Reja: Soliqqa tortish zaruriyati Soliqqа tortish tamoyillari Soliqqа tortish stavkalarining turg`unligi


Download 169.5 Kb.
bet9/10
Sana23.06.2023
Hajmi169.5 Kb.
#1651434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
19-MAVZU. SOLIQQA TORTISH JARAYONIDA DEKLARATSIYALASH USULI, UNING O\'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Rejadan tashqari tekshiruvlar ham mavjud bo'lib, ular quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatning qa-
    rorlaridan kelib chiqib tekshiruvlar o'tkazish zarurati tug'ilganda (Bunda
    tekshiriladigan sub'ekt nomi aniq ko'rsatilgan bo'lsa, Kengash yoki
    uning viloyat komissiyasi roziligini olish talab qilinmaydi);

  • nazorat qiluvchi organga xo'jalik sub'ekti tomonidan qo-
    nunlarning va boshqa qonunchilik hujjatlarining buzilish hol-lari
    haqidagi qo'shimcha ma'lumotlari kelib tushganida (kor-xonalar
    tashkilotlar muassasalar va fuqarolardan kelib tushgan, aniq dalillangan
    va hujjatlar bilan tasdiqlangan huquqbuzarlik holatlari ko'rsatilgan
    axborot qo'shimcha ma'lumot bo'lib xizmat qilishi mumkin);

  • favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishini oldini olish uchun;

  • sanitariya-epidemiologiya holatining murakkablashuvi, shu-
    ningdek, qqshni davlatlardan yuqumli kasalliklar keltirilishi va
    tarqatilishi xavfl tug'ilganda.

Korxonalarni rejadan tashqari tekshirish zaruriyati tug'ilgan-da, nazorat qiluvchi organning markaziy apparati (DSQ, MB, MV) Kengashga, uning bo'linmalari esa viloyat va tuman komissiyalariga tekshirish o'tkazishning zarurligini asoslagan holda maxsus bel-gilangan shaklda buyurtmanoma hamda nazorat organi rahbari to-monidan imzolangan tekshirishni o'tkazish rejasini yuboradi.
Muddati bir kundan ortiq bo'lgan rejadan tashqari tekshirish buyurtmasi va tekshirishni o'tkazish rejasi viloyat komissiyasida qrganib chiqilganidan keyin sqralgan tekshirishni o'tkazish va yoki o'tkazishni rad etish to'g'risidagi qaror qabul qilish uchun Ken-gashga yuboriladi.
Tadbirkorlik sub'ekti faoliyatini bir kunlik rejadan tashqari tekshirish o'tkazishga buyurtmanomasi va tekshirish o'tkazish rejasi hududiy komissiyasi tomonidan ко'rib chiqiladi, shundan sqng viloyat komissiyasi rejadan tashqari tekshirishni o'tkazish yoki o'tkazishni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.
Kengashning, uning viloyat va tuman komissiyalarining ishchi organlari taqdim etilgan buyurtmanomalar va tekshirish o'tkazish rejalari asosligini, tekshirishlarni o'tkazish rejalarining nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvo-fiqligini, qrganiladigan masalalarni tegishli, nazorat qiluvchi organlari bilan birgalikda qrganib chiqadilar hamda viloyat va tuman komissiyalari ishchi guruhlarining rejadan tashqari tekshirish o'tkazish uchun taqdim etilgan buyurtmanomalarni ко'rib chiqishga doir xulosalarini inobatga olgan holda Kengashga, uning viloyat komissiyalariga taklif kiritadilar. Ular rejadan tashqari tekshirish o'tkazish to'g'risida yoki uni o'tkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladilar. Rejadan tashqari tekshirish o'tkazishga ruxsat berilgan taqdirda tekshirish rejasini kelishib oladilar.
Rejadan tashqari tekshirish o'tkazish haqidagi yoki uni o'tka-zishni rad etish to'g'risidagi qaror qisqa muddatlarda, biroq buyurmanoma kelib tushgan kundan e'tiboran ikki haftadan kechiktirmay qabul qilinadi va tegishli Kengash raisi (uning qrinbosari) yoki nazarda tutilgan vakolatlar doirasida viloyat komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi hamda nazorat qiluvchi organga yuboriladi.
Ulgurji va chakana savdodagi umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar ko'rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub'ektlari tomoni-dan savdo-sotiq hamda naqd pul tushumini topshirish qoidalariga rioya etilishini rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirish-lardan o'tkazish to'g'risidagi qarorlar istisno tartibida tuman komissiyalarining raislari yoki viloyat komissiyalar raislarining qrinbosarlari - soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan imzolanadigan ro'yxatlar ko'rinishida rasmiylashtiriladi. Ro'yhat-larda tekshirilayotgan tadbirkorlik sub'ekti nomi va STIR, tek-shirilayotgan tadbirkorlik sub'ekti ulgurji va chakana savdo, umu-miy ovqatlanish va pulli xizmatlar ko'rsatish ob'ektining yuri-dik manzili va shuningdek ob'ekt amalga oshirayotgan faoliyat turi va rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirish o'tkazish muddati ko'rsatilishi kerak.
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, sanita-riya epidemiologiya vaziyati murakkablashuvi, shuningdek, boshqa davlatlardan yuqumli kasalliklar kelishi va tarqalishi ehtimoli bilan bog'liq rejadan tashqari tekshirishlarni o'tkazish to'g'risi-dagi qaror, sanitariya nazorati va tabiatni muhofaza qilish or-ganlari murojaati asosli bo'lgan taqdirda tekshirish o'tkazish uchun buyurtmanoma kelib tushgan kuni qabul qiladi.
Yuqori nazorat qiluvchi organlar o'zlarining hududiy bo'lin-malariga tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishdan o'tkazish haqidagi topshiriqlami ularni o'tkazish to'g'risida faqatgina Kengash yoki uning viloyat komissiyasining qarori bo'lgan taqdirdagina yuboradilar.


XULOSA
Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini muqobil tekshirishlar nazorat qiluvchi organlarining markaziy apparatlari va ulaming hududiy bo'linmalari tomonidan tegishli Kengash va uning viloyat komissiyasi qarori bo'yicha, qo'zg'atilgan jinoyat ishlari bo'yicha esa -tekshirishni tayinlash to'g'risidagi qarorga asosan, faqat ular-ning tekshirilayotgan sub'ekti bilan o'zaro munosabatlariga doir qismi bo'yicha o'tkaziladi. Tadbirkorlik sub'ektining tekshirish sub'ekti bilan o'zaro munosabati deyilganda shaxslarning hujjat bilan tasdiqlangan aniq aloqasini tushunish kerak. Muqobil tek-shirishlarni o'tkazilayoganda tadbirkorlik sub'ektlariga borish va ulardan tekshirish predmetiga taalluqli bo'lmagan moliya-bux-galteriya yoki boshqa hujjatlarni talab qilish man etiladi.
Nazorat tartibida tekshirishlarni, ya'ni qaytadan tekshirish, nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning o'zlari o'tkazgan tekshirish natijalari bo'yicha faqat dalolatnomada (ma'lumot-nomada) belgilangan holatlar bo'yicha va muddatlarda, Kengash yoki uning viloyat komissiyasi qo'shimcha qarorisiz amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik sub'ekti tekshirish natijalari bo'yicha dalolat-nomada (ma'lumotnomada belgilangan muddatlarda nazorat tar-tibidan tekshirishlar o'tkazishga rozi bo'lmasa, ularni o'tkazish muddatlari belgilangan tartibga muvofiq viloyat komissiyalari-ning qarorlari bilan belgilanadi. Bunda o'tkazilgan tekshirish natijalari bo'yicha dalolatnoma (ma'lumotnoma) nazorat tartibi-da tekshirish o'tkazish zarurligiga asos bo'ladi.
Rejadan tashqari tekshiruvlar yana DSQ Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan hamda O'zbekiston Respublikasi Prokura-turasi qoshidagi soliq va valyuta jinoyatchiligiga qarshi kurash Departamenti tomonidan Kengash ruxsatisiz quyidagilarni aniqlash maqsadlarda amalga oshiriladi:
• mahsulot import qiluvchi jismoniy shaxslarda tijorat maqsadida tovar olib kirganligini va bojxona to'lovlarini (shu jumladan bojxonada to'lanadigan soliqlarni) to'laganligini tas-diqlovchi hujjatlarning mavjudligi. Bu hujjatlar mavjud bo'1-magan holada tovarlar musodara qilinadi (lekin bunday muso-daraning sud orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq);
• chakana va ulgurji savdo hamda umumiy ovqatlanish tashkilot-lari
tomonidan spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarining belgilangan
tartibda sotishi.
Shuningdek, yuqoridagi tashkilotlar ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish va pulli xizmatlar ko'rsatish sohasida savdo qoidalariga rioya qilish va naqd pulni topshirish bo'yicha rejadan tashqari tezkor o'tkazishlari mumkin. Oxirgi vaqtda bunday tek-shirishlar ko'payganligini ta'kidlash mumkin.
Tekshirishlarni o'tkazishda mutaxassislar, auditorlar yoki audi-torlik firmalari jalb qilinganda ekspert o'tkazish xarajatlari-ni to'lash tekshirishni belgilagan nazorat organlari hisobiga amalga oshirish kerakligini e'tiborga olish zarur. Chunki ama-liyotda ko'p hollarda bu xo'jalik sub'ekti zimmasiga yuklatish hol-lari uchraydi. Auditorlar (auditorlik firmalari, mutaxassislar) ekspert yoki auditorlik xulosalarining to'g'riligi va O'zbekiston Respublikasi qonunlariga mosligi uchun javobgar ekanligi nazo-rat organi va auditorlar o'rtasida tuziladigan shartnomalarning zaruriy sharti ekanligini ham nazarda tutish lozim.
Nazorat qiluvchi organlarning Kengash (viloyat komissiyalari) bilan qo'shimcha ravishda kelishuvisiz amalga oshiriladigan nazo-rat vazifalari ham mavjud bo'lib ular quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

Download 169.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling