Reja: Sinxron — trigger


Download 345.46 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi345.46 Kb.
#1600597
Bog'liq
M.G\'ofurova sxemotexnika triggerlar

Andijon mashinasozlik institute IB va KT fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari yo’nalishi 2-kurs 89-21 guruh talabasi Madinaxon G’ofurovaning Elektronika va sxemotexnika fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI

MAVZU: SINXRON TRIGGERLAR


Sinxron — trigger.
Mantiqiy elementda tuziladigan triggerlar biror qiymatli qayta ulanish (boshlang‘ich holatga qaytish) vaqti bilan xarakterlanadi. Uning davomiyligi mantiqiy elementlardan signal o‘tishining o‘rtacha vaqtiga bog‘liq bo‘lib, elementlar soni ortishi bilan u ham ortib boradi. Bu vaqt ichida chiqishdan olinadigan signal kirishga berilgan signalga mos kelmaydi, ya’ni qalbaki bo‘ladi. Bu hol informasiyani qayta ishlash qurilmasining noto‘g‘ri ishlashiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun qurilmani chiqishda qalbaki signal bo‘lmagan holda ishlaydigan qilinadi. Buning uchun triggerga ma’lum davrli yetakchi impuls ta’sir ettiriladi.
Sinxron — trigger (a) va uning shartli belgisi (b)
U triggerni faqat aniq bir vaqt momentlaridagina ishga tushiradi. Bunday triggerlar sinxron triggerlar deb ataladi. Uning tarkibiy sxemasi a-rasmda ko‘rsatilgan. Unda va VA-YO‘Q mantiqiy elementlarda tuzilgan-triggerning kirishiga va mantiqiy elementlar orqali kirish signali beriladi. va mantiqiy elementlar triggerning sinxron ish rejimini ta’minlaydi. (vaqt belgilovchi) kirishga sinxronlovchi impulslar beriladi. Kirishlarda «1» sathli signal bo‘lganda ( ) kirishga sinxronlovchi impuls ta’sir etsagina triggerning qayta ulanishi sodir bo‘ladi.
Sinxron RS —triggerning vaqg diagrammasi.
t1 momentda sistema «0» holatda bo‘ladi. «1» holatga o‘tish t2 momentda kzatiladi, t3 momentda u «1» holatga qayta ulanmaydi, chunki sxemada bu holat mavjud. t4 vaqt momentida kirishlarda R=S=0 holat bo‘lgani uchun sistema o‘z holatini yana saqlaydi. Triggerning holatining o‘zgarishi t5 momentga to‘g‘ri keladi, chunki bunda kirish, S=0, R=1 mantiqiy holatga o‘tadi.
Sinxron triggerda ham kirish signalining ruxsat etilmaydigan kombinasiyasi mavjud: S=R=C=1, Bunda VA-YO‘Q elementlarning to‘g‘ri chiqishlarida mantiq «0» bo‘ladi (Q=0).
Sinxron RS-triggerlarda sinxrosignal beriladigan qo‘shimcha kirish yo‘li bo‘lib, bu kirish yo‘li axborot kirish yo‘llari ( R va S ) bilan I mantiqi orqali bog‘langan. Ko‘pincha sinxrosignal takt signali deb ham ataladi. Bunga binoan "sinxron trigger" atamasi bilan bir qatorda "taktlanuvchi trigger" atamasi ham ishlatiladi. Shunday qilib, R va S kirish yo‘llariga beriladigan axborot triggerga faqat sinxrosignal berilganidagina kiritiladi.
Sinxrosignal orqali boshqariluvchi sinxron triggerning ishlash prinsipini bir pog‘onali И-НЕ mantiqiy elementlar asosida qurilgan sxema quydagi rasm misolida ko‘ramiz. Quyidagicha belgilashni qabul qilamiz. Sinxrosignal berilguniga qadar har bir mantiqiy elementning holatini va kirish yo‘li signallarining qiymatini 0 va 1 simvollari bilan belgilaymiz. Sinxrosignal ta’siri mobaynidagi elementlarning holatini bu simvollarning kichik qavsga olinganlari bilan, sinxrosignal ta’siri tamom bo‘lgandagi elementlarning holatini esa bu simvollarning o‘rta qavsga olinganlari bilan belgilaymiz.
Faraz qilaylik, sinxrosignal berilmasidan oldin (C=0) trigger nollik holatida (Q=0, ) hamda triggerning axborot kirish yo‘llariga berilgan signallar S=1 va R=0 bo‘lsin. C-0 bo‘lganligi uchun DDI va DD2 elementlarning chiqish yo‘llaridagi signallar birlik qiymatiga ega (qavssiz simvollar).
И-НЕ mantiqiy elementlar asosida qurilgan sinxron RS-trigger sxemasi (a) va uning shartli belgisi (b).



n_ takt

(n+1)_ takt

Sn

Rn

Qn+1

0

0

0

Qn

1

0

1

0

2

1

0

1

3

1

1

X

Sinxron triggerlar 4.4-rasm, "a" va "b" dagidek shartli belgilanadi. "a“ rasmda bir juft axborot kirish yo‘lli, "b" rasmda esa И mantig‘i bilan bog‘langan ikki juft kirish yo‘lli triggerlar ko‘rsatilgan.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 345.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling