Reja: Sivilizatsiya tushunchas


N. YA. Danilevskiy o‘zgacha bo‘lgan madaniyat turlari yoki sivilizatsiyalarning tarixiy rivojlana olish yo‘li qonunini ishlab chiqqan


Download 36.24 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi36.24 Kb.
#1018922
1   2   3   4   5
Bog'liq
12 mavzu Zayniddinova Zarnigor

N. YA. Danilevskiy o‘zgacha bo‘lgan madaniyat turlari yoki sivilizatsiyalarning tarixiy rivojlana olish yo‘li qonunini ishlab chiqqan:
1. Alohida til yoki qardosh tillar guruhiga ega bo‘lgan har qanday xalq yoki xalqlar guruhi – o‘zi mustaqil madaniy-tarixiy turni shakllantira oladi.
2. Madaniy-tarixiy tur xususiyatiga ega bo‘lgan sivilizatsiya o‘zining tug‘ila olishi va rivojlana olishi uchun unga egalik qilgan xalq siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lmog‘i lozim.
3. Bir madaniy-tarixiy turning boshlang‘ich sivilizatsiyasi boshqa turga kiruvchi xalqlarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Har bir tur o‘zi uchun alohida sivilizatsiyani ishlab chiqadi.
4. Har bir madaniy-tarixiy turda vujudga kelishi aniq bo‘lgan sivilizatsiya gullab-yashnashi uchun ushbu turga kiruvchi xalqlar erkin siyosatga ega bo‘lishlari lozim. Shundagina bu sivilizatsiya to‘liq ravishda yetuklikka erishgan bo‘ladi.
5. Madaniy-tarixiy turning rivojlanish yo‘li uzoq yashab hayotida bir marotaba hosil beradigan o‘simlikka o‘xshaydi: o‘sish jarayoni uzoq bo‘lib, gullashi va meva berish davri qisqa va bor kuchni sug‘urib oluvchi bo‘ladi. Natijada bu sivilizatsiya so‘nadi.
N. YA. Danilevskiy madaniy-tarixiy turda oliy, nihoyasiga yetgan ijtimoiy birlikni ko‘radi. Uning fikricha, biron-bir madaniy-tarixiy turga kiruvchi xalqlarning manfaatlari, xuddi quyi manfaatlar yuqori manfaatlarga xizmat qilishi lozim bo‘lganidek, mazkur turning manfaatlariga bo‘ysunishi lozim.
O. Shpengler nazariyasi N. YA. Danilevskiy g‘oyalari bilan ko‘p jihatdan bir-biriga mos tushsa-da, lekin u o‘z nazariyasida «madaniy-tarixiy tur» tushunchasini ishlatmaydi, aksincha, sivilizatsiyani rivojlanish natijasida vujudga keladigan bosqich, ya’ni uni madaniyat ketidan keladigan hodisa, jarayon deb biladi. O. Shpengler yoshini yashab bo‘lgan yoki rivojlanishdan to‘xtab, qotib qolgan 8 ta sivilizatsiyani ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha, aynan bugungi kunda G‘arbiy Yevropa o‘zining ma’naviy rivojlanishi yo‘lidagi ijodiybosqichni yakunlab, tugallab bormoqda, shuning uchun olim XX asrni Yevropa nihoyasining boshlanishi, deb izohlaydi.
Xullas, N. YA. Danilevskiy va O. Shpengler nazariyalari qiyosan o‘rganib chiqilsa, ulardan: turli xil madaniyatlar bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatib, bir-birini boyita olmaydilar, degan xulosa kelib chiqadi. Bir madaniyat turining ikkinchi bir madaniyat omilidan, kashfiyotidan foydalanishi birinchi madaniyat turiga faqatgina zarar keltiradi. Bunday yo‘l bilan boshqa madaniyat yutug‘idan foydalanish holatining amalga oshishi juda qiyin, chunki boshqa negizda yetishib chiqqan begona madaniy omil odatda qabul qilinmay, rad etiladi.
Tarix hech qachon o’zi mansub xalqdan ayricha yashay olmaydi va uzoqlashmaydi ham. Uning birdan­bir maqsadi, harakat yo’li ­ o’zi mansub elu yurtning taqdiri inshosini qadam­baqadam bag’riga jamlamoqdir. Tarix shu asno asrlar, davrlar osha kelajak ajdodga kechinmalarni loaqal axborot yo’sinida bo’lsa­da o’tkazmoq umidi bilan yashaydi. Ammo tarixda shunday g’addor davrlar bo’ladiki, uning zo’ravon tizim­yo’riqlari zarbidanmi oddiy xalq ichidan qiynala­qiynala o’z ona tarixidan uzoqlashib qoladi. O’z tarixidan uzoqlashish, undan benasiblik xalqning o’zligini nimjon, g’ururini mo’rt qilib qo’yadi, fikr tuyg’usini qovjiratib yuboradi. Buning qanchalik og’ir xastalik ekanligi har bir istibdod davrida boshdan kechirilgan.
Biz bugun ona tariximiz bilan ro’baro’ turibmiz. Ha, uzoq vaqtlar bo’ldi, ona tarix qaddi istiqlol kunlaridagidek bo’y rostlamagan edi. U elu yurtning o’tmish-kechmishlarini hech bir minnat qilmay, balki bir ezgu mas’ullik bilan qay bir qo’lyozmalar bag’rida avaylab asrab keldi deyishga tamoman xaqlimiz. Tarix o’zi mansub xalqning, millatning ma’naviy saviyasiga, e’tiqod tuyg’usini qarab shaklu shamoyil topadi.
Tarix ­ bu xalqning, yurtning, ajdodlarning xotira kitobi Xotirasini yo’qotgan shaxs ma’naviy ­ ruhiy xasta shaxs bo’lgani kabi, xotirasi yo’q xalqning kelajagi bo’lmaydi. “Kim bo’lishidan qat’i nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi”1 – deb yozadi Prezident Islom Karimov. Shu sabab biz yosh avlodda uzoq tariximizga bo’lgan muhabbat va sadoqatni kamol toptirishimiz kerak. Tarix odamlarga o’z ajdodlarini, ularning taqdir yo’llarini tanishtirish bilangina cheklanmaydi, balki ajdodlar ruhiga sadoqat, g’urur va iftixor tuyg’ularini o’stiradi. Tarix bizga bugungina uchun emas, balki buyuk kelajagimiz uchun ham kerak. Binobarin, maktablar va o’quv yurtlarida Vatan tarixini o’rganishni tubdan yaxshilash, ilg’or tajribalarni ommalashtirish, o’quvchi yoshlarni tarixiy manbalar, buyuk ajdodlar qoldirgan muhtasham me’moriy koshonalar, muzeylar bilan yaqindan tanishtirish lozim.
Umr atalmish orzuli, kurashli, bardoshli ham dolg’ali yo’lda necha bir davrlar dovonidan oshib, ajdodlarni biz bilan bog’lagan qanchadan­qancha rasmu taomillar, qadriyatlarimiz bor. Ular har birimizning qalb va shuurimizga bamisli hayotiy zaruriyat bo’lib, singadi, tuyg’ularimizga e’tiqod hissini muhrlaydi. Bularsiz yaxshi kunlarimiz ham, qayg’uli onlarimiz ham o’z tartib ­ qoidasini topmaganday. Ularda milliy ruhiyatimiz, milliy turmush tarzimizning mehri bor. Bu urf­odatlar, qadriyatlar aslida xalqimiz qadrini, o’ziga xosligini mustahkamlaydi. Ularda mehr­oqibat, samimiylik, ko’ngilchanlik, nazokat, odamiylik, saxiylik, hamdardlik, mehmonnavozlik kabi o’nlab azaliy fazilatlarimizning buy ko’rsatib ko’rganligini his etamiz. Bu ajoyib fazilatlar farzand o’zini taniy boshlagandan uning qalbi, shuuriga singib, insonning ichki va tashqi qiyofasini mukammallikka ko’tarishga yo’naltirilgan va samarasi beqiyos omillardir. Garchi ularning barchasini bir xil tenglikka qo’yib bo’lmasa­da, lekin har birining o’z o’rni, o’z mazmuni bor.
Xalqimizning tarixiy taqdirida milliy marosim va urf­odatlar ham to’lishib, sayqallashib axloqiy qiyofamizning eng javohir unsurlari hisoblanib kelgan. Istiqlol esa milliy marosim va urf­odatlarning qaddini rostladi, odamiylik, ezgulik, vatanparvarlik, g’urur, qadr­qimmat, iymon va e’tiqod singari tuyg’ularni kamol optirish bugun va kelajak uchun hayotiy zaruriyat ekanligini ruyobga chiqardi. “Bizlar to’yda ham, azada ham yonma­yon turib, oddiy kunlarda ham bir­birining holidan xabar olib, kattaning hurmatini, kichikning izzatini joy­joyiga qo’yib, beva ­ bechoralarning, etim­esirlarning boshini silab, xullas, odamgarchilikni barcha narsadan ustun qo’yib yashagan insonlarning farzandlari bo’lamiz”2.
Darvoqe, xalqimiz hayotida ulg’ayayotgan ko’ngil pokli, vijdon hokimligi, iymon salomatligi, fikr kengligi aslida ma’naviy hurlikning mevalaridir. Ma’naviy xurlikning eng yuksak maqomi esa vujudda ruhning ustunligi.
Har birimiz doimo turfa mushkulotlar, ziddiyatlar, aloqalar, muammolarda umr o’tkazamiz. Hayot shunday. U turli xil mushkulotlarni tug’diradi, ularni hal etishga undaydi. Hayotdagi qarama­qarshiliklarga ro’baro’ kelish bizni yana harakatga etaklaydi, muammolar har xil echimlarga olib keladi. Ma’naviy ­ ruhiy barkamol inson va ana shu mushkulotu muammolar ta’siriga tushib qolmaydi, balki uni engib o’tishning oqilona yo’llarini hozirlaydi.


Download 36.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling