Reja: Sivilizatsiya tushunchas
Ma’naviyat insonni insoniylik bilan ko’maklashtiruvchi buyuk bir kuch va imkoniyat
Download 36.24 Kb.
|
12 mavzu Zayniddinova Zarnigor
Ma’naviyat insonni insoniylik bilan ko’maklashtiruvchi buyuk bir kuch va imkoniyat. Uning ta’rifi ham o’zi kabi keng qamrovli. Ulardan ayrimlarini qayd etish maqsadga muvofiqdir:
Ma’naviyat – shaxsning ruhiyat tarzi, turmush yo’nalishi, dunyoni anglash, uning qonuniyatlarini tan olish va ularga rioya etish malakasidir; shaxsning ruhiyat tarzi, turmush yo’nalishi, dunyoni anglash, uning qonuniyatlarini tan olish va ularga rioya etish malakasidir; harakatning ong, dunyoqarash, iroda, urf odatlar, madaniy qadriyatlar tizimi; shaxsning barkamol ruhiyaxloqiy va jismoniy tarzi, mavjud dunyoni tarixi va o’z zamonasi bilan uyg’un anglay blish hayotiy qonuniyatlarni tan olish va unga amal qilish; insonning buyuk bir haqiqat mavjudligi-ni his etib, uning qoidalari asosida yashash tarzi; O’zini tanish, o’zini o’zgalar nazari bilan, o’zgalarni esa o’z nazari bilan taftish qila bilish; insonning insoniyligi; inson axloq i va umr mazmuni, iymon e’tiqodning ajralmas o’zagi; har bir kishining umuminsoniy darajasi fazilatlar ko’zgusi; ishtiyoq hosilasi, ma’no maqsad sari talpinib yashash tarzi; Shaxsning o’ziga, qalbiga, shuuriga, hattiharakati, axloqodobiga yo’naltirilgan ezgulik, insoniylik nuri. Ma’naviyat haqida fikr yuritilganda, ayrim olimlar uning mohiyatini “Insonning ongli, ijodiy faoliyati tashkil qiladi”, degan fikr bilan cheklashni lozim topmoqda. Ushbu fikr garchi ma’naviyatning mohiyatiga nisbatan mantiqan to’g’ri bo’lsada, uning inson shaxsi, turmush tarzida namoyon bo’lishiga ham e’tibor qaratilishi zarurga o’xshaydi. Inson ongli, ijodiy faoliyat ko’rsatadi deyish bir muncha chegaralanib qolayotganday chamasi. Basharti inson shaxsi, tabiati, ruhiyatida milliy qadriyatlar, an’analardan bahramandlik mavjud bo’lsa, u o’z kundalik turmush tarzi, kasbiy faoliyatida ularga tayansa hamma vaqt xattiharakatiga nisbatan “ijodiy” sifatlashini qo’llash shartmikan. Ikkinchi tomondan, insonning yashash tarzi mavjud qonunlar, qoidalar, odatlarga tayangan, ularga amal qilgan holda kechadi, deylik. Ana shunday darajaga erishgan kishilarda ma’naviyat mohiyatan kamol topgan bo’ladiki, ularning yurishturishlari, munosabatlari va mehnat me’yori shunga muvofiqlashgan bo’ladi. Demoqchimizki, ma’naviyatning mohiyatini “ongli, ijodiy faoliyat tashkil qiladi” deb hisoblash, shaxsning kasbiy faoliyat tarzi, milliy an’analar, urfodatlarga e’tiqod ko’lami, iroda va aqliy zakovat singari jihatlarga nisbatan bir yo’sin “ijodiy faoliyat” mezoni bilan yondashuv qandaydir chegaralanganlik, alohidalikka undash haqidagi mulohazaga etaklaydi. Umuman jamiyatning, millatning ma’naviyatini alohida shaxsning ma’naviyati bilan bir me’yoriy tavsiflash to’g’ri bo’larmikan. Va yana ma’naviyat, jamiyat ma’naviyati, shaxs ma’naviyati, milliy ma’naviyat kabi tushunchalar o’zaro umumiylikdan tashqari o’zaro farqliliklarga ega bo’lishini hisobga olish to’g’ri keladi. Download 36.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling