Reja: Soliqqa tortish zaruriyati Soliqqа tortish tamoyillari Soliqqа tortish stavkalarining turg`unligi


Download 169.5 Kb.
bet8/10
Sana23.06.2023
Hajmi169.5 Kb.
#1651434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
19-MAVZU. SOLIQQA TORTISH JARAYONIDA DEKLARATSIYALASH USULI, UNING O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Rejali tekshirishlar yiliga ко'pi bilan bir marta odatda kompleks tekshiruvlar ko'rinishida amalga oshiriladi. Moliya xo'jalik faoliyatini tekshirishlar bundan mustasno.
Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga to'liq rioya etadigan tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini rejali tekshirishlar, nazorat qiluvchi organlar tomonidan ко'pi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi.
Mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo'jaliklari moliya-xo'jalik faoliyatini rejali tekshirishlar to'rt yilda ko'pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik sub'ektlariniki esa uch yilda ko'pi bilan bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil topgan tadbirkorlik sub'ektlarining moliya- xo'-jalik faoliyati ular davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan bosh-lab ikki yil mobaynida rejali tekshirishdan o'tkazilmasligi kerak.
Hududiy soliq organlari tomonidan boshqa tumanlarda (shahar-larda) ro'yxatdan o'tkazilgan tadbirkorlik sub'ektlarining mo-liya-xo'jalik faoliyatini tekshirishlar, ularning ishlab chiqarish joylari, savdo shoxobchalari va xizmat ko'rsatish (ish bajarish) joylari qaerda joylashganidan qat'i nazar, takroriylikni istisno etgan holda, tadbirkorlik sub'ekti ro'yxatdan o'tkazilgan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda o'tkaziladi.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan tadbirkorlik sub'ektlari bo'linmalari faoliyatini rejali tekshirishlar, ular qaysi yuri-dik shaxs tarkibiga kirsa, shu yuridik shaxsda o'tkaziladigan tek-shirishlar doirasida amalga oshiriladi.
Yillik rejali tekshirishlarni o'tkazish va tasdiqlangan tek-shirishlar reja-jadvaliga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi takliflar "Tadbirkorlik sub'ektlarini faoliyatini tekshirish-larning yillik va yil choraklariga mqljallangan muvoflqlash-tirish reja jadvallarini shakllantirish printsiplari to'g'risi-dagi tasdiqlangan qoidalari"ga qat'iy muvofiqlashgan holda taq-dim etiladi.
Yillik tekshirishlar reja jadvalini ishlab chiqishda nazorat qiluvchi organlar tomonidan, "Tadbirkorlik sub'ektlari faoliya-tini tekshirishlaming yillik va yil choraklariga mqljallangan muvofiqlashtirish reja jadvallarini shakllantirish printsip-lari to'g'risida"gi qonunda tasdiqlangan qoidalarni hisobga olgan holda, tekshirishlaming reja jadvaliga kiritish uchun tegishli takliflar quyidagicha kiritiladi:
-Kengash ishchi organiga nazorat qiluvchi organlarning markaziy apparatlari tomonidan tekshiriladigan tadbirkorlik sub'ekt-lari bo'yicha;
-viloyat komissiyalarining ishchi organlariga - nazorat qiluvchi organlarning viloyat bo'linmalari tomonidan, o'zlarining yuqori organlari bilan kelishilgan holda tekshiriladigan tadbirkorlik sub'ektlari bo'yicha;
-tuman komissiyalarining ishchi organlariga- nazorat qiluvchi organlarning tuman (shahar) bo'linmalari tomonidan, o'zlarining yuqori organlari bilan kelishilgan holda tekshiriladigan tadbir-korlik sub'ektlari bo'yicha.
Ayrim nazorat qiluvchi organlar uchun ularning murojaatlari bo'yicha Kengashning maxsus qarorlari bilan takliflar taqdim etishning boshqa tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Nazorat qiluvchi organlarning takliflari asosida Kengash to-monidan yillik tekshirishlar reja jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Bunda tadbirkorlik sub'ektlari quyidagi hollarda tekshi-rishlar reja jadvaliga kiritilmaydi:
tadbirkorlik sub'ekti faoliyatini tekshirish tegishli nazorat qiluvchi organning vakolatiga kirmaydigan bo'lsa;
tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirishlarining yil-lik va yil choraklariga mqljallangan muvofiqlashtirish reja jadvallarini shakllantirish printsiplari to'g'risidagi ttasdiq-langan qoidalar shartlariga rioya etilmagan bo'lsa;
tadbirkorlik sub'ektlari tugatilsa yoki tugatish jarayonida bo'lsa shuningdek ular bankrot deb e'lon qilingan bo'lsa;
ularning reja jadvaliga kiritilishi qonun hujjatlariga, kengash qabul qilgan qarorlarga zid bo'lsa.
Reja jadvallariga yoki ularga kiritilgan qo'shimchalarga tad-birkorlik sub'ektlari tomonidan yil davomida bittadan ortiq tekshirish kiritilishi mumkin emas.
Tekshirishlarni o'tkazishga taalluqli takliflarni ko'rish bo'yi-cha ishlarni muvofiqlashtirish reja jadvalini ishlab chiqishning barcha bosqichida Kengashning, tegishli viloyat va tuman komissiya-larining ishchi organlari tomonidan zaruriyat bo'lgan nazorat qiluvchi organlar vakillarining ishtirokida amalga oshiriladi.
Nazorat qiluvchi organlarning belgilangan talablar asosida berilgan takliflaridan kelib chiqib tuziladigan tekshirishlar reja jadvaliga Kengash qarori bilan tasdiqlangan qo'shimchalar va aniqlashtirishlar kiritilishi mumkin.

Download 169.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling