Reja: Soliqqa tortish zaruriyati


Download 30.31 Kb.
bet1/5
Sana12.11.2023
Hajmi30.31 Kb.
#1767609
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1440228619 61368

  • Reja:
  • 1. Soliqqa tortish zaruriyati
  • 2. Soliqqа tortish tamoyillari
  • www.arxiv.uz
  • www.arxiv.uz
  • Soliq - qonun bilan o`rnatilgan miqdorlarda va belgilangan muddatlarda byudjet fondiga tushadigan majburiy to`lov.
  • Davlat tomonidan belgilangan soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy to`lovlarning turli xil majmui, ularning shakllari va tuzilishining usullari davlatning soliq tizimini hosil qiladi.
  • Soliq hisob-kitobi soliq to`lovchi tomonidan hisobot (soliq) davrida amalga oshirilgan xo`jalik operatsiyalarini soliqqa tortish uchun hisobga olish tartibi to`g`risida to`la va ishonchli axborot shakllantirish, shuningdek, soliqlarning to`g`riligi, to`liqligi, o`z vaqtida hisoblanishi hamda byudjetga to`lanishini nazorat qilish uchun ichki va tashqi foydalanuvchilarni axborot bilan ta`minlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
  • Soliq hisob-kitobi tizimi soliq to`lovchi tomonidan soliq hisobi me`yorlari va qoidalarini qo`llanish ketma-ketligi, ya`ni bir soliq davridan ketma-ket boshqasiga o`tish tamoyilidan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
  • www.arxiv.uz
  • Soliq hisob-kitobini olib borish tartibi soliq to`lovchi tomonidan soliqqa tortish maqsadlari uchun rahbarning tegishli buyrug`i (farmoyishi) bilan tasdiqlanadigan hisobga olish siyosatida belgilanadi.
  • Soliq tizimi davlat bilan birga yuzaga kelgan va rivojlanib borgan. Davlat shakllanib borishining eng ilk bossichlaridagi qurbonlik keltirishni soliqqa tortishning boshlang`ich shakli deb hisoblash mumkin. U yozilmagan qonun bo`lib, shu tariqa majburiy to`lov yoki yig`imga aylanib borgan.
  • Davlat rivojlanib borgani sari «oqsuyaklar» ushri yuzaga keldi, u cherkov uchun olinadigan ushr bilan bir vastda obro`-e`tiborli knyazlar foydasiga undirib olinardi. Ushbu amaliyot turli mamlakatlarda: Qadimiy Misrdan o`rta asr Yevropasi davrigacha, ko`plab yuz yilliklar mobaynida mavjud bo`ldi.
  • www.arxiv.uz
  • Masalan, Qadimiy Yunonistonda eramizdan avvalgi 7-6 asrlarda zodagonlarning vakillari tomonidan daromadlarning o`ndan bir yoki yigirmadan bir qismi miqdorida daromad soliqlari joriy etilgan. Bu yollanma armiyani saqlash, shaharlar-davlatlar atrofida istehkomlar, ibodatxona, vodoprovodlar, yo`llar surish, turli bayramlarni uyushtirish, kambag`allarga mahsulot va pullar tarsatish va boshqa ijtimoiy maqsadlar uchun mablag`lar to`plash va sarflash imkonini bergan.
  • Jamiyat rivojlanishining tarixida hali birorta davlat soliqlarsiz faoliyat olib bormagan, chunki unga jamoa manfaatlarini qondirish bo`yicha o`z funksiyalarini bajarish uchun muayyan summadagi pul mablag`lari zarur bo`ladi va uni davlat faqat soliqlar vositasida to`play oladi.
  • www.arxiv.uz
  • Shundan kelib chiqib, soliq yukining eng kichik miqdori davlat funksiyalarining eng kamini bajarish uchun davlat sarflaydigan xarajatlar bilan belgilanadi: bular boshqaruv, mudofaa, sud, tartibni saqlash va boshqalar, davlatga qancha ko`p funksiyalarni bajarish yuklatilgan bo`lsa, u shuncha ko`p soliq to`plashi zarur bo`ladi.

  • Download 30.31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling