Reja: Sotsial guruh tushunchasi


Download 15.49 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi15.49 Kb.
#199262
1   2
Bog'liq
3.. mavzu

- a’zolar sonining ko‘pligi;

- yagona hududning mavjud emasligi;

- a’zolar o‘rtasidagi aloqalarning asosan ommaviy aloqa vositalari orqali o‘rnatilishi

- guruh tuzilishining murakkabligi, aniqroq qilib aytganda, bu guruhlar ko‘p rasmiy va norasmiy, uyushgan va uyushmagan guruhlarni o‘z ichiga oladi.

Katta guruhlar ikki turga bo‘linadi.Har bir sotsial institut:

1) o‘z faoliyatining ma’lum darajada aniq shakllangan maqsadlariga;

2) individlarga belgilangan ijtimoiy mavqe va rollarning to‘plamiga;

3) individlarning xulq-atvorini nazorat qiladigan sanksiyalar tizimiga;

4) ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan konkret xususiy vazifalarga ega (istalgan sotsial institut bulardan tashqari doim yana bir vazifaga ega bo‘ladi – bu harakat qilayotgan individlar o‘rtasidagi hamjihatlikni ta’minlash).

Sotsiologiya birinchi navbatda:

1) jamiyatning asosini tashkil etuvchi ehtiyojlarni amalga oshirish (oila va ta’liminstitutlari);

2) moddiy hayot faoliyatni ta’minlash (iqtisodiyot institutlari);

3) ijtimoiy guruhlar va jamoalarning integratsiyasi (siyosiy va huquqiy-davlat institutlari);

4) ma’naviy qadriyatlarni quvvatlash va saqlash (madaniyat institutlari) hamda boshqalar bilan bog‘liq bosh sotsial institutlarning faoliyati bilan qiziqadi.

Ijtimoiy hodisalarning tizimli-tuzilmaviy tahlilida «sotsial institut» tushunchasiga markaziy o‘rin beriladi, u ijtimoiy tizimning asosiy maqsadlari va ehtiyojlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish orqali odamlarning turli-tuman harakatlaridan mavhumlashgan faoliyatning eng muhim turlari va ijtimoiy munosabatlarini umumlashtirish imkoniyatini ko‘zda tutadi. Shu ma’noda sotsial institut ijtimoiy hayotning alohida sohalaridagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi jamiyat ijtimoiy tuzilmasining yetakchi tarkibiy qismi sifatida ifodalanishi mumkin.

Sotsial institut, qisqacha ta’rifda, odamlarning sotsial tashkillashgan va regulyatsiya qilinadigan faoliyatlarini anglatadi.

Vazifalari:

a) jamiyat a’zolarini takror ishlab chiqarish, qaytadan tiklash;

b) ijtimoiylashuv

v) ishlab chiqarish va taqsimot;

g) tartibga rioya qilish va ahloqni saqlab turish.

Turlari: relyatsion, regulyativ, integrativ, an’anaviy, madaniy.

Ijtimoiy munosabatlarda sohalarga doir ijtimoiy institut turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

1) iqtisodiy institutlar;

2) siyosiy institutlar;

3) nikoh, oila va qon-qarindoshlik;

4) tarbiya institutlari;

5) madaniyat sohasi institutlari.
Download 15.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling