Reja: Sirkul va chizg’ich yordamida yasashga doir masalalar haqida tushuncha va yasash postulatlari
Download 23.73 Kb.
|
Sirkul va chizg
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sirkul va chizg’ich yordamida yasashga doir masalalar haqida tushuncha va yasash postulatlari
Sirkul va chizg'ich yordamida yasash aksiomalari. Elementar masalalar. Yasashga doir masalalarni yechish bosqichlari. Reja:
Sirkul va chizg’ich yordamida yasashga doir masalalar haqida tushuncha va yasash postulatlari. Misol va Elementar masalalar yechish Yasashga doir masalalar yechishdagi bosqichlar Sirkul va chizg’ich yordamida yasashga doir masalalar haqida tushuncha va yasash postulatlari O’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini kengaytirishda ijodiy va konstruktorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda hamda ularni mantiqiy fikrlashga o’rgatishda yasashga doir masalalarni yechishning ahamiyati juda kattadir. Bizga ma’lumki, nuqtalarning har qanday to’plami figura deb ataladi. Ma’lum talablarga javob beruvchi figurani bir yoki bir nechta yasash qurollari yordamida yasashni talab etgan masala konstruktiv (yasashga doir) masala deyiladi. Konstruktiv geometriyada geometrik figurani yasash deganda uning barcha elementlarini topishni tushunamiz. Geometriyaning yasashga doir asosiy talablari aksiomalar orqali ifoda qilinadi. Maktablar, kollejlar va litseylar kursida geometrik yasashlar muhim o`rin egallaydi. Geometrik figuralarni yasashga doir masalalar turli metodlar orqali bajariladi. Avvalo yasashga doir masalalarni yechishda masalaning berilishi (qo`yilishi) shartlari, masalaning yechilishi bosqichlari, yasash uskunalariga e`tibor qaratiladi. Fazoda biror tekislikni tanlab olamiz va bu tekislikka asosiy tekislik deb ataymiz. Qaralayotgan hamma geometrik figuralar shu tekislikda joylashgan deb olinadi. Asosiy tekislikning nuqtalari, to`g`ri chiziqlari va aylanalari yasashga doir masalalarda muhim o`rin egallagani sababli ularga ham asosiy figuralar deb ataymiz. Bu asosiy figuralardan tashqari bizni kesma, nur, yarim tekislik, ko`pburchaklar va aylana yoylari kabi sodda geometrik figuralar qiziqtiradi, bu sodda geometrik figuralar nuqtalarning berilishi bilan to`la aniqlanadi. Ixtiyoriy yasashga doir masala berilgan figuralar yordamida u yoki bu shartni qanoatlantiruvchi (izlangan) figurani yasash talab qilinadi. Umumiy holatda yasashga doir masalaning qo`yilishini aniqlash maqsadida quyidagi kelishuv qoidalarini o`rnatishga to`g`ri keladi. Masalani aniq qo`yishda va ma`lum qoidalar asosida yechishda ma`lum bir asosiy figuralar to`plami Ω ajratiladi. Ω to`plam elementlari nuqta, to`g`ri chiziq va aylanadan iborat bo`lib, Ω ning elementlari yasalgan deb yuritiladi. Ω dagi har bir turli chiziq, nuqta va aylana bitta yaxlit obyekt sifatida qabul qilinadi. Masalan: ɣ aylana yasalgan bo`lsa, u holda uning har bir nuqtasi qolaversa, markazi yasalgan deb hisoblanavermaydi. Lekin bu aylananing ma`lim bir nuqtalari alohida erkin bir figura sifatida yasalgan deb olishimiz vaholanki, bu holatlar masalaga aytilgan bo`ladi yoki yasash jarayonida vujudga keladi. Bunday holatlar ya`ni yasashga doir masalani asosiy figurasi quyidagi ikki shartni qanoatlantirishi kerak. a) yasashga doir masala shartida berilgan nuqta, to`g`ri chiziq va aylana Ω to`plamga tegishli deb hisoblanadi, ya`ni bu figuralar yasalgan deb hisoblanadi. Hamda masalada berilgan asosiy figuralar to`plami Ω to`plami chekli to`plamdir; b) kamida bitta yasalgan to`g`ri chiziq mavjuddir. Ixtiyoriy yasalgan to`g`ri chiziqda yoki aylanada kamida ikkita yasalgan nuqta mavjuddir. Endi biz ba`zi bir amallar (yasashlar) yordamida Ω ga yangi nuqta, to`g`ri chiziq va aylanalar kiritamiz. Bu har bir amalni yasashning qadamlari deb yuritamiz. Yasash postulatlarini keltiramiz, ya`ni biz yasashni qaysi qadamlarini bajarilgan deb hisoblashimiz mumkin. P1. Yasalgan ikki nuqtadan o`tgan to`g`ri chiziq yasalgandir. P2.Markazi yasalgan nuqtada, radiusi uchlari yasalgan nuqtalardan iborat bo`lgan kesma uzunligidan iborat aylana yasalgandir. P3.Ikki parallel bo`lmagan yasalgan to`g`ri chiziqlarning kesishish nuqtasi yasalgandir. P4.Yasalgan to`g`ri chiziqning va aylananing kesish nuqtalari yasalgandir. 9 P5.Ikki yasalgan kesishuvchi aylananing kesish nuqtalari yasalgandir. Endi biz umumiy ko`rinishda sirkul va chizg`ich yodamida yasashga doir masalaning qo`yilishi ta`rifini keltiramiz. Bizga 1 2 , ,..., n F F F chekli sondagi asosiy yasalgan figuralar berilgan bo`lib yasash lozim bo`lgan izlanayotgan F figurani ta`riflovchi asosiy xossalari ifodalangan bo`lsa, P1 P5 postulatlarni chekli sonda qo`llab F asosiy figurani yasash talab qilinadi. Ta`kidlaymizki, bu ta`rifda chekli sondagi amallar bajarilish juda muhimdir. Biz Yevklid tekisligiga taalluqli yasashga doir masalalar bilan shug’ullanamiz. Tekislikda yasashga doir masalalarni yechishda odatda yasash qurollaridan sirkul va chizg’ich ishlatiladi. Yasashga doir masalalarni chizg’ich va sirkul yordamida yechishda chizma praktikasida qo’llaniladigan chizg’ich va sirkul emas, balki abstrakt chizg’ich va sirkul e’tiborga olingan. Bu qurollarning konstruktiv imkoniyatlari quyidagi ikki aksioma bilan ifoda qilinadi: 1.Yasash uskunalari bular sirkul va chizg`ichdir. Chizg`ich birliklarga ajratilmagan bo`lib, uning yordamida faqat ikki yasalgan nuqtadan o`tgan to`g`ri chiziqni o`tkazish mumkin. 2.Sirkul yordamida markazi yasalgan nuqtada va radiusi yasalgan kesma uzunligiga teng bo`lgan aylanani chizish mumkin. Izoh: Eslatamizki, yasashga doir masalalarni yechishda ba`zida yasalgan figuralar to`g`ri chiziq, aylana, nurga va kesmaga tegishi yoki tegisli bo`lmagan nuqtalarni ixtiyoriy olishga to`g`ri keladi. Bu oraliq yordamchi yasalgan nuqtalarni tanlab olish shart tufayli bajariladi. Bu tegishli va tegishli bo`lmagan nutqalarni olish mumkinligini P1-P5 yasash postulatlari yordamida quyidagicha asoslaymiz. Download 23.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling