darsda mexanizatsiyaning sanoatda qo„llanilishini ko„rib chiqishlari mumkin. 3. Astronomiyadan o„quv ekskursiyalari ham sinfdan tashqari ishlarning muhim bir qismidir. Planetariylarga, astronomik institut, observatoriyalar va mamlakatimizning kosmonavtika bo„yicha erishgan yutuqlari ko„rgazmalariga uyushtirilgan ekskursiyalar o„quvchilarning bu fan bo„yicha olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashda muhim rol o„ynaydi. Astronomik ekskursiyani o„tkazishda unga tayyorgarlik zaruriy bosqich bo„lib, u ekskursiyaning maqsadiga va buning uchun tanlangan ob‟yektning xarakteriga bog„liq bo„ladi. Xususan, astronomiya institutiga yoki bu fan va kosmonavtika erishgan yutuqlar ko„rgazmasiga yoxud planetriyga ekskursiya ma‟lum o„quv materiallarini o„tishdan oldin uyushtirilsa, o„qituvchi mazkur materiallarni dars jarayonida o„tishida planetariyda demonstratsiya qilingan astronomik hodisalar, osmon jismlari yoki ko„rgazmaning eksponat materiallariga (kosmik apparatlarning modeli, texnik chizmalari, sxemalar, fotorasmlar va h.k.) tayanadi. Astronomiya institutlari, observatoriyalar va ularning filiallariga ekskursiya tashkil qilinishidan oldin o„qituvchi mazkur korxonada bo„lib, uning bo„limlari, bajarilayotgan ishlarning mazmuni, asosiy astronomik asboblari va ularning quvvatlari hamda laboratoriyalari haqidagi ma‟lumotlar bilan to„liq qurollanmog„i lozim. Shuningdek, bunda o„qituvchi mazkur astronomik korxona xodimlari bilan o„quvchilar oldida o„zlari ishlayotgan bo„limlar yoki laboratoriyalar haqida qisqacha axborot berishlarini oldindan kelishib qo„ymog„i kerak. Ekskursiya uyushtirishdan oldingi darsda o„qituvchi darsining mazmuni va maqsadi haqida, ekskursiya paytida alohida e‟tibor bilan o„rganilishi lozim bo„lgan ob‟yektlar haqida tushuntirish o„tkazishi maqsadga muvofiq bo„ladi. Ekskursiya paytida o„quvchilar o„zlarini qanday tutishlari, texnika xavfsizligiga qat‟iy rioya qilishlari lozimligi ham bu darsda o„qituvchi tomonidan alohida ogohlantirilishi zarur. Ekskursiya paytida javob topish uchun o„quvchilarga oldindan bir necha savollar berish ham ekskursiyaning samarali o„tishiga yordam beradi. Ekskursiya o„tgach navbatdagi darsda o„quvchilar o„z taassurotlari, ekskursiya davomida ko„rganlari va olgan bilimlari va bajarilgan topshiriqlarning mazmuni haqidagi qisqacha axborotlari bilan natijalarni yakunlashda ekskursiya haqidagi materiallarni albom yoki vitrina ko„rinishida rasmiylashtirish o„quv ekskursiyalarining samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi. Download 173.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling