Reja Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni
O‘tkir zehnlilar mashqini tashkil etish va o‘tkazish
Download 173.65 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Fizikadan ro‘znomalar chiqarish.
4. O‘tkir zehnlilar mashqini tashkil etish va o‘tkazish.
Maktablarda sinfdan tashqari ishdardan «O„tkir zehnlilar mushoirasi” nomli qiziqarli fizik kechani o„tkazishda o„qituvchi maktabda mavjud bo„lgan ikkita parallel sinfdan 10 tadan a‟lochi o„quvchilarni ajratib oladi. Ular bilan suhbatlashadi. Ularga barobar maslahatlar beradi. So„ng o„quvchilar o„z jamoalariga nom tanlaydilar. O„tilgan mavzuga tegishli 10 tadan savol va bu savollarning to„g„ri javoblarini tayyorlaydilar. Kechani o„tkazish uchun maktab fizika, ximiya, matematika o„qituvchilaridan iborat hakamlar a‟zosi belgilanadi. Hakamlar o„z oralaridan raisni belgilaydilar. So„ngra hakamlar “O„tkir zehnlilar mushoirasi”ni boshlashga ruxsat beradi. Jamoalar bir-birlarini tabriklaydilar, hamda o„z jamoalarining nomini aytadilar. Hakamlar jamoalarni tabriklariga baho beradilar. Shuningdek, jamoa a‟zolarining bir-birlariga savollari va bu savollarga berilgan javoblari eshitiladi. Taxminan 3-4 tadan savol-javob bo„lgandan so„ng hakamlar hay‟ati har bir savolga qo„yilgan ballni hamda jamoalarning to„plagan umumiy ballarini e‟lon qiladi. So„ngra hakamlar a‟zolari tomonidan tayyorlangan va konvertga solingan savolni jamoa boshlig„i tanlab oladi. Savolni o„qiydi va jamoa a‟zolari bilan maslahatlashib javob beradilar. Jamoa a‟zolari tomonidan hamda raqib jamoa tomonidan javoblar to„ldiriladi. Hakamlar hay‟ati bu javoblarga ham balni e‟lon qilib, jamoalar to„plagan umumiy ballni e‟lon qiladi. So„ngra sardorlarga bittadan savol beriladi hamda savolning javobi eshitilib ball qo„yiladi. Shundan so„ng yakuniy ball e‟lon qilinib, qaysi komanda g„olib chiqqanligi aniqlanadi. 5. Fizikadan ro‘znomalar chiqarish. Maktabda fizika to„garagi a‟zolari tarixiy kunlarga yoki biror fizik olimning tug„ilgan kuniga bag„ishlab ro„znomalar chiqarishlari ham mumkin. Ro„znomalar chiqarish parallel sinflar yoki to„garak a‟zolaridan tashkil topgan guruhlar orasida musobaqa tarzida chiqarilsa yanada samarali va qiziqarliroq bo„ladi. Chunki musobaqa tarzida chiqarilgan ro„znomalarning hakamlar hay‟ati tomonidan baholanishi va rag„batlantirilishi o„quvchilarning qiziqishlari va birlashishlari uchun katta yordam beradi. Ro„znomalar ixtiyoriy mavzularda va aniq belgilangan mavzular asosida chiqarilishi mumkin. Ularda tarixiy materiallar, “Fizikani bilasizmi?” tarzidagi savol-javoblar, “O„ylab top?” qabilida topishmoqli masalalar bo„lib, bunda tabiatda uchraydigan bir qancha hodisalarni sharhlash topshiriqlari hamda savollar yoritiladi. Download 173.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling