Ўzbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi
Download 1.1 Mb.
|
Valeologiya asoslari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYaT VA SPORT IShLARI VAZIRLIGI VALEOLOGIYA ASOSLARI TOSHKENT - 2005 Mualliflar: Koshbaxtiev I.A. - pedagogika fanlari doktori, professor, Kerimov F.A. - pedagogika fanlari doktori, professor, Axmatov M.S. - biologiya fanlari nomzodi, dosent. Taqrizchilar: Usmonxo’jaev T.S. - pedagogika fanlari doktori, professor, Liviskiy A.N. - pedagogika fanlari nomzodi, professor. Darslik jismoniy tarbiya institutlari, pedagogika universitetlari jismoniy tarbiya fakultetlari talabalari uchun mo’ljallangan. Mazkur darslik O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Fan va texnologiyalar markazi"ning innovasion dasturi doirasida yaratilgan. Darslik O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari huzuridagi ilmiy-uslubiy kengash tomonidan nashr etish uchun tavsiya etilgan (2005 yil14 oktyabrdagi 4-son bayonnoma). © O’zDJTI nashriyot-matbaa bo’limi, 2005 y. SO’Z BOShI XXI asr bo’sag’asida O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishdi, xalqimizning o’z taqdirini, kelajagini o’z qo’llaribilan yaratishdek ko’p asrlik orzusi ushaldi. Shubhasiz, yangi jamiyatni qurish, eng avvalo yoshlarga, ularning ma'naviy dunyosi, kasbiy mahorati va yaxshi jismoniy holatiga bog’liq. O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport haqida" gi qonunining 16 moddasida maktabgacha yoshdagi bolalar, O’quvchilar va talabalar salomatligini asrash va mustahkamlash, ularda jismoniy rivojlanishga ehtiyojini shakllantirish maktabgacha tarbiya va o’rta oliy ta'lim muassasalarining asosiy vazifasidir, deyilgan. Kadrlarni tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta'limni isloh etishning strategik yo’nalishlaridan biri o’sib kelayotgan avlod salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash hisoblanadi. Jamiyatda sog’lom hayot tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, jismonan sog’lom, ma'nan boy yosh avlodni tarbiyalash, fuharolarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug’ullanishga keng jalb etishni ta'minlashga yo’nalti-rilgan, kompleks tadbirlarni amalga oshirish maqsadida shuningdek, O’zbekiston Respublikasida 2005 yilni "Sixat-salomatlik yili" deb e'lon qilinganligi munosabati bilan vazirlar Mahkamasi "Sihat-salomatlik yili" davlat dasturi haqida haror qabul qildi. Ushbu haror moddalarining birida jismoniy tarbiya institutlarida, pedagogika oliy O’quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakultetlarida "Valeologiya asoslari" fakultativini kiritish haqida so’z boradi, buning uchun O’quv dasturini ishlab chiqish kerak. Valeologiyani O’qitish bo’yicha namunaviy O’quv dasturini tayyorlashda 74 soat = 28 soat ma'ruza, 12 soat laboratoriya, 22 soat seminar mashg’ulotlari, 18 soat amaliy mashg’ulotlar hisobga olin-gan. Bu O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim Vazirligining jismoniy tarbiya bo’yicha O’quv rejasi tomondan tasdiqlangan. Ushbu dasturda ma'ruza, laboratoriya, seminar, amaliy mashg’ulotlar uchun soatlar taxminan taq simlangan. har bir OO’Yu o’z xususiyatlaridan kelib chiqib ajratilgan soatlarga o’z o’zgartirishlarini kiritishi mumkin. Dastur madaniyat va sport ishlari bo’yicha vazirligi ilmiy-uslubiy kengashi a'zolari tomonidan bildirilgan mutaxassislar fikr va takliflarini hisobga oladi. O’quv dastur bo’yicha taklif va muloqazalar minnatdorlik bilan qabul qilinadi. MA’RUZALAR 1-mavzu.
tushunchalari. Valeologiyaning predmeti. Valeologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Valeolo- giyaning vazifalari. Valeologiyaning tadqiqot usullari. Sog’lom hayot tarzi va salomatlik. Jismoniy tarbiya va salomatlik. 2-mavzu.
salomatligi bazasi sifa-tida. Individual profilaktika - shaxs salomatligining asosi. Ta-labalar valeologiyasining konsepsiyasi. Valeologiya kursining mazmuni. 3-mavzu.
4-mavzu.
Talabalarning har tomon-lama tayyorligini kompleks baholash. Jismoniy rivojlantirish jara-yonida pedagogik nazorat. Jismoniy rivojlantirishning samarali usullari. Jismoniy rivojlantirish vositalarining pedagogik asoslari. Umumiy jismoniy tayyorgarlik salomatlikni yaxshilashning asosiy vositasi sifatida. 5-mavzu.
Talabalar sog’lomlashtirilishini pedagogik nazorat qilishning reyting tizimi. Valeologiya bo’yicha sinov va imtiqonlarni qabul qilish nizomi. 6-mavzu.
7-mavzu.
asosi. Temperament va asab tizimining xususiyatlari. Sportda shaxsning shakllanish psi-xologiyasi. Salomatlikning psixologik savollari. O’quvchi yoshlar asab tizimining tipologik xususiyatlarini tadqiq etish. O’quvchi yoshlarning emosional zo’riqishini tadqiq etish. 8- mavzu. harakat faolligi va salomatlik. Sportda trenirovka yukla-malari xarakteristikasi. Jismoniy mashg’ulotlarning energetik qiymati. Maktab O’quvchilari jismoniy yuklamasini dozalash. Talabalar jismoniy tarbiyasida yuklamalarni me'yorlashtirish. quruq issiq iqlim sharoitida jismoniy mashg’ulotlarning o’ziga xos xususiyatlari. 9-mavzu.
Shaxsning tipologik xusu-siyatlari va harakat sifatlari o’rtasida bog’liqlikning xususiyat-lari. Jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari va ularni yaxshilash vositalari o’rtasida o’zaro bog’liqlikning o’ziga xos xususiyatlari. Talabalarning qon aylanishi xususiyatlari va yurak-tomir tizimi funksiyalarini yaxshilash vositalari. harakatlanish sifatlari o’rtasida o’zaro bog’liqlik xususiyatlari. Salomatlikni mustahkam-lash uchun mashg’ulotlarni rasional tashkil etish. 10-mavzu. Talabalarga valeologiyadan ta'lim berishda axborot ta'-minot. Inson salomatligini tashkil etuvchilar bo’yicha telemetrik kompyuter kompleksi tizimi. Yurak ritmi monitorlari. Inter-feyslar va dasturiy ta'minot. Tana yog’ massasini o’lchash uchun ta-rozianalizatorlar. 11-mavzu. Ovqatlanish va salomatlik. Ovqatlanish va inson faoliyati. Ortiqcha vaznda Ovqatlanish. Ovqatlanish va kasalliklar. Rasional Ovqatlanish. 12-mavzu. O’quvchi va talaba yoshlar Musobaqalari salomatlikni mustah-kamlashning samarali vositasi sifatida. Musobaqalar muntazam jismoniy mashg’ulotlarga jalb etish vositasi sifatida. O’quvchi yoshlarning "Umid nihollari", "Barkamol avlod", talabalarning "Universiada" Musobaqalari. 13-mavzu. Orttirilgan immun tanqislik sindromi. OITS bilan zararlanish yo’llari. Inson immun tanqislik virusi. OITS diagnostikasi. OITS ga hamroh kasalliklar. Davolanish. 14-mavzu. Salomatlik kushandalari (chekish, ichkilikbozlik, giyohvand-lik). Narkotik modda nima? Giyohvandlar o’limining sabablari. O’quv soatlarini ta'lim yillari bo’yicha taqsimlash
O’quv soatlarini taqsimlash
Seminar mashg’ulotlar
Laboratoriya mashg’ulotlari
Mustaqil mashg’ulotlar
KIRISh
Valeologiya - salomatlik yoki qanday qilib sog’lom bo’lish mumkinligi haqidagi fan bo’lib, tibbiyot fanidan tubdan Farq qiladi. Tibbiyot o’z oldiga turli kasalliklar tabiati, ularning kelib chiqish sabablari, kasalliklarni oldini olish va davolash vazifalarini qo’ysa, valeologiya salomatlik tabiati, sog’lom bo’li-shi omillari va mexanizmi masalalarini yechadi. (V.P.Kaznacheev, 1977y). Barcha taraqqiy etgan mamlakatlarda salomatlik insonning eng muhim boyligi hisoblanadi. Sog’lom inson istalgan jamiyatda katta kuchga ega yaratuvchilik vazifasini bajaradi, quvonch, intel-lektual va jismoniy qobiliyatning manbasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan inson ehtiyoji bo’lmish salomatlikni mustahkamlash dolzarb muammo bo’lib qolmoqda. Bundan jamiyat-ning har bir a'zosida inson hayotida eng muhim bo’lgan salomat-likka bo’lgan munosabatni tarbiyalash masalasi paydo bo’ladi. Buning uchun sog’lom inson modelini, pedagogik nazorat tizimini va jismoniy kamolotga erishishning effektiv usul va uslublari-ni ishlab chiqish lozim. 1-jadvalda yoshlar valeologiyasi konsep-siyasi sxema tarzida ko’rsatilgan. Jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy holat va funksional tayyorgarlikning son ko’rsatkichlari yosh inson salomatligi darajasi haqida nisbatan ma'lumot beradi. Ushbu darslik oliy ta'limning ekstensiv-axborot tizimi-dan intensiv - fundamental tizimiga o’tishga asoslangan yangi konsepsiyasini tadbiq etishga yo’naltirilgan. Oliy ta'lim istiqbol taraqq iyotining asosiy muammolarini hal etish yoshlarni jismonan tarbiya qilish, pedagogik sog’lomlashtirish tizimini takomillashtirishni talab etadi. Shuning uchun oliy O’quv yurtla-rida jismoniy tarbiya tizimini qayta qurish dolzarb muammolar-dan biri hisoblanadi, chunki tadqiqotlarimiz natijalariga ko’ra O’qish davomida talabalar salomatligi darajasi yildan-yilga pasayib bormoqda. hozirgi vaqtga qadar oliy O’quv yurtini biti-rayotgan yosh mutaxassislar ko’pincha to’liq sog’lomlashgan emas, bu esa ularning kelgusidagi ishlab chiharish va ijtimoiy foydali faoliyatini cheklab qo’yadi, natijada rivojlanayotgan davlatga iqtisodiy va intellektual zarar yetkazadi. Shu munosabat bilan pedagogikada yoshlar valeologiyasi salomatlikni saqlash va yaxshilashga, sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya turlari, uslub va usullariga, sog’lom turmush tarzi ko’nik-malarini shakllantirishga yo’naltirilgan, sog’lomlashtirish tizi-mi sifatida ko’rib chiqiladi. Valeologiya talabalarda jismoniy tarbiyaning nazariy, amaliy va mustaqil mashg’ulotlariga ongli, barharor va pozitiv munosabatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lib, salomat-likni yaxshilaydi, O’quv jarayonlarining unumdorligini oshiradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi. Ayni paytda ushbu darslik O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida"gi q onuni va "Sog’lom avlod uchun" nodavlat xalqaro jamharmasi belgilagan vazifalar bajari-lishini ta'minlaydi. "Sihat-salomatlik yili" dasturini baja-rish bo’yicha Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 25 yanvardagi harorida jismoniy tarbiya institutida, universitet va institut-larning jismoniy tarbiya kafedralarida "Valeologiya asoslari" fanining kiritilishi haqida so’z boradi. Jismoniy barkamollik salomatlik garovi bo’lib, u shaxsni har tomonlama rivojlantirish va yoshlarni tarbiyalashga yordam beradi. Tarbiya jarayonining bosh vazifasi - tarbiyaviy faoliyat-ning dinamizmi va barharorligini kuchaytirish, tarbiyaning yuqori natijalarini kafolatlash. Bu esa O’quvchining individual xususi-yatlarini hisobga oluvchi pedagog shaxsiyatiga asoslanadi. Salomatlik inson hayotida, Ayniqsa yoshligida, muhim aha-miyatga ega. Salomatlik darajasi insonning kasbiy yetukligi va ijodiy o’sishiga sabab bo’ladi. Mutaxassislarning fikricha aholi salomatligi 20% irsiy omillariga, 20-30% atrof muhit ta'siriga, 40-50% turmush tarziga va 10% sog’liqni saqlash xizmati faoliyatiga bog’liq ekan. hayot tarzi salomatlikning muhim omili hisoblanadi. Shuning uchun sog’lom hayot tarziga o’rgatishning pedagogik tizimini ishlab chiqish lozim. Yoshlar hayotda o’z o’rinlarini endi topayotgan, mustaqillik-lari rivojlanayotgan bir paytda sog’lom hayot tarzini shakllanti-rish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki yoshlik paytida orttirilgan ko’nikmalar butun umrga mustahkam asos bo’ladi. Shuni ham qayd etish kerakki, salomatlik va sog’lom hayot tarzi ijtimoiy ongning muhim qadriyatlari sirasiga kirmagan. Jamiyatda yoshlarning sog’lom hayot tarzini olib borishi, o’z salo-matligi haqida qayg’urishi deyarli qo’llab-quvvtlanmagan. Bu esa yoshlarning jismoniy mashqlar bilan faol shug’ullanmasligiga sabab bo’lgan. Shuningdek, yoshlarni jismonan tarbiya qilishning mavjud holatiga sog’lomlashtirish tizimi sifatida haralmaydi. Shuning uchun u sog’lom hayot tarzi ko’nikmalarini shakllantirmaydi va salomatlikni saq lash va yaxshilash usullarini o’rgatmaydi. Pedago-gik jarayon jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga bo’lgan ehtiyojni yetarlicha faollashtirmaydi, bu esa jismoniy rivojlanishi va gavda tuzilishini yaxshilamaydi. Ta'lim mazmuni va uslubiy asos-lari sog’lomlashtirish prinsiplarini sust aks ettiradi, shuning uchun jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining sog’lomlashtiruvchi ta'siri juda kam. Bu pedagogikada sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya nazariyasi va uslublariga asoslarini ishlab chiqishga yetarlicha e'tibor berilmayotganligiga ham bog’liqdir. Yoshlar salomatligi sohasida vujudga kelgan ahvolni tahlil qilib, bu muammo zudlik bilan yechilishi lozim bo’lgan masala ekanligini anglash mumkin. O’sib kelayotgan avlodni sog’-lomlashtirish sohasida tub o’zgarishlarni amalga oshirmay turib ma'naviy, ahloqiy va jismoniy rivojlanish masalalarini hal etib bo’lmaydi. Shuning uchun o’sib kelayotgan avlodni sog’lomlashtirish konsepsiyasi yoshlarni o’z salomatligiga munosabatini tubdan o’zgartirish, harakat faolligiga bo’lgan ehtiyojni shakllantirish va sog’lom dam olishni tashkil etishga haratilgan bo’lishi lozim. Mualliflar ishlab chiqqan ilmiy-pedagogik konsepsiya yoshlarni sog’lomlashtirish, insonning shaxsiy eh tiyojlarini qondiradigan sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sog’lom hayot tarzi shakllari, usul va uslublari bo’yicha aniq masalalarni hal etishga mo’ljallangan. 1-BOB. VALEOLOGIYa SALOMATLIK VA SOG’LOM hayot TARZI haqidaGI TA’LIMOT Oliy O’quv yurtida tarbiyaning eng muhim vazifasi tashki-lotchilik va ijtimoiy-siyosiy ishlarga layoq atli, rahbarlik va murabbiylik qobiliyatiga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdir. Oliy O’quv yurtida tarbiyaviy jarayon ko’p qirrali bo’lib, g’oyaviy-siyosiy, ma'naviy, kasbiy, mehnat, estetik, huquqiy va valeologik yo’nalishlarini o’z ichiga oladi. Jismoniy tarbiya, valeologiyaning tarkibiy qismi sifa-tida, salomatlikni mustahkamlashga, O’quv jarayoni unumdorligini oshirishga yordam beradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi. Bitiruvchilarning ijtimoiy-kasbiy vazifalarini bajarish darajasi, ularning jismoniy yetukligi, gavda tuzilishi, jismoniy tayyorgarligi, salomatligining ahvoli, ishga layoqat-ligiga bog’liq bo’ladi. Mustahkam salomatlik jismoniy mashqlar bilan munta-zam shug’ullanish, sog’lom hayot tarzini olib borishning natijasi bo’lib, O’quv va mehnat faoliyati unumdorligining asosidir. 1-jad-valda inson valeologiyasining tuzilishi aks ettirilgan. 1.1. Valeologiyaning asosiy tushunchalari "Valeologiya" lotincha so’z bo’lib, aloe-"salomatlik", "sog’lom bo’lish" ma'nosini anglatadi. Bu atamani birinchi bo’lib K.I. Brexman (1987) yilda kiritdi. Valeologiya fan va O’quv predmeti sifatida keng e'tibor qozonmoqda. Darslik mualliflaridan biri V.N. Vayner (2001)ning fik-richa "Valeologiya" oliy O’quv yurtlarida asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Valeologiya - inson salomatligi, uni mustahkamlash yo’llari, aniq sharoitlarda inson hayotiy faoliyatini shakllantirish va saqlash haqidagi bilimlarning fanlararo yo’nalishidir. O’quv fani sifatida u inson salomatligi va sog’lom hayot tarzi haqidagi bilimlar majmuasini tashkil etadi. Valeologiyaning markaziy muammosi - individual salomat-likka munosabat va shaxsni individual rivojlantirish jarayonida salomatlik madaniyatini tarbiyalashdir. Valeologiya predmeti - individual salomatlik va inson salomatligi zahiralari, shuningdek sog’lom hayot tarzi demakdir. Valeologiyaning turli kasalliklarning oldini olishni tavsiya etuvchi profilaktik medisinadan asosiy Farqi ham shunda. (V.N. Vayner, 2001). 1.2. Valeologiya predmeti Valeologiya organizm tuzilishi va vazifalari, uning harakat imkoniyatlari, jismoniy holatini takomillashtirish, salomat-likni saqlash va yaxshilash, sog’lom hayot tarzi bo’yicha bilim va ko’nikmalarni tizimini o’rganish, muntazam jismoniy mashqlarni bajarishga ehtiyojini mustahkamlashga yo’naltirilgan faoliyat sifatida ko’rib chiqiladi. Shu munosabat bilan insonning jismoniy rivojlanishi haqidagi pedagogik qonunlarni tadqiq etish, shu asosda har tomonlama yetuk insonni shakllantirish bo’yicha maxsus pedagogik tarbiya jarayoni nazariyasi va metodikasini aniqlash valeologiya fanining predmeti hisoblanadi. O’qituvchilarning talabalarda sog’lom hayot tarzi ko’nikma-larini shakllantirish, ularni salomatlik va jismoniy yetuklikni asrash va yaxshilash bo’yicha bilim va ko’nikmalar bilan qurollan-tirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyati valeologiya fanining ob'ekti hisoblanadi. Jismoniy yetuklikka intilish deganda insonni turli hayotiy sharoitlarga optimal moslashuvini ta'minlovchi va faol ijodiy turmush, o’quv va kelajakdagi mehnat faoliyati, hayotdagi o’rnining manbasi hisoblanuvchi jismoniy holati, jismoniy va funksional tayyorgarligi, gavda tuzilishi va jismoniy rivojlanishini yaxshi-lovchi pedagogik jarayon tushuniladi. 1.3. Valeolgiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi Valeologiya anatomiya, fiziologiya, psixologiya, sosiologiya, falsafa, matematika, kibernetika va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. Valeologiyaning yuqorida qayd etilgan fanlar bilan bog’liqligi haqida keyinroq aniq vazifalarini bayon etishda so’z yuritiladi. hozir esa bu muammoning ayrim umumiy masalalariga to’xtalib o’tish joiz. Jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi inson salomat-ligini asrash va yaxshilashdir. Shu munosabat bilan inson salomat-ligi tibbiy-pedagogik tadqiqotlarning ob'ekti bo’lishi lozim. Bu yerda jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, yurak-qon tizimi-ning ishlashi, jismoniy tayyorgarlik va jismoniy ahvol salomat-likning tarkibiy elementlari ekanligini qayd etish muhim. Shuning uchun insonni boshqarish va uning jismoniy yetukligiga erishish uchun jismoniy tayyorgarlikni qator ko’rsatkichlar (jismoniy rivojlanish va gavda tuzilishi, jismoniy va funk-sional tayyorgarlik) bo’yicha kompleks baholash kerak. Olingan to’liq ma'lumotlar asosida inson salomatligi darajasini aniqlash mumkin. Shuni aytib o’tish kerakki, jismoniy komil-likka erishish jarayonini individuallashtirish uchun insonning shaxsiy xususiyatlarini bilish kerak. Buning uchun turli psixologik testlar ( Kettol, Ayzenk, Strelyau, Peysaxov, Gabdreeva testlari)dan foydalanish mumkin. Tibbiy pedagogik va psixo-logik tadqiqotlar ma'lumotlarini kompleks hisobga olish jismoniy holat haqida ob'ektiv axborot olish sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning turlari va usullarini aniqlab olish imkonini beradi. Yuqorida bayon etilganlardan shunday xulosaga kelishimiz mumkin. Pedagogik tadqiqotlar, tibbiy tekshirishlar va axborot ta'minoti usullari qo’llanilgan kompleks ma'lumotlar quyidagi masalalarni hal etishda yordam beradi: 1. Jismoniy ahvolni aniqlash. 2. Jismoniy rivojlanish, jismoniy va funksional tayyor-garlikni baholash. 3. Insonning jismoniy yetukligi dinamikasini aniqlash. 4. Sog’lomlashtirishning effektiv usullarini aniqlash. 5. Yetuklikka erishish jarayonini rejalashtirish tizimini o’rganish. 6. Jismoniy yetuklikka erishishni individuallashtirish. 7. Jismoniy mashqlar bilan mustaqil, muntazam, amaliy shug’ullanishga ehtiyojni rivojlantirish. 8. O’z-o’zini nazorat qilish usullariga o’rgatish va h.k. Insonning jismoniy yetukligi haqida ma'lumot pedagogik, tibbiy-biologik va psixologik ko’rsatkichlar bilan bog’liqlikda ko’rib chiqilishi kerak, bu jismoniy ahvolni ob'ektiv boshqarish imkonini beradi. Pedagogik ko’rinishlarni son jihatdan tahlil qilishda matematik statistikadan foydalaniladi. Matematik statistika jismoniy yetuklikka erishish va jismoniy tarbiyaning ob'ektiv qonunlarini o’rganishning effektiv usullaridan biridir. Jismoniy yetuklikka erishishning effektiv sog’lomlash-tiruvchi vositalarini aniqlash uchun jismoniy rivojlanishi,gavda tuzilishi va jismoniy, funksional tayyorligi ko’rsatkichlarining korrelasion bog’liqligini aniqlash kerak. Yoshlarning jismoniy yetuklikka erishishining ilmiy asos-langan vositalarini aniqlashga bunday yondashuv sog’lomlashtirish profilaktika ishlarini effektiv rejalashtirish va mashqlarni to’g’ri tanlash imkonini beradi. 1.4. Valeologiyaning vazifalari Valeologiyaning asosiy vazifalari: 1. Inson salomatlligi va sog’liq rezervlarini tadqiq etish va son jihatdan baholash. 2. Sog’lom hayot tarziga yo’naltirish. 3. Inson salomatligi va sog’liq rezervlarini sog’lom hayot tarziga yo’naltirish orqali saqlash va mustahkamlash. Jismoniy yetuklikka erishish - salomatlikni asrash va mus-tahkamlashdir, shunday ekan sog’lomlashtirish ta'lim va tarbiyaviy masalalarni hal etadi. Insonlarda yuksak axloqiy-siyosiy sifatlarni shakllan-tirish, mustahkam intizom ko’nikma va odatlarini hosil qilish valeologiyaning tarbiyaviy vazifalariga kiradi. Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon sifatida har tomonlama ta'lim-tarbiyaviy ta'sir kuchiga ega. Jismoniy tarbiyaning o’ziga xos vazifasi kuch, tezlik, chidam-lilik, chayirlik, chaqqonlik kabi sifatlarni tarbiyalashdir. Bu vazifa har tomonlama komil shaxsni tarbiyalash bilan chambar-chas bog’liqdir. Sog’lomlashtiruvchi profilaktik ta'lim - bu turli ka-salliklar tarhalishining oldini oluvchi maxsus bilimlar va ko’nikmalarning bir tizimga solingan majmuasidir. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya jarayonida hal qilini-shi lozim bo’lgan ta'lim vazifalari hayotiy muhim, professional sport amaliy harakatlariga o’rgatish va sog’lom hayot tarzi ko’nikma-larini tarbiyalashni o’z ichiga oladi. Shuningdek, sog’lomlashti-ruvchi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi asoslarini o’rganish ham ta'lim vazifalaridan biri hisoblanadi. Amalda mustahkamlangan bilimlar asosida sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanishning foydasi va zaruriyatiga ishonch shakllanadi. Salomatlikni mustahkamlash, tanani chiniqtirish, uning turli kasalliklarga qarshiligini oshirish bu pedagogik jarayonning sog’lomlashtiruvchi vazifalari hisoblanadi. Sog’lom-lashtiruvchi vazifalarning muvaffaqiyati jismoniy mashg’ulot-larning sog’lomlashtiruvchi pedagogik prinsiplari talablariga rioya qilishga bog’liqdir. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilarning jismoniy rivojla-nishi bilan bog’liq muhim masala hal etiladi. Jismoniy rivojlanish deganda organizm shakli va funk-siyalari yetilishining pedagogik jarayoni tushuniladi. Jismoniy rivojlanish inson kuchi yetilayotgan paytda, shuningdek, uning salomatligida maxsus tashkil etilgan tarbiya ta'siri ostida ro’y berayotgan sifat o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Bu ma'noda u jismoniy tarbiyaning natijasi sifatida ko’rib chiqiladi. Jismoniy yetuklik shaxsni jismoniy tarbiya vositalari yordamida shakllantiruvchi pedagogik jarayon natijasidir. Ta'lim berish - yuksak ishchanlik qobiliyatini tarbiyalash, salomatlikni asrash va mustahkamlash, sog’lom hayot tarziga yo’naltirish uchun kerak bo’ladigan bilim va ko’nikmalar bilan yoshlarni qurollan-tirishdir. 1.5. Valeologiyaning tadqiqot usullari hozirgi vaqtda pedagogik tadqiqotlar turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi: peda-gogik kuzatish, pedagogik eksperiment, ilg’or pedagogik tajri-balarni o’rganish va o’zlashtirish, tadqiqotning ijtimoiy usul-lari (anketa, reyting), matematik statistika usullari, pedagogik g’oyalarni nazariy tahlil qilish usuli va jismoniy rivojlanishni baholash usullari. har bir usul mohiyatini qisqacha ko’rib chihamiz. Jismoniy ahvolni axborot texnologiyalardan foydalanib baholash usuli: jismoniy ahvol bo’yicha ma'lumotlarning yurak ritmi monitorining; interfeys va dasturiy ta'minotning; tanadagi yog’ massalari tarozi-analizatorlarining telemetrik kompyuter kompleksi tizimi. Pedagogik kuzatuv usuli. Pedagogik kuzatuv - o’quv-tarbiya-viy jarayonni tadqiqotchi aralashivusiz tashkil etishning indivi-dual usullarini baholash va reja asosida tahlil etishdir. Pedagogik ko’rinishlarni o’rganishi tadqiqotchidan asosli ma'lumotlarni qayd etish, yig’ish va tahlil qilishni talab etadi. Kuzatuv nazariy xulosalar chiharish uchun zamin yaratib beradi. Xulosalar, o’z navbatida, chuqurroq tahlil qilinadi va boshqa usullar yordamida tekshiriladi. Pedagogik eksperiment. Bu O’qituvchilarning maxsus tashkil etilgan pedagogik faoliyati bo’lib, u o’zining oldindan qo’yilgan maqsadlariga ega. Bunda turli eksperimentlardan foydalaniladi. Bular yaratuvchi - o’zgartiruvchi, nazorat qiluvchi, tabiiy, namu-naviy, laboratoriya eksperimentlardir. Tadqiqotning ijtimoiy usullari. (anketalash, reyting). Anketalash - bu standartlashtirilgan savollar tizimiga yozma javob berish yo’li bilan ma'lumotlar olish usulidir. Reyting- insonning har tomonlama tayyorligini kompleks baholashdir. Tadqiqotning matematik usullari. Pedagogik ko’rinishlarni son jihatdan tahlil qilish uchun matematik statistikadan foydalaniladi. Pedagogik g’oyalarni nazariy tahlil qilish usuli. U ta'lim va tarbiyaning muhim masalalari bo’yicha chuqur ilmiy xulosalarni umumlashtiribgina qolmasdan, uning yangi qonuniyatlarini topish imkonini beradi. Shuni qayd etish kerakki, jismoniy tarbiya, asosan, insonni jismonan rivojlantirishga yo’naltirilgan. "Jismoniy rivoj-lanish" deganda maxsus tashkil etilgan tarbiya ta'sirida inson salomatligini saqlash va mustahkamlash jarayonida ro’y berayotgan sifat o’zgarishlar tushuniladi. Shuning uchun jismoniy yetuklik nafaqat jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlari, balki jismoniy rivojlanish, organizmning funksional va jismoniy ahvoli haqidagi ma'lumotlar bilan ham belgilanadi. Tarbiyaviy-sog’lom-lashtirish jarayonini to’liq xarakterlash uchun har bir pedagog tibbiy-biologik tekshirishlardan foydalanishi kerak. Jismoniy yetuklikka erishish jarayonida jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, yurak-qon tizimining funksional holatini nazorat qilish lozim. Nazorat ishlari shug’ullanuvchining kuchli va zaif tomon-larini aniqlash; qo’llanilayotgan jismoniy mashqlarning afzal-liklari va kamchiliklarini topish; amaliy mashg’ulotlar rejasini tuzish imkonini beradi. Nazorat ishlari turli mashqlar yoki testlar yordamida o’tkaziladi. Nazorat mashqlarini qo’llashning aniq tizimi testlash deyiladi. Nazorat mashqlari - ayrim jismoniy sifatlar (kuch, chidam, chaqqonlik, chayirlik va h.z.) yoki jismoniy tayyorgarlikni aniqlash maqsadida qo’llaniladigan mazmuni, shakli va baja-rilishi shartlari standartlashtirilgan harakatlardir. Nazorat mashqlari oddiy jismoniy mashqlar sifatida ham qo’llanilishi mumkin. "Jismoniy rivojlanish" deganda organizmdagi kuchlar zahirasini aniqlovchi morfologik va funksional xususiyatlar kompleksi tushuniladi. Insonning jismoniy rivojlanish darajasi jismoniy mashg’ulotlar xarakteri va imkoniyatlarini belgilovchi muhim omildir. Ayni paytda jismoniy rivojlanish jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish natijasi sifatida ham ko’rib chiqiladi. Jismoniy rivojlanish haqida ma'lumotlar antrometrik o’lchashlar yordamida amalga oshiriladi. Bular: o’pkalarning hayotiy sig’imi, o’ng va chap bilaklar, orqa mushaklar kuchining hayotiy ko’rsatkichlari va h.k. Gavda tuzilishini o’rganishda Ketlening vazn - bo’y indeksi, gavda tuzilishining pishiqligi, semizlik, tananing yog’ va faol massasi ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Yurak-qon tizimining funksional holatini tadqiq etish dozalashtirilgan jismoniy yuklama (30 sek ichida 20 marta o’tirib-turish), Kverg indeksi, Rufe sinovi va h.z. lar yordamida amalga oshiriladi. Jismoniy ahvol tadqiq etish telemetrik kompyuter komp-leksi, yurak urishi monitori, L. Ivashenko testlari, Ye.A. Petrova, G.A. Apanesenko, L.A. Kalinina metodikasi va inson salomatligi darajasining ko’rsatkichlari yordamida amalga oshiriladi. Tayyorgarlikni kompleks baholash yordamida talaba shaxsiya-tini har tomonlama o’rganish jismoniy kamolotga erishish va yoshlarni tarbiya qilish, salomatlik darajasini aniqlash jarayo-nini boshqarishning asosi va valeologiya fanining bazasidir. 1.6. Salomatlik va sog’lom hayot tarzi Mutaxassislarning baho berishicha aholi salomatligining 40-50% hayot tarziga bog’liq. Zararli odatlar, noto’g’ri Ovqatlanish, alkogol va tamakini me'yoridan ortiq iste'mol qilish, ko’p o’tirish, stress, atrof-muhitning iflosligi turli kasalliklarga (yurak-qon va nafas olish sistemasi kasalliklari, oshqozon-ichak funksiyalarining buzilish va h.z.) olib kelishi ma'lum. (2-jadval). Zararli odatlar xavfi omillari 2-jadval
Belgilar: Y- xavf YY- yuqori xavf Yosh o’tgan sayin va sog’lom hayot tarzining buzilishi bilan orttirilgan kasalliklar surunkali kasalliklarga aylanadi (3-jadval). Bundan, inson qanday hayot tarzi yuritishiga harab salomat-ligi darajasi haqida so’z yuritish mumkin, degan xulosaga kelish mumkin. Insonning yoshiga harab kasalliklarni oldindan aytib berish 3-jadval
Shuning uchun hayot tarzi salomatlik bazisi sifatida ko’rib chiqiladi. Salomatlik darajasini tana og’irligi, o’pkalarning hayotiy sig’imi, yurak qisharishlarining chastotasi, qon bosimi, standart sinovdan keyin yurak urishi tiklanishiga ketgan vaqt va h.z.larning oddiy ko’rsatkichlari yordamida aniqlash mumkin. Salomatlikning tarkibiy elementlariga insonning jismoniy va funksional tayyorgarligi haqidagi ma'lumotlar kiradi. Salo-matlikni asrash va mustahkamlash, deganda jismoniy rivojlanish gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorlikni yaxshilash tushuniladi. Salomatlikni yaxshilashga esa muntazam jismoniy mashg’ulotlar orqali erishish mumkin. Abu Ali ibn Sino salomatlik haqidagi fanning asoschi-laridan biridir. Alloma kasalliklarning oldini olish va ularni davolash bilan birgalikda salomatlikni asrashga ham katta e'tibor bergan. U jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish sog’lom bo’lishning kuchli omili ekanligini ko’p bora qayd etgan. T.I.Iskanderov, V.I.Isxaqov o’z ishlarida qadimiy dunyo va Sharq an'analari bilan uyg’unlashgan turli jismoniy mashqlar haqida so’z yuritadilar. Bular: otda yurish, yugurish, kurash, tosh ko’tarish, to’p o’yinlari va h.z. 1.7. Jismoniy tarbiya va salomatlik Jismoniy tarbiya - jamiyatdagi umumiy madaniyatning bir qismidir. Shuningdek, u insonning jismoniy qobiliyatini rivoj-lantirish, salomatligini mustahkamlashga yo’naltirilgan ijti-moiy faoliyat sohalaridan biridir. Jamiyatda jismoniy madaniyatning ahvoli haqida quyidagi ko’rsatkichlar orqali so’z yuritish mumkin: insonlar salomatligi va jismoniy madaniyati saviyasi; ta'lim va tarbiya, sohasida ishlab chiharish va turmushda jismoniy tarbiyadan foydalanish darajasi; bo’sh vaqtdan foyda-lanish; jismoniy tarbiya tizimining xarakteri, ommaviy sportning rivojlanish, sportdagi yuksak yutuqlar. Jismoniy tarbiyaning asosiy elementlari: jismoniy mashq-lar, mashqlar komplekslari va ular bo’yicha Musobaqalar, tanani chiniqtirish, mehnat va turmush gigienasi, sport turizmi. Jismoniy tarbiya jamiyatdagi umumiy madaniyatning bir qismi hisoblanar ekan, umummadaniy va ijtimoiy vazifalar (ta'lim - tarbiyaviy, normativ, o’zgartiruvchi, o’rgatuvchi). Jismoniy tarbiya o’zining umummadaniy va ijtimoiy vazi-falarini o’zining maxsus vositalari yordamida bajaradi. Bu vazifalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Organizmni insonning yoshi, jinsi, sog’liqining ahvoli, jismoniy rivojlanishidan qat’iy nazar rivojlantirish va mustahkamlash. 2. Yoshlarni mehnatga va Vatan himoyasiga jismonan tayyorlash. 3. Yoshlarning faol dam olish va bo’sh vaqtdan unumli foydalanish ehtiyojini qondirish. 4. Yoshlarning irodasini, jismoniy qobiliyatlarini va harakat imkoniyatlarini chiniqtirish. Ma'lumki, jismoniy tarbiya va sport har tomonlama komil insonni tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish ish qobiliyatini o’stiradi, sog’lom hayot tarziga ehtiyojni tarbiyalaydi, bu esa uzoq yillar mustahkam salomatlik va ijodiy faollik garovidir. Shuning uchun o’quvchi va talaba yoshlarni jismoniy tarbiya qilish bo’yicha o’quv jarayonlarni takomillashtirish respubli-kaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim davlat ahamiyatiga ega, chunki yoshlar salomatligi omili xalq xo’jaligi uchun ishchi resurslar rezervini tayyorlashning asosi hisoblanadi. Shu munosabat bilan oliy o’quv yurtlari dargohidan chihayotgan mustaqil O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligining bo’lajak mutaxassislari jismoniy tarbiya va sportni mehnat faoliyatida, turmushda, harbiy burchni bajarishda joriy etishga tayyor bo’lishlari va sportning ishlab chiharishning iqtisodiy ko’rsat-kichlariga ijobiy ta'sir etishini chuqur tushunishlari kerak. Hozirgi vaqtda o’quvchi va talaba yoshlar salomatligida jiddiy kamchiliklar mavjudligi aniqlangan. Ayniqsa maktab va oliy o’quv yurtini bitirish oldidan yoshlar salomatligining yomonlashuvi kuzatilmoqda. Bunga yoshlarning kam harakatliligi sabab bo’lmoqda. Kam harakatlilik semizlik, diabet, nevroz, yassi tovonlik, qomatning buzilishi kabi kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Jismoniy tarbiya bo’yicha mutaxassislar harakat faolligini salomatlikni saqlash va mustahkamlashda muhim omil hisoblay-dilar. Shuning uchun G.B. Meykson, L.E. Lyubomirskiy va tadqiqot-chilar guruhi jismoniy tarbiya bo’yicha kompleks dastur o’sib kelayotgan avlodni har tomonlama rivojlanishiga, salomatlikni mustahkamlashga, chiniqtirishga, o’quvchilarning ish qobiliyatining o’sishiga, kundalik harakat rejimini tashkil etishga yo’naltirish lozim, degan fikrga kelmoqdalar. Ayni paytda shuni ham aytib o’tish kerakki, pedagogika sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning shakllari, vositalari, usullari va metodik ko’rsatmalarni ishlab chiqishga yetarlicha e'tibor bermagan. Shu paytga qadar jismoniy tarbiyada o’quvchi va talabalar, asosan, chidamlilik, chaqqonlik, kuch, tezlik, chayirlik va boshqa sifatlarni rivojlantirish g’oyasi asosiy o’rin egallagan. Yosh sportchilarni, shuningdek, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash masalalarini hal qiluvchi sport mashg’ulotlari metodologiyaning bazisi hisoblanadi. Shu munosabat bilan jismoniy tarbiya mashg’ulotlari mazmunini tubdan o’zgartirish kerak, chunki yoshlar salomatligi keskin muammo bo’lib turibdi. Bundan tashqari, insonning salomatlikni asrash va mustahkamlashga, jismoniy mashg’ulotlardan oladigan qoniqishga bo’lgan ehtiyojini, uning qiziqishlarini ham e'tiborga olish kerak. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, 283 ta amerikalik va ingliz pedagoglari mashg’ulotlarni o’quvchilarning qobiliyatiga, O’qituvchi-larning uchdan bir qismi esa O’qituvchilarning qiziqishlari hayotiy tajribalariga asoslanib rejalashtiradilar. Yoshlarni jismoniy tarbiya qilishda individual yondashuv sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya pedagogik tizimining asosiy yo’nalishiga aylanishi kerak. Shu munosabat bilan inson barkamol-ligini kompleks baholash yordamida individual imkoniyatlarni diagnostika qilish jismoniy yetuklikka erishishning asosi bo’lishi kerak. Ayni paytda, jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorlik - bularning barchasi muntazam jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining natijasidir. Bunda inson o’z salomatligining mustahkamlanishi jihatidan qoniqish hosil qiladi. Bu esa o’z navbatida uning jismoniy va aqliy faolligini oshiradi, natijada o’quv va mehnat faoliyatining unumdorligi oshadi. Shunday qilib, salomatlikka valeologiya nuqtai nazaridan harash kerak. Chunki valeologiya insonning jismoniy barkamol-ligi, harakatsizlik va zararli odatlar natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan turli kasalliklarning oldini olishga sabab bo’luvchi jismoniy tarbiya formalari, usul va vositalari haqidagi fandir. Kalit so’zlar: salomatlik, sog’lom hayot tarzi, salomatlik madaniyatini tarbiyalashda halal beruvchi omillar. Nazorat uchun savollar: 1. Valeologiya ta'rifi. 2. Valeologiya predmeti. 3. Valeologiyaning tadqiqot usullari. 4. Valeologiya maqsadlari. 5. Valeologiya vazifalari. 6. Valeologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Adabiyotlar: 1. "Jismoniy tarbiya va sport haqida"gi qonun. "Xalq so’zi", 2000 yil 26, 1b. 2. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. T.: Fan, 1980. 3. I.I.Brexman. Vvedenie v valeologiyu - nauku o zdorove. F i S., 1990. 4. I.I.Brexman. Valeologiya - nauka o zdorove. F i S., 1990. 5. E.N.Vayner. Uchebnik dlya vuzov. M.: Flinta: Nauka, 2001. 6. T.I.Iskanderov, B.I.Isxakov. Zdoroviy obraz jizni: vostochnie tradisii i sovremennost. 7. V.R.Kaznacheev. Teoreticheskie osnovi valeologii. Novo-sibirsk, 1993. 8. I.A.Koshbaxtiev. Valeologiya studencheskoy molodeji. T., 2000, 147 b. 2 - BOB. VALEOLOGIYA KURSINING TUZILIShI O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi o’sib kelayotgan avlodga salomatligini yaxshilashni talab etadi, chunki bu respublikaning kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi-ni ko’p jihatdan ta'minlaydi. Shuning uchun yoshlar salomatligini asrash va mustahkamlash davlat ahamiyatiga molik muammodir. Yoshlar salomatligi muammosi qator sabablarga ko’ra muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlar xalq xo’jaligi ishchi resurslarining asosiy qismini tashkil etadi. Bu aholining salomatlik jihatdan zaif, chuqur o’ylangan profilaktika tizimiga muhtoj kontingen-tidir. Ayni paytda rivojlanib kelayotgan yosh organizm sog’lomlash-tirish usullariga faol javob beradi va bu usullar samarasini yanada oshiradi. O’zbekiston aholisining 33,3%, ya'ni respublikaning har uchinchi fuharosi 14 dan 30 yoshgacha bo’lgan yigit va qizlardir. Ayni paytda yoshlar salomatligi chuqur tashvishga solmoqda. hayotning davomiyligi rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan 7 yilga kam, bu Farq yildan-yilga uzayib bormoqda. Bolalar o’limi ko’paymoqda. O’quvchi va talabalar salomatligi ham yomonlashib borayotganligi kuzatilmoqda. Yoshlar o’rtasida kassalliklarning oldini olish dolzarb muammoga aylanib boryapti. Gerontologlarning kuzatishlari nati-jasida quyidagi xulosalarga kelindi: - hayot o’rtacha davomiyligining o’sishi deyarli to’xtadi; - 30-45 yoshda o’lim hollar ko’payib bormoqda; - 35-45 yoshdagi erkaklar o’rtasida kasalliklar soni o’sib boryapti; - maktab o’quvchilarida ateroskleroz va gipertoniya kasallik-lari alomatlari qayd etilmoqda; - shifoxona va poliklinikalarda davolanuvchilar soni ko’payib bormoqda; - alkogol va tamaki iste'moli oshib boryapti. O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri o’rinbo-sari B. Yuldashevning ta'kidlashicha, mutaxassislarning bergan ma'lumotlariga muvofiq, birinchi sinf o’quvchilarining 70-80% sog’liqida kamchiliklar mavjud. Bu kamchiliklar o’smirlik davriga kelib surunkali ko’rinishga o’tmoqda. Masalan, birinchi sinf o’quvchilarining 15-20% da kuzatilgan asab-ruhiy buzilishlar 8-10 sinflarga kelib 54-80% ga ko’paymoqda; ortopedik patolo-giyalar 10-15% dan 50-88 ga oshmoqda. 15-17 yoshdagi toshkentlik o’quvchi-larning 8,5% gina sog’lom ekanligi, holgan 91,5% orga-nizmida turli kasalliklar alomatlari mavjudligi aniqlangan. Turli oliy o’quv yurtlarida taqsil olayotgan talabalar sog’liqi tekshirilganda, ularning 40% turli surunkali kasal-liklar (psixologik kasalliklar va nevroz, nafas olish organlari kasalliklari, yurak-qon tizimi va ovqat hazm qilish organlari kasalliklari) bilan og’rishi ma'lum bo’ldi. Shunisi achinarliki, ko’pchilik talabalar asab-ruhiy kasalliklari bilan og’rigan. Kasalligi tufayli talabalikdan o’chirilgan yoshlarning 45% aynan ruhiy va psixologik kasalliklar bilag og’riganligi ma'lum. Talabalarda turli kasalliklar jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi susaygan paytda kuchayishi kuzatilgan. Oliy o’quv yurtini bitirayotgan talabalar salomatligi istalgan darajada emas. Salomatlik inson hayotida, Ayniqsa yoshlik choqlarida muhim ahamiyatga ega. Salomatlik darajasi uning kasbiy qobiliyatiga, ijodiy o’sishiga jiddiy ta'sir ko’rsatadi. Toshkent Davlat tibbiyot instituti talabalari salomatli-gini kuzatish natijasida quyidagilar ma'lum bo’ldi. Talaba-larning 25% ga Yaqini yurak-qon va qorin kasalliklariga; 13%- qomat buzilishi va skalioz bilan, 10% - ko’z kasalliklari, 10% nafas olish organlari kasalliklari bilan og’rigan. Yurak-qon kasalliklari oldini olish birinchi darajali muammo hisob-lanadi. 1985 yilda talabalar o’rtasida jismoniy faollik darajasi o’rganildi. Moskvalik birinchi kurs talabalari o’rtasida jis-moniy aktivlik yigitlar o’rtasida 41%, qizlar o’rtasida 64% ni, Xarkovda- 49 va 75%, Almatida 67 va 64%ni, Toshkentda 58 va 84% ni tashkil etdi. Ko’pchilik talabalarning ongida jismoniy tarbiya va sport kasalliklarining oldini oluvchi omil ekanligi shakllanmagan. Vaholanki, nafaqat respublikamizda, balki chet davlatlarda ham o’tkazilgan ko’p sonli tadqiqotlarda jismoniy mashg’ulotlarning inson organizmiga ijobiy ta'chir etishi va ular turli kasalliklar profilaktikasida effektiv vosita hisoblani-shini isbotlangan. Shunga haramay, yoshlarni jismoniy tarbiya qilishga sog’lomlashtiruvchi tizim sifatida haralmaydi, shuning uchun bunday jismoniy tarbiya yoshlarni sog’lom turmush tarziga tayyorlamaydi, ularga salomatlikni saqlash va mustahkamlash usullarini o’rgatmaydi. Pedagogik jarayon jismoniy tarbiya bo’yicha amaliy mashqu-lotlarga ehtiyojni rivojlantirmaydi, jismoniy rivojlanish va funksional imkoniyatlarni yaxshilamaydi. O’qitish mazmuni va metodik asoslari sog’lomlashtirishga yo’naltirilmaganligi sababli jismoniy tarbiya darslarida sog’lomlashtiruvchi effekt yo’q. Bu, shuningdek, tibbiyot va pedagogikaning sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasiga yetarli e'tibor bermayotganligiga ham bog’liqdir. Yoshlar salomatligi soxasidagi axvol taxlili shuni ko’rsa-tadiki bu muammo hozirgi kunda keskin tus olgan. Jismoniy tarbiya didaktikasida tub o’zgarishlar amalga oshirmay turib ruhiy, axloqiy va jismoniy sog’lomlashtirish masalalarini hal etish mumkin emas. Salomatlik ahvoli inson omilining tabiiy asoslariga ta'sir etishini qayd etish muhim ahamiyatga ega. Mustahkam salomatlik ish kuchi sifatini ham oshiradi. Sog’lom inson bir xil sharoitda salomatligi yomon insonga nisbatan og’irroq ishni bajarish va moddiy foyda keltirish imkoniyatiga ega. Shunday qilib, sog’lom inson - yuqori sifatli ishchi kuchidir. Ma'lumki, talabalarning kasalliklarga ko’p chalinishi sabablaridan biri - ularning kam harakatliligidir. Rasional jismoniy yuklamalarning yo’qligi, birinchi navbatda, semirish, diabet, nevroz, qomatning buzilishi, yassitovonlik kabi kasallik-larning rivojlanishiga sabab bo’ladi. Yurak-qon va nafas olish tizimlarining funksional rezervlari kamayadi, turli infek-siyalar, shamollashlar, reqiy stresslarga chidamliligi pasayadi. Shuning uchun harakat faolliligiga hozirgi paytda jismo-niy ko’rinishning yaxshilanishida effektiv vosita sifatida haraladi. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish salomat-likni mustahkamlashga, o’qish unumdorligini oshirishga yordam beradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi. Salo-matlik - ijtimoiy-iqtisodiy, biologik, ekologik, tibbiy va psixoemosional ta'sirlarning natijasidir va uni sog’lomlash-tiruvchi jismoniy mashqlar yordamida mustahkamlash mumkin. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ulla-nish organizmning atrof-muhit va infeksiyalar ta'siriga tabiiy qarshiligini oshiradi. Shu vaqtga qadar yoshlarni jismoniy tarbiya qilishda texnik usullarga o’rgatish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish konsep-siyasi ilgari surilgan. Bunday metodologiya yetarli sog’lomlash-tiruvchi effektga ega emasligi amaliyotda sinaldi, shuning uchun uni boshqatdan ko’rib chiqilishi lozim. So’nggi vaqtlarda insonning sog’lomlashishiga bo’lgan exti-yojni qondiruvchi yo’nalishlar tobora keng tarhalmoqda. Bunday konsepsiya sog’lomlashtiruvchi sport klublari faoliyatiga jiddiy ta'sir ko’rsatdi. JISMONIY MASHG’ULOTLARNING SOG’LOMLASHTIRIRUVCHI YO’NALIShI Agar sport tibbiyoti o’z taraqqiyotining birinchi o’n yilliklarida tibbiy nazoratda o’z e'tiborini sportchilarning harakat organlarining shikastlanishiga haratgan bo’lsa, hozirgi kunda yangi, valeologik yo’nalish paydo bo’lmoqda. Ushbu yo’nalish hayotda sodir bo’layotgan o’zgarishlarning natijasida qator kasalliklarning kelib chiqishi va o’sishi asosida tug’ilmoqda. hozirgi kunda eng yomon kasalliklar sifatida yurak-qon kasal-liklari, onkologik va oshqozon-ichak kasalliklari tilga Olin-moqda. Yurak-qon kasalliklari asosida ateroskleroz va uning rivojlanishiga sabab bo’luvchi patologik holatlar yotadi. Bular- semizlik, qand kasalligi, arterial gipertoniya, harakatning cheklanganligi, ruhiy stresslar va Ovqatlanishning buzilishi va boshhalar. N.I.Arinchin usuli bo’yicha bizning tadqiqotchilarimiz tomonidan yuqori kurs talabalarida gipertoniya kasalligining tomir - patogenik shakliga o’tib ketishi xavfi aniqlangan. Rossiya va chet el mutaxassislarining o’tkazgan tadqiqotlari natijasiga ko’ra aerobik mashqlar arterial bosimning pasayishiga yordam berar ekan. Bu esa yurak - qon tizimi ishining normal-lashuviga va Ortiqcha vaznning kamayishiga olib keladi. Masalan, muntazam kaloriyali Ovqatlanish sharoitida 20 daqiqa tez yurish, 15 daqiqa velosiped qaydash va 10 daqiqa yugurishni o’z ichiga olgan jismoniy yuklama har yili 5 kg vazndan qat’iy xalos bo’lish imkonini beradi. Fransuzlarda ajoyib mahol bor: ogohlantirilgan inson -qurollangan inson. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar turli kasalliklarning oldini olishning samarali vositasi hisobla-nadi. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish yaxshi kayfiyat, yuqori ishchanlik, axloqiy vazminlik asosidir. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish valeolo-giyaning asosi bo’lgan salomatlikka, talaba organizmining harakat va funksional imkoniyatlariga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar organizmning tashqi muhitning salbiy ta'sirlariga qarshiligini oshiradi va shu sababli salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda samarali vosita hisoblanadi. Shuning uchun sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar valeo-logiya pedagogik jarayonning asosi bo’lishi kerak. Shu munosabat bilan yoshlarni valeologik tarbiya qilish mazmuni yoshlarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalashga yordam beruvchi, o’zaro bog’liq aniq vazifalarni bajarishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bular: - talabalar salomatligini mustahkamlash, jismoniy rivoj-lantirish, chiniqtirish, ish qobiliyatini oshirish; - muntazam jismoniy mashg’ulotlarga ehtiyojni, jismoniy yetuklikka, yaratuvchanlik va mustaqil davlatimizni himoya qilishga intilishni tarbiyalash; - mustaqil davlat quruvchilarining yuqori axloqiy sifat-larini tarbiyalash, o’z salomatligi haqida qayg’urish nafaqat shaxsiy balki jamiyat oldidagi burch ekanligi haqidagi tushunchani shakllantirish; - sog’lom hayot tarzi ko’nikmalarini hosil qilish; - sog’lomlashtirishning, kasalliklarni oldini olishning turli shakl, usul va vositalaridan foydalanishni o’rgatish; - bo’sh vaqtdan unumli foydalanish, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini nazorat qilish, kundalik harakat rejimini tashkil etish ko’nikmalarini shakllantirishga o’rgatish; - harakat xususiyatlarini rivojlantirish. O’quvchi yoshlar salomatligini asrash va mustahkamlash masalalarini hal etish yosh avlodni jismonan va ma'nan voyaga yetkazish, rivojlanib kelayotgan davlatning faol quruvchilarini har tomonlama tarbiyalashning asosi hisoblanadi. Yoshlar salomatligi muammosi qator sabablarga ko’ra dolzarb hisoblanadi. Talaba yoshlar mustaqil davlat rahbar xodimlarining asosiy rezervi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining iqti-sodiy va ijtimoiy taraqqiyoti yosh mutaxassislarning bilimi, mog’irligi va ularni o’qitish tizimiga bog’liq. Yoshlar ma'lum bilimlarni salomatlikni mustahkamlovchi, o’quv va mehnat faoliya-tining unumdorligini oshiruvchi sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya vositalari va usullari bo’yicha egallashlari kerak. Shuning uchun sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya yoshlar salomatligini asrash va mustahkamlash, kasalliklarning oldini oluvchi valeologik jarayon hisoblanadi. Profilaktika ikki turga bo’linadi: ijtimoiy va shaxsiy profilaktika. 2.1. Ijtimoiy profilaktika O’zbekiston Respublikasi aholisi salomatligining omili sifatida Tibbiyotda profilaktika inson salomatligini mustah-kamlash, turli kasalliklarning oldini olish va ularni keltirib chiharuvchi sabablarni bartaraf qilishni anglatadi. Ijtimoiy profilaktikaning zamonaviy tushunchasi inson salomatligiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni bartaraf etish, uni jismoniy va ruhiy quvvatini har taraflama rivojlantirishni o’ziga maqsad qilib olgan davlat, jamoat va tibbiy tadbirlarning kompleks tizimini o’z ichiga oladi. Tibbiyot sohasida kasallik-larning oldini olish, inson salomatligini mustahkamlash, uning umrini uzaytirish bo’yicha yetarlicha tadbirlar ishlab chiqilgan. Aholi salomatligini asrash va mustahkamlash rivojla-nayotgan davlat sharoitida alohida ijtimoiy mazmun kasb etadi va quyidagi vazifalarni hal etishni talab etadi: - aholi madaniyati va hayot darajasini muntazam oshirish; - tabiiy muhitning inson hayoti uchun qulay parametrlarini asrash; - ishlab chiharish va turmush uchun optimal sharoitlarni yaratish; - har bir insonni, uning ilk bolalik chog’idan boshlab, jisoniy va ruhiy rivojlantirish; - sog’lom hayot tarzi, mehnat va dam olishning rasional rejimini shakllantirish; - aholining turli qatlamlari xususiyatlarini e'tiborga olib har tomonlama gigienik tarbiyalash; - aholi salomatligini umumdispanserizasiya asosida dina-mik kuzatish tizimini tadbiq etish. Inson salomatligi ahvolini kuzatish quyidagilarni ko’r-satdi: - aholining 16-20% salomatligi darajasi qoniharli; - aholining 32-44% salomatligi darajasi qoniharsiz; - aholining 10-34% turli kasalliklarga chalingan yoki kasal-lik oldi holatida. Salomatlik darajasi qoniharsiz holatda fiziologik tizim-ning elementlari o’rtasida kelishmovchiliklar ro’y beradi, organlar o’z vazifalarini yaxshi bajarmaydilar, natijada, charchash va holdan toyish kuzatiladi. Shuning uchun tibbiyotning zamonaviy bosqichida asosiy e'tibor profilaktikaga haratilgan. Tibbiyotda profilaktika vositalari yetarlicha, lekin o’sib kelayotgan avlod, asosan, davolovchi jismoniy tarbiya, medikamen-tlar va x.z. vositalar asosida sog’lomlashtiriladi. Ya'ni, kasal-liklarning oldini olish emas, ularni davolash usullaridan foydalaniladi. Axir, salomatlikni asrovchi, kasalliklarning ol-dini oluvchi, umrni uzaytiruvchi tadbirlar tibbiyot uchun ham muhim. Ko’p mamlakatlarda davolovchi tibbiyot profilaktik tib-biyotdan ajratib qo’yilgan. Ijtimoiy profilaktika masalalarini hal etish maqsadida "Aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklar profilak-tikasini kuchaytirish ishlarining kompleks dasturi" ishlab chiqildi va uning davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan bajarilishi masalalari hal etildi. Profilaktik yo’nalish taraqqiyotining asosiy bosqichlari ko’rsatib berilgan. Atrof-muhitni sog’lomlashtirish, mehnat sharoitlarini va muhofazasini yaxshilash, sog’lomlashtiruvchi sanitar tadbirlarini o’tkazish, aholining rasional Ovqatlanishini ta'minlash, aholini gigienik tarbiya qilish bo’yicha ishlarni faollashtirish masalalari ham keng yoritilgan. Shuningdek, oliy o’quv yurtlarida "salomatlik" maq-sadli kompleks dasturi ishlab chiqilgan. Ushbu dasturga quyidagi bo’limlar kiritilgan: mehnat sharoiti va muhofazasini tashkil etish; tibbiy ta'minot; rasional kun tartibini tashkil etish; jismoniy sog’lomlashtiruvchi tadbirlar; uy-joy xizmati; moddiy-texnik ta'minot; sanitar yorituv ishlari. 2005 yili respublikamizda aholini sog’lomlashtirish bo’yicha davlat dasturi qabul qilingan va unda quyidagi bo’limlar mavjud: 1) sog’lom hayot tarzi muammolarini o’rganish; 2) bolalar bog’chasi va maktabda sog’lom hayot turziga ehtiyojni shakllantirish; 3) lisey, kollej va pedagogika oliy o’quv yurtlarida sog’lom hayot tarziga ehtiyojni shakllantirish; 4) o’rta maxsus o’quv dargohlarida sog’lom hayot tarziga ehtiyojni shakllantirish; 5) malaka oshirish tizimida sog’lom hayot tarziga ehtiyojni shakllantirish muammolarini o’rganish; 6) sog’lom hayot tarzini shakllantirish jarayonini o’rganish va uni nazorat qilish tizimi; 7) aholining sog’lom hayot tarziga ehtiyoji asoslari; 8) sog’lom hayot tarzini tashviqot va targ’ibot qilish; 9) sog’lom hayot tarzini O’zbekiston Respublikasining xal-haro aloqalariga tadbiq etish. Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy profilaktika tibbiyotda keng ishlab chiqilgan, har bir shaxs salomatligining garovi bo’lgan individual profilaktikaga esa yetarlicha e'tibor berilmayapti. Ijtimoiy profilaktika individual profilaktik tadbirlar uchun sharoit yaratib berishi kerak. 2.2. Individual profilaktika shaxs salomatligining asosidir Kasalliklar - insoniyat uchun ofatdir. qanchadan-qancha in-sonlar ular tufayli bevaqt hayotdan ko’z yumadilar, mehnat qilish quvonchidan mahrum bo’ladilar. Kasalliklar bilan insonparvar fanlardan biri tibbiyot shug’ullanadi. Tibbiyot umumbashar madaniyatining ilk davrida paydo bo’lgan va ulkan yutuqlarga erishgan. Ammo kasalliklarning barchasi ham tibbiyot tomondan yengilmagan. Ko’p asrlar davomida shifokorlarning asosiy va yagona vazifasi bemorlarni davolash hisoblangan. Biroq tibbiyotda yangi nuqtai nazar paydo bo’ldi: kasalliklarni nafaqat davolash, balki ularning oldini olish kerak. O’tgan asrdanOq olimlar kelajak profilaktik tibbiyotniki, deb hisoblashgan. Ko’pgina chet davlatlarida hozirgi kunga qadar davolovchi tibbiyot profilaktik tibbiyotdan keskin ajratib qo’yilgan. Tibbiyotda profilaktika - inson salomatligini mustah-kamlash, kasalliklarni keltirib chiharuvchi omillarni bartaraf etish, ularning oldini olish bo’yicha usul va vositalarning birli-gidir. Individual profilaktika turmushda va ishlab chiharishda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishni ko’zda tutadi. Ijti-moiy profilaktika esa kollektiv salomatligini himoya qilish bo’yicha tadbirlar tizimini o’z ichiga oladi. Profilaktika tushunchasi va uni amalga oshirishning aniq shakllari jamiyatning va fan taraqqiyotining turli tarixiy bosqichlarida o’zgarib turgan. Ilk tibbiy va gigienik bilimlar inson hayotiy faoliya-tining boshlang’ich bosqichlarida kuzatishlar va tajribalar asosida tug’ilgan va xalq tibbiyotining asosi bo’lishi udumlar, usul va vositalar orqali mustahkamlangan. Kasalliklarning oldi-ni olish va ularni davolashda tabiat kuchlari (quyosh, suv, havo) dan, o’simlik va hayvonot dunyosining davolovchi vositalari katta ahamiyatga ega bo’lgan. Zardushtiylikning muqaddasi kitobi "Avesto"da (e. av. IX asr - e. III asri) O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon va Afqoniston hududida eramizdan avvalgi ming yillikda yashagan xalqlar tibbiyoti haqida ko’plab ma'lumotlar berilgan. O’sha davrda inson anatomiyasi va fiziologiyasi haqida ilk tushunchalar paydo bo’lgan. Kasalliklarning oldini olishga katta e'tibor haratilgan ("Kasal-likning ildizini senga tegmasidan oldin qurit"), uning asosida gigienik xarakterdagi - Ovqatlanish tartibi, oilaviy hayot, homi-lador va emizuvchi ayollarga munosabat, mast qiluvchi ichimliklar ichishni taqiqlovchi ko’rsatmalar berilgan. Yu. Shodimetovning ta'kidlashicha, profilaktika sog’lom inson tanasining himoya mexanizmini mustahkamlash, chiniqtirish, uning qarshilik kuchini oshirishga yo’naltirilgan. Ular inson tanasi va atrof muhit o’rtasida dinamik mutanosiblikni ishlab chiqadi va mustahkamlaydi. Profilaktik tibbiyot g’oyalari o’rta asrlarning buyuk olimi Abu Ali ibn Sino risolalarida ham o’z aksini topgan. U inson salomatligini asrash va mustahkamlashda, kasalliklar profilak-tikasi va ularni davolashda jismoniy mashg’ulotlarni universal vosita deb hisoblagan, jismoniy mashqlarni inson hayotining turli bosqichlarida uning salomatligi, yoshi, jismoniy tayyorgar-ligi, jismoniy yuklamaga chidamliligini, shuningdek, iqlim sharoitlari va boshqa omillarni e'tiborga olib kundalik rejimga kiritishni tavsiya etgan. Abu Ali ibn Sino sog’liqni saqlash uchun yetti omilga e'tibor haratgan: - bosiqlik; - Ovqatlanish tartibi; - gavdani tik tutish; - toza havo; - qulay kiyim; - jismoniy va ruhiy harakatlar (uyqu va uyg’oqlik holati) ning ravonligi. Gippokrat tibbiyotga falsafa sifatida haragan olim bo’lib, kasalliklarning kelib chiqishida turmush tarzi va atrof-muhit-ning roliga ahamiyat bergan, insonlarning gavda tuzilishi va temperamentiga harab bemorga tashxis qo’ygan va uni davolagan. Tibbiyot fanining ilg’or arboblari va shifokorlari ijtimoiy profilaktika taraqqiyoti, davolovchi va profilaktik tibbiyotning o’zaro birligi tibbiyotning kelajagini belgilaydi, deb hisoblashgan. Profilaktika to’g’risida zamonaviy tushuncha davlat, jamoat va tibbiy tadbirlarning kompleks tizimini o’z ichiga oladi. Inson salomatligiga salbiy ta'sir qiluvchi omillarni bartaraf etish, shuningdek insonning jismoniy va ruhiy quvvatini har tomon-lama rivojlantirish ushbu tizimning maqsadidir. Shunday qilib, profilaktika, keng ma'noda, insonlarning salomatligini mustahkamlash, mehnat faolligini oshirish, umri-ni uzaytirish, mehnat, turmush, dam olish sharoitlarini yaxshilash, hamda jismoniy madaniyatini rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan tadbirlarni anglatadi. XXIII Jaqon sog’liqni saqlash assabmleyasi 1970 yilda qabul etgan rezolyusiyasida milliy sog’liqni saqlash tizimini tuzish va rivojlantirishning samarali prinsiplari sifatida "aholi salomatligini muhofaza qilishda davlat va jamiyatni mas'ul deb bilish", "sog’liqni saqlashning yagona milliy rejasini tuzish", "ijtimoiy va individual profilaktika choralarini ko’rish", aholini "malakali, bepul profilaktik va davolash yordami bilan ta'minlash" va h.z. larni tavsiya etadi. O’zbekiton Respublikasi mustaqillikka erishgach davlat tomondan aholi salomatligini mustahkamlashga bevosita va bilvosita yo’naltirilgan harorlar, qonuniy va me'yoriy aktlar qabul qilinganligini ta'kidlab o’tish lozim. Bu "Davlat yoshlar siyosati haqida"gi, "Ta'lim to’g’risida"gi, "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida"gi qonunlardir. O’zbekiston Respublikasi hukumati harori bilan "Sog’lom avlod uchun" nodavlat halharo jamharmasi tashkil etildi. Jamharma maqsadi - o’sib kelayotgan avlodni va katta yoshdagi aholini sog’lomlashtirish. Maqsad bitta, uni amalga oshirishning esa ko’plab usul va vositalari mavjud. Oilani uyg’unlashtirish, sog’lom hayot tarzini shakllantirish (bu, o’z navbatida, onalar va bolalar kasallanishi va o’limini kamaytirishga sabab bo’ladi), shuningdek, aholini kasalliklar profilaktikasi haqida axborot bilan ta'minlash shular jumlasiga kiradi. "Salomatlikni asrashni, - yozgan edi At-Taboriy, - ikki nuq-tai nazardan ko’rib chiqish kerak. Ulardan biri - insonning yoshi, odatlari, shuningdek, yil fasllariga mos keluvchi, tanasining o’sishi va rivojlanishiga xizmat qiluvchi Ovqatlanishdir. Ikkinchi nuqtai nazar - Ovqatlanish natijasida hosil bo’lgan Ortiqcha va zararli moddalardan halos bo’lish. Bunda insonga tabiiy harorat, quyosh, shamol ijobiy ta'sir ko’rsatadi". Shunday qilib, shifokor olimlar ko’zlagan maqsadga insonning yoshi, yil fasliga mos rasional Ovqatlanishi va gigie-nik tadbirlarning butun bir kompleksiga rioya qilishi bilan erishiladi. Ular ovqatning yaxshi xazm bo’lishi va tanadan Ortiqcha moddalarning chiqib ketishiga yordam beradi. Ovqat hazm bo’lishi jarayoning jismoniy mashqlarga bevosita bog’liqligi haqida sharqiy Uyqonish davri olimlari risolalarida ham katta e'tibor berilgan. Ibn Sinoning ta'kidlashicha, jismoniy mashqlar insonni Ortiqcha vazndan xalos etadi, tanaga yengillik baxsh etadi, kun bo’yi yiqilgan Ortiqcha yukdan xalos etadi. Ovqatlanish va jismoniy mashg’ulotlar, Maymonid fikricha, bir-birini me'yorga solib turuvchi harama-qarshiliklardir. U, xususan, shunday deb yozgan edi: "Gimnastik harakatlar o’rnini hech narsa bosa olmaydi: ular tabiiy issiqlikni oshiradi, hatto kuchli taomlarni yetarlicha yeganda ham tanada Ortiqcha vazn hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydi". Respublika hukumati ozod O’zbekistonda aholini jismoniy tarbiya va sport vositalari yordamida sog’lomlashtirish, sog’lom avlodni tarbiyalash, sog’lom turmush tarzini targ’ib etish masala-larini hal etishni muhim vazifalar deb hisoblaydi. "O’zbekiston mustaqilligi - bizning ma'naviy va madaniy boyligimiz gurkirab o’sishi uchun muhim asosdir", - deb yozadi Respublika Prezidenti I.Karimov o’zining "O’zbekiston yangilanish va taraqqiyotning o’z yo’li" kitobida. Jismoniy tarbiya va sport - umuminsoniy madaniyatning tar-kibiy qismlaridir. Shu sababli davlatimizda jismoniy tarbiya va sport taraqqiyoti muammolariga chuqur e'tibor berilishi lozim. Bu borada O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida" gi qonuni muhim ahamiyatga ega. Bu qonunda yoshlarni sog’lomlashtirish shakllari va usul-larini muntazam takomillashtirish haqida alohida ta'kidlanadi. Chunki davlat kelajagi ham jismonan, ham ma'nan sog’lom yoshlar qo’lidadir. Sog’lom avlod - nafaqat jismonan, balki aqlan yetuk avloddir. har tomonlama komil shaxsni tarbiyalash uchun tibbiy-psixologik xizmatni tashkil etish, bog’cha yoshdagi bolalar va yoshlar, shuningdek katta yoshdagi aholi bilan jismoniy sog’lomlashtirish ishlarini tashkil etish kerak. Buning uchun eksperimental - asoslangan sog’lomlashtirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni o’quv-sog’lomlashtirish pedagogik jarayonga jismoniy tarbiya va sport vositalari yordamida tadbiq etish lozim. Jismoniy madaniyat - umummadaniyatning tarkibiy qismi-dir. U nafaqat salomatlikni mustahkamlaydi, balki ayrim tug’ma orttirilgan kasalliklardan forih qiladi, osteoxondroz, trombo-flebit kabi kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish - bu jismoniy mashqlarni muntazam bajarish, kun tartibiga va gigiena qoidalariga rioya qilish, tanani quyosh, havo va suvdan samarali foydalanib chiniqtirish demakdir. Jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi - bu sportdir. Sport bilan shug’ullanish - doimiy mashg’ulotlar, doim ortib boruvchi yuklamalar yo’li bilan Musobaqalarda yuqori natijalarga erishish demakdir. Yoshlarni valeologik tarbiya qilish - davlat ahamiyatiga molik ish bo’lib, hukumatimiz unga katta ahamiyat bermoqda. Shu sababli "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida" gi qonunda, "Sog’lom avlod uchun" hukumat harorida yosh avlodni, yoshlarni sog’lomlashtirish tizimini ko’rib chiqish va tadbiq etish zarurati haqida so’z boradi. Shuning uchun sog’lomlashtirish tadbirlari tizimi yoshlar ijti-moiy hayotida "salomatlik - yuksak obro’" degan tushunchani targ’ib etib, ularni jismoniy mashg’ulotlar bilan muntazam shug’ulla-nishga zararli odatlar (aroqxo’rlik, kashandalik va h.z.) dan voz kechishga, to’g’ri Ovqatlanish, sog’lom hayot tarzi yuritishga yo’naltirishi lozim. O’zbekiston Respublikasining direktiv hujjatlarida ham har tomonlama yetuk, faol shaxsni shakllantirishda sog’lomlash-tiruvchi jismoniy mashqlar yordamida kasalliklarni profilaktika qilishning muhim o’rni haqida so’z yuritiladi. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya yoshlarni jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanishga ehtiyojni mustahkamlash, ularning psixofizio-logik asoslarini anglash, jismoniy quvvat va salomatlikni rivojlantirish, sanitar-gigienik ko’nikmalarni hosil qilish, sog’lom hayot tarzi yuritishga yo’naltirilgan ko’p qirrali pedagogik jarayondir.Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyada yoshlarda jismoniy mashg’ulotlar va sportga ehtiyojni shakllantirish, jismoniy quvvatni va xarakterni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning muhim komponent-laridan biri yoshlarni jismoniy mashg’ulotlarning sog’lomlash-tiruvchi samarasi va uning inson tanasiga ta'siri to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantirish hisoblanadi. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyada quyidagilar muhim o’rin tutadi: - jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, yurak-tomir tizimining ishlashi, salomatlik darajasi ko’rsatkichlari diagnos-tikasi; - o’quv faoliyati, dam olishni tashkil etish, o’z-o’zini baho-lash, tahlil qilish va nazorat qilish ko’nikmalarini shakllan-tirish; - pedagogik jarayonda asosiy usul sog’lomlashtiruvchi mashq-lar va jismoniy mashg’ulotdir. Jismoniy-sog’lomlashtirish ishlari haqida so’z borganda shuni qayd etish lozimki, ko’pchilik mamlakatlarda "fitnes" (jismoniy tayyorlik), "fizikl ed'yukshn" (jismoniy tarbiya) va albatta, "sport" tushunchalari qo’llaniladi. Jismoniy tayyorlik jismoniy mashqlar, atletik gimnastika, yurish, yugurish, suzish va sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashq-larning noan'anaviy turlari vositasida yaxshilanadi. Shuning uchun yoshlarni valeologiyaning tarkibiy qismi bo’lgan sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya shakllari, usul va vositalari bilan tanishtirish juda muhim. Shunday qilib, sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya indi-vidual profilaktikaning asosi hisoblanadi va yoshlar salomatli-gini yaxshilash va asrashning samarali vositasi hisoblanadi. Ayni paytda u tanani sog’lomlashtirish, o’quv jarayoni va mehnat camara-dorligini oshirishning samarali usuli hamdir. Individual profilaktika yoshlar salomatligini yaxshilaydi va jamiyatning demografik tuzilishi ijobiy tomonga o’zgarishiga yordam beradi. Jamiyatda hari insonlar soni ko’payayotgan bir davrda sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari faol ijodiy faoliyatni davom ettirishga yordam beradi va jamiyat mehnatga qobiliyatli aholining qo’shimcha zahiralariga ega bo’ladi. 2.3. Talabalar valeologiyasining konsepsiyasi 70-yillarga qadar ko’pgina mamlakatlarda ishlab chiharish faoliyati, hayotiy tushunchalarga yo’naltirilgan konsepsiya mavjud edi. U dam olish, emosional quvvat olish uchun bo’sh vaqtdan foydalanishni nazarda tutadi. So’nggi vaqtlarda shaxsiy ehtiyoj-larni qondirish kabi yo’nalish tobora keng tarhalmoqda. Ushbu konsepsiyaning 80-yillarda paydo bo’lishi jismoniy-sog’lomlash-tirish va sport klublarining faoliyatiga chuqur ta'sir ko’rsatdi. Yangi konsepsiya shug’ullanuvchilar oldiga aniq vazifalarni qo’ymaydi, balki insoniy munosabatlar, turmush tashvishlaridan cheklanish, salomatlikni yaxshilash imkoniyatlariga mo’ljallangan. Bu esa ko’pgina mamlakatlarda sport va sog’lomlashtiruvchi sport o’rtasida tafovutlar hosil bo’lishiga olib keldi. Sport klublari va assosisiasiyalarining an'anaviy dasturlariga kiritilmagan. Jismoniy-sog’lomlashtirish faollikning yangi shakl va turlari paydo bo’ldi. Ular aholi o’rtasida tezda ommalashib ketdi. Gimnastik va trenajyor zallar, boshqa sog’lomlashtiruvchi maskan-lar sonining keskin oshishi, sport mollarini ishlab chiharish va sotishning o’sishi bu ijtimoiy ko’rinishning tashqi ko’rinishlari edi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik bilan shug’ullanish keng tar-haldi. Tanlangan sport turi yoki tavsiya qilinayotgan dasturlariga harab, aerobika, yugurish, yurish, golf, tennis, suzish, bodibil-ding bo’yicha klublar faoliyat yurgiza boshladilar. Xulosa qilib aytganda, sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan jismoniy mashqlardan foydalanishning aniq konsepsiyasi paydo bo’ldi. Sog’lomlashtirish mashqlari salomatlikni yaxshilash va inson ehtiyojlarini qondirishning asosi, dam olishning samarali vosi-tasiga aylandi. Talaba yoshlar valeologiyasi sog’lomlashtirishga, o’quv va bo’lg’usi mehnat faoliyati samarasini oshirish maqsadida salomat-likni yaxshilash va uni asrash shakl, usul va vositalarini o’rga-tishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Ayni paytda jismoniy tarbiyaning hozirgi metodikasi yoshlar salomatligini mustah-kamlash muammolarini hal etmaydi. O’zbekiston Respublikasining talabalarni jismoniy tarbiya qilish bo’yicha joriy kompleks (1987y), hududiy (1992y) dasturlari amalda o’zlarini oqlamadilar. Bu oliy o’quv yurtlarida o’qish davomida yoshlarning funksional imkoniyatlari darajasi yildan-yilga tushib borayotganligi sabablaridan biridir. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti talabalarining sog’liqi va mehnat qobiliyati shifokorlar tomonidan tahlil qilin-ganda V kursga kelib O’RK bilan kasallanish darajasi keskin oshganligi ma'lum bo’ldi. 1984 yilda talabalarning O’RK tashhisi bilan kasallanishi 50% ni tashkil etgan, bu esa o’z navbatida ularning 1222 kun darslarda qatnashmasligiga sabab bo’lgan. 1985 yilda O’RK bilan kasallanish 36% tashkil etgan va 767 kun ish qobiliyatining vaqtincha yo’qolishiga sabab bo’lgan. 1986 yilda esa bu ko’rsatkich 56% yoki absolyut birliklarda 1840 kunni tashkil et-gan. Xulosa qilib aytganda talabalarni valeologik tarbiya qilishda sog’lomlashtirish masalalariga ko’proq e'tibor berish kerak. Jismoniy rivojlanish deganda tananing morfofunksional kompleks xususiyatlari tushuniladi, bu esa jismoniy quvvat zahirasini belgilaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, jismoniy rivojlanish darajasini tadqiq etishni uni baholashni o’rganish O’qituvchi uchun ham, talaba uchun ham birdek muhim. Jismoniy rivojlanish darajasi - jismoniy mashg’ulotlar xarakteri, xusu-siyatlari va imkoniyatlarini aniqlab beruvchi muhim omildir. Jismoniy imkoniyatlar diagnostikasi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun pedagogik ta'sir yo’nalishini ob'ektiv belgilash imkonini beradi. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti talabalari tanasi-ning jismoniy rivojlanishini antrometrik tadqiqoti shuni ko’rsatdiki, o’qil bolalarning bo’yi o’rtacha 174,4 sm, qizlarniki - 161,3 sm; og’irligi 63,6 kg va 54,1 kg ni tashkil etadi. Talabalarda quyidagi kamchiliklar qayd etilgan: quvvat ko’rsatkichlari me'yordan ancha past, orqa mushaklar kuchi o’pkaning hayotiy hajmi kurs yuqorilagan sari yomonlashmoqda, yomon Ovqatlanish. Yigitlar gavdasi yildan-yilga kuchayib, qizlarda bu ko’rsatkich pasayib boradi. Ikkinchi va uchinchi kurs talabalarida turli yurak kasallik-lari aniqlangan. N.I. Arinchin fikriga ko’ra bu kasalliklar yurak uchun og’irlik qiladi. Rufe sinovi bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar talabalarning yurak ishlashi qoniharli ekanligini tasdiqladi (o’rta darajadagi yurak faoliyati yetishmovchiligi). Yuqorida keltirilgan asoslar talabalarning valeolgik tarbiyasi qayta ko’rib chiqilishi loizmligini yana bir bor tasdiq-laydi. Jismoniy tayyorlik baholanganda shu narsa ma'lum bo’ldiki, Ulg’aygan sari yoshlarning kuch-quvvati oshib boradi, chidamliligi va tezkorlik xususiyatlari esa pasayib boradi. Umuman olganda, yigitlarning jismoniy tayyorligi qizlarnikiga haraganda ancha yaxshi. Yoshlar salomatligining yomonlashib ketayotgani sabablaridan biri sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodi-kasini ishlab chiqishga yetarlicha e'tibor berilmayotganligidadir. Talaba salomatligi jismoniy tarbiyaning asosiy yo’nalishi sanal-magan. Shu sababli yoshlar salomatligining ob'ektiv ko’rsatkich-larini o’ziga asos qilib olgan valeologiyaning ilmiy-pedagogik konsepsiyasini shakllantirish zaruriyati paydo bo’ldi. Jismoniy rivojlanish, tananing funksional va jismoniy tayyorligi, shaxsiy ruhiy xususiyatlar haqidagi ma'lumotlar inson salomatligining tarkibiy elementlari hisoblanadi. Valeologiya pedagogik konsepsiyasiga shaxsni har tomonlama rivojlantirish, O’qituvchining ongi va faolligi, umumiylik va individuallashtirish birligi, sog’lomlashtirish yo’nalishi, doi-miylikning didaktik prinsiplari asos qilib olingan. Ushbu kon-sepsiyaning bazisi individuallashtirish prinsipidir. Bu sog’lom-lashtirish jarayonining samaradorligini oshiradi. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning maqsadi jismoniy yetuklikka erishish. Buning uchun quyidagi vazifalarni bajarish lozim: - kontingentning birlamchi holatini antropometrik tadqi-qot usullari yordamida aniqlash (jismoniy rivojlanish, tananing jismoniy va funksional tayyorligi); - jismoniy trenirovka vositasi yordamida talabalar salo-matligi darajasini ko’tarish; - jismoniy ahvolni yaxshilash o’z-o’zini baholash va nazorat qilishning samarali usul va shakllari bilan tanishtirish. Ishlab chiqilgan konsepsiya, o’z navbatida, jismoniy mashq-lar bilan muntazam shug’ullanishga ehtiyojni oshirish, jismoniy tarbiyaga noan'anaviy yondashuvni ta'minlash, salomatlikni asrash va mustahkamlash, shaxsni har tomonlama rivojlantirish imko-nini beradi. Ayni vaqtda sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning ilmiy konsepsiyasi maqsadli dasturlash usuliga asoslanadi. o’quv materialini rejalashtirishda salomatlik ahvoli (jismoniy ri-vojlanish, tananing funksional va jismoniy tayyorligi) boshlan-g’ich ko’rsatkich sifatida olinadi. Ayni vaqtda sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning ilmiy konsepsiyasi maqsadli dasturlash usuliga asoslanadi. o’quv materialini rejalashtirishda salomatlik ahvoli (jismoniy ri-vojlanish, tananing funksional va jismoniy tayyorligi) boshlan-g’ich ko’rsatkich sifatida olinadi. o’z navbatida sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya sog’lom-lashtirish mashqlari yordamida umummadaniy ijtimoiy vazifa-larni bajaradi. Bu vazifalar o’zini namoyon etishiga harab quyidagi guruh-larga ajratiladi: 1) Salomatlik darajasi, jismoniy rivojlanish, gavda tuzi-lishi va jismoniy ahvolning yaxshilanishi; 2) o’quvchi-yoshlarni O’quv va kelgusidagi mehnat faoliyatiga jismoniy tayyorlash; 3) Yoshlarning faol hordiq chiharishi va bo’sh vaqtdan unumli foydalanishga bo’lgan ehtiyojini qondirish; 4) Talabalarning harakat imkoniyatlarini rivojlantirish. 2.4. Valeologiya kursining mazmuni Shu vaqtga qadar jismoniy tarbiyada talabalarning harakat imkoniyatlari (chidamlilik, chaqqonlik, kuch va tezlik, chayirlik va h.z.) ni rivojlantirishga yo’naltirilgan konsepsiya ilgari o’ringa qo’yilgan. Sport mashg’ulotlarining nazariya va metodikasi bunday metodologiyaning bazisi hisoblanadi. So’nggi vaqtlarda jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirish yo’nalishi, yoshlarning shaxsiy ehtiyojlarini va qiziqishlarini qondirishga asoslangan yo’nalish keng tarhalmoqda. Salomatlik harakat faolligiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikda ko’rilyapti. Yangi konsepsiya jismoniy yetuklikka erishishni o’ziga maqsad qilib olgan va buning natijasida talaba salomatligini mustahkamlashga yo’naltirilgan shakl, vosita va usullar paydo bo’lmoqda. Jismoniy mashqlar sog’lomlashtirish qiymatiga ega bo’lmoqda, shuning uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari - yugurish, suzish, chini-qish, atletik gimnastika, sharq yakkakurashi turlari, sheyping va h.z. kengroq qo’llanilmoqda. Yuqorida bayon etilganlar talabalarni jismoniy tarbiya qilishda sog’lomlashtirishga ko’proq e'tibor berish kerakligini talab qilmoqda. Shu sababli ushbu darslik mualliflari uzoq pedagogik eksperimentlar natijasida valeologiya kursini ishlab chiqdilar. Ushbu kurs talabalarning individual profilaktikasi, salomatlikni mustahkamlashning shakl, usul va vositalarini O’qi-tish tizimining asosi hisoblanadi. Talabalar valeologiyasining maqsadi - sog’lom hayot tarzi ko’nikmalarini shakllantirish, salomatlikni mustahkamlash, sama-rali mehnat faoliyati va harbiy burchni bajarishga tayyorlash, jis-moniy tarbiya vositalari yordamida turli kasalliklar profi-laktikasi haqidagi bilimlarni egallashdir. Valeologiyani O’qitish jarayonida quyidagi vazifalar bajariladi: 1) jismoniy mashg’ulotlarga ehtiyojni faollashtirish; 2) yoshlar jismoniy tayyorligining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash maqsadida jismoniy rivojlanishi, jis-moniy tayyorlik va jismoniy ahvol diagnostikasini o’tkazish; 3) boshlang’ich kurs talabalarini oliy O’quv yurtida O’qishga ko’nikishini tezlatish; 4) kasalliklar profilaktikasi, tananing tashqi muhit salbiy ta'siriga qarshiligini oshirish, zararli odatlarni bartaraf etish; 5) jismoniy rivojlanishni, gavda tuzilishini va jismoniy ahvolni yaxshilash; 6) jismoniy ahvolni boshqarish va baholash, jismoniy tayyorlik ko’rsatkichlari, dam olishni tashkillashtirish, faol hordiq chiharish, to’g’ri Ovqatlanish, salomatlikni mustahkamlash prinsiplariga ongli riyao qilish asoslari bo’yicha talabalarga bilim berish; 7) asab tizimining asosiy xususiyatlarini baholash, talaba shaxsiyatining tipologik xarakteristikasini O’quv-sog’lomlash-tirish jarayonini individuallashtirish maqsadida aniqlash usullari bilan tanishtirish; 8) o’z-o’zini baholash, nazorat qilish va salomatlikni yaxshi-lash vositalari va samarali usullari bilan talabalarni tanish-tirish; 9) talabalarda jismoniy mashqlarga, muntazam mustaqil mashg’ulotlarga ongli, turg’un va pozitiv munosabatni shakllanti-rish. Quyida dasturiy materialning o’quv rejasi va o’tkazish jadvali keltirilgan. Amaliy mashg’ulotlar 5-jadval
Laboratoriya mashqlari
Seminar mashg’ulotlari
Kalit so’zlar: jamoat profilaktikasi, konsepsiya, indivi-dual profilaktika, shaxs salomatligi. Nazorat uchun savollar: 1. Jamoat profilaktikasi nimani anglatadi? 2. Individual profilaktika nima? 3. Talabalar valeologiyasi konsepsiyasini ochib bering. 4. Valeologiya kursi qanday tuzilgan? 5. Valeologiya bo’yicha ma'ruzalar mazmunini ochib bering. 6. Valeologiya bo’yicha laboratoriya mashg’ulotlari mazmuni nimadan iborat? 7. Salomatlikni yaxshilash bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni asoslab bering. Adabiyotlar. I.A.Karimov. o’zbekiston buyuk kelajak bo’sag’asida. T., o’zbekiston, 1998. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. T.1. Toshkent, Fan, 1980. Vayner E.N. Uchebnik dlya vuzov - M., Flinta, Nauka, 2001. Koshbaxtiev I.A. Osnovi ozdorovitelnoy fizkulturi molodeji. Tashkent, 1994. Maymonid M. Putevoditel koleblyushegosya. (Perevod s drevneevreyskogo). Grigoryan S.N. Iz istorii filosofii Sredney Azii i Irana (VII-XII) M., Nauka, 1990. Seytxalilov E.A. Gosudarstvenniy obrazovatelniy standart po fizicheskoy kulture dlya obshego srednego obrazovaniya. V in. Gos.Obr. Standarti obshego srednego obrazovaniya. T.,1999. 3-BOB. VALEOLOGIYaNI o’qitISh TIZIMI Ko’p bosqichli tadqiqotlar natijasida ushbu ish muallifi tomonidan valeologiyaning usul va vositalari, amaliy mashqu-lotlarning samarali shakllari, umuman olganda, talabalar sog’lom-lashtirish jismoniy tarbiyasining eksperimental tasdiqlangan tizimi aniqlandi. Ishlab chiqilgan ilmiy konsepsiya va talabalarni sog’lom-lashtirishning eksperimental tasdiqlangan tizimi salo-matlikni yaxshilashning ilmiy pedagogik asosi hisoblanadi. Talabalar sog’lomlashtirish jismoniy tarbiyasi tizimi-ning tarkibiy elementlarini quyidagilar tashkil etadi, mashqu-lotlar maqsadi, vazifalari va ishlab chiqilgan shakllari, samarali usullar, vositalar va pedagogik nazorat (rasm). Jismoniy yetuklik, talabalarni sog’lomlashtirish pedago-gik jarayoni maqsadi va natijalari kabi, salomatlik darajasi va talabaning har tomonlama tayyorligini integral baholash bilan xarakterlanadi. Sog’lomlashtirish vazifalari valeologik tarbiya jarayonida amaliy mashg’ulotlarning samarali shakllari ( sog’lomlashtirish, nazorat, umumiy jismoniy tayyorlanishi, sog’lom hayot tarzi ko’nikmalarini shakllantirish), usullari (Musobaqa, o’yinlar, reglamentlashtirilgan mashqlar) va vositalari (yugurish, atletik gimnastika, sport va milliy o’yinlar, havo-quyosh vannalarida, suv muolajalari yordamida chiniqish, sheyping, sharq yakka kurashlari va h.z) yordamida bajariladi. Ma'ruza
maqsadi - O’quv materi-alini talabalar tomondan egallanishi uchun orientirli asosini shakllantirish. Ma'ruza - O’quv mashg’ulotlarining barcha shakllari uchun metodologik va tashkiliy asos hisoblanadi. Tadqiqotlarimiz natijalari jismoniy tarbiyani sog’lomlashtirish yo’nalishida tashkil etish zarurligini ko’rsatganligi sababli nazariy bo’limga ishlab chiqilgan ma'ruzalar kiritildi. Laboratoriya mashg’ulotlari Shuni aytib o’tish kerakki, valeologik tarbiya amaliyotida laboratoriya mashg’ulotlari kiritilmagan. Ayni paytda labora-toriya mashg’ulotlarining maqsadi - predmetning ilmiy-nazariy asoslarini chuqur o’rganish va yetuk usullar, hisoblash texnikasi qo’llanilgan tadqiqotlar ko’nikmalarini, psixologik tekshirish usullarini egallashdir. Shuning uchun talabalarni O’qitish, tarbiya qilish va sog’lomlashtirish jarayoni sifatini yaxshilash, jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy ahvol, shaxsning tipo-logik xususiyatlarini aniqlash malakasini shakllantirish uchun laboratoriya mashg’ulotlaridan foydalanish lozim. Valeologiya bo’yicha amaliy mashg’ulotlar Jismoniy tarbiya bo’yicha O’quv mashg’ulotlar oliy O’quv yurtlarida valeologiyaning asosiy va majburiy shakli hisob-lanadi. Mashg’ulotlarda talabalar sog’lom hayot tarzi haqida bilim oladilar, malakalarini oshiradilar, jismonan rivojlanadilar. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’z xususiyatlariga ega bo’lib, ular harakat sezgilari, holatning tez-tez o’zgarishi, yuqori emosio-nallik, kollektiv harakatlar bilan xarakterlanadi. Pedagogik eksperiment o’tkazish jarayonida jismoniy sog’lomlashtirish va profilaktik mashg’ulotlarning samarali formalari ishlab chi-qildi. Jismoniy sog’lomlashtirish mashg’uloti jismoniy tarbiya-ning pedagogik va metodik prinsiplariga binoan o’tkaziladi. Mashg’ulotni o’tkazish prinsiplari quyidagi talablar asosida konkretlashtirildi: - mashg’ulot ta'lim, tarbiyaviy va sog’lomlashtirish vazifa-larini bajarish, talabalarda jismoniy mashg’ulotlarga qiziqishni shakllantirish, ularni aktiv faoliyatga undashi kerak; - mashg’ulot vazifalari kontingentning boshlang’ich ahvoli haqidagi ma'lumotlar (jismoniy rivojlanishi, jismoniy va funksional tayyorligi) asosida tuzilgan bo’lishi lozim; - mashg’ulot mazmuni, uni tashkil etish va o’tkazish metodikasi har bir talabaning psixologik tadqiqotlar natija-sida aniqlangan individual tipologik xususiyatlari va shaxsiy xarakteriga asoslangan bo’lishi kerak; - mashg’ulot mazmuni va yuklamasi O’quv jadvaldagi boshqa umum ta'lim darslariga mos kelishi kerak. Bundan tashqari, mashg’ulot tuzilayotganda asosiy didaktik tamoyillar (onglilik, faollik, muntazamlilik, ketma-ketlik, ko’rgazmalilik, amaliy yo’naltirilish) e'tiborga olinishi kerak, chunki bularsiz mashg’ulot istalgan natijani bermaydi. Yuqorida qayd etilgan tamoyillardan tashqari O’quv mash-g’uloti tuzilayotganda bir qator umumiy metodik talablarga ham e'-tibor berish lozim. Masalan, har bir mashg’ulot shug’ul-lanuvchilarning aktiv faoliyatini ta'minlab beruvchi, tananing umumiy mehnat qobiliyatini o’sishiga, qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli yechishga yordam beruvchi rasional zichlik tamoyil-lari asosida tuzilgan bo’lishi kerak. Bunday mashg’ulot shug’ul-lanuvchilar organizmiga ijobiy ta'sir etadi, tanani optimal fiziologik yuklama bilan ta'minlash talablariga javob beradi. Bunda shug’ullanuvchilarning mustahkam intizomi, harakatlari-ning uyushqoqligi asosiy talablardan biri bo’lib, ularsiz tarbiyaviy vazifalarni hal qilib bo’lmaydi. Bunday talablarga, shuningdek, shug’ullanuvchilar harakatining emosionalligi, kol-lektivligi, ularning qiziqishlari, individual qobiliyatlari ham kiradi, bunda jismoniy sog’lomlashtirish mashg’ulotlarini tu-zishda bir xillilik inkor etiladi. Tadqiqotlar natijasiga ko’ra turli testlar Musobaqa usulini qo’llash hamkorlik muhitini yaratish uchun zarurdir. Talabaning O’qituvchi bilan bevosita muloqotda bo’lishi ularning O’qishiga, rivojlanishiga ijobiy ta'sir etadi. Mashg’ulotlarning samaradorligi O’qituvchi va talaba o’rtasida aloqa naqadar aniq o’rnatilganligiga, bu aloqaning jismoniy rivojlanish ko’rsat-kichlari va shaxsning tipologik xususiyatlariga naqadar to’liq mos kelishiga ham bog’liq. Bu ma'noda valeologik tarbiya talabaning jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishiga ehtiyojni mustahkamlashga yo’nal-tirilgan O’quv va jismoniy sog’lomlashtirish faoliyatini tashkil etishning ko’p qirrali jarayoni sifatida ko’rib chiqiladi. Mashg’ulotni tuzish va unda ilmiy asoslangan O’quv materi-alini rejalashtirish asosiy vazifalarni belgilab olish bilan amalga oshiriladi. Bu vazifalar umumiy yo’nalishni, mashg’ulot-ning mazmuni va usullari, tarbiya, ta'lim va sog’lomlashtirish vositalarini belgilab beradi. Ta'lim, tarbiya va sog’lomlashtirish vazifalari jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, qon aylanishi, shaxsning tipologik xususiyatlari bahosiga harab konkretlash-tirilishi lozim. Tadqiqotlar natijasiga ko’ra talaba yoshlar valeologik tarbiyasining asosiy vazifalariga salomatlikni, jismoniy rivojlanishini yaxshilash; O’quv tarbiya jarayonini shaxsning tipologik xususiyatlari (flegmatik, xolerik, melanxolik, sang-vinik) ni o’rganish asosida individuallashtirish; quyi kurs talabalarini O’quv yurtiga adaptasiyasini yengillashtirish maqsa-dida valeologik tarbiyaning sog’lomlashtirish yo’nalishini kuchay-tirish; tananing tashqi muhim ta'siriga qarshiligini oshirish, charchoqni bartaraf etish kiradi. Jismoniy mashqlarni bajarish shakllari, usullari, davo-miyligi, ketma-ketligi valeologiyaning asosiy vazifalariga bevosita bog’liq. Shunday qilib, mashg’ulotning mazmunini belgi-lab beruvchi pedagogik vazifalar boshlang’ich omil hisoblanadi. Shug’ullanuvchilarning harakat faoliyati jarayonida ish qobiliya-tining muayyan o’zgarishi jismoniy mashg’ulotlarning yana bir aso-siy omillaridan biridir. U funksional holat dinamikasini, tana tizimlari (harakat apparati, ichki organlar va h.z) imkoniyat-larini aks ettiradi. Yana bir muhim omil-jismoniy mashqlarning shug’ullanuv-chilarga tabiiy ta'siri. Bu, birinchi navbatda, alohida mashqlar yoki mashqlar birikmasining samarasi. Jismoniy mashqlar inson tanasi va ruhiyatida ma'lum o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Bu o’zgarishlar mashqlar to’xtashi bilan yo’qolmaydi, balki ma'lum muddat saqlanib turadi. o’zgarishlarning saqlanib turishi navbatdagi mashqlarni bajarishga yordam berishi yoki aksincha, halal berishi mumkin. Masalan, og’ir jismoniy yuklamali mashq-lardan so’ng qiyin koordinasiyali, yangi harakatlarni o’rganish yaxshi samara bermaydi. Chidamlilikni mustahkamlash mashqlardan so’ng tezlikni oshiruvchi mashqlar ham kutilgan natijani ber-maydi. Chayirlikni oshiruvchi mashqlarni bajarib katta ampli-tudalar bilan xarakterlanuvchi harakatli mashqlar texnikasini o’rganish yaxshi natijalar beradi. Mashg’ulotlar rejalashtirila-yotganda psixologik tadqiqotlar natijalari muhim ahamiyatga ega. quyi kurslarda sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan darslar talaba-ning shaxsiy xususiyatlari (xarakteri, temperamenti, asab tizim-ining ahvoli), O’quv jarayoniga o’rganish qiyinchiliklari asosida rejalashtirilgan. Valeologik tarbiya va mashqlarini pedagogik nazorat qilish asosida "O’qituvchi - O’quvchi" tizimidagi operativ aloqa bilan ta'minlash va O’quv jarayonini yuqori darajada boshqarish bo’yicha tadqiqot natijalarini ham hisobga olish muhim. Jismoniy mashg’ulotlar tashqi omillarga ham bevosita bog’liqdir. Gimnastika zali, sport maydochasi, suzish havzasidagi mashg’ulotlar bir-biridan Farq qiladi. Jismoniy mashg’ulotlar rejalashtirilayotganida o’rta Osiyo regionining quruq issiq iqlimini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Jismoniy mashg’ulotlarning har bir sharti shug’ulla-nuvchilarning jismoniy va ruhiy holatiga, ularning xulqi va ish qobiliyatiga o’z ta'sirini ko’rsatadi. Valeologik tarbiyaning ta'lim vazifasi - sog’lom hayot tarzi ko’nikmalarini shakllantirishga o’rgatish. Bayon etilganlar nafaqat nazariy, balki amaliy planda ham amalga oshiriladi. Zero talaba salomatligi uning harakat faolligi, to’g’ri Ovqatlanishi va kun tartibiga bog’liq bo’ladi. Xususiy va asosiy vazifalarni belgilashda va vositalar mazmunini aniqlashda jismoniy mashqlarning sog’lomlashtirish yo’nalishi bo’yicha qator metodik talablarni hisobga olish kerak, bu talablar jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, qon ayla-nishi, shaxsning tipologik xususiyatlari va harakat sifatlari ko’rsatkichlarining o’zaro aloqasiga asoslangan bo’ladi. Shunday qilib, jismoniy rivojlanish va gavda tuzili-shini yaxshilash talaba yoshlar jismoniy tarbiyasining asosiy shart-laridan biridir va bunga O’quv-tarbiyaviy, sog’lomlashtirish jara-yonlarida kuch-quvvatni oshiruvchi maxsus mashqlardan muntazam foydalanish orqali erishiladi. qon aylanishi oshishi bilan qon bilan ta'minlash va moddalar almashinuvi yaxshilanadi. harakat faolligi mushak-larning qisharish va nasos funksiyalarini oshiradi. Bu esa vena qonining yurakka yo’nalgan harakatiga yordam beradi, tomirlarning periferiya qarshiligini kamaytiradi yurak - qon tizimining yaxshi-lashini ta'minlaydi. qon aylanishini yaxshilash omillari qato-rida jismoniy mashqlar yetakchi rol o’ynaydilar.Sog’lomlashtirish - profilaktik mashg’ulotlarning ishlab chiqilgan strukturasi harakat faolligini oshirishga yordam beradi. Talabalar gavda tuzilishi, jismoniy rivojlanishini yaxshilashga yo’naltirilgan, 500 dan 1000 gacha harakatlarda aks ettirilgan jis-moniy mashqlarni bajardilar. Jismoniy sog’lomlashtirish mashg’ulotlarining tuzilishi Mashg’ulotning kirish (tayyorlov) qismi asosiy O’quv-sog’-lomlashtirish ishiga zamin tayyorlaydi. Kirish qismining umumiy vazifasi - shug’ullanuvchilar e'tiborini faollashtirish, ularni mashg’ulotlar maqsadi va mazmuni bilan tanishtirish, shunga mos ruhiy sharoitni yaratish. Tayyorlov qismda sog’lomlashtirish gim-nastikasining 25-30 takrorlashdan iborat 25-30 mashqlaridan foydalaniladi. Asosiy qismda respirator kasalliklar profilak-tikasi uchun sog’lomlashtiruvchi yugurish (2-5 km), sport va harakatli o’yinlar kuch-quvvatini oshiruvchi mashqlar bilan uyg’unlashib ketadi. Yakunlovchi qismda havo - quyosh vannalarida chiniqish, suv muolajalari o’tkaziladi. Talabalarga to’g’ri ovqat-lanish tavsiya etiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik bo’yicha amaliy mashg’ulot Kirish (tayyorlov) qism. Sekin sur'atda 8-12 minut yugurish. Chayirlik, chaqqonlik e'tiborni yaxshilashga yo’naltirilgan mashqlar - qo’llarni zarb bilan silkitish, sakrash, o’tirib-yurish mashqlarni xushtak chalib, komanda berib bajarish, aylanib sakrash, egilish va x.z. hammasi bo’lib 20 dan kam bo’lmagan (20-30 takrorlashdan iborat) turli mashqlar. Asosiy qismda juft-juft bo’lib og’irligi 2-4 kg bo’lgan koptoklar bilan mashqlar baja-riladi: koptokni ikki qo’llab boshdan oshirib, pastdan ko’krakdan itarib uloqtirish va h.z; 3 kishi, 4 kishi bo’lib: 2 ta-3 ta koptokni bir vaqtning o’zida uloqtirish - uzluksiz 20-30 uloqtrish seriyasi. hammasi bo’lib 10 tadan kam bo’lmagan mashqlar. Yuqori yelka aylanasi, qo’llar uchun mashqlar. Yotgan holda yerga tiralib qo’llarni bukish va yozish (ikki qo’l panjalarini ustma-ust qo’yib, qo’llar yelkadan kengroq va mushtlarda, barmoqlarda) - 4 marta (har biri 10-12 takrorlashdan iborat). Tortilish 6-8 marta. Basketbol yoki voleybol. Chayirlikni oshiruvchi mashqlar. Bir-biri bilan bog’liq jismoniy mashqlarni bajarish bo’yicha amaliy mashg’ulot Kirish (tayyorlov) qism. Umumiy rivojlantiruvchi xara-katdagi mashqlar - 15-20 dan kam bo’lmagan mashqlar. Asosiy qismda futbol, voleybol o’yinlari - 15 minutdan 4 taym. Tanaffus pay-tida kuch-quvvatni oshiruvchi ( to’sinlarda bajariladigan mashq-lar), chayirlikni oshiruvchi mashqlar. Trenajer zallarida bir necha gimnastik snaryadlarni birlashtirgan "Zdorove" universal trenajeridan foydalanildi. Bular: gimnastik devor, to’sin, yuqori va quyi ispanderlar. Bu trenajerda qo’l, oyoq, tana uchun turli mashqlarni bajarish mumkin. Blokli qurilmalardan va shtangalar, toshlar, gantellar, qorin pressi mushaklari, oyoqlarni bukib-yozish uchun maxsus qurilmalaridan foydalaniladi. Atletizm turli sport o’yinlari, yakka kurashlar bilan birgalikda olib borildi va bu darsning ijobiy emosionnal-ligini oshirishga yordam berdi. Darslar mazmuni kompleks xarakterga ega bo’lib, nafas olish, Yurak-tomir tizimi, qon aylanishi va kuchning rivoj-lanishiga yordam berdi, salomatlikni mustahkamlash jismoniy go’zallik va uyg’unlikka erishishga ijobiy ta'sir ko’rsatdi. Shuni qayd etish lozimki, jismoniy mashqlarning sog’lom-lashtiruvchi ta'siri talaba kuchi, chidamliligi ko’rsatkichlarining o’sishi bilan chegaralanib qolmaydi, balki ular tananing barcha organlari ishini ham yaxshilaydi. Faqat mushaklar emas, balki yurak, o’pka, qon tomirlari, suyaklar va, nig’oyat, xarakterlarimizni boshharib turgan miya ham mashq qiladi. Sog’lomlashtirish qiymatiga ega ilmiy asoslangan vosi-talar yo’qligi sababli valeologiya tarbiya jarayonida sog’lomlash-tirish jismoniy mashqlariga yetarli e'tibor berilmayapti, O’qish bosqich-lari yuqorilashgan sayin talabalarning jismoniy rivoj-lanishi jismoniy va funksional tayyorgarligi yomonlashib borayotganligi kuzatilmoqda. 1.2. Salomatlikni yaxshilashning rasional usullari o’qitish sog’lomlashtirishning muvaffaqiyati, uning maqsad-lari va mazmunini, shuningdek, ushbu maqsadlarga erishish vositalari ya'ni, O’qitish usullarini to’g’ri belgilab olishga bog’liq. o’qitish usullari deganda O’qitish sog’lomlashtirishning pedagogik maqsadlarini amalga oshirishni ta'minlovchi O’qituvchi va talaba o’rtasidagi muayyan tartibli, maqsadli munosabatlar tizimi tushuniladi. Eksperimental tadqiqotlar natijasida talabalar valeo-logik tarbiyasining samarali usullari (o’yin, Musobaqa, qat’iy reglamentlashtirilgan mashqlar va so’z orqali ta'sir ko’rsatish usullari) aniqlangan. o’yin usuli harakat faoliyatini harakatli, sport milliy o’yinlar shaklida tashkil etish usuli jismoniy tarbiya jarayonida keng qo’llanilgan bo’lib boshqa usullar oldida qator afzalliklarga ega. Bu usulning mohiyati shundaki, harakat faoliyati o’yinning mazmunini, shartlari va qoidalari asosida tashkil etiladi. o’yin usulining xarakterli xususiyatlari: a) shug’ullanuvchilarning harakat faoliyati yuqori ruhiy ko’tarinkilik fonida olib boriladi; b) o’yin jarayonida shug’ullanuvchilar o’rtasida, murakkab munosabatlar vujudga keladi. Bu xususiyatlar talabalarning harakat faoliyatiga qiziqi-shini orttiradi, ular bir xil xarakterdagi mashqlarni bajarish vaqtida vujudga keladigan ruhiy toliqishdan xalos etadi; o’zlashtirilgan harakatlarni takomillashtirishga va ulardan foydalanish mahoratini egallashga yordam beradi. Musobaqa usuli Mashqlarni Musobaqa shaklida tashkillashtirish usuli. Musobaqaning tarbiya usuli sifatidagi mohiyati shundaki, u talabalarda do’stona, sog’lom raqobat, kuchlilarga tenglashishga intilish ruhini tarbiyalaydi. Ayniqsa reyting tizimi bunga yordam beradi. Musobaqa usuli jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga qiziqishni rivojlantiradi. qat’iy reglamentashtirilgan mashqlar usuli Mashqlarni qat’iy reglamentlashtirish jismoniy sog’lom-lashtirish mashg’ulotlarida eksperiment o’tkazish jarayoning asosiy uslubiy yo’nalishidir. Shu yo’nalishdagi usullarni qo’llash jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishiga ijobiy ta'sir etuvchi kuch imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beradi: yugurish, yurish orqali yurak-qon tizimi ishini yaxshilaydi. So’z orqali ta'sir ko’rsatish usuli So’z orqali ta'sir ko’rsatish usullari o’z vazifasiga ko’ra quyidagi shartli guruhlarga bo’linadi: 1. Ko’rsatib tushuntirib berish usullari; 2. Komanda, ko’rsatma, buyruq berish usullari; 3. Tahlil etish, maslaqat berish, og’zaki baho berish usullari. So’z orqali ta'sir ko’rsatishning yana bir usuli - ishontirish haqida alohida to’xtalib o’tmoqchimiz. Ishontirish, tushuntirish-lar, maslaqatlar, asosli tavsiyalar vositasida amalga oshiriladi. Ishontirish jarayoni murakkab bo’lib fan, amaliyot ma'lumotlariga suyanadi. Ishonchning shakllanishiga jismoniy mashqlarning sog’lashtiruvchi samarasi haqidagi turli-tuman, ko’p qirrali yangi omillar ta'sir ko’rsatadi. Ishontirish san'ati yoshlarning individual xususiyatlarini bilish bilan chambarchas bog’liq. 1.3. Salomatlikni yaxshilashning samarali vositalari Jismoniy mashqlar talabaning nafas olish orgonlariga va ruhiy holatiga yaxshi ta'sir ko’rsatadi. Mushaklar muntazam xarakatlantirib turilmasa insonning markaziy asab tizimi ijobiy zaryadlardan mahrum bo’ladi. Sustlashgan hayotiy tonus, tushkunlik holati jaqldorlik va o’zini qo’lda tutib turolmaslik reaksiyalari bilan tutashib ketadi. Jismoniy mashqlar talabaning nafaqat jismoniy, balki ruhiy holatiga ham ijobiy ta'sir etadi, bu esa, o’z navbatida, ta'lim-tarbiyaviy va sog’lomlashtirish jara-yoni samaradorligini oshiradi. Inson organizmi rivojlanishi-ning qabul qiluvchi davri talabalik yoshida yakunlanadi. Talaba yoshlar bu davrda O’qish, o’rganish, ijtimoiy-siyosiy faoliyat yuritish uchun katta imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Aynan shuning uchun jismoniy tarbiya va sport salomatlikni mustah-kamlash uchun muhim vosita komil insonni tarbiyalash uchun tabiiy va biologik asos hisoblanadi, O’qish, fan bilan shug’ullanish va kasb egallashga bevosita yordam beradi.Jismoniy mashqlar inson organlari va tizimlari faoli-yatiga ijobiy ta'sir etuvchi turli siljishlarni keltirib chiqa-radi. Jismoniy mashqlar zamirida mushak qisharishlari yotadi, mushaklar inson vaznining 3-4 qismini tashkil etadi. Mushaklar qisharishi energiyasi ishlayotgan mushakka kislorod va turli oziqlantiruvchi moddalar ohimining ko’payishi hisobiga hosil bo’ladi, ayni paytda yurak va o’pka faoliyati yaxshilanadi. Ishlab turgan mushakda ko’plab mayda kapillyar qon tomirlar paydo bo’ladi. Shunday qilib, mushaklar rivojlanishida oziqlanish sha-roiti yaxshilanadi, umumiy qon aylanishi engillashadi. Talabalik davrida qon aylanishi, yosh bolanikiga nisbatan sustroq bo’ladi. qon aylanishini jadallashtirish uchun yurak ishlashini faollash-tirish kerak. Yurak faoliyati, o’z navbatida, mushaklar ishi ta'sirida yaxshilanadi. Mushaklar qisharganda qon venalar orqali yurak tomon xarakatlanadi, bo’shashi chog’ida esa kapillyar-lardan venaga og’adi. Tinchlik, xarakatsizlik yetarlicha xarakatlarning bajaril-masligi yurakka salbiy ta'sir ko’rsatadi va turli kasalliklarga sabab bo’ladi. Adabiy manbalar va o’tkazilgan tadqiqotlar tahlili jismo-niy tarbiya amaliy mashg’ulotlarida O’quv dasturi bo’yicha harakat ko’nikmalarini shakllantirish, harakatlarni boshqarishga yo’nalti-rilgan O’quv yuklamasidan foydalanilayotganligini tasdiqlaydi. Natijalar ko’zga ko’rinarli emas, chunki O’quv yuklamasi hajmi, jadalligi uncha baland emas. Jismoniy tarbiya usul va vositalari shaxsning tipologik xususiyatlari, jismoniy rivojlanish, jismoniy ahvol, o’rta Osiyo iqlimi xususiyatlarini hisobga olmaydi. Bayon etilganlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, yoshlarni jismoniy yetuklikka erishtirishga, salomatlikni asrash va mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirishga yo’naltirilgan, ilmiy asoslangan jismoniy mashqlar deyarli yo’q. Shuning uchun ilmiy asoslangan jismoniy mashqlarni aniqlash uchun matematik statistika usulidan foydalaniladi. Pedagogik jarayon omillari-ning o’zaro bog’liqligi xususiyatlarini aniqlash uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan. Pedagogik jarayonda uning tarkibiga kiruvchi omillar o’zaro bog’liqdir. Bir omilni ikkinchi omil o’zga-rishiga mos o’zgartirish mahorati pedagogik jarayon samarasini yanada oshiradi. Ma'lumki, jismoniy sifatlarni tarbiyalash jarayonida kuch-ni, tezlikni, chidamlilikni rivojlantirish orasida ayrim hol-larda ijobiy aloqa, ba'zan esa o’zaro bog’liqlikning yo’qligi kuzatiladi, ya'ni, yuqorida sanab o’tilgan sifatlarning birortasi rivojlansa boshqa sifatlar ham rivojlanadi va, nig’oyat, salbiy bog’liqlik, ya'ni biror sifat rivojlansa, boshqa sifatlar rivojiga yomon ta'sir ko’rsatadi. Jismoniy tarbiya sohasidagi tadqiqotlar eng avvalo, O’quv sog’lomlashtirish jarayonini o’rganish bilan bog’liq. qo’llanilayotgan uchul va vositalarning afzalliklari haqida harakat sifatlarning rivojlanishi, yurak - qon tizimi funksiyalarining xususiyatlari ko’rinishidagi pedagogik samara guvohlik beradi. Pedagogik samara ikki tomonlama (sifat va son) xarakterlanadi. Metodika pedagogikani tadqiqotning statistik usullar bilan boyitadi. Ular o’zlari ochgan ob'ektiv qonunlarni mate-matik model, ya'ni o’rganilgan hodisaning turli tomonlarini xarakterlovchi ko’rsatkichlar o’rtasidagi u yoki bu munosabatlar ko’rinishida ifodalash imkonini beradilar. Ko’rsatkichlar o’rta-sidagi ma'lum munosabatlarning bunday modeli funsional tobelik deyiladi. Uning mohiyati shundaki, bir ko’rsatkichning o’zgarishi, qoidaga binoan, ikkinchi ko’rsatkichning shunga xos o’zgarishiga olib keladi. Funksional tobelik haqidagi bilim tobe kattalik (funksiya) ko’rsatkichlarini boshharuvchi kattalik (argu-ment) ning istalgan ko’rsatkichlariga harab oldindan aytib berish imkonini beradi. Bundan funksional amaliy va ilmiy ahamiyati kelib chiqadi. Funksional modellar bayon etilgan jarayonning borishini oldindan aytib berish, bu jarayonni boshqarish imko-nini beradilar va samarali pedagogik usullarni tanlashga yordam beradilar. Funksional aloqa qat’iy tobelikni aks ettiradi, bunda biror bir omil qiymatining o’zgarishi ikkinchi omil qiymatining xuddi shunday o’zgarishiga sabab bo’ladi. Bunday aloqa aniq fanlar uchun xarakterli hisoblanadi. Pedagogikada esa ular umumiy variantlarda va shartli chegaralarda kuzatiladi. Statistik aloqalar yoki korrelyasiyalarning o’rnatilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Korrelyasiya biror bir omilga boshqa bir omilning bir emas, bir necha qiymatlari mos keladigan holatdagi bog’liqlikning statistik aniq son o’lchamlarini topish imkonini beradi. Bunday holatda aloqa olingan bir qator o’zgarishlarning o’rtacha qiymatlarida ifodalanadi. Korrelyasiya-ning bir necha yo’nalishlari mavjud: to’g’ri ijobiy, salbiy; teskari ijobiy, salbiy korrelyasiyalar. Aloqaning son ko’rsatkichlari bir necha darajalarga bo’li-nadi: kuchsiz aloqa - korrelyasiya koeffisienti 0,30 gacha; o’rtacha aloqa-korrelyasiya koeffisienti 0,31 dan 0,69 gacha; kuchli aloqa-korrelyasiya koeffisienti 0,70 dan 0,99 gacha. Talabalarni sog’lomlashtirishning samarali vositalarini aniqlash uchun jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorlik ko’rsatkichlarining korrelyasion tobeligi belgilangan. Harakat sifatlari, jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy ahvol ko’rsatkichlarning darajasini baholash bo’yicha tadqiqotlar qizlarda 36, yigitlarda 47 testlar bo’yicha o’tkazildi. Bunday yondashuv, ya'ni, talabalarni jismonan yetiltirish uchun ilmiy asoslangan mashqlarni aniqlash sog’lomlashtirish- profilaktika ishini samarali rejalashtirish, sog’lomlashtirish jarayonini jadallashtiruv maqsadiga muvofiq vositalarni tanlash imkonini beradi. Ma'lumki, qizlarda bo’y va og’irlik ko’rsatkichlari (r-0,9), o’pkaning hayotiy sig’imi va bo’yin aylanasi, bilak dinamometriyasi va tananing yog’ og’irligi o’rtasida katta tobelik aniqlangan. Yigit-larda esa bo’y va og’irlik, bilak dinamometriyasi va tana kuchi(r-0,9) o’rtasida katta tobelik mavjud. Yigitlar va qizlarning gavda tuzilishi va jismoniy rivoj-lanishi o’rtasida funksional tobelik aniqlangan bo’lib, ular aloqaning uncha katta bo’lmagan sonini tashkil etadi. Gavda tuzi-lishi, jismoniy rivojlanishni yaxshilash - talabalarni jismoniy yetiltirishning asosiy shartlaridan biri bo’lib unga sog’lom-lashtirish jarayonida kuchni rivojlantirishga yo’naltirilgan maxsus mashqlardan muntazam foydalanish yo’li bilan erishiladi. Gavda tuzilishini rivojlantirish umurtqa poqonani normal ishlashini ta'minlovchi qomatni yaxshilash imkonini beradi. Talabaning tipologik xususiyatlari ko’rsatkichlarining korrelyasion tobeligi asab jarayonlarining uyqonish va harakat-chanligi o’rtasida ancha katta (r-0,6) tobelik borligini aniqladi. Asab jarayonlarining uyqonish va harakatchanligi kuchi yuqori bo’lgan talabalar yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo’ladi. Ularga harakat faolligi yuqori bo’lgan va holat tez-tez o’zgarib turadigan jismoniy mashqlar tavsiya etiladi. Asab jarayonlari-ning uyqonish va harakatchanligi kuchi past va tormozlanish kuchi esa yuqori bo’lgan talabalarga bir me'erdagi tezlikni talab qiluvchi mashqlar to’g’ri keladi. Ko’p sonli mushaklar ishtirok et-gan, harakat faolligi yuqori bo’lgan mashqlar yurak - qon tizimi faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Aniqlangan tobeliklar talabalar valeologik tarbiyasi ja-rayonida qo’llaniladigan jismoniy mashqlarn tanlashda hisobga olinadigan, ilmiy asoslangan talablarni shlab chiqish imkonini beradi. Bu esa O’quv jarayonining samaradorligini ta'minlaydi. Turli yoshdagi va jinsdagi talabalar qon aylanishi xususiya-tlari ustida olib borilgan tadqiqotlardan olingan natijalar qon aylanishining doimiy indeksi va qon aylanishi indeksi o’rtasida yuqori bog’liqlik (r-0,9) borligini aniqlash imkonini berdi, vaholanki qon aylanishi ko’paysa qon aylanishi va moddalar almashinuvi yaxshilanadi. Ayni paytda qon aylanishi indeksi va tomirlarning periferik qarshiligi o’rtasida yuqori salbiy bog’liqlik (r-0,9) mavjud. harakat faolligi mushaklarning qishar-tiruvchi va nasosli funksiyasini kattalashtiradi, bu esa vena qonini yurak tomon yurishini ta'minlaydi, tomirlarning perife-rik qarshiligini kamaytiradi yurak - qon tizimi funksiyasi sama-radorligini oshiradi. Bayon etilgan omillar talabalar valeologik tarbiyasi bo’yicha darslarda qo’llaniladigan vositalarni tanlashda hisobga olinishi kerak. Shunday qilib, mushak tizimining ma'lum morfofunksional holati - muhim hayotiy zaruratdir, uning darajasi esa mushaklar kuchining ko’rsatkichlarida aks ettiradi. Bundan kelib chiqadiki, salomatlik uchun mushak tizimining ma'lum darajasi zarur ekan. Amaliy mashg’ulotlarda harakat faolligining oshirilishi, yuqori yelka aylanasi, qorin pressi mushaklarini mustahkamlovchi vositalarni jismoniy mashqlar tarkibiga kiritish, ularning tonusini ko’tarish qomatni yaxshilash, qomat buzilishlari oldini olish harakatlanuvchi va ichki organlar faoliyatini yaxshilaydi. Yuqorida bayon etilganlarni hisobga olib har tomonlama tayyorlik insonning jismoniy qobiliyatini takomillashtirishni talab etadi va maxsus mashqlar orqali erishiluvchi garmonik rivojlanishning muhim omili hisoblanadi, degan xulosaga kelish mumkin. Tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari salomatlikni yaxshilashning samarali vositasi sifatida quyosh radiasiyasi, havo va suv muhitlarining xususiyatlari talabaning salomatligini mustahkamlash, chiniqish va ish qobiliya-tini oshirish vositalari sifatida xizmat qiladi. Valeologik tarbiya jarayonida tabiiy tadqiqotlar doirasida tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlaridan ikki yo’nalishda foyda-lanildi: 1.Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’shimcha sharoit sifatida (mashg’ulotlarning ochiq havoda o’tkazilishi) foydalanish, bunda muhitning tabiiy omillari jismoniy mashqlar ta'sirini to’ldiradi, kuchaytiradi va faollashtiradi; 2.Sog’lomlashtiruvchi suzish bo’yicha mashg’ulotlarni ochiq suv havzasi ( basseyn)da tashkil etish, bunda tabiiy omillar chiniq-tirish va sog’lomlashtirishning nisbatan mustaqil vositalari si-fatida dozalashtiriladi. Sog’lomlashtiruvchi suzish aprel va oktyabr oylarida o’tka-ziladi. o’zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya markazi ma'-lumotlariga ko’ra bu yilning sog’lomlashtiruvchi suzish uchun eng qulay vaqtidir. Tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik fak-torlar valeologik tarbiya vositalari sifatida talabalar salomat-ligini yaxshilash va O’quv faoliyati samarasini oshirishga yordam berdi.Tadqiqotlarimiz xulosasiga ko’ra tabiiy omillar muhitdagi chiniqtirish jismoniy mashqlari organizmning tashqi muhit ta'sirlariga chidamliligini oshiradi. Ochiq havoda amaliy mashg’ulotlar stadionda 1.09. dan 30.11. gacha va 1.03. dan 1.06.gacha havo harorati +10 dan +28 gacha bo’lgan sharoitda o’tkaziladi. Shuni qayd etish muhimki, havo harorati +27 dan oshganda talabalar jismoniy mashqlarni goh oftobda, goh salqinda bajaradilar. Ochiq havoda o’tkazilgan tadqiqotlar davo-mida turli usullardan foydalanildi. Bular: qat’iy reglament-lashtirilgan mashqlar, o’yin va Musobaqa usuli, so’z va ko’rgazma orqali ta'sir ko’rsatish va h.z. Turli usullar qo’llanilgan kom-binasiyalarni sinab ko’rish natijasida o’yin va Musobaqa usuli-ning samarali birikmasi aniqlandi. Bellashuvlar jaryonida raqobatchilik omili ( to’sinlarda tortilish, yerga tiralib qo’llarni bukish va yozish), shuningdek ularni tashkil etish va o’tkazish shartlari (erishilgan natija uchun rag’batlantirish) o’zgacha ruhiy kayfiyatni yaratadi. Talaba reytingini aniqlash jismoniy mashq-lar ta'sirini kuchaytiradi va organizmning funksional imko-niyatlarini maksimal darajada namoyon etishga yordam beradi. Tadqiqotlarning yuqorida keltirilgan natijalarining ko’rsati-shicha bellashuvlar sharoitida jismoniy tayyorlik Musobaqa bo’lma-gan boshqa usullar sharoitidagiga nisbatan ancha oldinga sil-jiydi. o’yinga nisbatan Musobaqa paytida ruhiy holat kuchliroq namoyon bo’ladi. Ochiq havo sharoitida qo’llanilgan o’yin va Musobaqa usul-lari va tabiat kuchlari O’quv faoliyati bilan bog’liq ruxiy zo’riqish va auditoriya, yotoqxona, uy sharoitida ko’p vaqt o’tirish natijasida hosil bo’lgan dimiqishni bartaraf etishga yordam beradi. Chiniqish ruhiy charchoqni yengadi. Talabalar o’rtasida shamollash kasallik-lari kamaydi, bu esa davomatning yaxshilanishiga sabab bo’ldi. Pedagogik tadqiqotlar jarayonida jismoniy mashqlar ta'sirini belgilovchi omillar aniqlandi. 1.o’qituvchi va talabalarning shaxsiy xususiyatlari muhim omil hisoblanadi. o’qitish ikki yog’lama jarayondir. Jismoniy mashqlar ta'siri o’rgatayotgan va o’rganayotgan shaxslarning axloqiy sifatlari, bilim darajasi, mahorati, jismoniy rivojlanishi, qiziqishi va faolligiga bog’liqdir. 2.Ilmiy omillar talaba tomondan valeologik tarbiya qonuniyatlarini o’rganish choralarini xarakterlaydi. Jismoniy mashqlarning pedagogik, psixologik, fiziologik tomonlari qan-chalik chuqur ishlab chiqilgan bo’lsa, ulardan pedagogik masalalarni yechishda shunchalik samarali foydalanish mumkin. 3.Metodologik usullar jismoniy mashqlarga qo’yiladigan talablar guruhini o’z ichiga oladi. o’qitish samarasi tanlangan tanlangan mashqlarning talaba imkoniyatlariga qanchalik mos kelishiga bog’liqdir. Individualizasiyalashtirilgan O’qitish jis-moniy mashqlarni shaxsiy xususiyatlarga mos tanlash, demakdir. Bu esa O’quvchidan tibbiy, psxiologik, pedagogik bilimlarni talab etadi. Talabalarning shaxsiy xususiyatlarini bilish "pedagog-talaba - pedagog" pedagogik hamkorligining bazasi hisoblanadi. Ayni paytda talabalar shaxsiy xususiyatlarini aniqlash jismoniy mashg’ulotlar ta'sirini faollashtiradi. Jismoniy yetilish jarayonini individuallashtirish mashqu-lotlarni differensialash, ularni o’tish yo’llari, jismoniy yuk-lama me'yorlari va ularni boshqarish yo’llari, mashg’ulot turlari va pedagogik ta'sir usullari bilan ifodalanadi. 1.4 Salomatlikni mustahkamlashning noan'anaviy vositalari Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari- bu sog’lomlashtirish mashqlari va tabiiy omillardir. Ma'lumki, jismoniy mashg’ulotlar organizmning tashqi muhitdagi salbiy omillar ta'siriga chidamliligini oshiradi, moddalar almashinuvi, qon aylanishini yaxshilaydi, qayta tiklash jarayonlarini faollashtiradi va asab tizimini mustahkamlaydi. Sog’lomlashtirish mashqlari ta'siri samaradorligini oshi-rish maqsadida turli kasalliklarning oldini oluvi noan'anaviy vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. (Masalan, sog’lomlash-tiruvchi yugurish, yurish, umurtqa poqonasini sog’lomlashtiruvchi mashqlar, sharq yakkakurashi turlari va h.z.) Sog’lomlashtiruvchi yugurish Ma'lumki, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda kasal-liklar va insonlar o’limining asosiy sabablaridan biri yurak qon - tomir tizimi faoliyatining buzilishi hisoblanadi. " Insonning yoshi uning tomirlari yoshiga tengdir.'' degan iboraga hech kim shubha qilmagan. Yurak qon - tomir tizimi faoliyatini yaxshilashga sog’lomlashtiruvchi yugurish bo’yicha amaliy mashg’ulotlar yordam beradi. Sog’lomlashtiruvchi yugurish bilan shug’ullanuvchilar kap-pilyarlarining zich tarmog’i yoziladi, yurak qon - tomir tizimining elastikligi ancha oshadi, mustahkamlanadi va yosharadi. Sog’lomlashtiruvchi yugurish havaskorlari chuqur va tez tez nafas oladilar, yurak urishi minutiga 50 - 60, ayrim hollarda 40- 50 martani tashkil etadi, o’pkalari sig’imi yugurmaydiganlar o’pkalari sig’imiga nisbatan 20- 30 %ga kattaroq bo’ladi. o’quv jarayoni talabalardan maksimal e'tiborni, katta asa-biy kuchlanishni talab etadi.Bu hol Ayniqsa boshlang’ich kurslarda adaptasiya qiyinchiliklari munosabati bilan yanada murakkab-lashadi. Doimiy stress xolati sustlashgan mushak faolligi, chet el mutaxassislarning fikricha kupgina jiddiy kasalliklarga sabab bular ekan. Salbiy xissiyotlarning doimiy ta'siri ostida stenokardiya, gipertoniya, asab zurikishi, ekzema, oshkozon yarasi kabi kasallik-lar rivojlanadi. Olimlar jismoniy mashklar va asab zo’riqishining pasayishi o’rtasida aloqa mavjudligini isbot qilishgan. Yengil yugurish mashqlariga mutaxasislar aqliy charchashdan xalos etuvchi va ayni paytda tetiklik va shodlik ulashuvchi vosita sifatida harashadi. Shuning uchun amaliy mashg’ulotlarda 20 daqiqadan 45 daqiqagacha 8- 10 km soat tezlikda sog’lomlashtiruvchi yugurish bilan shug’ullanish tavsiya etiladi. Yugurishni yaxshilovchi mashqlar Tizzalarni baland ko’tarib, qo’llarni silkitib (o’ng qo’l va chap oyoqni ko’tarib, chap qo’l va o’ng oyoqni ko’tarib) 0,5- 1 daqiqa od-diy yurish. qo’llar belda oyoq tovonlarida 0,5 daqiqa yurish. Oyoq uchida qo’llarni silkitib 0,5- 1 daqiqa yurish. qo’llar belda, yarim o’tirgan holatda 0,5 daqiqa yurish. qo’llar bilan navbatma navbat oldga zarbani imitasiya qilib, yarim o’tirgan holatda 0,5 daqiqa yurish. Oyoqlarni tik ko’tarib (generalcha qadam) 0,5 daqiqa yurish. qo’llarni oldinga uzatib, yarim o’tirgan holatda 0,5 daqiqa yurish. qo’llarni tepaga baland ko’tarib, oyoq uchida orqaga 0,5 daqiqa yurish. qo’llarni boshga qo’yib, oyoq uchida yonlama 0,5 daqiqa yurish. Oddiy yurish 0,5 daqiqa. Sog’lomlashtiruvchi yurish P.Breg yurishni "barcha mashqlarning qiroli" deb atagan, yapon mutaxassislari esa kuniga " 10 ming qadam yurish" tavsiya etadilar. N.Amosov "Agar yurganda yurak urishi minutiga 120 martani tashkil etmas ekan, bunday yurish vaqtni bekorga sarflash demak-dir", degan edi. Yurish harakat tezligi soatiga 5- 6 km ni tashkil etsagina foydali bo’ladi. Bunda inson albatta terlashi va charchoqni his etishi kerak. Umurtqa poqona profilaktikasi va umurtqani sog’lomlashtiruvchi mashqlar Bunday mashqlarni bajarishda P.Breg quyidagi qoidalarga amal qilishni tavsiya etadi: keskin harakatlar kilmaslik; mashqlarni o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib bajarish; mashqlarni harakatning maksimal amplitudasi bo’yicha bajarmaslik. P.Bregning ta'kidlashicha, umurtqa tuzilayotganda mushaklar va bO’qimlar kuchayadi va normal qomatni shakillantiradi. qon aylanishi yaxshilanadi. Boshharuvchi asboblardagi bosim pasaysa barcha ichki a'zolar mustahkamlanadi, nafas olish chuqurlashadi va barcha xujayralar kislorod bilan to’yinadi. har bir mashq 3 - 10 martadan bajariladi. 1- mashq. Polga old taraf bilan yotib, tosni ko’taring va orqani yoy shaklida qayiring. Tanani kaftlar va oyoq panjalari ko’tarib turadi. Tos qism boshdan balandroqda turishi lozim. Oyoq-larni yelka kenglikda yoying. Tizzalar va tirsaklarni to’g’r-lang. Tosni deyarli polgacha tushiring. Oyoqlar va qo’llar to’g’ri holatda. Boshni ko’taring va keskin orqaga eging. Tosni mumkin qadar past-ga, keyin mumkin qadar balandga ko’taring va orqaniqayiring. 2- mashq. Bu mashq asosan jigar va buyrakka boruvchi asab-larni mustaxkamlashga mo’ljallangan. U asab buzilishlari natija-sida yuzaga kelgan kasalliklarni yengillatishga yordam beradi.Erta harib holgan , bo’sh jigar, qotib holgan buyraklar ushbu mashqlarni bajarish natijasida yana yaxshm ishlay boshlaydi. Polga old taraf bilan (lisom vniz) yoting, tosni ko’taring va orqaniqayiring. Tana kaftga va oyoq barmoqlariga tayanadi. qo’l va oyoqlar to’g’ri holatda. Tosni mumkin qadar chapga buring, chap biqinni imkon qadar pastroq tushuring. huddi shu mashqni o’ng tomonga harab bajaring. Oyoq va qo’llarni bukmaslikka harakat qiling. 3-mashq. Bu mashqda umurtqa poqona tepadan pastga tomon bo’sh holatga keladigan. har bir asab markazi jalb etilgan. Tos qismi bir holati yengillashadi. Umurtqaga birikkan mushaklar mustahkamlanadi. Boshlang’ich holat. Polga o’tiring, qo’llar orqada tosni ko’ta-ring. Bu mashq tez tempda bajariladi. 4- mashq. Ushbu mashq umurtqaning oshqozonni boshharuvchi asablari to’plangan qismiga yaxshi kuch beradi. Polga chalqancha yoting, oyoqlarni uzating, qo’llarni yonga qo’ying. Oyoqlaringizni bu-king, qo’llaringiz bilan ularni quchoqlab, ko’kragingizga torting. Gavdangizni shunday xolatga 5 sekund ushlab turing. 5 -mashq. Bu mashq umurtqani tortishga yordam beruvchi muxim mashqlardan biri. Bundan tashqari u asablarni jalb etib yo’qon ichakka kuch baqishlaydi. Boshlang’ich xolat xuddi 1- mashqnikidek. Polga old taraf bilan yotib, tosni ko’taring va orqani yoy shaklida qayiring, boshingizni pastga haratib to’g’ri xolatdagi oyoq va hollarga tayaning. Shu holatda xonani aylanib chiqing. Gimnastik skameykada bajariladigan mashqlar Boshlang’ich xolat. o’tiring xar bir tarafga 20 - 30 martadan buriling; oyoqlarni ikki tarafga yoyib oldinga 20 - 30 martadan egiling. Boshlang’ich xolat. Chalqancha yoting. Oyoqlarni boshga harab 20 - 30 marta olib boring. Boshlang’ich xolat. o’tiring, oyoqlarni "velosiped" qilib 20- 30 marta bukib yozing; bukilgan oyoqlarni har bir tarafga 20 - 30 martadan himirlating. Boshlang’ich xolat. Chalqancha o’tiring oyoqlarni 20 - 30 marta boshga ketma - ket olib boring (velosiped). Boshlang’ich xolat. o’tiring, tizzadan bukilgan oyoqlarni ko’taring (o’ng oyoqni o’nga chap oyoqni chapga) 20 - 30 marta; qo’llar boshning orqasida, o’nga va chapga buking, bunda xar bir tarafga 20 - 30 martadan egilib, boshni o’tirg’ichga tekizishga harakat qiling. Xitoycha sigun terapiya Sigun sharq yakkakurashi barcha tizimlarining asosiga kirib, xitoy milliy madaniyatining bir qismi hisoblanadi. Nahorda trotuarlar, yo’l chekkalari, xiyobonlar o’ziga xos sport maydoncha-lariga aylanadi va turli yoshdagi insonlar: erkaklar , ayollar, bola-lar, hariyalar, hech kimga etibor bermay Sigun va U-ShU bilan shug’ullanadilar. Sigun xitoy tibbiyoti xazinasidagi nodir meroslardan biri bo’lib, uch ming yillik tarixga yega. Bu tibbiy davolanish va salomatlikni mustaxkamlashning milliy xususiyatlarga ega samarali vositasidir. Sigun turli kasalliklarning oldini olish, ularni davolash, salomatlikni asrash va mustaxkamlash, erta harishning oldini olish, shuningdek, umrni uzaytirishda faol rol o’ynaydi. Ayniqsa,surunkali va murakkab kasalliklarni davolashda uning ta'siri katta. Mana shuning uchun qadimda Sigunni "Kasal- liklarni bartaraf etuvchi va hayotni uzaytiruvchi usul" deb atagan. Terapevtik va sog’lomlashtiruvchi yoga I.P Berezin turli nohush xolatlar va surunkali kasal-liklarni davolash, ularning oldini olish yoga uchun cho’t emas-ligini qayd etadi. Bu o’z tanasi va ongini boshqarishni takomil-lashtirish, o’zlikni anglab yetish yordamida davolanish, tabiat va insoniy xarakatlar uyg’unligiga erishish demakdir. 1988yilda "Fizkultura i sport" jurnali tomondan "Yoga sog’lomlashtirish tizimi sifatida" munozara tashkil etilgan edi. Munozaraga xulosa yasab, shunday deyilgan edi. Yoga haqida sog’lomlashtiruvchi gimnastikaning bir ko’rinishi sifatida gapi-rsak, bu tizimni soddalashtirib yuborgan bo’lamiz. Xatxa yoga amalda juda keng qo’llaniladi: pronayamu (nafas olishning o’ziga xos muhim ko’rinishi), tozalashni muolajalari (ruxiy tozalanish ham shunga kiradi.) distalogiya masalalari (shu jumladan davolovchi ochlik), mehnat, dam olish, uxlash rejimi, talimotning axloqiy tomonlari bilan bog’liq tavsiyalarni o’z ichiga oladi. Terapevtik yoga turli mashqlar yordmida o’z- o’zini davolash tuzimidir. Yoga talimotiga ko’ra noto’g’ri hayot tarzini yuritish, yomon odamlar, noto’g’ri Ovqatlanish, individum xayotida muhim o’rin tutuvchi predmetlar to’g’risida noto’g’ri tassavurga ega bo’lishi turli kasalliklar, beholliklarga sabab bo’ladi. U -ShU sog’lomlashtiruvchi tizimi U-ShU profilaktik va davolash gimnastikasi tizimlari bilan uzviy bog’liqdir. U-ShU ning davolovchi va sog’lomlashiruvchi qirralari xalq tibbiyotining ajralmas qismini tashkil etadi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha " U -ShU tizimini egallagan inson tanasining himoya xususiyatlarini oshiradi; muntazam mashqlar mustaxkam sog’likka erishishga yordam beradi va umrni uzaytiradi. U-ShU, shartli ravishda, uch yo’nalishga ega sog’lomlash-tiruvchi, sport va xarbiy amaliy yo’nalishlar. Sog’lomlashtiruvchi u-shu gimnastik mashqlar, tananing asosiy (son, qo’l, oyoq) xarakatlari joyni o’zgartirish plastikasini ishlash, nafas olish mashqlari, massaj komplekslarini o’z ichiga oladi. Tao deb ataluvchi mashqlar kompleksi yuqorida aytib o’tilgan elementlarni o’z ichiga oladi. U-ShU gimnastikasi bilan shug’ullanish kuch, chayirlik, hara-katlar kordinatsiyasini rivojlantiradi, katta sog’lomlashtirish profilaktik ahamiyatga ega, ijobiy psixofirik tasir ko’rsatadi, eng muhimi, jismoniy tayyorgarlik darajasi turlicha bo’lgan insonlarning barchasi bu gimnastika bilan shug’ullanishi imko-niyatiga ega. Yapon tadqiqotchilarining fikricha U-ShU mashg’ulotlari konveyr liniyalarida mehnat unimdorligini oshirishga yordam beradi. Bu mashqlardan maktablarda, o’rta maxsus O’quv yurtlarida, oliy O’quv yurtlarida charchoqni bartaraf etish, O’quv va ishlab chiharish faoliyatiga tetiklik baqishlash uchun ishlab chiharish gimnastikasi sifatida foydalanish mumkin. Xitoy gimnastikasi Tayqzisyuan xitoy madaniyatining ajoyib bir ko’rinishi bo’lib, sog’lomlashtirishning samarali tizimi va inson halbining eng ezgu qirralari to’g’risidagi talimotni o’z ichiga oladi. Tayqzisyuan yordamida o’zini bo’sh qo’yish, yumshoqlik, uyg’unlikning tabiiy tamoyillari tiklanadi. Nafas olish va harakatlar bilan birlashtirilgan psixokon-sentrasiyaning rasional usullari organizmni yaxshilaydi, aqliy va ruxiy charchashni bartaraf etadi. Nafas olish va konsentrasiya usullarining bosh miya faoliya-tini yaxshilash, organizmning ko’pgina funksiyalariga ijobiy tasir etishi olimlar tomonidan isbot qilngan. Tayqzisyuan sog’lomlashtiruvchi vazifalari juda ajoyib. Bundan tashqari bu tizim bilan muntazam shug’ullanish ko’pgina kasalliklarni davolashda juda qo’l keladi. Shu sababli Xitoyda Tayqzisyuandan nafaqat sog’lomlashtiruvchi tizim, balki terapiyaga hamroh ko’rinishi sifatida ham foydalaniladi. Oshqozon -ichak yo’li kasalliklarida bunday mashg’ulotlar oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yarasining tez bitishiga, gastroptoz va surunkali gastrit entrit kasalliklarini davolashda yordam beradi. Ulardan yurak tomir tizimi kasaliklari: yurak tomirlarining zaralanishi gipertoniya, gipotoniya, qon aylanishi yetishmovchiligi, atero-sklerozni davolashda xam foydalaniladi. Tayqzisyuan mashg’ulotlari konda albumin sonini oshi-radi, globulin va xolesterin tarkibini kamaytiradi va atero-sklezning oldi olinadi. hozirgi kunda Xitoy profilaktoriyalari va shifoxona-larida Tayqzisyuan bemorlarni reobilitasiya qilishda kuchli vosita hisoblanadi. Suyak kasalliklarini oldini olish Suyaklar usti yupqa kemirchak bilan qoplangan. Bu kemirchak plastinkalari juda silliq, shuning uchun ular bir - biriga tegib sirpanganda ishhalanish juda yuqori bo’ladi. Bundan tashqari suyaklar bir biriga ulangan joy sumka yoki kapsulaga kiradi. Suyak sumkasining ichki sirti maxsus suyuqlik ajratadi, bu suyuqlik suyaklarga surtilib kamroq ishhalanish bilan harakatlanish imko-nini beradi. Bu suyuqlikning o’ziga xos xususiyati shundaki, suyak-lar qancha ko’p ishlasa suyuqlik shuncha ko’p ajralib chiqadi. Akademik N.M. Amosovning fikriga ko’ra sog’lomlash-tiruvchi mashqlarning hajmi insonning jismoniy ahvolidan kelib chiqish kerak. 20 - 30 yoshgacha harakat (takrorlashla) qilish kifoya. Agar suyaklaringizda og’rig’ paydo bo’lgan va yoshingiz 40 dan oshgan bo’lsa xar bir suyak uchun xarakatlar dozasi 50 dan 100 gacha ko’tariladi. Suyaklar zararlanganligi yaqqol bo’lsa, N.M. Amosov-ning fikricha har bir suyak uchun takrorlashlar 200 - 300 ta bo’lishi kerak. Ya'ni, yoshing qanchalik katta bo’lsa suyak kasalliklarining oldini olish uchun ko’proq vaqt ko’proq harakat qilish lozim. Mashqlar komleksi 1 Turish: oyoqlar yozilgan, qo’llar pastda. har 1:4 hisobda boshni oldinga, orqaga, o’ngga, chapga egish. 2. Turish: oyoqlar yozilgan, qo’llar ikki yonga uzatilgan, har bir hisobda qo’l bilaklarini aylantirib harakatlantirish. 3. Turish: oyoqlar yozilgan, qo’llar ikki yonga uzatilgan, har bir hisobda qo’llarini aylantirib harakatlantirish. 4. Turish: oyoqlar yozilgan, qo’llarda gimnastika tayog’i va skakalka. qo’llarni yuqoriga to’g’ri uzating va elka suyaklarini ishlatib aylana hosil qiling va boshlang’ich holatga qayting. 5. Turish: oyoqlar yozilgan, qo’llar belda 1:3 hisobda gavdani chapga,oldga, o’ngga prujinali egish. 6. Turish: oyoqlar yozilgan, qo’llar belda 1:3 hisobda gavdani egib o’ng qo’l bilan chap oyoqqa prujinali egish, 4hisobda boshlang’ich holatga qaytish. Xuddi shu mashqni chap qo’l bilan o’ng oyoqqa prujinali egib takrorlang. egilgandan barmoqlar uchi yoki kaft bilan polga tegishga harakat qiling. 7.Oyoqlarni keng yozing. har bir hisobda qo’llarni yongga yozib o’ngga, oldga. chapga, egiling. 8. Turish: oyoqlar yozilgan, qo’llar belda 1:4 hisobda gavdani o’ngga, 5:8 hisobda chapga aylantirib harakatlantiring. 9. Turish: oyoqlar yozilgan, qo’llar yonga 1 deganda tizzani bir oz bukib orqaga egiling, qo’llaringiz bilan tovonlaringizga tegizing, 2 deganda boshlang’ich holatga qayting. 10. Turish: oyoqlar yozilgan, qo’llar oldga uzatilgan. Oyoqlarni navbatma- navbat siltab ko’tarib qo’llarga tegizing. Mashqlar turgan joyda, yurib, sekin yugurib, 20- 30 martadan bajariladi. Basketbol, futbol, qo’l to’pi, tennis, badminton va boshqa sport o’yinlari golenostopniy, koleniiy va elka suyaklari pro-filaktikasida samarali vosita hisoblanadi. Jismoniy uyg’unlik sog’lomlashtirish mashqlari Murabbiy M.Tartakovskiy gavda tuzilishini yaxshilash uchun mashqlar kompleksini ishlab chiqdi. qorin mushaklari bo’yi yoki bel hajmi meyorga to’g’ri kelmaydiganlar uchun bu kompleks juda foydali. Bu yerda erkak va ayollar uchun bir xil mashqlar berilgan bo’lsa ham muntazam shug’ullanish davomida gavda tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari tufayli turlicha bo’ladi (erkaklar qorni va orqasi mushaklari ajralib turadigan, ayollarda mushaklar relefi tekislanib, yumshoq bo’lib holadi). Individual kompleks o’z ichiga qiyinchilik darajasi unga baland bo’lmagan 8 mashqni o’z ichiga oladi. Tana holati o’zgarmagan holda mushaklar tortilishiga nafas olish, bo’shashishga nafas chiqa-rish mos keladi. Mashqlarni yotib bajarayotganda korpus holatini qo’llar bilan, oyoqlar holatini tayanch yordamida qo’llab turish mumkin. Bir tomonga bajariladigan mashqlarni, albatta ikkinchi tarafga ham shuncha marta takrorlash kerak. Birinchi mashg’ulotdan so’ng mushaklar og’rishi mumkin. Bu normal yuklama natijasi bo’lib, mashg’ulotlarni to’xtatishga sabab bo’la olmaydi. Mashqlar
1) qo’llarni ikki yonga kaftlarni pastga haratib uzating. Yuqori ko’tarilgan oyoqni goh o’ngga, goh chapga tushiring. 2) xuddi shu mashqni ikki oyoqda bajaring. 3) ikki oyoqni havoda aylantiring. 2. qoringa yoting. 1) kaftlaringiz bilan polga tayaning qo’llarni to’g’irlab, boshni, korpusni ko’tarib egiling. 2) qo’llar orqaga "bog’langan". Oyoqni poldan uzmay qayriling 3.Chalqancha yoting. 1) oyoqlarni buking 45gradus burchakda yozing va tushiring. 2) oyoqlarni to’g’ri ko’taring, buking va boshlang’ich holatga qayting. 3) oyoqlarni to’g’ri ko’tarib ularni bosh orqasidagi polga tegizishga harakat qiling. 4. Yonbosh yoting. 1) chap qo’l ko’krak oldida, o’ng qo’l orqada tayanch hosil qiladi. 2) oyoqlarni to’g’ri tutib ko’taring. 3) qo’llar boshning orqasida korpusni ko’taring. 5. Chalqancha yoting. 1) qo’llar boshning orqasida. Tovonlarni polga tirab, tosni ko’taring kuraklarda "ko’prik" hosil qiling. 2) kaftlarni polga tirang. 3) qo’llarga,tovonlarga va boshga suyanib "ko’prik" yasang. 4) huddi shuni, qo’llarni to’g’ri tutib bajaring. 6. qoringa yoting. 1) oyoqlarni navbatma navbat to’g’ri ko’taring. 2) qo’llaringiz bilan to’piqlarni ushlab egiling. 3) qo’llarni tana bo’ylab qo’yib kaftlarni pastga harating. qo’llarga tayanib, oyoqlarni to’g’ri ko’taring. 7. Chalqancha yoting. 1) qo’llarning yordamisiz o’tiring. 2) oyoqlarni kengroq yozing, qo’llar boshning orqasida, polga yegiling. 3) xuddi shunday, to’g’ri qo’llar boshning orqasida. o’tirish holatiga o’ting, oyoqlarga egiling. 8. Chalqancha yoting. 1) qo’llar boshning orqasida. Oyoqlar bilan "velo-siped" harakatini bajaring. 2) 45gradus burchak ostida ko’tarilgan to’g’ri oyoqlar bilan "qaychi" harakatini bajaring. 3) to’g’ri oyoqlar bilan harama- qarshi tarafga xarakatini bajaring. Mashg’ulotni yugurish, yurish va nafas olish mashqlari bilan tugating. 3.5. Bo’sh vaqtdan to’g’ri foydalanishga o’ragatish Ommaviy jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini rivojlanti-rishning asosiy maqsadi salomatlikni mustahkamlashdir. Turli mamlakatlarda sog’lomlashtirish ishlari qanday yo’lga qo’yilgani bilan tanishib chihamiz. Chet el maktablarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga bo-lalik yillaridanoq barharor, eng muhimi ongli qiziqish uyg’otish bo’yicha bir qator usullar muvaffaqiyat bilan tadbiq etib kelin-moqda. Ko’p hollarda jismoniy tarbiya darslarining yakuniy O’quv maqsadi aynan shunday belgilanadi. Ushbu maqsadga erishishning asosiy usuli harakat faolligiga qiziqishni tarbiyalashdir. Turli mamlakatlarda jismoniy tarbiya masalalari bo’yicha nazariy mashg’ulotlar turlicha nomlanadi, ammo ularning barchasi yagona sog’lomlashtirish yo’nalishiga ega. AQSh va Yaponiyada "Sog’-lom hayot tarziga o’rgatish"; Avstraliyada " Bo’sh vaqtdan to’g’ri foy-dalanishga o’rgatish"; Finllandiyada "Sog’lom hayot tarzi ko’nikma-larini shakllantirish". Yaponiyada "Sog’lom hayot tarziga o’rgatish" bolalar bog’cha-sining katta guruhidanoq boshlanadi. Avstraliya sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va faol dam olish masalalari bo’yicha kengash mutaxascislari, bo’sh vaqtdan to’g’ri foydalanishga o’rgatishni faoliyatlarining muhim sohalari-dan biri hisoblashadi. Kengash yuqorida qayd etilgan predmetni ta'limning majburiy dasturiga kiritish bo’yicha faol ish olib bormoqda. o’z navbatida, Kaliforniya sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya faol dam olish va raqslar masalalari buyicha assosiasiyasi tomoninidan salomatlik bo’limini yaratish bo’yicha haror qabul qilingan. Ushbu asossasiya vazifalariga Kaliforniya shtatining barcha umumiy ta'lim maktablarida salomatlik maktab dastur-larini kiritish kiradi. Bu dasturlar o’sib kelayotgan avlodda salomatlieni asrash va mustaxkamlash borasida karor qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Mashg’ulotlarni bolalar bog’chasidan tortib umumiy ta'lim maktablarining 12 sinfigacha o’tkazish rejalashtirilgan. Shuni qayd etish lozimki, hozirda AQSh ning ko’pgina shtatlarida bunday dasturlar alla-qachon tadbiq etilgan. Ularning samaradorligi va maqsadga muvofiqligi amaliyotda isbotini topdi. Bolalar, O’quvchi va talaba yoshlar uchun ochiq havoda jismoniy mashqlar bajarish ularning jismoniy va aqliy kamolotiga yordam beruvchi muhim omil ekanligi barchaga malum. Harakatli, milliy va sport o’yinlari nafaqat dam olish vositasi, balki ular jismoniy, shuningdek aqliy rivojlanishi-ning va muhim betakror vositasidir. Turli - tuman harakatli mashg’ulotlar turli azolar, Ayniq-sa, o’pka faoliyatiga ijobiy tasir ko’rsatadi. Bu maqsadga eri-shishning eng tabiiy vositasi bu yugurishdir. Chunki yugurganda eng ko’p mushaklar xarakatga keladi. Ayni paytda tez yugirish terining bu?lantirish faoliyatini kuchaytiradi, natijada uglekislotalar va teri chiqindilari tanadan tezroq chiqib ketadi va bu esa salomatlikni mustahkamlashga yordam beradi. harakatli mashg’ulotlar ovqat hazm bo’lishi va uyquga ham yaxshi tasir ko’rsatadi. Jismoniy mashqlar va ochiq havoda ko’proq bo’lishi modda almashuvini tezlashtiradi: ishlatilgan moddalar-ning ajralib chiqishi ovqat qabul qilish ehtiyojini paydo qiladi. Jismoniy mashqlarning insonning ruhiy va jismoniy holatiga tasirini ham qayd etish muhim. harakat faolligi hordiq chiharish va bo’sh vaqtni o’tkazish vositasi sifatida insonda osoyishta va yog’imlm kayfiyat uyg’otadi, inson o’zidan, atrofdagi-lardan, turmushdan qoniqish hissini tuyadi. Bunday ruhiy osoyish-talik jismoniy holatga ijobiy tasir ko’rsatadi. Shu sababli yoshlarni bo’sh vaqtdan rasional foydalanishga o’rgatish juda muhimdir. Kross va estafetalar Kross bu tabiiy sharoitda turli balandliklar, pastliklar va boshqa to’siqlardan oshib yugirishdir. Kross yoshlarni tez xarakatlanish, mo’ljalni to’g’ri olish, tabiiy to’siqlarni yengish, o’z kuchini to’g’ri baholash va sarflash ko’nikmalarini tarbiyalaydi. Estafetalar guruxli Musobaqa bo’lib, jismoniy mashqlar-ning turli ko’rinishlari (yutish, yugurish, suzish, va gimnastika, sport o’yinlari elementlarini o’z ichiga olgan sport turlari.) bo’yicha o’tkazilishi mumkin. U jismoniy mashqlarning bir ko’ri-nishi yoki bir necha ko’rinishlari kombinasiyasi bo’yicha tashkil etilishi ham mumkin. Estafetalar bir jins vakillaridan iborat guruhlar yoki yigit va qizlardin iborat komandalar o’rtasida o’tkaziladi. Estafetalar yuqori yemosianallik bilan ajralib turadi, ishtirokchilar katta jismoniy va ruxiy zo’riqish oladilar. Shuning uchun estafetalarga malum jismoniy tayyorgarlikka ega yigit va qizlar jalb etiladi. Sog’lomlashtiruvchi suzish va suv o’yinlari Suzish va suv o’yinlari, quyi va havo chiniqishlari bilan kompleks Musobaqalar asab, nafas olish, yurak tomir, xazm qilish tizimlari funksiyasi va tuzilishida, shuningdek harakat apparati, qon tarkibida ijobiy o’zgarishlarni keltirib chiharadi. Cho’milish va suzish vaqtida suv va tashqi faktorlarning mun-tazam tasiri organizmda barharor ko’nikish reaksiyalarini ishlab chiharadi bu markaziy asab tizimiga, u orqali butun azolar va tizimlar funksiyalariga ijobiy tasir ko’rsatadi. Gidroaerobika jismoniy mashqlarni suvda bajarishdir. Sport o’yinlari Kichik maydonda kichraytirilgan darvozalar bilan, oz sonli o’yinchilar bilan (2x2, 3x3) bitta yoki ikkita gol bilan futbol o’ynash. Ko’p gol urgan komanda holib hisoblanidi. Ip tortib oz sonli ishtirokchilar (2x2, 3x3) bilan voleybol yoki badminton o’ynash. har bir yo’qotilgan to’p uchun raqib guruxga ochko beriladi.o’yin 8 ta to’p yo’qotishgacha o’ynaladi. Jismoniy mashqlarning turli ko’rinishlari bo’yicha Musobaqalar Daraxt shohida kim ko’p tortiladi: boshlang’ich holat yotishdan bir minut davomida gavdasini ko’tarish; yotgan holda qo’llarni bukib yozish; tosh ko’tarish. Milliy va harakatli o’yinlar Dam olish vaqtida "OQ tol","OQ suyak","OQ terakmi, ko’k terak", kabi o’yinlarni o’ynash tavsiya etiladi. Dam olish kuni turistik sayog’at Dam olish kuni turistik sayog’at qilish jismoniy tarbiyaning keng tarhalgan tiklanish (reakrasion) shakillaridan biridir. Uning asosiy vazifasi O’quv, mehnat faoliyatidan charchash hissini bartaraf etish, ish qobiliyatini tiklash. Turistik sayog’atda mushaklar nasosi faol harakat qiladi, natijada vena qoni va limfatik suyuqlik tez yurishadi va ularning oziqlanishi , modda almashuvi faollashadi. Jismoniy yuklama kunlar soni (1 :2kun) bir kunda o’tilishi lozim bo’lgan masofa, yuklama xajmi, xarakat tezligi, olib o’ti-lishi lozim bo’lgan yuk og’irligi bilan reglamentlashtiriladi. 10 - 20 km masofada harakat tezligi 4 5 km/coat , dam olish oraliqi 10 15 minut, yo’l yurish vaqti 45 50 minut bo’lishi tavsiya etiladi. harakat reglamentlashtini shunday tuzish kerakki, yo’lning katta qismini dam olish joyigacha yurib o’tish kerak, harakatni qorong’u tushishidan bir soat oldin, tunda uxlash uchun joy tayyorlash uchun to’xtatish lozim. Turistik sayog’at vamologik tarbiyaning keng tarhalgan shaklidir. Turistik sayoxat talabalarning harakat sifatlarini rivojlantiruvchi tasir ko’rsatadi, chidamliligini oshiradi, kuchiga kuch qo’shadi, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatiga yaqqol tiklovchi tasir ko’rsatadi. Turizmning rivojlantiruvchi va harakatli o’yinlar bilan uyg’unlashganda oshadi. Turizmda yuklamaning bir me'yordagi inten-sivligi bo’sh tayyorlangan talabalarni ham jalb etishga imkon beradi. Kalit so’zlar: O’qitish, mashg’ulotlar shakli, rasional usullar, noananaviy vositalar, sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya, vamologik talim. Nazorat uchun savollar 1. Valeologiya bo’yicha O’quv mashg’ulotlar shakllari. 2. Salomatlikni yaxshilashning noananaviy vositalarini ayting. 3. Salomatlikni yaxshilashning rasional usullarini asos-lab bering. 4. Salomatlikni yaxshilashning usullarini samarali usul-larini bilasiz. 5. Bo’sh vaqtdan foydalanishning qanday shakl va vosita-larini bilasiz? 6. Tabiatning sog’lomlashtiruvchi kuchlarini asoslab be-ring. Adabiyotlar. Amosov N.M Razdumya o zdorove.M. 1987 Bregg P. Programma po ozodorovleniyu pozvonochnika.M.MP. "Ritm", 1992 80s. Berezin N.P. Zdorovomu o zdorove." Tvoe zdorove",1990 ¹7. Zmonovskiy Yu.F K zdorovyu bez lekarstv.M. Fis,1990, 60s. Kitayskaya sigun - terapiya (Perev s. ang. S.K.Breshina. M.Energoatomizdat, 1991,208s. Kulikov Yu.A, Xudoyberdiev R. I. Jizn v dvijenii. -Tashkent, meditsina, 1987,48s. Tartakovskiy M.Uroki fizicheskoy garmonii. - M.:Molodaya gvardiya, 1983, 110 s. Maslov A.A., Podshekoldin A.M. Uroki kitayskoy gimnas-tiki. M. Sport. 1990,90. 4.bob. TALABALARGA VALEOLOGIYaDAN TAÚLIM BERIShNING FAOL USULLARI Pedagogik tizim - pedagogik maqsadlarga bo’ysundirilgan strukturaviy va funksional komponentlarning yig’indisidir. "Talaba - pedagog - talaba" pedagogik tizimi interaktiv O’qitishning asosi hisoblanadi. Pedagogik tizim maqsadlari pedagogik jarayon orqali hayotga tadbiq etiladi. Pedagogik jarayon, bir tomondan, o’zi harakat qiluvchi jarayon (ya'ni, uning ishtirokchilari ixtiyori yoki ularning ixtiyoriga qarshiligiga haramay amalga oshaveradi), ikkinchi tomo-ndan, u boshhariluvchi jarayon (ya'ni, tizimning yakuniy maqsad-lariga bo’ysungan behisob pedagogik vazifalarni yechish orqali amalga oshiriladi). Valeologiyaga O’qitish pedagogik tizimi jarayonda pedagog (sub'ekt) va talaba (ob'ekt)ning ishtirokini nazarda tutadi, bu yerda boshharuvchi va yo’naltiruvchi rol pedagog zimmasida bo’ladi. Pedagogik faoliyatning ikkiyog’lamaliligi ob'ektning o’ziga xosligi bilan tushuntiriladi: talaba ta'sirni passiv qabul qilmaydi, balki o’z faoliyatining sub'ekti sifatida o’zi ham faol harakat qiladi. Valeologiyaga O’qitish pedagogik tizimining maqsadi - har tomonlama yetuk insonni, rivojlanayotgan davlatning ongli va faol quruvchisini tarbiyalash. Ushbu pedagogik sog’lomlashtirish tizimining paydo bulishi, eng avvalo, jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorlik diagnostikasini amalga oshirish va shu asosda sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya dasturini tuzish va jismoniy yetuklikni samarali boshqarish zaruriyati sabab bo’lgan. Shuning uchun "talaba - pedagog - talaba" pedagogik tizimida birinchi o’rinda talabaning jismoniy holatini baholash, keyin esa sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya shakllari, vositalari va usullarini tanlash va jismoniy mashqlar korreksiyasi turadi. Shunda valeologik tarbiya jarayonida asosiy yo’nalish insonning jismoniy yetuklikka erishtiruvchi pedagogik - sog’lomlashtirish tizimi xarakterini kasb etadi, bu esa salomatlikni yaxshilash va asrashga yordam beradi. Faqat shu shart bajarilgandagina "talaba-pedagog - talaba" tizimi insonni jismoniy etuklikka erishtirish bo’yicha maxsus tashkil etilgan, bir maqsadga yo’naltirilgan jara-yonning boshhariluvchi pedagogik tizimiga aylanadi. quyidagilarni qayd etish juda muhim: 1. Ushbu pedagogik tizimning paydo bo’lishiga sog’lomlash-tiruvchi jismoniy tarbiyaning turli kasalliklarning oldini oluvchi asos sifatidagi ahamiyatining o’sishi sabab bo’ladi. 2. Tizim bilimlar, amaliy tajriba yiqilgandagina paydo bo’ladi. 3. Tizim talabalar bilan o’zaro munosabat vositalari ishlab chiqilgandagina paydo bo’ladi. 4. Talabalar - ushbu tizimning zaruriy komponentidir. 5. o’quv - tarbiyaviy - sog’lomlashtirish jarayoni maqsadlari-ni anglab yetgan, maxsus O’quv va tarbiyaviy axborotga ega bo’lgan, pe-dagogik ta'sir ko’rsatishning shakl va usullaridan foydalanishni bilgan pedagog - ushbu pedagogik tizimning paydo bo’lishi va funksiyalanishining zaruriy shartidir. Shunday qilib "talaba - pedagog - talaba" boshhariluvchi pe-dagogik tizim pedagogik tizimlarning barcha talablariga javob beradi: barharor, turg’un, qat’iy tashkil etilgan, strukturaviy va funksional komponentlarning o’zaro harakatiga, tartibga kel-tirilganlik va yo’naltirlganlikning yuqori darajasiga ega. "Talaba - pedagog - talaba" pedagogik tizimi funksiyalani-shining samarasi shaxsni jismoniy etuklikka erishtirish jara-yonini boshqarish tashkilotchiligiga bog’liqligi asoslab berilgan. "Pedagog-talaba-pedagog" pedagogik hamkorligining asosi boshhariluvchi pedagogik tizim bo’lsa va u shaxs shakllanishining individual xususiyatlarini hisobga olsa jismoniy yetuklikka erishish samaradorligining ongini eksperimental isbotlangan. Valeologik tarbiyani bunday tashkil etish jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorlik, umuman esa, jismoniy holat va salomatlikni yaxshilash uchun pedagogik faoliyatni muayyan maqsadda amalga oshirish imkonini beradi. 1.1 Talabalarning jismoniy rivojlanishini boshqarish Pedagogik sog’lomlashtirish tizimini boshqarish murakkab va ko’p qirrali jarayon. Jismoniy rivojlanishni nazorat qilish va zarur bo’lganda korreksiya qilish, shuningdek talaba shaxsi xarakteristikasini normativ ko’rsatkichlar bilan mutanosbligini taqqoslash uning asosiy elementlari hisoblanadi. Boshharuv talaba organizmi shakl va funksiyalarini jis-monan rivojlantirish bo’yicha maxsus tashkil etilgan, maqsadli, muntazam faoliyat sifatida ko’rib chiqiladi. Umuman olganda, boshharuv pedagogik ta'sirni nazorat qilish bo’yicha bir - biri bilan chambarchas bog’liq xarakterlarning yopiq siklidir. o’tkazgan tabiiy eksperimentlar natijasiga ko’ra shaxsning jismoniy rivojlanishini samarali boshqarish uchun talabaning (tipologik xususiyatlari hisobga olingan) har tomonlama tayyor-ligi to’g’risida, pedagogik nazorat yordamida jismoniy ahvoli haqida muntazam ravishda axborot olinishi va ishlanishi kerak. Tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqish asosida pedagogik ta'sirlar tanlanishi, valeologik tarbiyaning turli shakl, usul va vositalarini qo’llash haqida harorlar qabul qilishi kerak. Bu faoliyatda pedagog yetakchi rol o’ynaydi. Jismoniy rivojlan-tirish jarayonida boshharuv pedagog tarafdan qator harakatlar qilinishini nazarda tutadi. Birinchi harakat - talabaning har tomonlama tayyorligi haqida boshlang’ich kompleks axborotni olish; uning kuchi, zaif tomonlarini aniqlash; Ikkinchi harakat - maqsadga yetishishini ta'minlovchi nor-mativ ko’rsatkichlar bilan tanishish. Talaba chiqish shart bo’lgan ko’rsatkichlarga orientasiya qilish jismoniy yetuklikka erishish zaruriyati bilan tushunti-riladi. Shuning uchun jismoniy rivojlanish samarasi normativ talablar ko’rsatkichlarining normativ ko’rsatkichlarning olingan ma'lumotlari bilan qiyoslanganda aniqlanadi. Samaradorlik omiliga asoslanmagan jismoniy rivojla-nish o’zining maqsadini, aniqligini, ta'sirchanligini yo’qotadi. Uchinchi harakat (boshharuv tizimida mohiyati jihatidan eng muhim) talabalarning rejalashtirilayotgan ko’rsatkichlarga erishishini ta'minlovchi valeologik tarbiya tizimini nazarda tutadi. Shu sababli jismoniy rivojlanishini rejalashtirish masalalari, uning eng rasional shakl, vosita va usullarini tanlash birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Pedagogning nazariy va amaliy mashg’ulotlar dasturini tuzish bo’yicha faoliyati ushbu dasturlarni bajarish yo’llarini tanlash bilan bevosita bog’liq. Jismoniy mashg’ulotlar dasturini nafaqat ishlab chiqish balki uni jismoniy yetuklikka erishish uchun hayotga tadbiq eta bilish ham zarur. To’rtinchi harakat - pedagogning maxsus tashkil etilgan muntazam faoliyatining tanlangan yo’nalishi samaradorligini baholash. har tomonlama tayyorlik ko’rsatkichlarini aniqlash, ularni dastlabki ma'lumotlar bilan taqqoslash va ularga mos tadbirlarni belgilash pedagogik nazorat yordamida amalga oshiriladi. Beshinchi harakat - natijalarni tahlil etish, xulosalar yasash va navbatdagi maqsadni belgilash. Shunday qilib, talabani jismoniy rivojlantirishning boshharuv tizimi bo’limlar bo’yicha ilmiy asoslangan metodik tavsiyalarni nazarda tutadi. Ularga quyidagilar kiradi: 1. Informativ boshhariluvchi "talaba - pedagog - talaba" pedagogik tizimi; 2. Talabaning boshlang’ich jismoniy ahvolini baholash; 3. Jismoniy rivojlanishning normativ ko’rsatkichlari; 4. Jismoniy yetuklikka erishishga yordam beruvchi tashkil etilgan, maqsadli, muntazam faoliyat (jismoniy mashg’ulot)ni rasional tuzish. 5. qabul qilingan harorlarni tadbiq etuvchi pedagogik kom-pleks nazorat tizimi. 6. Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni ular shaxsining tipo-logik xususiyatlarini hisobga olib borish. Shunday qilib, jismoniy rivojlantirish texnologiyasi talaba jismoniy ko’rinishi dinamikasini baholash va nazorat qilishga, bajarilgan jismoniy mashqlarni batafsil hisobga olish va ular orasidagi o’zaro aloqani tahlil qilishga bog’liq. Bunda quyidagi nizmolarga amal qilish kerak. 1. Jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishini kompleks baholash antronometrik o’lchashlar yordamida amalga oshirilishi lozim. Jismoniy va funksional tayyorlik nazorat sinovlari (pedagogik testlar) yordamida aniqlanadi. 2. Jismoniy rivojlanishini nazorat qilish talaba ahvoli dinamikasini muntazam kuzatish shaklida amalga oshirilsagina samarali bo’ladi. Bunda: a) bir oyda 1-2 marta testlash o’tkazish kerak; b) testlash jarayoni talabaga malol kelmasligi va uning ko’p vaqti, energiyasini olmasligi kerak; v) testlash shartlarining doimiyligiga e'tibor berish kerak, toki uning natijalariga biror bir tasodifiy omillar ta'sir etamasin. 3. Boshharuv jismoniy yetuklikning real va topshirilgan xarakteristikalarini taqqoslashni talab etadi. Agar ular orasida qandaydir nomutanosiblik bo’lsa vujudga kelgan vaziyatni sinch-kovlik bilan tahlil qilish, bunday nomutanosiblik sabablarini aniqlash, ushbu vaziyatdan chiqib ketish yo’llarini belgilash va jismoniy mashqlar dasturiga tuzatishlar kiritish lozim. Boshharuv texnologiyasi O’qituvchiga sog’lomlashtiruvchi jis-moniy tarbiya nazariyasi va metodikasini boyitish uchun nodir material to’plash imkonini beradi. Maqsadli pedagogik faoliyat jismoniy rivojlanish ilmiy-amaliy pedagogik jarayon uchun kerak bo’ladigan metodik tajriba va kasbiy erudisiya salmog’ini oshirish imkonini beradi. 4.2. Talabalarning har tomonlama tayyorligini kompleks baholash Jismoniy rivojlantirishni samarali boshqarish uchun tala-baning boshlang’ich jismoniy ko’rinishi haqida ma'lumotga ega bo’lish kerak. har tomonlama tayyorlikni kompleks baholash jis-moniy rivojlanish, gavda tuzilishi va jismoniy tayyorligi, shaxsning tipologik xususiyatlarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini baholash Insonning jismoniy rivojlanishi deganda organizmning jismoniy kuch zahiralarini belgilovchi morfologik va funk-sional xususiyatlari kompleksi tushuniladi. Jismoniy rivojlanish va gavda tuzilishi xususiyatlari har bir pedagog uchun tushunarli bo’lgan antronometrik o’lchashlar yordamida amalga oshiriladi. Tana uzunligi, og’irligi, bo’yin, qorin, ko’krak qafasining nafas olish, chiharish, tinchlik fazasida aylanasi, bilak kuchi, orqa, gavda tuzilishi va tashqi nafas olish tizimi haqida ma'lumotlar talaba jismoniy ahvolini o'ektiv baholash va organizm shakli va funksiyalarini rivojlantirish bo’yicha maqsadli faoliyatni tashkil etish imkoniyatini beradi. Ayni paytda jismoniy rivojlanishni muntazam baholash maqsadli jismoniy tarbiya ta'siri ostida amalga oshuvchi sifat o’zga-rishlarni aks ettiradi. Jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari o’rtasida yuqori darajadagi Yaqin (i- 0,7-0,9) aloqa mavjudligi korrelyasion tahlil natijasida o’rnatilganligini qayd etish juda muhim ( Masalan, tana og’irligi va ko’krak qafasi aylanasi o’rtasida, og’irlik, bo’y ko’rsatkichlari va gavda tuzilishi pishiqligi o’rtasida, gavda tuzilishi pishiqligi va ko’krak qafasi aylanasi o’rtasida, orqa mushaklar kuchi (kg) va foizlarda, chap va o’ng bilaklar kuchi o’rta-sida, Ketle indeksi va og’irlik o’rtasida). Bayon etilgan ma'lumotlar jismoniy rivojlanishi ko’rsat-kichlarning birini yaxshilasa, o’z - o’zidan boshhalari ham yaxshi-lanishi, aytib o’tilgan ko’rsatkichlar muhim va ular jismoniy rivojlanishni kompleks baholashda yetakchi o’rin egallashlari haqida xulosa qilish imkonini beradi. Ketle indeksi (og’irlik va bo’y indeksi) - tana og’irligi (kg) va bo’y (sm) ma'lumotlarni bo’lish orqali hosil qilinadi. hayot ko’rsatkichi - o’pkalarning hayotiy hajmi ko’rsatkich-lari (ml larda/ og’irlikka /kg larda) bo’linmalari. Semizlik og’irlikni (kg) tana uzunligiga (dm) bo’lish orqa-li aniqlanadi. Gavda tuzilishining pishiqligi Pene indeksi bo’yicha (bo’y \sm\ - og’irlik \kg\ + ko’krak qafasining nafas chiharish paytidagi aylanasi) baholanadi. Kuch imkoniyatlari qo’l, gavda dinamometrlari yordamida to’g’ridan - to’g’ri aniqlanadi. o’pkalarning hayotiy hajmi tadqiq etilayotgan shaxs chuqur nafas olgandan so’ng maksimal chiharish mumkin bo’lgan havoqaj-mini bildiradi. Spirometr - o’pkalarning hayotiy hajmini aniq-laydigan asbob. Ular turli (suvli, quruq, gazli, soatli) konst-ruksiyada bo’lishi mumkin. o’pkalarning hayotiy hajmini o’lchash uchun spirometrga trubka orqali havo puflash kerak. Talaba tanasining yog’ og’irligini baholash Morfologik nazorat inson jismoniy ahvolini baho-lashning mustaqil ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, bir tomondan, yog’ komponentlarining kamayishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan yog’siz komponentlarning ko’payishiga sabab bo’ladi, tana og’irligi esa o’zgarmay holaveradi. Tananing yog’li va yog’siz (yoki faol) massasini turli usullar ( gidrometrik, gidrostatik, bioximik, izotop va boshhalar) bilan aniqlash mumkin. Ammo antropometrik usullar eng oson va keng qo’llaniladigan usul hisoblanadi. Tananing yog’ massasini (J) baholash uchun aylanani o’lchash-ning mashqur usuli quyidagi formula orqali aniqlanadi. o’qil bolalarda: M- 0,74xOJ-1,249xOSh+0,528 qiz bolalarda: J-1,05xOB-1,522xOP- 879xOSh+0,326xOJ+0,587xOBu+0,707 Bunda - OB - bisepsning qo’l bukilgan holatdagi aylanasi. OP - yelka aylanasi OJ - qorin aylanasi OSh - bo’yin aylanasi Obu - son aylanasi Ushbu usul AQSh Mudofaa vazirligi mutaxassislarining amerikalik harbiy xizmatchilar jismoniy ahvolini baholash uchun metodik yondashuvlar ishlab chiqish bo’yicha tadqiqot ishlari natijasi hisoblanadi. AQSh harbiy xizmatchilarini o’rganish shuni ko’rsatadiki 17-20 yoshli erkaklar o’rtacha yog’ massasi 18%, ayollarda esa 29% ni tashkil etar ekan. Toshkent axborot texnologiyalar universiteti talabalarini ko’rikdan o’tkazish shuni ko’rsatadiki, 18-24 yoshli yigitlarda yog’ massasi 10,5% ni tashkil etib, u AQSh harbiy xizmatchilari ko’r-satkichidan ancha past, ammo O’qishning 3 bosqichida bu ko’rsat-kichlarning o’sishi kuzatilgan ( 4-jadval). Tana tarkibi (Ayniqsa, tananing faol massasi - TFM) - inson organizmi funksional imkoniyatlarining ob'ektiv para-metridir. TFM kislorodni maksimal iste'mol qilish, mushak kuchi, chidam va boshqa jismoniy sifatlar bilan yaxshi o’zaro aloqa bog’laydi. Tana tarkibida shaxsiy Farqlar jismoniy faollik, ovqat-lanish va tadqiqotlar natijasiga ko’ra, genetik omillarning o’zaro ta'siri natijasidir. Biz talabalar tanasi faol massasini aniqlashning ameri-kalik mutaxassislar taklif etgan metodikasini tavsiya etamiz. o’qil bolalar uchun: TFM- 0,514xR+0,017xOB-49,67 qizlar uchun: TFM- 0,311xR+1,619xOP-47,75 Bu yerda - R-bo’y (sm), OB - bisepsning bukilgan qo’l holati-dagi aylanasi, OP- yelka aylanasi. Jadvalda I-III bosqich talabalarining pedagogik eksperi-ment natijasida aniqlangan. Jismoniy tayyorlik ko’rsatkichlari keltirilgan. 18-24 yoshli talabalar jismoniy rivojlanishining o’rtacha ko’rsatkichlari 4-jadval
o’qishning I-III bosqichi talabalari jismoniy tayyorligi ko’rsatkichlari
Talabalarni jismoniy rivojlantirish jarayonida pedagogik nazorat Shaxsni jismoniy rivojlantirish jismoniy tarbiya bo’yicha pedagogik jarayon samaradorligini tahlil qilish va baholashni nazarda tutadi. V.M.Zasiorskiy (1979) tavsiyasi bo’yicha, agar o’rtacha qiymat-lar va natijalarning standart chetlanishlar bor bo’lsa o’rtacha ko’r-satkich M+0,5 b, o’rtachadan yuqoriroq ko’rsatkich M+0,5 b dan TOM+1b gacha, yuqori ko’rsatkich M+1 b dan M+2 b gacha, eng yuqori ko’rsatkich M+2 b bo’ladi. I.A.Koshbaxtiev (1994) monografiyasida 18-24 yoshdagi tala-balar uchun jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi va jismoniy tayyorlik bo’yicha tadqiqotlar natijasi keltiriladi. Shaxsning shakllanish jarayoni qanday kechayotganligini bilmay turib qaysi tarbiyaviy zanjir tuzatishga ehtiyoj sezayotgan-ligini aniqlab bo’lmaydi. Talaba salomatligi, jismoniy ahvoli va jismoniy rivoj-lanishi darajasini pedagogik nazorat tizimi yordamida aniqlash mumkin. Nazorat - shaxsni jismoniy rivojlantirish natijalarining son - sifat xarakteristikasini aniqlash imkonini beruvchi hara-katlar majmuasidir. Jismoniy rivojlanishni pedagogik nazorat qilish tizimi quyidagi vazifalarni yechish imkonini beradi: -har bir talabaning aniqlangan kamchiliklarini bartaraf qilish bo’yicha maxsus tashkil etilgan jarayonning tizimi yo’nali-shini aniqlash; butun semestr va o’quv yili davomida talabalarning bir me'erda faol ishlashini ta'minlash; mustaqil jismoniy mashg’ulotlar va mashqlarni o’rganish faolligi samaradorligini oshirish; butun o’quv semestri va yili davomida jismoniy rivoj-lanish haqida mumkin qadar ob'ektiv ma'lumot olish; jismoniy rivojlantirish jarayoniga Musobaqa elementini kiritish; o’zini faol ko’rsatgan o’qituvchilar va talabalarni rag’bat-lantirish to’g’risida kengroq va asoslangan harorlarni qabul qilish imkoniyatini qo’lga kiritish; talabalarni jismoniy rivojlantirish jarayonini bosh-harish. Pedagogik nazoratning quyidagi funksiyalari belgilangan: diagnostik, joriy, modul, reyting, yakuniy. Diagnostik nazorat, deganda talaba tayyorligining kuchli va kuchsiz taraflarini aniqlash va jismoniy rivojlantirish kursining tuzilishini belgilash bo’yicha jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorligi haqida ma'lumotlar to’plash jarayoni tushuniladi. Jismoniy rivojlanish va gavda tuzilishini baholash antro-pometrik o’lchashlar yordamida, jismoniy va funksional tayyorlik esa testlar va maxsus sinovlar yordamida amalga oshiriladi. Diagnostik pedagogik nazorat ma'lumotlari o’qituvchi semestr va o’quv yili uchun o’quv - sog’lomlashtirish ishi rejasini ishlab chiqish va aniqlab olish uchun zarur bo’ladi. Joriy semestr nazorati jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorlik ko’rsatkichlarining yaxshilanishi darajasini aniqlash imkonini beruvchi jismoniy rivojlantirish jarayonini samarali boshqarish uchun zarur. Uning ma'lumotlari jismoniy rivojlantirish bo’yicha sog’lomlashtirish dasturiga muayyan tuza-tishlar kiritish uchun asos bo’ladi. Jismoniy rivojlantirish bo’yicha yakuniy nazoratning o’ziga xos xususiyati shundaki, u pedagogik sog’lmolashtirish tizimining talaba funksiyalari va sifatiga ta'siri natijalarini baholash imkonini beradi. U jismoniy ahvolni L.Ivashenko, Ye.A.Pirogova, G.A.Apanasenko va boshhalar metodikasi bo’yicha baholash orqali amalga oshiriladi. Jismoniy rivojlantirishni pedagogik nazorat qilishning reyting tizimi Jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorlik darajasi ko’rsatkichi sifatida o’quv reytingi talabani jismoniy rivojlanishining turli bosqichlarida attes-tasiyadan o’tkazishda ob'ektiv asos bo’lib xizmat qiladi. Talaba reytingi jismoniy tayyorlik yoki jismoniy rivojlanishi-dan topshirilgan har bir test bo’yicha tuzilishi mumkin. Bu esa talabani jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga faollashtiruvchi bellashuv elementini kiritadi. Kafedrada har bir semestrda 3 tadan 6 ta modul ishlab chiqilgan. har bir modulda 5 tadan ko’rsatkichlar mavjud. Sinovdan o’tish uchun umumiy ballning 60% ini yig’ish kerak (ya'ni 15 ball). Talaba semestr davomida yig’ishi mumkin bo’lgan maksimal ball 75 ni tashkil etadi. Talabaning faol va ritmik ishlashi uchun hisobot muddati belgilanadi: 7,14 va 21 haftalarda har bir semestrning modullari bo’yicha pedagogik nazorat o’tkaziladi. Yakuniy test nazoratidan o’tishga ruxsat olish uchun talaba har bir modulda 15 dan kam bo’lmagan ballarni yig’ishi lozim. Agar talaba modullar bo’yicha kamida 45 ball yig’a olmasa, u yakuniy nazo-ratga qo’yilmaydi. Bunday huquqqa ega bo’lish uchun talaba kafedra topshiriqlarini bajarib semestr bo’yicha ballar yig’indisini 45 ga yetkazishi har bir modul uchun 15 ball to’plashi lozim. Talabalar jismoniy rivojlanishini yakuniy nazorati: Talaba sinovdan avtomat ravishda o’tishi uchun 90 dan kam bo’lmagan ballarni yig’ishi kerak R 90 ball. Talabaning joriy nazoratdan yi?gan ballari 65 bo’lsa, ammo 45 dan past bo’lsa, ya'ni (R)65, unda u sinovga qo’yilmaydi, buning uchun u joriy o’zlash-tirishini 45 ballga yetkazishi lozim. Agar talabaning joriy o’zlashtirish reytingi 45 balldan past bo’lsa u sinovga qo’yilmaydi, uning oliy o’quv yurtida o’qish masalasi "Oliy maktab haqida Nizom" ga muvofiq hal etiladi. Talabalarni jismoniy rivojlantirishning samarali metodlari "Metod" so’zi grekcha so’z bo’lib, "tadqiqot, usul" ma'no-larini anglatadi. I.T.Frolov falsafiy luqatida yozishicha, metodning umumiy ma'nosi maqsadga erishishning usuli, muayyan tartibga keltirilgan faoliyatdir. S.I.Ojegov metodni nazariy tadqiqot yoki biror narsani amalga oshirish usuli, deb tushuntiradi. Pedagogikada ma'lumki, ta'lim jarayonining muvaffa-qiyati o’qitishning maqsad va mohiyatini to’g’ri belgilab olishga hamda shu maqsadga erishish usullariga, ya'ni o’qitish metodlariga bog’liq. o’qitish metodlari o’qituvchilar va talabalar o’rtasidagi bir tartibga keltirilgan va bir maqsadga yo’naltirilgan aloqalar tizimi bo’lib, ular o’qitishning pedagogik maqsadlarini amalga oshirishni ta'minlaydi. Jismoniy tarbiya amaliyotida asosan quyidagi metodlardan foydalaniladi: o’yin, Musobaqa, og’zaki va ko’rgazmali ta'sir etuv-chi qat’iy reglamentlashtirilgan mashqlar. Pedagogikada o’qitish, ishontirish, mashqlar, Musobaqalar, rag’batlantirish, tanqid va o’z - o’zini tanqid etish, majbur qilish kabi metodlar qo’llaniladi. Texnik predmetlarni o’qitishda ko’pincha muammoli, dastur-lashtirilgan, modulli o’qitish va ishbilarmonlik o’yinlari metod-laridan foydalaniladi. Pedagogik amaliyotda o’qitishning turli shakl va metodlari qo’llaniladi. Jismoniy tarbiya jarayonida asosan yangi yechimlarni izlash talab etilmaydigan, ijodiy ongni rivojlantirmaydigan metodlar qo’llaniladi. Talabaning o’rganish faoliyatini boshqarish samaradorligi o’qituvchining tibbiy nazorat, psixologiya, fiziologiya bo’yicha bilimlariga to’laqonli bog’liqdir. Zamonaviy o’qituvchi ijodiy ishlay bilishi kerak, chunki u ta'lim jarayoniga tadqiqot nuqtai nazaridan yondashish pedagogik faoliyatning o’ziga xos xususiyatidir. Shaxsning har tomonlama tayyorligi va o’ziga xos xususiyatlarini bilish va ularni tahlil etish o’qituvchiga talabalarga maxsus topshiriqlar berish imkoniyatini beradi. o’z-o’zini baholash, nazorat qilish tashkiliy formalarining qo’llanilishi sog’lomlashtirish, tadqiqot ishlari-ning debochasidir va u talabaning ilmiy ijodi va sog’lomlash-tirish jismoniy mashg’ulotlarga ehtiyojini tarbiyalash tomon ilk majburiy poqona hisoblanadi. Shu sababli ayrim amaliy va nazariy mashg’ulotlar rivojlantiruvchi xarakterga ega bo’lishi kerak (talabaning jismoniy ahvolini, tananing yog’ massasini aniqlash va h.z.) Talabaning o’rganish ehtiyojlarini rivojlantirish uchun talabaga shunday vaziyatlar tavsiya etiladiki, talaba ulardan chiqib ketishning to’g’ri yo’lini topsin, qo’yilgan savolga to’g’ri javob topsin. Bo’lajak mutaxassisda mustaqil ishlash ko’nikmalarini hosil qilish kerak. Bunda jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi xususiyatlari, jismoniy tayyorlik ma'lumotlarini ko’rib chiqish va olingan natijalar va xulosalarni ishlab chiqish yordam beradi. Talabalar tomondan ma'ruzalar va referatlarning tayyorlanishi ham bu ishga yordam beradi. Muammoli ta'limni qo’llash asosida valeologiya kafedrasida talabalar anjumanlari o’tkaziladi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari jarayonida muammoli ta'limni qo’llash o’rganish va ijodiy faollik, mustaqillikni rivojlantiradi, jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga ehtiyojni faollashtiradi. Jismoniy rivojlantirishning modul usuli Modullarni ishlab chiqish maqsadi - har bir mavzu va kursni pedagogik va didaktik vazifalarga muvofiq qismlarga bo’lish, har bir qism uchun o’qitishning maqsadga muvofiq ko’rinish va shakllarini aniqlash, ularni yagona kompleksga birlashtirishdir. Modul mustaqil strukturaviy birlik va ayrim hollarda talaba butun kursni emas bir necha modullarni eshitishi mumkin. har bir talaba moduldan modulga materialni o’zlashtirish darajasiga harab o’tadi va joriy nazorat bosqichlarini topshi-radi. Bilimlarni baholash uchun quyidagi tizimdan foydala-niladi; har bir modul uchun ballar yiqiladi va individual kommulyativ indeks (IKI) tuziladi. Talabaning maqsadi ballar-ning maksimal sonini yig’ish. Joriy nazorat umumiy ballning 30-35% ini, oraliq nazorat 20-25% ni, amaliy mashg’ulotlar va kurs ishi 25% gacha ballarni tashkil etadi. Modulli ta'lim tamoyillarining talabani jismonan rivojlantirish jarayonida qo’llanilishi o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari orasida Yaqin o’zaro bog’liqlik mavjudligi korrelyasion tahlil yordamida aniqlangan. Shu sababli jismoniy rivojlantirish jarayonida asosiy e'tibor jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini yaxshilash va umuman olganda, salomatlikni ta'minlash va uni mustahkamlashga haratiladi. Insonning jismoniy yetukligi valeologik tarbiya shakli, usul va vositalari mazmuniga bog’liqdir. Rivojlantirish metodi deganda talaba va o’qituvchi o’rtasidagi bir maqsadga yo’naltirilgan o’zaro harakatlar tizimi tushuniladi va u insonning jismoniy ahvolini yaxshilash bo’yicha pedagogik maqsadning amalda qo’llani-lishini ta'minlaydi. Yoshlarni jismoniy tarbiyalash pedagogik amaliyotida asosan qat’iy reglamentlashtirilgan ta'lim, o’yin va Musobaqa metod-laridan foydalaniladi. Ular talabaning qiziqishi, ijodiy fikr yuritishi, jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga ehtiyojini yetarlicha rivojlantirmaydi. Shu sababli ko’p yillar davomida jismoniy tarbiya va sport kafedrasida talabani jismonan rivojlantirishning samarali usullarini aniqlash maqsadida tabiiy pedagogik tadqiqot o’tka-zildi. o’tkazilgan davomli tadqiqot natijasida inson salomat-ligini rivojlantirish maqsadida modulli ta'lim metodikasi ishlab chiqildi. Modulli ta'limning maqsadi - valeologie tarbiyani tarkibiy qismlarga bo’lish va jismoniy rivojlantirish mashg’ulotlari samarasini oshirish va joriy nazoratni kuchay-tirish. Oltita modul belgilangan. har bir modulda talaba beshta ko’rsatkichlar bo’yicha talaba maksimal 25 ball yig’ishi kerak. 60% dan ko’proq (15 ball) to’plagan talaba ushbu moduldan o’tgan hisoblanadi. o’quv yili davomida 6 modul bo’yicha 90 dan ortiq to’plagan talaba sinovdan avtomatik tarzda o’tgan hisoblanadi. o’zlashtirmagan talabalar qaysi moduldan o’tmagan bo’lsalar o’sha modullar bo’yicha sinov topshiradilar. Birinchi modul - jismoniy rivojlanishni yaxshilash. Ushbu modul bo’yicha baholash 7 haftada beshta ko’rsatkich (o’pkaning hayotiy sig’imi, hayotiy ko’rsatkich, o’ng va chap bilaklar kuchi, orqa mushaklar kuchi) bo’yicha o’tkaziladi. Ikkinchi modul - kuch-quvvat tayyorligini yaxshilash. Baholash 14 haftada beshta ko’rsatkich bo’yicha o’tkaziladi. Yerga va langar-larga tiralib qo’llarni bukish va yozish, (po'em perevorotom) aylanib ko’tarilish,tortilish, osilib langarga oyoqlarni tekkizish. Uchinchi modul - yurak-qon tizimi faoliyatini yaxshilash. Baholash 21 haftada beshta ko’rsatkichlar bo’yicha amalga oshiriladi. Rufe sinovi, Kverg indeksi, 30 sek ichida 20 marta o’tirib turishdan so’ng tiklanish vaqti, G.L.Apanasenko metodikasi usullarining biri bo’yicha sinovdan so’ng yurak urishining oshishi foizi ChSSxAD sist (69 kam-a'lo, 70-84 - yaxshi,85 - o’rta, 95 dan ko’p - qoniharsiz). To’rtinchi modul - gavda tuzilishini yaxshilash. Natijalar 11 semestrning 7 haftasida beshta ko’rsatkich bo’yicha (gavda tuzili-shining mustahkamligi, Ketle vazn - bo’y indeksi, semizlik, tana- ning yog’ va faol vazni) baholanadi. Beshinchi modul - jismoniy tayyorlikni yaxshilash. U 5000 m, 3000 m, 100 m masofaga yugurish vaqti, yotgan holatda gavdani ko’tarish, turgan joydan uzoqqa sakrash ko’rsatkichlari bo’yicha 11 semestrning 14 haftasida o’tkaziladi. Oltinchi modul - jismoniy ahvolni yaxshilash. Natijalar ikkinchi semestrning 21 haftasida L.Ivashenko testi, Ye.A. Pirogova, G.L.Apanasenko metodikasi, Garvard step - testi, talaba salomatligi darajasi bo’yicha baholanadi. Jismoniy rivojlantirishning dasturiy metodi Talabalarni jismoniy tarbiyalash jarayonida tizimli hara-kat ko’nikmalarini o’zlashtirish uchun dasturiy ta'limdan foydala-niladi. Dasturiy ta'lim quyidagilarni o’z ichiga oladi: o’quv materialini puxta tahlil qilish va uni ta'lim aktla-rining mantiqiy va metodik ketma - ketligiga solish: o’quvchining o’quv materialini o’zlashtirish jarayonida mustaqilligi va faol-ligini oshirish; ish vaqtini ongli taqsimlash; o’quvchilarning o’quv faoliyatini samarali boshqarish; ta'limni talabalarning kollektiv bo’lib ishlashi bilan bog’liqlikda individuallashtirish; talabalar va o’qituvchi faoliyatini rasionalizasiyalash va intensifikasiyalash uchun zamonaviy texnika vositalarini qo’llash va ulardan foydalanish. I.A.Volodarskaya va A.M.Mitinlarning ta'kidlashicha, das-turiy ta'lim jarayonida o’qituvchi va talabalar o’rtasida "ta'lim qurilmasiga joylashtirilgan" muayyan ta'lim dasturi mavjud ekan. Bunda o’qituvchi shaxsining talaba shaxsini rivojlantirishga ko’rsatayotgan ta'siri bir yog’lama bo’ladi. An'anaviy va dasturiy ta'lim o’rtasidagi asosiy farq ularning asosida qanday tamoyil-lar yotganida emas, balki ushbu tamoyillar ularning faoliyat doirasiga qanday tadbiq etilishidadir. Dasturiy ta'lim asosiy o’ziga xos xususiyati - talabalar ongli faoliyatini samarali boshqarish va o’z - o’zini boshqarish. U maxsus dastur asosida amalga oshiriladi. Unda nafaqat o’rgani-layotgan material mazmuni, balki muayyan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish uchun talabalar bajarish lozim bo’lgan u yoki bu harakatlar ham berilgan. Dasturiy ta'limda teskari aloqa muhim rol o’ynaydi. Dasturlashtirish - jismoniy rivojlantirish jarayonining talabaning real imkoniyatlarini hisobga olib strategiyasi, maz-muni va shakli, metodlarini oldindan belgilab olishdir. Dasturlashtirish jismoniy rivojlantirish bo’yicha peda-gogik jarayonning mohiyati haqida har tomonlama va chuqur bilim-larni (uning mazmuni va tuzilishi, shaxsni shakllantirish jarayo-nida uning tuzilishi va o’zgarishini belgilab beruvchi qonuniyat-lari) talab etadi. Bunday bilimlar amaliy tajribaning barcha yutuqlarini va ilmiy ma'lumotlarning butun kompleksini o’z ichiga olishi kerak. Pedagogik eksperiment natijasida talabalarni jismoniy rivojlantirish mashg’ulotlarini quyidagicha rejalashtirish zarur-ligi aniqlangan: 1 sentyabrdan 30 noyabrgacha va 1 martdan 1 iyungacha amaliy mashg’ulotlar ochiq havoda o’tkazilishi lozim va bo’ mashqu-lotlar umumiy jismoniy tayyorlikni yaxshilashga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. 1 dekabrdan 28 fevralgacha mashg’ulotlar sport va trenajer zallari sharoitida o’tkazilishi va asosiy e'tibor gavda tuzilishini yaxshilash va kuch tayyorlikni mustahkamlashga hara-tilgan bo’lishi kerak. Umumiy jismoniy tayyorgarlik jarayonida optimal sog’lom-lashtirish samaradorligini ta'minlash uchun jismoniy rivojla-nish, gavda tuzilishi, har tomonlama harakat tayyorligi ko’rsatkich-larini yaxshilash uchun turli vositalardan foydalanish ko’zda tutilgan kompleks dastur tavsiya etiladi. Amaliy mashg’ulotning tayyorlov qismida yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega talabalarga 1000 tagacha harakat mashqlari, o’rta va bush tayyorgarlikka ega talabalarga ega 500 tadan kam bo’lmagan harakat mashqlarini bajarish tavsiya etiladi. Sog’lomlashtirish mashg’ulotlarining asosiy qismida esa talabalar o’qituvchi rahbarligi ostida o’z qiziqishlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib shug’ullanadilar. Mashg’ulotlarning yakuniy qismida chiniq-tirish mashqlari bajariladi va rasional ovqatlaniladi. o’z vaqtida rasional Ovqatlanish mashg’ulotning tarkibiy qismi hisoblanadi. qishki davrda sport va trenajer zallar sharoitida mushaklar kuchini rivojlantirish, uyg’un gavda tuzilishini shakllantirishga yo’naltirilgan jismoniy mashqlarni turli gimnastik snaryadlar (xalqalar, langarlar) shuningdek, gantellar, shtangalar, sheyping elementlaridan foydalanib bajarish tavsiya etiladi. Musobaqa metodini qo’llash dasturi Jismoniy rivojlantirish mashg’ulotlarida talaba reytin-gini qo’llashdan tashqari fakultetlar, yotoqxonalar terma koman-dalari o’rtasida spartakiadalar ko’rinishidagi Musobaqalar meto-didan foydalanish zarur. So’ngra sport turlari bo’yicha oliygoh terma komandalari tuziladi va ular shahar va respublika musoba-halarida qatnashadilar. Voleybol, minifutbol, basketbol bo’yicha Musobaqalarni guruhda, guruhlar o’rtasida o’tkazish mumkin. Yigitlar kamchilik bo’lib, qizlar esa odatdagidek tarkibda ( yigitlar 4 ta, qizlar 6 ta) o’ynaydigan voleybol o’yinlari Ayniqsa qiziharli o’tadi. o’yinlar 9-11 hisobgacha davom etadi. Jismoniy rivojlantirish vositalarining pedagogik asoslari Ma'lumki, jismoniy sifatlarni tarbiyalash jarayonida kuch, tezlik va chidamlilik ko’rsatkichlari orasida ma'lum holatlarda ijobiy o’zaro bog’liqlik kuzatiladi, ayrim holatlarda esa bunday aloqa yo’q. Yuqorida qayd etilgan sifatlardan birining rivoj-lanishi boshhalarining yaxshilanishiga olib keladi va, nig’oyat salbiy o’zaro aloqa, bunda sifatlardan birining rivojlanishi boshhalarining yomonlashuviga sabab bo’ladi. Talabalarni valeologik tarbiya vositalari yordamida samarali jismoniy rivojlantirish uchun alohida ko’rsatkichlar o’rtasida o’zaro aloqa darajalarini aniqlab olish zarur. Yigit-larda harakat sifatlari, jismoniy rivojlanish ma'lumotlari, gavda tuzilishi, qon aylanishi, shaxsning tipologik xususiyat-larini kompleks baholash bo’yicha tadqiqotlar 47 ta ko’rkichlar bo’yicha o’tkazildi. Bog’liqlikning son ko’rsatkichlari bir necha darajalarga taqsimlandi: bo’sh aloqa - korrelyasiya koeffisienti r - 0,30; o’rtacha aloqa - r - 0,31-0,69; kuchli aloqa - r - 0,70 - 0,99. Bunday yondashuv (talabalarni jismoniy rivojlantirish uchun ilmiy - asoslangan mashqlarni aniqlash) sog’lomlashtirish ishlarini samaraliroq rejalashtirish, jismoniy tayyorgarlik vositalarini tanlashga maqsadli yondashish imkoniyatlarini beradi, bu esa shaxsni jismoniy rivojlantirishni optimizasiya-lashga yordam beradi. Valeologik tarbiyaning jismoniy rivojlanish ko’rsatkich-larini yaxshilashga haratilgan turli - tuman usul va vositalari chiroyli va baquvvat gavda tuzilishini shakllantirish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi. Shtanga, gantellar, toshlar bilan mashqlar tizimi, trenajerlarda o’tkaziladigan mashg’ulotlar va umumiy rivojlantirish mashqlari nafaqat uyg’un gavda tuzilishi, balki chiroyli qomat, kuch, chidamlilik va chaqqonlikka ega bo’lishga yordam beradi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, bayon etilgan mashqlar uchun maxsus texnik tayyorlik shart emas, ular oson dozalarga taqsim-lanadi va ularni mustaqil shug’ullanishni xoxlagan istagan kishiga tavsiya etish mumkin. Mushaklar kuchini rivojlantirishga yo’naltirilgan jismo-niy mashqlar kompleksi ko’krak qafasi aylanasini kengaytiradi, vazn-bo’y ko’rsatkichini optimizasiyalaydi, quvvat imkoniyatlarini yaxshilaydi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik salomatlikni yaxshilashning asosiy vositasi sifatida A.A.Gujalovskiyning ta'kidlashicha, umumiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy tarbiyaning asosiy, bazaviy ko’rinishi hisoblanadi. Uning mazmuni, vositalari, usullari va mashg’ulot-larni tashkil etish shakllari inson faoliyatining istalgan ko’rinishlari uchun hayotiy, mehnat va turmush jarayonida keng bazaviy jismoniy tayyorgarlik yaratishga haratilgan. Sport fani va amaliyotida umumiy jismoniy tayyorgarlik insonni baquvvat-roq, sog’lomroq, katta yuklamalarga dosh berishga chidamliroq etishi isbot qilingan. Umumiy jismoniy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni yechishga imkon beradi: 1) inson organizmining har tomonlama rivojlanishini ta'-minlash, chidamlilik, kuch, tezlik, chayirlik, chaqqonlik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirish, shu sifatlarni rivojlantirish asosida yoshlarni jismoniy rivojlantirish uchun zarur bo’lgan umumiy xarakterdagi funksional bazani yaratish; 2) salomatlikni mustahkamlash, tashqi muhitning zararli omillariga qarshi ta'sir ko’rsatish; 3) o’quv va mehnat faoliyati jarayonida ishlash qobiliyati pasaygan davrda faol hordiq chiharish uchun sharoit yaratish; 4) qo’shimcha tug’dirilgan qiyinchiliklarni yengish jarayonida iroda kuchini mustahkamlash. Jismoniy tayyorlik, jismoniy tayyorgarlikning natijasi sifatida nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy qadriyat kasb etadi. Jismoniy yetuklik talabaning jismoniy rivojlanishi, uning harakat bilim va ko’nikmalarining barcha ijodiy imkoniyat-larni to’liq namoyon etishga imkon beruvchi darajasidir. Shunday qilib, jismoniy tayyorgarlik shaxsni jismoniy yetuklikka erishtirishning bazaviy ko’rinishi sifatida tahlil etiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik talabaning atletik rivoj-lanishini ta'minlaydi, uning salomatligini mustahkamlaydi, harakat sifatlari diapazonini kengaytiradi va jismoniy rivojlantirish uchun mustahkam fundament yaratadi. Shuni e'tiborga olish kerakki, insonning jismoniy sifat-lari bir - biri bilan chamcharbas bog’liq. Shuning uchun u yoki bu jismoniy mashqni muayyan bir jismoniy sifatni rivojlantirish uchun qo’llash noto’g’ri. Ayni paytda jismoniy mashqlar talabaning jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta'ir ko’rsatadi. Jismoniy sifatlar rivoji xususiyatlarini shaxsni jismo-niy rivojlantirish bilan bog’liqlikda ko’rib chihamiz. Kuch sifat-lari og’irliklarni ko’tarish, o’z tanasini ko’tarish, yukni uloqti-rish, turgan joydan, balandlikka, uzunlikka sakrash mashqlarida namoyon bo’ladi. Mushak kuchini rivojlantirish uchun mushaklarni insonning kundalik faoliyatiga nisbatan ancha ko’proq yuklama bilan ishlatish kerak. Kuchni rivojlantirish uchun yuklar bilan ishlash, gimnastik snaryadlarda trenajerlarda bajarish lozim. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar turli a'zolar va mushak-lar guruhiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Bundan tashqari bu mashq-larni bajargan talaba harakatlarning keng diapazoni bilan Tani-shadi, ularni bajarish nechoqlik zarur ekanligi to’g’risida tasav-vurga ega bo’ladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni turgan joyda yoki yurib turib 50-100 martadan bajarish kerak, mashqlar umumiy soni 500 dan 1000 tagacha harakatlardan iborat bo’lishi lozim. Jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorlik ko’rsatkichlarning o’zaro aloqasi xususiyatlari Jismoniy rivojlanishning ayrim ko’rsatkichlari va jismo-niy mashqlar orasida kuchli va o’rta darajadagi aloqa korrelyasion tahlil natijasida aniqlangan. o’pkaning hayotiy sig’imi va oyoq-larni to’singa ko’tarish o’rtasida kuchli r-0,7 aloqa aniqlangan. Ayrim jismoniy mashqlar va jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari o’rtasida o’rtacha r-0,6 aloqa aniqlangan. Oyoqlarni to’singa ko’tarish - tana kuchi, ko’krak qafasi aylanasi; tortilish-aylanib ko’tarilish, ko’krak qafasining aylanasi; qo’llarni tira-lib bukish va yozish - turgan joydan sakrash, turgan joydan uzun-likka sakrash - ko’krak qafasi aylanasi. Jismoniy ahvol va tana uyg’unligi orasidagi o’rta aloqani ham qayd etish muhim. Bayon etilganlardan xulosa shuki umumiy jismoniy tayyorgar-lik vositalari o’rtasida to’sinlarda, bruslarda turli og’irliklar bilan bajariladigan mashqlar, trenajerlarda o’tkaziladigan mashqlar jismoniy rivojlantirish uchun samaraliroq ekan. Umu-miy rivojlantiruvchi mashqlar, sakrashlar va h.z.lar tana uyg’un-ligini ta'minlaydi. Mushaklar massasi, chiroyli qomatni yaratish, tashqi nafas olishni yaxshilashga yo’naltirilgan jismoniy mashqlar kompleksi yoshlar salomatligini asraydi va mustahkamlaydi. Jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorlikni yaxshilash uchun kuch imkoniyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashq-lar sonini ko’paytirish zarur. Ularning bo’y va vazn nisbatlariga ijobiy ta'siri, qomat buzilishlarini oldini olishi va gavda tuzilishini yaxshilashi tadqiqotlarimiz natijasida aniqlangan. Ko’krak qafasi aylanasini oshirish uchun to’sinlarda bajari-ladigan mashqlar samarasi katta. Bunda faqat bisepslar emas ko’k-rak mushaklar ham kuchlanadi (tortilish, aylanib ko’tarilish, osil-gan quyi oyoqlarni to’singa tekkizish va h.z). Sport - kuch xarakteridagi mashqlar nafas olish organlari faoliyatini ham yaxshilaydi. Chiniqish sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning mustaqil vositasi sifatida quyosh radiasiyasi, havo va suv muhitining xususiyatlari salo-matlikni yaxshilash, chiniqish va ish qobiliyatini oshirish uchun samarali vosita hisobalanadi. Chiniqishni amaliy mashg’ulotning so’nggi qismida 10-15 minut davomida amalga oshirish tavsiya etiladi. havo, quyosh vanna-lari vositasida chiniqish faol harakatda (sog’lomlashtiruvchi yurish, yugurish vaqtida) ham amalga oshirilishi mumkin. Sog’lomlashtiruvchi yurish Sport yurishning bosh, o’ziga xos xususiyati- oddiy yurishga o’xshamagan, o’ziga xos yurish uslubidir. Sport yurishi sonlarning kuchli harakatiga asoslangan. B.Franklinning fikricha, sport yurishi sog’lomlashtirish samarasi bo’yicha yugurish mashg’ulotlariga teng. Shunday qilib, sport yurishi sog’lomlashtiruvchi yurishning turlaridan biri. Farq shundaki, sog’lomlashtiruvchi yurish bilan shug’ullanayotgan inson sport yurishida mavjud qoidalarga amal qilmaydi. Sog’lomlashtiruvchi yurish sport yurishining nomuso-baqaviy ko’rinishidir. Sog’lomlashtiruvchi yugurish Jismoniy faollikning keskin kamayishi organizmda moddalar almashinuvining buzilishiga, bosh miyada kislorod tanqisligiga olib keladi. Shuning uchun sog’lom bo’lish uchun faol hayot kechirish kerak, sog’lomlashtiruvchi yugurish, yurish, umum rivojlantiruvchi mashqlar kabi hamma inson bajarishi mumkin bo’lgan mashqlar bilan shug’ullanishi lozim. Ularni bajarish uchun maxsus sharoit kerak emas, bu mashqlarni xonada, sport maydon-chasida, piyodalar yo’laklarida bajarish mumkin. Sog’lomlashtiruvchi yugurish - elementlarning butun bir kompleksidir. Ular yugurish oldi mashqlari, yugurishdan oldin va keyin tez yurish, sog’lomlashtiruvchi yugurishning o’zi va boshhalar. Yugurish faol harakatga tabiiy intilishni rivojlantiradi. Yugurish va chiniqish bir - biri bilan chambarchas bog’liq. Axir istalgan ob - havoda yugurish kerak. qo’shimcha chiniqtiruvchi ele-ment - yugurishdan so’ng kontrast dush qabul qilish. U teri va teri osti tomirlarining o’ziga xos gimnastikasidir. Mutaxassislar yugurishga aqliy charchoqdan foriq etuvchi vosita sifatida haraydilar. Tabiiy pedagogik tadqiqotlar quyidagi amaliy tavsiyalar berish imkonini beradi: 1. Eksperimental tadqiqotlar o’rta Osiyoda chiniqtirish salo-matlikni mustahkamlashning asosiy vositasi ekanligini tasdiqladi. Organizmning tashqi muhitning turli ta'sirlariga chidamliligini oshirish uchun ochiq havoda o’tkaziladigan jismoniy mashqlarning ahamiyati katta. o’zgarishlar natijasida modda almashinuvi yaxshilanadi, organizmning reaktivligi, kurashuvchan-ligi oshadi. Agar amaliy mashg’ulotlar talabalarning emosional kayfiyati fonida o’tkazilsa chiniqtirish samarasi ancha oshadi. 2. Ochiq havoda jismoniy mashqlar, sport, harakatli, milliy o’yinlar elementlari qo’llanilgan, ruhiy ko’tarinkilik fonida o’tkazilgan amaliy mashg’ulotlar talabaning adaptiv imkoniyat-larini oshiradi, uning ijtimoiy va biologik tabiatini rivoj-lantiradi. 3. o’rta Osiyo sharoitida ochiq havoda o’tkazilayotgan muntazam jismoniy mashg’ulotlar organizmning shamollash kasalliklariga chidamliligini oshiradi, quyi kurs talabalarining oliygohda o’qish adaptasion davridagi zo’riqishlarini yengillashtiradi va shu bilan ularning ish qobiliyatlarini ko’taradi. 4. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya ochiq havo sharoitida 1 sentyabrdan 30 noyabrgacha, 1 martdan iyun oyigacha o’tkazilishi kerakligi o’rnatilgan. 5. havo harorati +25 va undan oshganda jismoniy mashg’ulotlar gOh ofotobda, gOh salqin joyda 10-15 minutdan o’tkazilishi kerak. 6. Sog’lomlashtiruvchi suzish mashg’ulotlarini oktyabr oyla-rida o’tkazish tavsiya etiladi. o’zbekiston Respublikasi Bosh gidro-metrologiya markazi ma'lumotlariga ko’ra bu oylar yilning suzish uchun eng qulay oylari hisoblanadi. Kalit so’zlar: boshqarish, ta'limning faol usullari, jismoniy rivojlantirish, pedagogik nazorat, vositalarni asoslash, umumiy jismoniy tayyorgarlik, jismoniy ahvol. Nazorat savollari: 1. Insonning jismoniy rivojlantirishni boshqarish qanday amalga oshiriladi? 2. Insonning har tomonlama tayyorligini baholash qanday amalga oshiriladi? 3. Talabalarni jismoniy rivojlantirish bo’yicha jarayonni pedagogik nazorat qilish qanday amalga oshiriladi? 4. Jismoniy rivojlantirishning qanday samarali usullar-ini bilasiz? 5. Jismoniy ahvolni yaxshilash vositalarini asoslab bering. 6. "Umumiy jismoniy tayyorgarlik salomatlikni yaxshilash vositasi" mavzusi mazmunini yoritib bering. Adabiyot: Ashmarin B.A. Teoriya i metodika pedagogicheskix issle-dovaniy v fizicheskom vospitanii. - M.: Fis. 1979 Godik M.A. Kontrol trenirovochnix i sorevnovatelno’x nagruzok. - M.: Fis, 1986, 136 s. Zasiorskiy V.M. Osnovi sportivnoy metrologii. - M.: Fis, 1979, 152 s. Iva?enko L. Nauchno - pedagogicheskie osnovi bazovoy fizicheskoy kulturi mujchin 20-59 let. Avtoref. Dokt. Diss.-M.:1988. Krasovskiy N.N.Teoriya upravleniya dvijeniem. - M.:1968, 475 s. Koshbaxtiev I.A. Valeologiya studencheskoy molodeji. Tashkent, 2000.146 s. Kerimov F.A. Kompleksniy kontrol v upravlenii podgotovkoy borsov visokogo klassa. Metodicheskie rekomendasii. Tashkent, 1986, 90 s. (v soavt.) 5-BOB. TALABALARGA VALEOLOGIYADAN TAÚLIM BERISH JARAYONI MONITORINGI Kompleks nazorat tizimi valeologik tarbiya jarayonini boshqarishning muhim bo’?ini hisoblanadi. Kompleks nazorat o’quv jarayoning tanlangan yo’nalishi, qabul qilingan u yoki bu harorning samaradorligini baholash imkonini beradi va u o’z ichiga peda-gogik, tibbiy va psixologik tadqiqotlarni o’z ichiga oladi, talaba tayyorligining kuchli va bo’sh taraflarini aniqlashga yo’nalti-rilgan qator tashkiliy va metodik usullarni nazarda tutadi. Tibbiy pedagogik nazorat talaba ahvoli haqida ma'lumot olishda asosiy nazorat hisoblanadi. Undan jismoniy ahvolni aniqlash uchun o’rnatilgan nazorat me'yorlariga muvofiq qo’llani-layotgan o’quv vosita va usullar samarasini baholashda ham foyda-laniladi. Kompleks tibbiy - pedagogik nazorat salomatlik ahvolini baholash, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlikni aniqlashga yo’naltirilgan. Testlash (jismoniy ish qobiliyatini, jismoniy rivojlanishni, gavda tuzilishini, jismoniy va funk-sional tayyorlikni) tibbiy - pedagogik nazoratda asosiy usul hisoblanadi. Valeologik tarbiyaning pedagogik amaliyotida testlash xududiy dasturga muvofiq semestr boshida va oxirida, yil oxirida o’tkaziladi. Ammo talabaning boshlang’ich jismoniy ahvolini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida baholash kompleks bo’lishi kerakligi va u talaba tayyorligining bo’sh jihatlarini rivojlantirish asosi bo’lishi kerakligi aniqlandi. Pedagogik nazorat valeologik tarbiya jarayonida kafedralar tomonidan ishlab chiqilgan testlar yordamida amalga oshiriladi. Talabalar shaxsi asab tizimi va tipologik xususiyatlarining o’ziga xos jihatlarini aniqlash o’quv jarayonini boshqarishda yordam beradi va bu psixologik tadqiqotlar natijasida isbotlan-gan. 1990-1994 o’quv yillarida TEAI "Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasida talabalar bilan sog’lomlashtirish - tarbiyaviy ishlarni olib borishni nazorat qilish metodologiyasini ishlab chiqish bo’yicha eksperiment o’tkazilgan edi. Shu maqsadda talaba-ning jismoniy rivojlanishi, gavda tuzilishi, jismoniy tayyor-ligi (20 dan ortiq testlar), jismoniy ish qobiliyatini kompleks baholash amalga oshirilgan edi. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanishga bo’lgan ehtiyojni faollashtirish Yoshlar faolligining xarakteri ularning o’quv jarayoniga ongli munosabatini aniqlashning asosiy ko’rsatkichi hisoblanadi. Onglilik orqali faollikka - bu ikki tamoyilning shiori ana shunday. Faolliksiz onglilik passiv kamolotga olib keladi. Amaliy, o’quv va mustaqil mashg’ulotlarga intilish jismoniy mashg’ulotlar bilan muntazam shug’ullanish, jismoniy yetuklikka ehtiyojning faollashuvida namoyon bo’lishi lozim. Bayon etilgan ehtiyojni tarbiyalash muhim muammolardan biri- talaba yoshlarning harakat faolligi tanqisligini bartaraf etishga yordam beradi. Talabalarning harakat faolligini jonlan-tirish vositalari tizimiga akademik attestasiya - talaba bilimini baholashning reglamentlashtirilgan tizimi kiradi. Talabadan o’qituvchiga "teskari aloqa" bo’lgan baholashning bunday tizimi o’quv jarayonini maqsadli boshqarish imkonini beradi. Bu tizim talaba tayyorligining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi va unga to’g’ri ta'sir etishga zamin tayyorlaydi. Ayni paytda u o’qituvchi ishiga ham ta'sir ko’rsatadi. o’qituvchi talabalarni chuqur o’rga-nishi, gavda tuzilishi, qon aylanishi, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorlik ko’rsatkichlari xususiyatlari diagnostikasi asosida talabalarni har tomonlama attestasiya qilish uchun kompleks nazorat usullarini takomillashtirishga yordam beradi. Kompleks baholash nazorat va o’z - o’zini nazorat vositasi sifatida tashkil etish va ishlab chiqishda sodda bo’lishi kerak. Ma'lumki, pedagogik mehnat samaradorligi o’quv jarayonining qanday funksiyani (axborotni aktiv yoki passiv qabul qilish va o’zlashtirish) bajarayotganligiga bog’liq. o’qituvchining vazifasi talabalarning o’rganish faoliyatini mumkin qadar faollashtirish, ularda faol, mustaqil ijodiy fikr yuritishni rivojlantirish va bunga erishishning usullari va vositalarini ko’rsatishdan iborat. Psixologlarning fikricha, ijodiy faollikka ehtiyoj tug’ma, u insonning biologik irsiyatida mavjud. Ammo u barcha tug’ma xusu-siyatlar qatori ijtimoiy me'yorlar va muayyan sharoitlar ta'sirida bo’ladi. Shuning uchun bilimlarga intilish ehtiyojini tarbiyalash uchun o’qituvchi mahoratli bo’lishi, tarbiya uchun didaktik va psixologik sharoitlarni yaratish kerak. Barcha faoliyatlar qatori o’quv faoliyati ham ma'lum sabablardan kelib chiqadi va u muayyan maqsadlarga erishishga yo’-naltirilgan. Ma'lumki, sabab - insonni faoliyatga undaydigan narsa. Munosabat, sabab, maqsad - o’ziga xos vektor bo’lib, intensiv faoliyat yo’nalishini belgilab beradi. Sababning muhim asosi - bu ehtiyojdir. Insonni muayyan yo’nalishdagi faoliyatga undaydigan sabab va ehtiyojlar yig’indisi motivasiya deyiladi. Insonning barcha maqsadli faoliyati o’z motivasiyasiga ega bo’lishi kerak. o’quv jarayonining motivasion tarafi 3 ta sababni o’z ichiga oladi: tashqi (rag’bat-jazo); Musobaqa (kim bilandir yoki o’z-o’zi bilan Musobaqa); ichki sabablar o’quv jarayoniga ancha qat’iy qiziqishni ta'minlaydi. o’rganishga qiziqishni rivojlantirish 3 ta umumiy bosqich-lardan iborat: yangilik, noaniqlik va h.z.lar sharoitida vujudga keladigan qiziqish; muayyan predmetga, mazmunga, faoliyatga qat’iy, turg’un qiziqish; qiziqishlarni shaxs, uning hayotiy maqsadlari va rejalari tizimining umumiy yo’nalishiga qo’shish. Talabalarning o’rganish faoliyatini faollashtirishning eng samarali vositasi- bu o’qitish usullaridagi yangilik, ularni eksperimental shaklga solish. o’rganish motivasiyasini quyidagi nizomlar asosida shakllantirish kerak: o’rganish motivasiyasi nafaqat shaxsiy xususiyatlarni, balki u faoliyatning berilgan sharoitlarini ham aks ettiradi, bu uni maxsus tashkil etilgan didaktik ta'sirlar vositasida shakllantirish uchun imkoniyatlar ochadi; o’rganish motivasiyasi muammoli vaziyatda paydo bo’ladi, bu uning nafaqat ichki, balki tashqi shartlarini aks ettiradi; mutaxassislarni tayyorlashdi faol ta'limning shakl va usullarini qo’llash; o’rganish motivasiyasining paydo bo’lishi va rivojlanishi talaba va o’qituvchi, shuningdek talabalarning o’zaro munosabatlari turiga ham bog’liq bo’ladi. o’rganish motivasiyasini rivojlantirish pedagog mahorati, uning talabalar faoliyatini to’g’ri tashkil etishiga bog’liq. Moti-vasiyani to’g’ri tushunish o’qituvchi mehnati samaradorligini oshi-radi va yoshlarning o’rganilayotgan predmetga qiziqishini oshiradi. Yoshlarda maxsus motivasiyani shakllantirayotganda bilimlar tayyor holda berilmasligi, ularni oddiygina ko’rsatib berib bo’lmasligi, bilimlar ma'lum harakatlar natijasida egallanishi mumkinligini avval boshdan tushuntirish juda muhim. Shunday harakatlardan biri- bu talabani baholash jarayonidir. TATUda sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya mashg’ulot-lariga ehtiyojni jonlantirish va uning amaliy ahamiyatini oshi-rish maqsadida kafedrada talabaning har tomonlama tayyorligini reyotingli nazorat qilish tizimi ishlab chiqildi va sinovdan o’tkazildi. Aynan talaba reytingini aniqlash va uning shaxsiy pasportini tuzish muntazam sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga ijodiy faolligini jonlantirishga asos bo’ldi. Talaba tayyorligining shaxsiy pasporti Talaba tayyorligini kompleks baholash o’z ichiga asab tizimi-ning tipologik xususiyatlari, jismoniy rivojlanish ko’rsatkich-lari, gavda tuzilishi xususiyatlari, funksional, jismoniy tayyor-lik xususiyatlarini o’z ichiga olishi shart. Talaba va o’qituvchi talabaning oliygohda o’qish davrida har tomonlama tayyorligi haqida ma'lumotga ega bo’lishlari uchun talaba pasporti tuziladi. Shu bilan bir qatorda bu talabalarni jismoniy mashg’ulotlarga jalb etish uchun yoritish ishi funksiyasini bajaradi. 1.2 Salomatlikni aniqlashning reyting tizimi Tayyorlikni har tomonlama baholash maqsadida ijtimoiy usul-talaba reytingini aniqlash qo’llaniladi. Reyting - talabaning harakat va funksional tayyorligini kompleks baholashdir. o’quv reytingi attestasiyani talaba tayyor-ligining integral ko’rsatkichlarini namoyon etuvchi tadbirlar tizimi sifatida aks ettiradi. Talaba tayyorligi diagnostikasi uning kuchli va bo’sh taraflarini aniqlash imkonini beradi va u o’quv jarayonining yo’nalishini belgilab beradi. Shunday qilib, kompleks tayyorlikni baholash uchun yangi progressiv tizim darkor: nazoratning har bir bosqichida talaba tomondan erishilgan natijalar ochkolarda va ballarda baholanadi. Barcha ballar yiqiladi va individual kumulyativ indeksni (I.K.I) tashkil etadi. Talabaning maqsadi - ballarning maksimal sonini to’plash. Ushbu tamoyilni tadbiq etish o’quv jarayonini muayyan qayta qurishni talab etadi: o’qituvchi ishini rejalashtirishni o’zgartirish, nazorat normativlarini qabul qilishni tashkil etish, ilmiy asoslangan sog’lomlashtirish - tarbiyaviy vositalarni izlash va h.z. Jismoniy rivojlanish, funksional va jismoniy tayyorlik ballarda baholanadi va uning yig’indisi talaba reytingini belgi-lab beradi. Eng muhimi - nazorat talabaning kundalik muntazam o’quv ishini stimullashtirib turadi va sinov topshirayotganda ob'ektiv-likni ta'minlab beradi. Talaba tayyorligi baholanadi. Talaba-larning o’rtachalashtirilgan guruhlari bartaraf qilinadi, buning o’rniga birinchi, o’ninchi, o’n ikkinchi talaba paydo bo’ladi. Talaba reytingini aniqlashning boshqacharoq sxemasi tavsiya etiladi. Masalan, talaba 100 metrlik masofani 13 sekundda yugurib o’tdi, 20 kishilik guruh ichida u 2 o’rinni (2 ochko) egal-laydi; to’sinda 12 marta tortildi (4 ochko) va hokazo. Natijada 10 test bo’yicha 41 ochko to’pladi va u guruhda 5-o’rinni egallaydi (jadval). Talaba to’plagan ballar yoki ochkolar va u egallagan o’rin qaydnomasi osib qo’yiladi. Talabalar fikriga ko’ra salomatlikni bunday baholash jismonan bo’sh talabalarni ham harakat qilishga chorlaydi. Natijada 47 ochko to’plagan talabalar a'lo darajadagi, 41-46 ochko to’plaganlar yaxshi tayyorgarlikka ega, 25-40 ochko to’plaganlar esa jismonan yetarlicha tayyorgarlikka ega emaslar. Ko’rsatkichlar tahlili jismoniy tarbiya bo’yicha mashg’ulotlar jarayonida sog’lomlashtirish - tarbiyaviy vositalar dasturini individual-lashtirish imkonini beradi. Masalan, talaba vaznini kamaytiirishi, tezlik kuch tayyorgar-ligini yaxshilashi, chidamliligini oshirishi kerak. Talaba salomatligini kompleks baholashga jarima ochko-larini (-5 ball spirtli ichimliklar ichgani uchun,-5 chekkani uchun) kiritish mumkin. Jismoniy rivojlanish, funksional va jismoniy tayyorlik ma'lumotlarini hisobga olishdan iborat bo’lgan kompleks baholash talaba salomatligining bahosini tashkil etadi. Reyting tizimining boshqa usuli ham qo’llanilgan edi. Jismoniy rivojlanishdan 2 ball to’plagan talaba, jismoniy tayyorlikdan 4 ball olishi mumkin, natijada u o’rtacha 3 ball to’p-laydi. Bunday usul talabalarni baholash usullariga qiziqishini orttiradi. Talabalar reytingini aniqlash Jadval
1.3 Salomatlikni yaxshilash uchun o’z - o’zini baholash va o’z-o’zini nazorat qilishning samarali usullari Uzoq davom etgan pedagogik sinovlar natijasida shu narsa ma'lum bo’ldiki, o’z - o’zini baholash va o’z - o’zini nazorat qilish usullari talabalarda alohida qiziqish uyg’otadi. O’qituvchi rahbarligi ostida o’z - o’zini nazorat qilish tala-baning o’rganish motivasiyasini rivojlantirish uchun muhim omil hisoblanadi. O’z salomatligini muntazam kuzatayotgan inson unda ro’y berayotgan turli oqishlarni o’z vaqtida sezadi va ularni bartaraf qilish uchun kerakli choralarni ko’radi. Kundalik, pasport tutish o’z - o’zini nazorat qilishning samarali tashkiliy shakllaridir. O’zini his qilish, uyqu, ishtaha, ish qobiliyati, mushaklarning og’rishi - bu sub'ektiv ko’rsatkichlar, bo’y, tana vazni, vazn - bo’y ko’rsatkichlari, bo’yin, qorin aylanasi, hayotiy ko’rsatkich, jismoniy ahvolni baholash - bular esa ob'ektiv ko’rsatkichlardir. O’z - o’zini nazorat qilish muhim ta'lim va tarbiyaviy a?a-miyatga ega. U jismoniy sog’lomlashtirish mashg’ulotlarini sama-rali o’tkazish uchun zarur va bu mashg’ulotlarga ongli munosabatda bo’lish va ularga jalb etishning samarali usuli hisoblanadi. O’z - o’zini nazorat qilayotgan talaba o’z organizmi bilan chu-qurroq tanishadi, u yoki bu organlar va tizimlar ishini o’rganadi, u yoki bu yuklama organizmga qanday ta'sir ko’rsatayotganini o’rganadi. Shunday qilib, o’z - o’zini nazorat qilish, o’z - o’zini baholashning vazifalariga quyidagilar kiradi: talabani o’z organizmiga e'tiborliroq bo’lishga ishon-tirish; jismoniy mashg’ulotlar paytida o’zini boshqarishning oddiy usullariga o’rgatish; olingan ma'lumotlarni qayd etish, baholash, taqqoslash va umumlashtirishga o’rgatish; pedagogik hamkorlik asosi bo’lgan "talaba - O’qituvchi" pedagogik tizimi bo’yicha Yaqin aloqa o’rnatish; tibbiy nazorat ma'lumotlarini to’ldirish, unga yanada aniqlik kiritish; o’z - o’zini nazorat qilish ma'lumotlaridan jismoniy ahvol, jismoniy rivojlantirish darajalari, gavda tuzilishi, qon aylanishi xususiyatlarini aniqlashda foydalanishni o’rgatish. O’z - o’zini nazorat qilish va baholash talaba ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi. Jismoniy mashg’ulotlarga motivasiyani faollashtirishga o’z-o’zini nazorat qilish usullari yordam beradi. Uning eng muhim afzalligi shundaki, shug’ullanuvchilar o’z salomatliklarini mun-tazam kuzatar ekanlar jismoniy mashg’ulotlarning o’z organizm-lariga ijobiy ta'sirini his qiladilar. O’z - o’zini ob'ektiv nazorat qilish uchun turli sinov va testlardan foydalaniladi. Yurak - qon tizimining funksional holati tayyorligini baholash uchun kverg testidan foydalaniladi. Kverg testi bir-birini ketidan tanaffussiz keluvchi 4 ta mashqdan iborat: 30 sek ichida 30 ta o’tirib turish, turgan joyda maksimal tezlikda 30 sek yugurish, turgan joyda minutiga 150 qadam chastota bilan 3 minut yugurish, 1 minut arqon bilan sakrash. KI (Kverg indeksi) - bu yerda, R1- mashqlar kompleksini bajargandan keyin 30 sekundlik yurak pulsi, R2- 2 minutdan so’ng 30 sekundlik yurak urishi, R3- 4 minutdan so’ng 30 sekundlik yurak urishi KI kattaligi 105 dan ko’p bo’lsa - a'lo ko’rsatkich, 104 - 99 - yaxshi, 99 -93 qoniharli va 92 dan kam bo’lsa qoniharsiz ko’rsatkich bo’ladi. 1.4 Jismoniy rivojlanish va gavda tuzilishini baholash mezonlari Insonning jismoniy rivojlanishi deganda organizmning morfologik va funksional xususiyatlari kompleksi tushuniladi va bu uning jismoniy kuchi zahiralarini belgilaydi. Ushbu tarifdan ko’rinib turibdiki, talabalarning jismoniy rivojla-nishini o’rganish va baholash O’qituvchi uchun juda muhim. Salomatlik holati va jismoniy rivojlanish darajasi - jismoniy mashg’ulotlar imkoniyati va xarakterini belgilab beruvchi omil-lardir. Jismoniy rivojlanish va gavda tuzilishini baholash turli ko’rsatkichlar (Ketle indeksi, o’pkalarning hayotiy sig’imi, hayotiy ko’rsatkich, ko’krak qafasi aylanasi, o’ng va chap bilaklar dinamometriyasi, tana kuchi) bo’yicha amalga oshiriladi. quyida turli yoshdagi talabalar jismoniy rivojlanishi ko’rsatkich-larining mezonlari keltirilgan. Ular pedagogik eksperimentlar natijasida aniqlangan. Ko’p yillar davomida TATU ning 1da 4 kurs talabalari (18-24 yosh) ustidan tibbiy nazorat o’tkazildi. hammasi bo’lib 1000 dan oshiq talaba ko’rikdan o’tkazildi. Shuni qayd etish lozimki, o’quv qo’llanmalarda Yevropa talabalarining jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari keltiriladi, O’rta Osiyo talabalari uchun ular ishlab chiqilmagan jismoniy rivojlanishni o’rganish natijalariga ko’ra ko’pgina ko’rsatkichlar bo’yicha qoloqlik aniqlangan. Shuning uchun talabalar o’rtacha 2 ball oladilar. Shuning uchun o’quv jarayoni sog’lomlashtiruvchi xarakterga ega bo’lishi kerak. Jismoniy tayyorlikni baholash mezonlari Ma'lumki, jismoniy tayyorlik salomatlikni mustahkamlash, tananing harakat sifatlari va shakllarini rivojlantirish, shu-ningdek, insonning harakat tasavvurlarini kengaytirishga yo’nal-tirilgan. Jismoniy tayyorgarlik - organizm funksional imkoniyat-larining umumiy darajasini ko’tarish, har tomonlama rivoj-lanishi, salomatlikni mustahkamlash bilan chambarchas bog’liq jismoniy qobiliyatni tarbiyalash jarayonidir. Asosiy vositalar sifatida talaba organizmiga umumiy ta'sir ko’rsatuvchi umumiy rivojlantiruvchi mashqlar va qator sport turlariga tegishli mashqlar qo’llaniladi. Bunda mushak - pay apparati rivojlanti-riladi va mustahkamlanadi, ichki organlar va tizimlar funksiya-lari rivojlantiriladi, koordinasiya yaxshilanadi va harakat sifatlarining rivojlanish darajasi oshiriladi. Jismoniy tayyorlik organizmning vegetativ funksiyasining holati, harakat sifatlari va tana shakllari shuningdek, turli harakat ko’nikmalarining darajasi bilan xarakterlanadi. Talabaning jismoniy tayyorligi - kompleks tushuncha. U jismoniy, funksional tayyorlik va jismoniy rivojlanishi, gavda tuzilishi, qon aylanish tizimining son va sifat bahosida aks etgan, integrallashtirilgan baholash uning umumlashgan xarakteristikasidir. Jadval
19 yoshda talabalar jismoniy rivojlanishi ko’rsatkichlarini baholash mezonlari Jadval
20-24 yoshda talabalar jismoniy rivojlanishi ko’rsatkichlarini baholash mezonlari Jadval
Jismoniy ahvolni baholash Sog’lomlashtiruvchi mashqlarning ta'siri vazifalaridan biri jismoniy ahvolni nazorat qilishdir. Jismoniy ahvol tushunchasi talabalar salomatligi: jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorlik darajasi bilan belgilanadi. O’quv - sog’lomlashtirish jarayonida jismoniy ahvolni baholash uchun L.Ivashenko, Ye.A.Pirogova va L.A.Kalining testlaridan foydalanish tavsiya etiladi. L.Ivashchenko (1989) jismoniy ahvol diagnostikasini K.Sadra (1980 ) testlari yordamida amalga oshirishni tavsiya etadi. Bunda K - indeksning shartli birliklardagi qiymati; a - yosh; t-1000 m ga yugurishga ketgan vaqt ( min); ChSS boshl- tinch turganda boshlang’ich ChSS zarb/min; ChSS5- 1000 m yugurgandan so’ng 5-minutda, zarb/min. Jismoniy ahvolni baholash quyidagi shkalada amalga oshiriladi. Baholash quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha amalga oshiriladi: jismoniy ahvolning past darajasi - 0,375, o’rtachadan pastroq 0,376 - 0,525, o’rtacha - 0,526 - 0,675, o’rtachadan yuqoriroq - 0,676 -0,825, yuqori - 0,826 va undan baland. Ko’rgazma uchun jismoniy ahvol darajasini hisoblashni keltiramiz. Ko’rsatkichlari quyidagicha bo’lgan sub'ektda jismo-niy ahvol darajasi: 42 yosh, (ChSS 60 zarba minutiga, AD 120/80 mm sim. ust, vazni -78 kg, bo’yi 170 sm. AD - o’rtacha hisoblanadi: Diastoli AD?1/3AD pulsli Bu yerda, Pulsli AD sist - diast.AD, ya'ni 120-80-40 mm sim. ust.demak: Adsr-80+40/3-93 mm sim.ust. Keyin jismoniy ahvol darajasi indeksi -x- 0,707 ni x diapazon bilan taqqoslab kuzatilayotgan shaxsning jismoniy ahvoli darajasini aniqlaymiz - o’rtachadan yuqori "Student" lotinchadan tarjima qilganda "astoydil ishlovchi, bilimlarga chanqoq" ma'nosini anglatadi. Shuning uchun shunday ta'limni yaratish kerakki, u talabada sog’lomlashtirishning u yoki bu vosita-larini egallashga zarurat, ehtiyoj uyg’otsin. Bunga esa o’z - o’zini nazorat qilish va o’z - o’zini baholash usullari yordam berishi ma'lum. Mustaqillikka o’rgatish talabalarda umumta'lim bilimlar va ko’nikmalarni shakllantirish orqali ta'minlanadi. Talabalarni mustaqillikka o’rgatishning ayrim usullarini ochib berish va ularning mazmunini asoslab berishda to’xtalib o’tamiz. O’z - o’zini nazorat qilish va baholash normativli test-larni bajarishni nazarda tutadi. Jismoniy ahvolni baholashda sinalgan Kverg testi qo’llaniladi. L.A.Kalinina (1988) ishidagi yo’nalish o’ziga xos qiziqish uyg’otadi. U jismoniy faollik ko’rsatkichini hisoblab layog’atli-lik kategoriyasini aniqlashni taklif etadi. 5 ballik tezlikda tez-tez nafas olish, terlash bilan birga-likda kuzatiluvchi yuqori yuklamalar, 4 ballda ko’chib turuvchi og’ir yuklamalar (masalan, tennis o’yinida), 3 ballda - og’irligi bir me'yorda yuklamalar ( masalan, velosiped qaydash), 2 ballda - o’rtacha og’irlik ( masalan, voleybol o’ynaganda), 1 ballda - yengil yuklama-lar ( baliq tutish, sayr) baholanadi. Jismoniy yuklamalar davomiyligini baholash quyidagicha: agar yuklama faoliyati 30 minutdan ortiq bo’lsa - 4 ball; 20 miuntdan 30 minutgacha - 3 ball; 10 minutdan 20 minutgacha - 2 ball; 10 minutdan kam bo’lsa - 1 ball. Jismoniy yuklamalar chastotasi quyidagicha baholanadi: har kunlik yuklama - 5 ball; haftada 3 - 5 marta - 4 ball; haftada 1-2 marta - 3 ball; bir oyda 1 martadan kam -1 ball. Endi tezlik ballini davomiylik balliga keyin uni jismo-niy yuklama chastotasi balliga ko’paytiramiz. hosil bo’lgan son 40 dan kam bo’lsa bu layog’atlilikning past kategoriyasi, hayot tarzi o’tiruvchan (20 dan past) yoki jismoniy faolligi yetarlicha emas (20-40) hisoblanadi. E.N.Vayner (2001) salomatlikni quyidagicha kompleks baho-lashni taklif etadi. Talabalarni sog’lomlashtirishni pedagogik nazorat qilishning reyting tizimi Sinov o’tkazilishi jarayonida talabalarni o’quv-sog’lom-lashtirish jarayonini pedagogik nazorat qilishning reyting tizimi qo’llanildi. Buning uchun diagnostik, tezkor, bosqichli, yakuniy (semestr oxirida, yillik) kabi pedagogik nazorat turlaridan foydala-nildi. Diagnostik nazorat o’quv yili boshida 1-3 kurs talabalarida o’tkazildi, mashg’ulotlar o’tish jarayonida esa tezkor nazorat amalga oshirildi. Noyabr oyida, ya'ni ochiq havo sharoitida mashg’ulotlar o’tkazish yakunlanganda va gavda tuzilishi va kuch tayyorgarligi yakunlangan vaqtda bosqichli nazorat o’tkazildi. Va nig’oyat yil oxirida yakuniy nazorat amalga oshirildi. Talabalarning har tomonlama tayyorligini kompleks baholash 4 modul bo’yicha o’tkazildi. Birinchi va ikkinchi modul (diagnostik nazorat) talabalarning jismoniy rivojlanishini baholash maqsadida o’tkazildi. Ular Ketle vazn - bo’y indeksi, hayotiy ko’rsatkich, o’pkaning hayotiy sig’imi, ko’krak qafasi aylanasi, tana kuchi, o’ng va chap bilaklar dinamometriyasi, tananing yog’ massasi, gavda tuzi-lishi, semizlik ko’rsatkichlaridan iborat bo’ldi. Uchinchi modul jismoniy tayyorlik ma'lumotlarini (torti-lish, yerga tiralib qo’llarni bukib - yozish, bruslarga tiralib qo’l-larni bukib-yozish, 5 km ga va 3 km ga kross, aylanib tortilish, oyoqlarni to’singa ko’tarish) baholashdan iborat. To’rtinchi modul (yakuniy nazorat) talabaning jismoniy ahvolini baholovchi testlardan (Kverg, Pirogova, Ivashchenko testlari, Rufe sinovi) iborat. har bir modul bo’yicha talaba reytingi tuziladi. har bir modulda talaba 25 ball to’plashi mumkin, chunki u 5 normativdan iborat. O’quv yili (semestr) oxirida 60 dan ko’p ball to’plagan talaba sinovdan avtomatik tarzda o’tgan hisoblanadi. Jismoniy tayyor-ligi bo’sh bo’lgan, 60 dan kam ball to’plagan talaba nazariy bo’lim bo’yicha talablarni bajaradi. 20 ta savol, talaba 60 ball to’plashi kerak. Jismoniy yuklamadan ozod talabalar referat yozadilar va guruh oldida uni himoya qiladilar. "Pedagog-talaba" pedagogik hamkorlik tizimini ta'minlashning metodologik asoslari hozirgi vaqtda talabalar gipodinamiya (inson harakat faol-ligining cheklanishi)ning organizmga zararli ta'sirini tobora ko’proq anglamoqdalar. Shubhasiz hammaga ma'lumki, jismoniy mashqlar inson organizmidagi barcha a'zolar va tizimlar faoliyatiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi va ruhiy zo’riqish, stress, bezovtalik kabi nega-tiv ko’rinishlarni bartaraf qilishga va ularning oldini olishga yordam beradi. Jismoniy mashqlarni muntazam bajarish organizmning turli shamollash va yuqum’li kasalliklariga qarshi kurashuvchan-ligini oshiradi, asab - ruhiy charchoq hissini yo’q qiladi. Bundan tashqari jismoniy-sog’lomlashtirish faoliyatiya tala-ba tarbiyasining nafaqat tibbiy, ijtimoiy, iqtisodiy taraflari, balki ahloqiy, estetik, etik jihatlari bilan ham bevosita va bil-vosita bog’liq. Ammo jismoniy mashg’ulotlar boshhariluvchi xarakterga ega bo’lishi uchun har tomonlama pedagogik nazorat o’tkazib turish kerak. Nazoratning turli shakllari (diagnostik, tezkor, bog’ichli, yakuniy) nazoratning reyting tizimi, o’z-o’zini nazorat qilish va baholash usullari pedagogik hamkorlik- "O’qituvchi-talaba" tizimini yaratish imkonini beradi. Bu tizim muntazam jismoniy mashg’ulotlar motivasiyasiga yordam beradi va talabalarni o’z salomatligini tahlil qilish va boshqarish ko’nikmalarini egallashga o’rgatadi. har tomonlama pedagogik nazorat talabaning individual xususiyatlariga mos mashg’ulotlar o’tkazish uchun zarur kompleks pedagogik nazorat talaba yoshlarni jismoniy rivojlantirishning asosi hisoblanadi va uning yakuniy maqsadi - jismoniy yetuklik. Mashg’ulotlarning tayyorlov qismida optimal sog’lomlash-tirish samarasiga erishish uchun jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, har tomonlama harakat tayyorligi ko’rsatkichlarini optimal yaxshilash uchun vositalar kompleksidan foydalanish tavsiya etiladi. Yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega talabalar 1000 harakatdan iborat, o’rta va bo’sh tayyorgarlikka ega talabalar esa 500 ta harakatdan iborat mashqlarni bajarishi zarur. Talaba reytingini aniqlash Talaba reytingi harakat faolligi samaradorligi ko’rsatkichi sifatida uni attestasiya qilishda ob'ektiv mezon hisoblanadi. Semestr davomida talabaning faol va bir me'rdagi ishla-shini ta'minlash uchun fakultetlar uchun 6-12 haftada va o’quv yili so’nggida hisobot muddati belgilanadi va shu vaqtda sinov o’tkaziladi. Sinovdan avtomat tarzda o’tish uchun talaba joriy nazorat yakuniga ko’ra 60 ball yig’ishi kerak ( ya'ni, R 60 ball). 50 dan oshiq ball to’plagan talaba sinovdan o’tish uchun individual grafik oladi. Joriy o’zlashtirishni 40 balldan kam bo’lgan talabalar si-novga qo’yilmaydi va ularning kelgusidagi o’qishi "Oliy ta'limi nizomi" ga ko’ra hal qilinadi. Kasalligi va boshqa sabablarga ko’ra sinovlarni vaqtida topshira olmagan talabalar (kerakli hujjatlar bor bo’lsa) indii-vidual tartibda sinov topshiradilar. Sinovlar guruhlarda mashg’ulot o’tgan O’qituvchilar tomondan qabul qilinadi. Valeologiya bo’yicha sinov va imtiqonlarni qabul qilish tartibi Valeologiya bo’yicha sinovlar talabaning jismoniy rivoj-lanishi, gavda tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorligi ko’rsatkichlari va, umuman, salomatlik darajasi dinamikasini baholash bo’yicha hisobot berish shaklidir. Imtiqon valeologiya asoslarini o’rganishning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. U sessiya paytida o’tkaziladi. Imtiqonlar jadvali dekanat tomondan tuziladi va oliygohning o’quv bo’limi tomondan tasdiqlanadi. Imtiqon sanasi O’qituvchi va talabalarga bir oydan kam bo’lmagan muddatda yetkaziladi. Imtiqonga o’quv dasturining barcha talabalarini bajargan va semestrlardagi sinovlardan o’tgan talabalar qo’yiladi. Kafedra mudiri guruh O’qituvchisi tavsiya etgan jismoniy va funksional tayyorlik bo’yicha a'lo natijalar ko’rsatgan, jismoniy ahvoli, rivojlanishi va gavda tuzilishi darajasi a'lo bo’lgan talabalarni imtiqondan ozod etish mumkin. Imtiqonni ma'ruza kursini o’qigan va guruhlarda amaliy mashg’ulotlar o’tgan O’qituvchilar tomondan qabul qilinadi. Imtiqon paytida talabalar o’quv dasturlar, so’rovnomalar va ko’rgazmali qurollardan foydalanishlari mumkin. Yakuniy imtiqonning maqsadi - talabaning valeologiya kursi bo’yicha mehnatini, nazariy bilimlarini, ularning chuqurligini, ijodiy ongi rivojlanishini, sog’lom hayot tarzi ko’nikmalarini egallaganligi, jismoniy mashqlarni mustaqil bajarganligi, olingan bilimlarni tahlil qilish, ularni salomatlikni asrash va yaxshilashda qo’llash bilimlarini baholashdir. Valeologiyadan imtiqon qabul qilish Valeologiyadan imtiqon o’quv dasturi hajmidan qabul qilinadi. Imtiqon nazariy bilimlar darajasini tekshirish va jismoniy rivojlanishi, gavda tuzilishi, jismoniy va funk-sional tayyorlikni aniqlashdan iborat. Jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi va jismoniy-funk-sional tayyorlik kafedra tomondan ishlab chiqilgan normativlar bo’yicha baholanadi. Jismoniy ahvol darajasi ko’rsatkichlariga ko’ra talabaning mutaxassislik tavsifnomasiga uning salomatligi darajasi (a'lo, yaxshi, qoniharli, bo’sh) qayd etiladi. "qoniharsiz" bahosi faqat imtiqon qaydnomasiga qo’yiladi, imzoqo’yilgach qat’iy hisobot hujjati sifatida saqlanadi. Nazariy bilimlar testlash usuli orqali baholanadi. Jismoniy ahvol va nazariy bilimlar bahosi qo’shilib yagona bahoqo’yiladi. 1. Nazariy bo’lim bo’yicha imtiqon qabul qilish uchun har bir talabaga 45 minut ajratiladi. Javob berishga tayyorlanish uchun 30 minut beriladi. Javob berishga tayyorlanganda talabaga ko’rga-zmali qurollar va so’rovnomalardan foydalanishga ruxsat beri-ladi. 2. Imtiqon natijalari "a'lo", "yaxshi", "o’rta", "qoniharsiz" baholari bilan qayd etiladi. Bahoqo’yishda talabaning jismoniy ahvol darajasi, g’oyaviy-nazariy va ilmiy tayyorgarligi, olingan bilimlardan ijodiy foydalanish ko’nikmalari e'tiborga olinadi. Kalit so’zlar: monitoring, salomatlik reytingi, o’z-o’zini baholash, o’z - o’zini nazorat qilish, mezon, baholash, sinovlar, imtiqonlar. Nazorat uchun savollar. 1.Monitoringga ta'rif bering. 2.Salomatlikning individual pasporti. 3.O’z - o’zini baholash va nazorat qilish usullari. 4.Jismoniy rivojlanish va gavda tuzilishini baholash. 5.Jismoniy tayyorlikni baholash. 6.Jismoniy ahvolni baholash. 7.Valeologiya bo’yicha sinov va imtiqonlar. Adabiyot Afanasev Yu.A, Kulikov Yu.A, Nasreddinov F.N. Fiziches-koe vospitanie i vrachebniy kontrol v vuze. Tashkent, 1991. Ananasenko G.L. SGB, 1992 Evolyusiya bioenergetiki i zdorovya cheloveka. Abramov M.S, Stolyaruk V.S. Tashkent, 1985 Sostoyanie i osenka morfofunksionalnix pokazateleys u studentov Blagush P.K. Teorii testirovaniya dvigatelnix sposob-nostey. (chex tilidan qishartirilgan tarjima) M.FIS, 1982, 165 b Kuper K. Novaya aerobika. Sistema ozdorovitelnix fizii-cheskix uprajneniy dlya vsex vozrastov. (So’z boshi A.Korobniki, inglizchadan S.Shekkman tarjimasi) M:FiS, 1976, 125 b Kashbaxtiev I.A. Osnovi fizicheskogo sovershenstvovaniya studentov. Tashkent, 1992, 153 b. Kashbaxtiev I.A. Valeologiya studencheskoy molodeji. Tashkent, 200, 147 b Rixsieva A.A. Nasreddinov F.N, Rixsiev A.I. Fizicheskoe sostoyanie shkolnikov i sportivnoy molodeji. Tashkent. O’qituvchi, 1989, 80 b. Talaga Ye. Ensiklopediya fizicheskix uprajneniy (Polyakchadan tarjima) M: FIS, 1998-412 b Xankeldiev Sh.Z. Fizicheskaya podgotovlennost uchashixsya, molodyoji. Tashkent, Medisina, 1986. 6-BOB. TALABALARNI VALEOLOGIK TA’LIM BERISh JARAYoNIDAGI TARBIYa Yuqori malakali mutaxassisni tayyorlash jarayoni yangi komil insonni shakllantirishga yo’naltirilgan va har bir talaba shaxsini har tomonlama garmonik rivojlantirishga yordam beradi. Rivojlanib kelayotgan davlatni manfaatdorligi shaxsni tarbiyalashdagi zarur bo’lgan aqlOq normalari, qat’iy ishonishiga javob beradigan tarbiyani tashkil qilish uchun asos hisoblanadi. Jamiyatdagi tarbiya tizimi shunday tashkil etish ishlariga ega bo’lmoqda va uni tartibga solishda shunday usul va uslubiyatlardan foydalaniladi, u ushbu jamiyatni maqsadi va qiziqishlariga mos keladi. Jamiyatda tarbiya jarayonini boshqarish inson shaxsini rivojlanish tartibsizligini yengib o’tish, uni bartaraf qilishga imkon beradi va talabani shakllanishida o’ziga xos salbiy ob'ektiv va sub'ektiv ta'sirini bo’shashtiradi. Birdan-bir sama-rali va amaliy natija beradigan pedagogik vositalardan biri umumiy tarbiyani tarkibiy qismi bo’lgan, yoshlarni valeologik tarbiyasi hisoblanadi. Sport, jismoniy mashqlar bilan shug’ulla-nishni doimo o’sib borayotgan ijtimoiy, tarbiyaviy ahamiyati talabalarni ahloqiy, uni ma'naviy tashqi ko’rinishiga ma'lum talablarga bog’liq ravishda kelib chiqadi. Ahloqiy tarbiya o’quv-tarbiviy-sog’lomlashtirish jarayoni asosida bo’lishi shart, chunki tarbiyaviy ishni samaradorligi talabalarni ahloq-odob norma-larini, iqtisodiy mafkurasini shakllantirish bo’yicha vazifa-larni muvaffaqiyatli hal etishiga bog’liqdir. Ahloqni jismoniy tarbiya jarayoni maqsadga yo’naltirilgan pedagogik ta'sir etishi bo’yicha o’ziga xos xususiyatini ko’rsatib turadi - bu uni kuchini o’z ichiga oladi va shu bilan birga talaba shaxsini o’ziga xos ahloqiy shakllarini tarbiyalashda hal etuvchi rolni aniqlaydi. Pedagogik ta'sir etishi, shaxsni ahloqiy rivojlan-tirishda zarur bo’lgan darajada muvaffakiyatini ta'minlashda, ahloqiy - valeologik tarbiyani asosini tashkil etadi. Ahloqiy-valeologik tarbiya nafaqat talabaniqis etishiga yoki tushunishiga ta'sir etadi. Bu va balki uni ahloqiy - jismoniy tajribasini tarbiyalash faoliyatini tashkil etishda, uni Ahloqini turli tuman hayotiy vaziyatda to’g’ri shaklini tanlashda mustahkam tayanchini yaratishga va shaxsni jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ul-lanishi yordamida jismoniy takomillashtirishga yo’naltiradi. Talabalar bilan amaliy mashqulolarni o’tkazishdagi eng asosiy vazifasi kishini yuqori ma'naviy ruhini tarbiyalash hisoblanadi: Vatanni sevish, xalqiga sadoqatli, jamoa hissiyotini sezish, intizomlilik va mehnatsevarligidir. 6.1. Oliy o’quv yurti O’qituvchisi va talabalarni tarbiyalash omili Pedagog sifatida O’qituvchining burchi keng va ko’p qirralidir. U talabalarni tarbiyalaydi, ularni o’quv - sog’lomlash-tirish - amaliy faoliyatlarini tashkil etadi va uni orqasidan nazoratni amalga oshiradi, salomatlikni yaxshilanishiga va saqlash vositalari hamda shakllarini, usullarini o’rgatadi. O’qituvchi ana shu maqsad bilan o’quv - sog’lomlashtirish jarayonini rejalash-tirida, nazari va amaliy mashg’ulotlarni aniq mazmunini va maqsa-dini aniqlaydi: -jismoniy takomillashtirishni vosita va shakllari, optimal usul va yo’llarini tanlaydi; -Talabalarni bilish imkoniyatlarini faollashtiradi, ularda jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanishga bo’lgan ehtiyo-jini tarbiyalaydi; -Jismoniy o’z - o’zini kamolotga yetkazish (o’stirish) uchun mustaqil ishni xarakterini aniqlaydi; -Jismoniy rivojlanish , tana tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorgarlik ko’rsatkichlarini oshib borishini muntazam ravishda nazorat qilish; -Jismoniy takomillashtirishni mazmuniga va tashkil etishiga zarur o’zgartirishlar kiritish; -Shaxsni tipologik xususiyati asosida hisobga olib talabani jismoniy takomillashtirishni, inviduallashtirishni amalga oshiradi. Talabalarni jismoniy takomillashtirishda va ularda sog’lom turmush tarzi malakalarini takomillashtirishda, kasbiy bilimlarini rejali saqlanishi va salomatlikni yaxshilanishida, turmush tarzini faol nuqtai nazaridan tarbiyalashda O’qituvchi muhim rol o’ynaydi. Jismoniy tarbiya rivojlanishni, jismoniy tayyorgarlikni va to’liq sog’lik holatini yaxshilanishi uchun zarurdir. Oliy o’quv yurtini bitiruvchilarning jismoniy holati, ish qobiliyatiga, ko’proq kasbiy xizmatini bajarish darajasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun o’zining mazmuni va pedagogik xarakteri bo’yi-cha O’qituvchining pedagogik fazilati ko’p qirralidir. Uni pedagogik mahoratida ular uyg’un (kompleks) birlikda namoyon etadilar. O’qituvchining pedagogik mahorati psixologiya - pedagogika tomonidan fikr yurgazishini bilim, malaka, ko’nikmalarni va his tuyqu irodasi vositasini jonliligini ulardan olingan natija-larni umumlashtirish o’zida tasavvur qilish, unda pedagog shaxsini yuqori darajada rivojlanganligini bir - biriga bog’liqligi unga o’quv-tarbiyaviy sog’lomlashtirish vazifalarini samarali hal etishga imkoniyat beradi. Pedagogik mahoratni tuzilishida eng yuqori o’rinni psixo-logiya - pedagogika bilimlari egallaydi. Eng avvalo - bu bilim odamning ruhiy holatida va uni rivojlanishi ob'ektiv qonuniyat-larga asoslanganligidadir. Ayniqsa O’qituvchi talabani shaxsi, uni mijozi, xarakteri, qobiliyati, ruhiy holati to’g’risida va jismoniy rivojlanishi, tana tuzilishi, jismoniy va funksional tayyorgarligi haqidagi ma'lumotni bilishi zarur. Psixologok - pedagogik bilim, O’qituvchining ijodiy pedago-gik faoliyatini mazmun sifatidagi dastlabki shartiga unga o’rganishga imkoniyat beradi, ularni har birini shaxsiy (indii-vidual) imkoniyatini namoyon qiladi, xuddi shunday alohida talabalar, guruhlar va to’liq barchasi uchun pedagogik ta'sir etish ko’proq samarali me'yorini aniqlaydi. 6.2. Talabalar tarbiyasi omilida O’qituvchi murabbiy sifatida Oliy o’quv yurtini jismoniy tarbiya O’qituvchisi shu bilan bir vaqtda alohida sport turlari bo’yicha murabbiy bo’lib hisoblanadi. Oliy o’quv yurtida O’qituvchi murabbiy amaliy mashg’ulotli sog’lomlashtirish-tarbiyaviy yo’naltirilganligiga va sifat seksiyalariga, talaba - sportchilarni tayyorlashni pedagogik tomondan to’g’ri tashkil etilganliliga javob beradi. O’qituvchi murabbiy sportchilarni tayyorlashda muhim rol o’ynaydi. Talabalarni yuqori darajadagi sport natijalarini ko’rsatishga tayyorlashda, u bir vaqtni o’zida uni mustaqil davlatga sadoqat ruhida tarbiyalaydi. U o’zini o’quvchilari bilan trenirovka mashg’ulotlarida va Musobaqalarda tez - tez alohida bo’lib turishi buning uchun qulay sharoit yaratadi. Talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishda O’qituvchi - murabbiy umumiy pedagogik talablarga amal qilib , uni dunyoharashini tarbiyalashga yo’naltiradi. U albatta o’zini tarbiya-lanuvchilarini g’oyaviy - nazariy bilimini o’sishga, uni ijtimoy va maxsus fanlarni o’zlashtirishlarga qiziqishlari kerak. Talabalarni u yoki boshqa sport turlari bilan bog’liq bo’lgan maxsus ilmiy bilimlarni egallashi sportda muvaffaqiyatga erishishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ladi. Murabbiy o’zini o’quvchilariga jismoniy tarbiya sifatlarini tarbiyalashni naza-riyasi uslubiyot asoslarini texnik usullarni va taktik xarakat-larni takommillashtirishni hamda sport bilan shug’ullanish vaq-tida kishi organizmida kelib chiqadigan , fiziologik jarayonlarni tushunib yetishiga yordam berishi kerak. U har bir sportchini har tomonlama va chuqur o’rganishi shart, chunki kuchli va bo’sh tomonlarini, uni qobiliyatini, imkoniyatlarini bilishi kerak va shu bilan birga mos keladigan muvaffaqiyatlarga erishishida ko’proq optimal yo’lni tanlaydi. Bu har bir talabaga shaxsiy yondashishi - murabbiyni pedagogik faoliyatidagi majburiy shartlaridandir. 6.3. Shaxsni jismoniy takomillashtirishda individual (alohida) yondoshish Jarayon, inson buni natijasida atrofidagi muhitni o’zaro faol ta'sir etish yo’li bilan shaxs bo’lib shakllanadi, buni umumlashtirish deyiladi. Umumlashtirish jamiyatda murakab, tirik organizm faoliyati uchun zarur bo’lgan murakkab, asosiy kuchli darajada, har bir shaxs sifatini, ko’p darajali jarayonni shakllanishidir. Oliy o’quv yurtida tarbiyani maqsadi shaxsni tub ma'noda tushunish hisoblanadi. Talabaga shaxs sifatida, ijtimoiy sifatga ega bo’lgan, bu o’quv faoliyatida namoyon etadi deb haraladi. Talabalarni shaxsiy psixologiyasini o’ziga xos xususiyati o’zini tuta bilishi esa o’ziga xos tus beradi. Ularni yurish-turishini kuzatadigan bo’lsak, bilib olish uncha qiyin emas, chunki ulardan biri xotirjam, sekin harakat qiladigan yoki lanj, boshqa-lari harakatchan, uchinchisi g’amgin, ma'yus, muloxaza qilishga, yolqizlik, moyil, to’rtinchisi xushchaqchaq, odamga el bo’ladigan, kirishimli va b.q. Insonlar orasidagi ana shunday individual farqlar ularni mijozlarini o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi ("temperament" lotincha so’z bo’lib, u aralashma yoki qorish-ma ma'nosini bildiradi). Mijoz (temperament) yurish - turish (axloq) va psixikani o’zgarishi yoki rivojlanishini bildiradi. qadimgi yunon tibbiyotini vrachi Gippokratni va o’rta asrning buyuk olimi Abu Ali Ibn Sinoni bo’yicha mijozni to’rtta tipga bo’ladilar: sangvinik (xushchaqchaq) mijoz, xolerik (serg’ayratlik, jo’shqinlik) mijozi, flegmatik (og’ir) mijoz, melanxolik (g’amgin) mijozlardir. I.P.Pavlovni tasnifi bo’yicha asab tizimlarini tiplariga harab to’rtta turga ajratiladi: 1.Kuchli harakatchan vazminli ("Jonli tip") 2.Kuchli harakatchan (engil) salga lovullab ketadigan yoki bir xil turmaydigan - "to’xtatib bo’lmaydigan tip". 3.Kuchli faoliyatsiz sust vazmin - "xotirjam tip" 4."Bo’sh tip" yoki "Kuchsiz tip". Sangvinik (xushchaqchaq) mijozli talabani, agarda uni ishi qiziharli bo’lsa u yaxshi natijalarga erishadi. U qiyin holatlarda boshhalarga nisbatan tetiklik, ishonch, ega bo’ladi, o’rtoklariga ijobiy ta'sir etadi, ularni kayfiyatini ko’taradi. Bu peshqadam har doim O’qituvchiga yordam berishga qodir. Muhimi tarbiyaviy jarayonda shunday talabalar namoyon bo’ladiki, buning uchun o’qi-tuvchi mijozlarni diagnostikasini psixologik uslublarini bilishi shart. Xolerik (serharaytli) mijozli talaba esa o’ziga xos salga lovullab ketadigan, kuchli yoki to’xtatib bo’lmaydigan, tezlik reaksiyasi, jonli imo - ishoralar va ishora ega bo’ladi. I.P. Pavlovni baho berishi bo’yicha, xolerik (serg’ayratlik) - bu ochiqdan ochiq jasur tip, yengil va tez aniklanadigan deb ataladi. O’ziga xos hech qanday qiyinchiliklarsiz u yangi hayot sharoitlariga ko’nikma hosil qiladi, o’rab olgan bilan yengillikka aloqa bog’lash mumkin, yaxshi jamiyatga, faol ishtirokchi bo’lishi mumkin. Talaba shunday mijoz bilan ishga kirishib ketadigan bo’lsa u juda zo’r faollik namoyon etadi, biroq tez sovub holadi. Uni bir maromdagi harakat, sekin va osoyishtali me'er (sekin yugurish, yurish). U faol, keskin harakatlarga moyildir (sport o’yinlari, 30-100 mm qisqa masofa-larga yugurishga). Amaliyot shuni ko’rsatadiki, xolerik (serg’ayratli) mijozli kishi birorta vazifani bajarishdan oldin xaddan tashqari haya-jonlanadi. Bu esa final va ma'suliyatli Musobaqalar oldidan salbiy ta'sir etishi mumkin. Bunaqa holatda O’qituvchining roli shundan iborat bo’lishi kerakki, chunki talabadan xaddan tashqari Ortiqcha hayajonlanishni to’lqinlanishni so’z yordamida pasayti-rishda xulq - atvori bilan shaxsiy namuna ko’rsatishi kerak. Bu kursdoshlarini moxirona harakati, o’zini dadil tutishini misol-lar bilan mustahkamlash, yaxshilik bildirish ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Shuning uchun talabaga etarli ko’p bo’lmagan jadal xarakterdagi jismoniy yuklamani berish foydalidir, chunki u topshiriqni bajarishdan uni boshqa tomonga jalb qiladi. O’qituvchi muhimi shuni hisobga olish kerakki, ya'ni nizoli yoki janjalli holatda xolerik (serg’ayratlik) mijozdagi talabalar odatda kuchli salbiy asabiylashgan xolatni boshdan kechiradi, u haqiqatan ham tarbiyaviy ta'sir etishni pasaytiradi. Bunday holatda eng yaxshisi ularni diqqat e'tiborini boshqa harakatni ba-jarishga haratish kerak, chunki kutish kerak, talaba tinchlanguncha, undan so’ng kerakli yo’nalishga ta'sir etish kerak. Balki shuni e'tiborga olish kerakki, ya'ni bir xil turmaydigan, qiziqqonligi intizomni buzilish sababi bo’lishi mumkin. Bu, albatta, talaba-lardan ayibni olib tashlamaydi, lekin tarbiyani hisobga olishi kerak. Flegmatik (bo’shang yoki og’ir) mijozli talaba - og’ir vazmin, kam harakatchan, xotirjam bo’ladi. Unga xos bo’lgan bo’sh his - tuy-?uga tez beriladigandir. U bo’lajak harakatlarini uzoq vaqt o’ylaydigan intilishlilik paydo bo’ladi, yangi harakat malaka-larini sekin va qiyinlik bilan o’zlashtiradi, bir harakatdan boshqa harakatga yo’nalishini o’zgartiradi. Biroq o’quv, mehnat faoliyatida qo’sh matonatli, bardoshli, uzoq o’tirib ishlash qobiliyatini namoyon qiladi. "Flegmatik bo’shang yoki og’ir" mijoz-osoyishta, har doim bab-baravar, qunt bilan kurashuvchi va zo’r berib ko’p ishlaydigan" - deb aytgandi I.P.Pavlov. Flegmatik (bo’shang yoki og’ir) o’ziga xos chidamli, diqqatli, o’zini - o’zi nazorat qiladigan, vazmin og’ir bo’ladi. Unda o’zini tuta bilishlik, ehtiyotlik ish tutish shuningdek qat’iyatli ko’rsatish yengilish shakllantiriladi. Flegmatik (bo’shang yoki og’ir) mijozli talabalarda psixik jarayonlar me'yori sekinlashtirilgan. Shuning uchun ularga vizual butun tavsilotlari bilan tushuntirish kerak, uni bajarish vaqtni haqida eslatib qo’yish, xarakatni bajarishda shoshirmaslik kerak. Talabalarga asta sekin o’ziga mos vazifalarni berib borish, unga tez reaksiyani tilab holuvchi, shartni qo’yish bilan, undagi sust-kashlikni, jur'atsizligini yo’qotish mumkin, unga sog’lomlashtirish mashqlarini bajarish sharoitida o’zlashtirishga yordam berish. Tashkiliy aloqa instituti talabalari bilan o’tkazilgan psixologik ilmiy - tadqiqot shuni ko’rsatadiki, chunki ular asosan flegmatik (bo’shang yoki og’ir) mijozga ega ekanliklarini ko’rsatdi. Melonxolik (g’amgin) mijozdagi talabalar odamlarga ara-lashmaydigan, adamovi, kas tashabbuskorliklari bilan ajralib turadi. U ma'yuslikka, xafagarchilikka tez beriluvchan, ya'ni sha-roitga sekin - asta ko’nikadigan, qiyinchiliklarni o’ziga og’ir oladigan, chunki unga o’zi boridan ko’proq bo’lib ko’rinishga borish-ga moyil bo’ladi. har qanday narsani kuchli ta'sir etishi uni sarosima yoki esankirab holishga olib keladi, muvozamatdan chiharadi. Bo’sh tipdagi talaba (melanxolik) yangi turmush hayotga tushib holsa, u o’zini tomoni yo’qotib qo’yadi. Melonxolik har doim faqat yomon, xavf-xatarni ko’radi. Melonxolik osoyishta, yaxshilik istov-chilar doirasida o’zini yaxshi xis etadi va hayotini vazifalar bilan muvaffaqiyatli ravishda uddasidan chiqa oladi. Melonxolikda odatga ko’ra, sezgi organlari yaxshi rivojlangan, bu unga nozik ishlarni bajarishga imkon beradi (ular stol tennisi, basketbol, qo’l to’pini yaxshi o’ynaydilar). Yuqori darajadagi hayajonlashishni taranglashishni melonxolik boshhalar mushkuliga nig’oyatda sezgir bo’lishiga imkon beradi. Bundagi mijozdagi fazilatga ega bo’lgan talabalar oliy o’quv yurtidagi o’qish sharoitiga tezda ko’nikib keta olmaydi, chunki arzi-magan mavaffaqiyatsizliklarni og’ir boshdan kechiradi. Shuning uchun bunday talabalar to’g’risida O’qituvchilar uni yaxshi kayfiyatda bo’lshini qo’llab turishi, ularni yutuqlari ish sezishi va qayd qilib turishi, unga beriladigan vazifani mag’zini to’liq tushun-tirish, talabalar jamoasi muhitiga faol kirishib ketishi to’g’risida qayg’urishlari kerak. Yana ularni tashvishini qilish uchun, ya'ni eng yaxshi o’rtoqi va do’sti boshqa mijlozdagi talaba bo’lishi kerak masalan, sangvanik (xushchaqchaq) mijozli talaba. O’qituvchi, odob saqlagan holda, har bir talabaga mijoz-larini (temperamenti) o’ziga xos xususitiga harab to’g’ri tushunib yetishiga va barcha yaxshi va yomon tomonlarini baholashga yordam berish kerak, shaxsni tipologik xususiyatini diagnostika asosida takomillashtirishga intilishga chorlaydi. Talabada mijoziy (temperament) eng yaxshi tomonlarini ana shunday jamoada rivojlantiriladi, qaerda sho’xlik, xushchaqchaq-lik sharoitida, faollikni tashabbus botirlikni qo’llab-quvvat-lamoq, intizomni qo’llab - quvvatlash, guruhda talabalarni psi-xologik jihatdan bir - biriga mos kelishi haqida qayg’urishi kerak. Agarda O’qituvchi talabalarga ta'lim berish va tarbiyalashda talabalarni mijozlarini (temperamist) farqini hisobga olsa, bu esa shaxsni ko’proq maqsadga yo’naltirilgan holda jismoniy takomillashtirishga, psixologik jihatdan bir - biriga mos keladigan savollarni hal etish, yaxshi sifatlarni shakllantirishi, ularni, faoliyatini boshqarishga va rahbarlik qilishiga yordam beradi. Talabani shaxsini individual psixologik xususiyatini tadqiqot qilish O’qituvchi jismoniy tarbiyani o’ylay tashkil qilishda va ijodiy o’sish holatini saqlashda hamda faol ishlashdagi yo’nalishni ishlab chiqadi. Dalillar bilan tasdiqlanganki, yuqori kurs talabalari uchun amaliy mashg’ulotlarni mazmuni tashkil topgan bo’lib, u jismo-niiy holatini yaxshilashga yo’naltirilgan bo’lib, u jismoniy ?o-latni yaxshilashga yo’naltirilgan, shu bilan birga oliy o’quv yurtla-rida kichik kursdagi talabalarning o’qishidagi qiyinchiliklarga moslashuvi sababli, sog’lomlashtirish profilaktika mashg’ulot-larini o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki harakatni faolligi asab tizimini tonusini oshiradi. 6.4.O’z - o’zini nazorat qilish shaxsni jismoniy takomillashtirishni samarali usulidir Pedagogik tarbiya sistemasini eng muhim vazifalari yoshlarga ta'lim berish shakllari usullari va salomatlikni mustaxkamlash hamda saqlash vositalari, ularda jismoniy tako-millashtirishga bo’lgan ehtiyojlarini shakllantirish hisoblanadi. O’zini - o’zi kamolatga yetkazish kishini jismoniy rivoj-lanishi, jismoniy va funksional tayyorgarligini, ya'ni to’liq-jismoniy holatini oshirib berishga intilishi deb tushuniladi. O’zini - o’zi kamolatga yetkazish, tarbiyalash natijasi sifa-tida va o’zini - o’zi tarbiyalash elementini tashkil qilish va jismo-niy tarbiyani umumiy jarayoni bo’yicha yo’naltiriladi. Yoshlarni o’z ustida maqsadga yo’naltirilgan holda ishlashga majburlaydigan narsa ma'lum dastlabki sharoit - shart va bu mavjuddir. Pedagogikada kishiga bo’ladigan munosabatni bo’yicha uni ichki va tashqiga bo’ladi. Tashqi shart - sharoitga quyidagilar kiradi: barcha talabalar jamoasini yuqori darajada rivojlanishi, o’zini o’zi tarbyalash sohasida maqsadga yo’naltirilgan ma'rifiy ishlar - bu jamoat chilik fikri; ichki shart - sharoitdagi o’zini - o’zi tarbiyalashga quy-idagilar kiradi: ma'lum darajadagi o’zini o’zi anglash va o’zini o’zi bilish, kasbiy - ma'naviyat jihatdan oliy maqsadga intilish va x.k. O’zini o’zi tarbiyalash, tizimida ichki shart - sharoit kishini irodasi shakllanishida hal qiluvchi ahamityaga egadir, Irodaga zo’r bermasdan turib o’zini - o’zi tarbiyalash mumkin emas. Ichki shart sharoitida o’zini - o’zi kamolotga yoki takomillash-tirishga quyidagilar kiradi: qaddi - qomatni yaxshilashga, kuch imkoniyatlarini rivojlantirishga, chiroyli qomatni shakllanti-rishga, ya'ni to’liq - jismoniy holatni, salomatlikni saqlashga va yaxshilashga intilish. O’zini - o’zi kamolatga yetkazishga yoki takomillashtirishni samaradorligini oshirish jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etilishiga bog’liqdir. Chunki ko’rsatilayotgan jismoniy tarbiya natijalari talabalarning kamolotga yetishuviga yoki takomil-lashuviga intilishi hisoblanadi. Oliy o’quv yurtlarida o’zini - o’zi kamolotga yetkazishni tashkil qilish vazifalaridan biri talabalarni o’zini - o’zi tarbiyalashni nazariyasi va usullari bilan qurollantirish, ularda muntazam ravishda, ijodiy va o’z ustida ongli ravishda mustaqil ishlashga odatlari va ehtiyojlarini ishlab chiqish hisoblanadi. Talabalarni o’z - o’zini bilishni tezlashtirish jarayonini, muhim vositasi, ularda mustahkam, salomatlikni qo’llab quvvat-lash va mustahkamlashni ta'sirchan usuli sifatida jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish va sog’lomlashtirish jismo-niy tarbiyani tushunib yetishi va ijobiy munosabatini shakl-lanishi hisoblanadi. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga jalb qilish va ongli munosabatda bo’lishi muhim omillaridan biri, sog’lomlash-tirish jismoniy tarbiyani bilishni asoslab rivojlantirish o’zini-o’zi nazorat qilish usuli hisoblanadi. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga jalb qilish va ongli munosabatda bo’lishi muhim omillardan biri, sog’lomlash-tirish jismoniy tarbiyani bilishni asoslab rivojlantirish o’zi-ni- o’zi nazorat qilish usuli hisoblanadi. O’zini - o’zi nazorat qilish - organizmni funksional holati va jismoniy yuklamani olib o’tish, o’zining salomatligining kuzatish tizimidir. U jismoniy holatni boshqarishga, qattiq charchashdan qochish va yuklamalarni tartibga solishda yordam beradi. O’zini salomatligini holatini muntazam ravishda va o’z vaqtida kuzatib borishi, o’zini o’zi nazorat qilish chetga chiqishni o’z vaqtida sezishi va bartaraf etish uchun zarur chora tadbirlarni qabul qilishga imkon beradi. Salomatlik pasporti kundaligini yuritish - o’zini - o’zi nazorat qilishni samarali shaklidir. Shaxsan o’zigagina xos bo’lgan ko’rsatkichlari kayfiyati, uyqu, ishtahasi, ish qobiliyati, mushak-larni og’iri kiradi. Kishining ongiga bog’lanmagan holda mavjud bo’lgan ko’rsatkichlar - bo’yining uzunligi, tananing og’irligi, og’ir-lik - bo’y ko’rsatkichi, bo’yin, qorin aylanasi tanani yog’ qatlami massasini aniqlash, organizmning tiriklik ko’rsatkichini, jismoniy holatini baholash kiradi. Kishining o’zini - o’zi nazorat qilishi muhim ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatga egadir, u jismoniy sog’lomlashtirish mashqla-rini samarali o’tkazish uchun zarur va unga ongli munosabatda bo’lishi va maqsadga muvofiq usulda jalb qilishi hisoblanadi. Qaddi-qomatni va jismoniy rivojlanishni baholash mezoni Kishini jismoniy rivojlanishi deganda shuni tushuni-ladiki organizmning morfologik va funksional xususiyati, uni jismoniy kuch ko’lamini aniqlovchidir. Ushbu aniqlashdan shak Shubhasiz qay darajada muhimligi har bir kishini qaddi-qomatini garmonik tuzilishi va yaxshi jismoniy rivojlanishga ega bo’lishiga hamda uni baholashni bilish. qaddi - qomatni, jismoniy rivojlanish darajasi-jismo-niy mashqlar bilan shug’ullanish xarakteri va imkoniyatini shakl-lantiruvchi omildir. Shu bilan birga jismoniy rivojlanish jismoniy mashq-larni amaliy mashg’ulotlarini biri natijasida ko’rib chiqiladi. Jismoniy rivojlanishni, qaddi - qomatni baholash har bir shug’ullanuvchining ko’rsatkichlari ko’proq hammani qo’lidan keladi-gani bo’yicha amalga oshiriladi (vazn-o’sish ko’rsatkichi, o’pkani tiriklik sig’imi va tiriklik ko’rsatkichi, ko’krak qafasining aylanasi, o’ng va chap qo’l panjalari kuchi, orqa mushak kuchi va to’lalikni, qaddi-qomatni qattiqligi, tananing yog’ massasi). Ketle ko’rsatkichi bo’yicha (vazn - o’sish ko’rsatkichi) ushbu tana og’irligini bo’lishda (gr), bo’yni (sm)bilan aniqlanadi. hayotiy ko’rsatkich - o’pkani tiriklik sig’imini ayrim bo’lishlarini (ml) vazniga harab (kg) bo’linadi. Semizlik tana vaznini (kg) bo’yini(ds) mohiyatini bo’linishi bilan aniqlanadi. 6.1. jadval 18 yoshdagi o’spirinni jismoniy rivojlanish ko’rsatkichini baholash mezoni
Jismoniy rivojlanishning umumiy bahosi
Jismoniy tayyorgarlikni baholash mezoni Ma'lumki, jismoniy tayyorlanish darajasi salomatlikni mustahkamlashga, harakat sifatini va tana shaklini rivoj-lantirishga, shuningdek kishini harakatlanishini kengaytirish haqida tushuncha hosil qilishga yo’naltirilgan. Jismoniy tayyorlanish - bu jismoniy qobiliyatni tarbiya-lash jarayoni bo’lib, salomatlikni mustahkamlashni umumiy da-rajasini oshirish bilan mustahkam aloqadadir. Bunga asosiy vosita sifatida shug’ullanuvchilarning organizmiga umumiy ta'sir etishi tuyiladigan, turli-tuman sport turlaridan mashqlar va umumiy rivojlantiruvchi mashqlar qo’llaniladi. Bunda mushak-bog’lam apparatini mustahkamlaydi va rivojlantirishga erishadi, ichki sistemasi va organlarini vazifasini takomillashtiradi, harakat sifatlarini umumiy oshirish darajasini rivojlantirish va koordinasiya harakatini oshiradi. Talabaga muntazam ravishda mashqni ta'sir etishini yakuniy ifodasi uni jismoniy rivoj-lantirishni, jismoniy tayyorgarlikni yaxshilash deb hisoblanadi. Jismoniy tayyorgarlik organizmni vegetativ vazifasi holati, tana shakli va harakat sifatlarini rivojlanish darajasi, shuningdek, kishi egallagan har xil harakat malakalari bilan o’ziga xos xususiyatini ko’rsatib turadi. Talabalarni jismoniy tayyorgarligi jismoniy tayyorlash natijasi sifatida bir butun qilib birlashtirib baholash, jismo-niy, funksional tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish, qaddi-qomat, qon aylanishini o’ziga xos xususiyati ko’rsatkichlarini son va sifat jihatdan ifodalilikni ko’rsatadi. Shug’ullanuvchilar 11 ta test bo’yicha 55 dan oshiq ball to’p-lasa, kuchli jismoniy tayyogarlikka ega bo’ladi, 44-54 ball - yaxshi, 33-43 ball-o’rta va 32 balldan past - jismoniy tayyorgarligi bo’sh hisoblanadi (6.2.-jadval). 18 yoshdagi o’spirinlarni jismoniy tayyorgarligini baholash gradasiyasi
Jismoniy rivojlanishning umumiy bahosi
Jismoniy salomatlik darajasini ekspress-baholash
Kalit so’zlar: shaxsiy yondashuv, o’z - o’zini nazorat qilish, tarbiyalash. Nazorat savollari: 1. O’qituvchining shaxsiyati studentga qanday ta'sir qiladi? 2. Inson tarbiyasi jarayonida shaxsiy yondashuv qanday amalga oshiriladi? 3. Shug’ullanuvchining o’z-o’zini nazorat qilishi qanday amalga oshiriladi? Adabiyot: Nurmuxamedov R.M., Bikova L.A. Nekotorie voprosi teorii obucheniya i vospitaniya v medisinskix vuzax.- T.:Medisina, 1989 Osnovi voennoy psixologii i pedagogiki. Uchebnoe posobie, pod.red.A.B. Barabanshikova. M.,1981 Xamdamov T.B. Vospitanie v vuze: organizasiya i upravlenie.T.: Ukituvchi, 1989, 80 s. Xazlamov I.F. Pedagogika. Uchebnoe posobie.M. Visshaya shkola. 1990.578 s. 7 - BOB. SALOMATLIKNING PSIXOLOGIK ASOSLARI Ma'lumki, harakat faolligi insonning ruhiy faoliyatiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. U salbiy ruhiy ta'sirlar, aqliy char-choqni bartaraf etish vositasi va intellektual faoliyat omili sifatida xizmat qiladi. Jismoniy mashg’ulotlar natijasida miyada qon aylanishi yaxshilanadi, axborotni qabul qilish, uni ishlab chiqishni ta'min-lovchi ruhiy jarayonlarni faollashtiradi. Jismoniy mashqlar ta'sirida xotiraning yaxshilanishi, e'tiborning barharorlashishi, elementar intellektual masalalar yechishning tezlashishi, ko’rish-harakat reaksiyasining faollashuvi ko’p marotaba isbot qilingan. Psixodiagnostika - sog’lomlashtirish jarayonini individualizasiyalash asosidir V.S.Yurkevichning (1986) fikriga ko’ra, shaxs tarbiyasiga individual yondashuv ruhiy - pedagogik ta'sir tizimining ichichiga singan bo’lishi lozim va aynan shuning uchun bu tarbiyaning umumiy tamoyilidir. Ayni paytda ta'lim va tarbiyaning turli jabha-larida bunday yondashuv turlicha aks etadi. Bizning mamlakatda u qobiliyatlarni tarbiya qilish nazariyasi va amaliyotida qo’lla-niladi. qobiliyatlar muammosining o’zi esa psixologiya fanida, dastavval, individual farqlar muammosi sifatida paydo bo’lgan va so’nggi vaqtlarda uning umumiy nuqtai nazari ishlab chiqil-moqda. Shunga haramay, so’nggi yillarda o’quvchi ruhiy indivi-dualligini o’rganish metodlari to’g’risidagi ma'lumotlarning kat-ta hajmi to’plangan maxsus ilmiy - amaliy fan - maktab psixo-diagnostikasi shakllana boshladi. Yaqin kelajakda pedagogika oliygohlarida maxsus kurslar tashkil etilishi muqarrar. Ular pedagoglarni psixodiagnostik bilimlar, maxsus amaliy usullar bilan qurollantirish va bu usullardan amalda foydalanishni o’rgatish imkonini beradi (Yu.Z.Gilbux, 1989). qobiliyatlar va keng shaxsiy planda psixodiagnostika masalalari B.G.Ananev, A.G.Kovalev, V.I.Myasnichev (1960) ishlarida ko’rib chiqilgan. Ular qobiliyatlar va shaxsning boshqa xususiyatlari deganda biror - bir faoliyatni amalga oshirishda zarur bo’ladigan xususiyatlar ansam-blini tushunishadi. K.K.Platonov (1968) "qobiliyat" tushunchasini qobiliyat va shaxsning tuzilishi o’rtasidagi bog’liqlikdan kelib chiqib yoritadi. M.G.Davletshin (1973) ning yozishicha, qobiliyat - insonning u yoki bu faoliyatga layog’atdir yoki "qobiliyat insonning muayyan fao-liyatga layog’ati darajasini aniqlovchi individual xususiyati sifa-tida ko’rib chiqilishi kerak". qobiliyatlarni rivojlantirish uchun dastavval uni aniqlash kerak. Diagnostika tibbiyotda, texnikada va kasbiy faoliyatining boshqa jabhalarida qo’llaniladi. Tarbiyalanuvchini kundalik fao-liyatda o’rganish va unga didaktik va tarbiyaviy ta'sirni tezkor baholash juda muhim. Asosan talabaning individual xususiyat-lariga e'tibor haratish kerak. Oliygohda tarbiyaning maqsadi shaxs mohiyatini tushunishga asoslangan. Talaba shaxsiyati uning ijtimoiy muhit bilan aloqasi jarayonida tabiiy xususiyatlar va faoliyat asosida shakllanadi. Xulq va shaxsning rivojlanishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi qadriy dunyoharashlar, sabablar va ehtiyojlardir. V.M.Roshnskiy (1990) ta'kidlashicha, talaba shaxsini rivoj-lantirish bir necha yo’nalishlarda boradi: g’oyaviy ishonchini, kasbiy yo’nalishini mustahkamlash, ruhiy jarayonlarni rivoj-lantirish, ma'suliyat hissini oshirish, bo’lajak kasbiga mehrini barharorlashtirish va h.z. Talaba shaxsiyatini ruhiy rivojlan-tirish tashqi omillarning ichkiga o’tishi, o’z ustida faol ishlash harama - qarshiliklarining paydo bo’lishi va hal etishdek dialek-tik jarayondir. Inson temperamenti turini bilish juda muhim, chunki shu asosda faoliyatning mazmuniy taraflari ko’rib chiqi-ladi. Temperament xarakterning dinamik asosini tashkil etadi. Bu insonning muhim va barharor ruhiy xususiyatlarini o’z ichiga oladi va uning hayotga munosabatini aks ettiradi. Temperamentda faollik va emosionallik chambarchas bog’liqdir. harakat faolligi tezlikda, yoki harakatning sustligida aks etadi. harakatning emo-sionalligi hissiyotlar, kayfiyatlarning kechishi xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Talaba xarakterini bilish uning harakat-larini oldindan ko’ra bilish, va u bilan to’g’ri munosabatlar o’rnatish imkonini beradi. Talabaning ijobiy ruhiy holatini ushlab turishda O’qituvchining roli katta. Talabalar bilan tarbiyaviy ishlar aktiv faoliyat o’rnatish va ijodiy ko’tarinkilik asosida olib boriladi. Optimizm, o’zaro bir - birini tushunish, O’qituvchi harakatlarining rejalashtirilganligi va chuqur o’ylan-ganligi talabalarda ijobiy ruhiy holatlarning barharor bo’lishga yordam beradi. (V.I.Platonov, 1987). Talabalarning irodasini ax- loqiy tamoyillar bilan bog’liqlikda tarbiyalash kerak. Buning uchun ularning psixologik tuzilmasi, ruhiy jarayonlari xususiyat-larini, individual tipologik xususiyatlarini aniqlab olish kerak. Qator mualliflar birinchi kurs talabalarining adaptasion davri xususiyatlariga e'tibor beradilar. V.I.Zagvyazinskiy (1982) ta'kidlashicha, adaptasiya talaba-larning oliygohda ta'lim sharoitlariga, aqliy faoliyatning yangi tashkilotiga ko’nikish davridir. Adaptasiyaning 3 ta shakli mav-jud: kasbiy, ijtimoiy - psixologik va didaktik. Kasbiy adaptasiya - oliy ta'lim tuzilmasiga, oliygohda ta'-lim jarayoni mazmuni va tarkibiy qismlariga, tanlangan kasb xususiyatlariga moslashishdir. Ijtimoiy - psixologik adaptasiya yangi o’rtoqlar bilan ijobiy munosabatlar o’rnatishda aks etadi. Didaktik adaptasiya oliygohdagi ta'lim tizimiga sekin - asta kirishishi va moslashishni ta'minlaydi. A.V.Petrovskiy (1986) birinchi kurs talabalarning adapta-sion davrining quyidagi asosiy qiyinchiliklari mavjud: kechagi maktab o’quvchilarining maktab kollektividan, o’r-toqlari, o’quvchilari ma'naviy yordamidan ajralish bilan sog’liq salbiy kechinmalar; kasbni tanlash motivasiyasining noaniqligi, kasbga tayyo- rgarlikning yetarlicha emasligi; o’z harakatlarini psixologik boshqarishni bilmaslik, oda-tiy pedagogik nazoratning yo’qligi bilan bog’liq ruhiy vaziyat; yangi sharoitda mehnat qilish va dam olishning optimal rejimini izlash; turmushni va o’z - o’zini boshqarishni yo’lga qo’yish (Ayniqsa, uy sharoitidan yotoqxona sharoitiga o’tayotganda); mustaqil ishlash va yashash ko’nikmalarining yo’qligi. N.A.Agadjanyan (1988) talabalarning oliygohda ta'lim olish sharoitlariga adaptasiyasining bir necha aspektlariga e'tibor haratadi: ijtimoiy (oilaviy munosabatlar, yashash sharoiti, moddiy ta'minot) psixofizik (kirishimlilik, guruhda va kursda o’rtoqlar, O’qituvchilar bilan munosabatlar, shaxsiy xususiyatlar, qiziqishlar darajasi, xarakter, kollektivga psixofiziologik moslashishi) atrof - muhit (organizmning yangi tabiiy sharoitlarga, tem-peraturasi, atmosferaning gaz tarkibiga reaksiyasi) fiziologik (talaba salomatligining ahvoli, asab faoliya-tining tipi). Oliy asab faoliyatining individual xususiyatlari Asab jarayonlari - qo’zg’alish va tormozlanish, uchta xususiyat bilan xarakterlanadi: kuch, harakatchanlik, vazminlik. Asab tizimi yoki asab faoliyati tipi tushunchalari asab tizimining tug’ma xususiyatlari, shuningdek, hayot davomida shakl-langan va mustahkamlangan xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Inson tipologik xususiyatlarining shakllanishiga u yashayotgan muhit, ishlayotgan kollektiv katta ta'sir ko’rsatadi (Z.I.Kolarova, 1968). Sifat xususiyatlari, asab jarayonlari xususiyatlarining turli kombinasiyalariga harab asab tizimlari 4 ta tipga ajra-tiladi. Kuch ko’rsatkichiga ko’ra asab tizimining kuchli, kuchsiz tiplari, harakatchanlik ko’ratkichi bo’yicha inert ( kam harakatchan), harakatchan tiplari, vazminlik ko’rsatkichi bo’yicha - vazmin, yengiltak tiplari mavjud. Asab tizimi kuchsiz shaxslarda ikkala jarayon - qo’zg’alish va tormozlanish - kuchsiz bo’ladi. Bunday odamlar muhit sharoitlariga juda qiyin moslashadilar, murakkab hayotiy vaziyatlarda ularning ruhiy holati oson sinadi va ular nevrotik bo’lib holadilar. Bunday insonni tarbiyalash jarayoni qiyin kechadi, chunki kuchsiz asab tizimi organizmda ro’y berishi kerak bo’lgan o’zgarishlarni sekin qabul qiladi va o’zlashtiradi. Asab tizimi kuchlilarni tarbiya qilish oson, ular yangi ko’nikmalarni tez qabul qiladilar. Asab tizimi kuchli insonlar orasida harakatchanligi inert (sust) shaxslar ham uchrab turadi. Vazminlik ko’rsatkichi bo’yicha asab tizimi kuchlilar vazmin va yengiltaklarga bo’linadi. Yengiltaklarda qo’zg’alish kuchli, tormoz-lanish reaksiyasi esa qoloq bo’ladi. Shuning uchun ular tez tormoz-lanish kerak bo’lgan vaziyatlarda yordamga muhtoj bo’lib holadilar. Inson asab faoliyatining individual xususiyatlari butun sport faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. harakat ko’nik-malarining shakllanishi tezligi va barharorligi, ularning tako-millashuvi, zarur bo’lganda, ularni o’zgartirish imkoniyati ko’p jihatdan asab faoliyatining xususiyatlariga bog’liq. Sportchining sport faoliyatining turli davrlaridagi holati, mashg’ulotlarda va Musobaqalardagi fe'l-atvori, o’zini tutishi ham individual xusu-siyatlarga kiradi. Butun hayot jarayonida, atrofdagilar bilan muloqotda bo’lish, ishlash jarayonida ikki asosiy asab jarayoni- qo’zg’alish va tormozlanishning balanslashuvi ro’y beradi. Bu ba-lansning buzilishi dinamik stereotipining shakllanishida qiyinchiliklar uyg’otadi. Asab markazlarida ishlayotgan mushaklar, a'zolardan berayotgan ta'sirni mustahkamlash, harakat ko’nik-malari dinamik stereotipini yaratish uchun ma'lum darajadagi qo’zg’alish, asab jarayonlarining, uning harakatchanligining muayyan kuchi darkor. Sportchi organizmiga ta'sir qilayotgan o’ta kuchli qo’zg’a-lishlar ( maksimal yoki submaksimal yuklamalar, uzoq davom etgan mashg’ulotlar, yuqori tezlikda ritmik ishlash) natijasida harakat aktining samaradorligi pasayadi. Aynan shu davrda yuklamalarni bir oz kamaytirish kerak, aks holda asab buzilishi ro’y berishi va sportchini anchagacha safdan chiharib qo’yishi mumkin. Bosh miyada u yoki bu harakat aktining dinamik stereotipi shakllanishi uchun ta'lim jarayonida oliy nerv faoliyatining in-dividual xususiyatlarini hisobga olish kerak. Asab faoliyati hara-katchan, vazmin bo’lgan sportchi uchun harakatlarni bir necha marta takrorlash kifoya - bu harakatlar uning bosh miyasi qobig’iga darrov o’rnashadi. Vazmin, harakatchanligi inert asab tizimiga ega bo’lgan sportchi harakatlarni ko’p marta takrorlashi kerak. Bunga, Ayniqsa, yangi texnik usullarni o’zlashtirishda e'tibor berish kerak. Mash-g’ulotlarda yangi texnik usulni o’zlashtirish turli sportchilarda turlicha o’tadi. A.A.Uxtomskiy fiziologiyaning fundamental nazariyasi- dominanta haqida ta'limotni ishlab chiqdi: 1) dominasiyalovchi asab markazi o’z qo’zg’alishini naromal va patologik sharoitlarda mustahkamlaydi; 2) qo’zg’alishning rivojlanishi davomida u boshqa kelib chiquvchi jarayonlarni (qo’zg’atuvchiga javob reaksiyasi) tormozlaydi. Dominanta tamoyili markaziy asab tizimining umumiy tamoyilidir. Dominantlar insonning kasbi - kori, xarakteri, tem-peramenti, qiziqishlari, organizmning salbiy hayotiy vaziyatlarga ta'sirchanligiga harab turlicha bo’ladi. Dominantalarni ongli bo-shharish salomatlikni mustahkamlashga eltuvchi yo’ldir (K.V. Dineyka, 1987). L.P.Primak (1987) qayd etishicha, insonning ruhiy -emosi-onal holatiga ta'sir etuvchi omillar ichida quyidagilar muhim hisoblanadi: 1. Jamiyatni intensiv texnizasiyalash natijasida mushak tizimiga yuklamalarining kamayishi. Mushak tizimi inson mar-kaziy asab tizimini, birinchi navbatda, uning emosional markaz-larini jonlantiruvchi asab impulchasiyasining qudratli manbasi hisoblanadi. Shuning uchun mushak apparatini yetarli yuklama bilan ta'minlamaslik, inson uchun hayotda "Psixologik to’siq-larni" yengish uchun kerak bo’ldagina ijobiy ta'sirdan asab markaz-larini mahrum etadi. Bunday sharoitda ko’pgina salbiy qo’zg’a-tuvchilar ko’chli xarakterni namoyon etib asabga yomon ta'sir ko’rsatadi. Muntazam past hayotiy tonus, apatiya bunday paytda jaqldorlik, oddiy salbiy ta'sirlarga chidolmaslik bilan tutashib ketadi. 2 .Jamiyatni texnizasiyalash his qilish a'zolariga axborot yuklamasining kuchli va o’rtacha kuchli signallar diapazonida oshishi bilan xarakterlanadi va kuchsiz va o’ta kuchsiz signallarni qo’llash zaruriyatini bartaraf etadi. Aynan shunday signallar tabiiy sharoitda yashagan insonlar hayotiy faoliyatining ishchi diapazonini tashkil etadi. Sivilizasiyaning o’sishi kichik quv-vatli singallar hayotiy ahamiyatini yo’q qilib, kuchli signallar diapazoni yuklamasini oshirib yubordi. harakatning kamligi natijasida inson organizmi asab va jismoniy funksiyalarining nouyg’unligini his qiladi. his - haya-jonlar, uzoq davom etgan asabiy holatlar ( Ayniqsa, inson kasal bo’lgan, charchagan, stress holatlarida) vegetativ asab tizimi, ichki sekresiya bezlari, ichki organlar funsiyasining buzilishiga sabab bo’lishi isbotlangan. Bularning barchasi o’tkir va surunkali kasalliklar, Ayniqsa, yurak - qon tizimi kasalliklarining zo’rayi-shiga olib keladi. Ruhiy barharorlik va turli hayotiy vaziyatlarga adekvat reaksiyani tarbiyalash, mashq qildirish organizmning stress holatlarga qarshi kurashuvchanligini kuchaytiradi va umumiy sog’lomlashtirishga yordam beradi (K.V.Dineika, 1987). Temperament va asab tizimi xususiyatlari V.D.Nebilisin, B.A.Vyatkin kabi psixologlar ta'kidlashicha, temperament - inson ruhiy faoliyati dinamikasini belgilab be-ruvchi psixikaning individual, o’ziga xos xususiyatlari yig’indi-sidir. Bu xususiyatlar mazmuni, maqsadi va sabablaridan qat’iy nazar turli faoliyatlarda bir qil namoyon bo’ladi. Temperamentga ilmiy ta'rifni I.P.Pavlov bergan. U temperamentning asosida shartli - refleks faoliyatining indii-vidual xususiyatlari, aynan esa, asab tizimi xususiyatlari yotadi, degan fikrga kelgan edi. I.P.Pavlov bu xususiyatlarni 3 ga ajra-tadi: 1) qo’zg’alish va tormozlanish jarayonining asab hujayralari-ning ishlash qobiliyatiga bog’liq kuchi; 2) qo’zg’alish kuchining tormozlanish kuchiga mutanosibligi, yoki balans; 3) qo’zg’alishni tormozlanish bilan (yoki aksincha) tez va oson almashtirish qobili-yati. I.P.Pavlovning ta'kidlashicha, asab tizimining umumiy tiplari 4 ta temperament asosida yotadi. Shunday qilib 4 ta temperament paydo bo’ldi: flegmatik, sangvinik, xolerik va melanxolik. Psixologlar B.M.Teplov (1963), V.D.Nebo’lisin (1966), I.P.Pavlov tadqiqotlarini davom ettirishdi. Shunday qilib yangi xususiyatlar, masalan, asab jarayonlarining dinamikligi - ijobiy-shartli aloqalar (qo’zg’alish dinamikligi) va salbiy aloqalar (tormozlanish dinamikligi)ni ishlab chiqish tezligi va osonli-gini belgilab beruvchi xususiyat kashf etildi. Asab jarayonlari-ning mobilligi - qo’zg’atuvchi va tormozlovchi jarayonlarning paydo bo’lish tezligini belgilab beruvchi boshqa yangi xususiyatdir. Tormozlanish va qo’zg’alish o’rtasida o’zaro munosabatlarning buzilishi turli asab kasalliklarga olib kelishi ma'lum. Temperamentning asab tizimi xususiyatlariga bog’liqligi quyidagicha namoyon bo’ladi: insonda asab tizimining bitta fiziologik xususiyati qanchalik ko’p namoyon bo’lsa, temperament mutanosib xususiyati shunchalik kam (yoki,aksincha, ko’p) ifoda etiladi. Insonda qo’zg’alish jarayoni qanchalik kuchsiz bo’lsa, e'tiborning chalqishi kuchli bo’ladi, keskin vaziyatning salbiy ta'siriga qarshiligi shunchalik past bo’ladi - bu temperamentning asab tizimi xususiyatlariga to’g’ri chiziqli bog’liqligi. Tempera-mentning asab tizimi xususiyatlariga egri chiziqli bog’liqligi ham mavjud. qo’zg’alish jarayoni kuchining oshishi ma'lum darajaga yetgandan so’ng emosional qo’zg’alish kamaya boshlaydi. qo’zg’alish jarayoni kuchi oshaverishi bilan emosional qo’zg’alish osha bosh-laydi. Temperamentning asab tizimi tipiga bog’liqligi ko’p qiymatli bo’lishi ham mumkin, ya'ni asab tizimining bitta xususiyatiga temperamentning bir necha turli xususiyatlari bog’liq bo’lishi va, aksincha, temperamentning bitta xususiyati asab tizimining bir necha xususiyatlariga bog’liq bo’lishi mumkin (V.S.Merlin,1964). N.Ayzenk va G.Ayzenk (1968) ekstravertlar va introvertlar xulqi xususyaitlarini kuzatganlar. Ektravertlar - kirishimli, sekin generasiya va qo’zg’alish jarayoninining sustligi, kuchli, tez rivojlanuvchi va barharor reaktiv tormozlanish bilan ajralib turadilar. Introvertlarda - qo’zg’alish tez va kuchli ro’y beradi, reaktiv tormozlanish sekin rivojlanadi, kuchsiz va barharor emasligi bilan ajralib turadi("Reaktiv tormozlanish" atamasi Kaneldan o’zlashtirilgan). G.Ayzenk introvertlarda kuchli qo’zg’alish jarayoni o’qishga shartli reflekslarning paydo bo’lishiga yordam beradi, deb hisob-laydi. Psixomotor faoliyati o’rganilganda introvertlar va ekstra-vertlar o’rtasida farqlar topildi. Ekstravertlar ko’p xatoqilsa-lar ham vazifalarni tez bajaradilar. Introvertlar aniqlik va to’g’rilikka katta ahamiyat beradilar, bu esa bajarish tezligining kamayishiga olib keladi. Tadqiqotlar natijasida olingan ma'lumotlarning ko’rsa-tishicha ekstravertlar qiyin topshiriqlarni yaxshiroq bajaradi-lar. Yengil masalalarda introvertlar va ekstravertlar o’rtasidagi farq bilinmaydi (G.Ayzenk, 1938, 1971). N.Ayzenk (1977) ektra-vertlar xotiradan kerakli ma'lumotni tezroq topadilar, degan ma'lumotlarni umumlashtirdi. Axborot asab tizimida iz holdi-radi va uzoq vaqtgacha saqlanib turadi. Bu davrda axborotni uzoq vaqt eslab holish uchun o’tkazish jarayoni o’tayotgan bo’ladi. U axborotni xotiradan olish payti ro’y bergan vaqtincha tormozla-nish bilan ulanib ketadi va bu xotiradagi izning yo’qolib ketishi oldini oladi. Introvertlarda aktivasiyaning yuqori darajasi izning uzoq vaqt turgani bilan bog’liq, bu axborotning uzoq xoti-rada yaxshi saqlanishiga yordam beradi va uni xotiradan chiharib olish uzoqroq cho’ziladi. Shu sababli, introvertlarda axborotni uzoq vaqt xotirada saqlash xususiyati mavjud, ektstravertlar esa qisqa vaqtli xotirada ustunlikka ega. I.P.Pavlov, markaziy asab tizimi funksiyalarini mustah-kamlash qorbiliyatiga ega deb ko’rsatgan edi. Yaxshi o’zlashtirilgan bilim va ko’nikma - bu barharor dinamik stereotip (iz)ga ega. Aynan uning inertligi ko’nikmalarning mustahkamligini ta'min-laydi. Lekin u o’zgargan sharoitda yangi ko’nikmalarning rivojla-nishiga halaqit ham beradi. Boshqacha qilib aytganda, ko’nikma qan-chalik mustahkam bo’lsa, undan xalos bo’lish yoki boshqacha ko’nikma bilan almashtirish shunchalik qiyin bo’ladi. Bunda insonning xarakteri xususiyatlari, temperamentiga ham e'tibor berish kerak. Kema va uning tizimlarini boshqarish ko’nikmalarini rivojlantirish ko’p jihatdan insonning oliy asab faoliyati xususiyatlariga bog’liq. Xoleriklar butun vujudi bilan ishga berilishlari, u bilan band bo’lishlari, g’ayratlari toshib, kuchlari quyilib istalgan qiyinchiliklarni engishga tayyor va ularni yenga-dilar ham. Lekin kuchlar ketgach, asab tizimi kuchli insonda chekinish paydo bo’ladi, u "keragidan Ortiqcha charchaydi, shunchalik ko’p ishlaganidan holi ketib holadi". Xolerik Ortiqcha jizzaki, munosabatlari keskin, to’g’riso’z, faoliyatni juda keng yuritishga qodir. Xolerik temperamentli kosmonavtlar kasbiy ko’nikma va bilimlarni tez egallaydilar. Ayni paytda mashg’ulotlar paytida ko’p xatolar qiladilar. Ular oddiy mashg’ulotlardan ko’ra parvoz-ning alohida holatlari o’rganiladigan mashg’ulotlarni yaxshi o’z-lashtiradilar. Dastlabki tayyorgarlik davrida ular ko’p savol beradilar, vazifaning detallarini muhokama qiladilar. O’quv kemasida ular tez, tashabbus bilan, jonli va ruhiy ko’tarinkilik bilan ishlaydilar. Bunday tipdagi insonlarning xarakterli xatolari - shoshhaloqlik va e'tiborni yetarli jamlamaslik. Sangvinik harakatchan, hayotdagi o’zgaruvchan sharoitlarga tez ko’nikadi: atrofdagilar bilan tez muloqotga kirishadi, yangi odamlar orasida o’nqaysizlik sezmaydi. Kollektivda sangvinik quvnoq, yangi ishni ishtiyog’ bilan boshlaydi, kuchli qiziqish bilan ishlaydi. hissiyotlarga tez beriladi va ularni osonlik bilan unutadi. Shuning uchun yomon kayfiyatni qiyinchiliksiz yengadi, uning odatiy kayfiyati - optimistik. Asab jarayonlarining harakatchan-ligi sangvinikka e'tiborini boshqa narsaga tezda haratish va yangi axborotni tez qabul qilib olishga yordam beradi. Asab jarayonlarining osoyishtaligi va muayyan inertligi tufayli flegmatiklar qiyin vaziyatlarda ham pinagini buzmaydi. Ular o’z his - hayajonlarini jilovlay oladilar, ikir - chikir narsalarga e'tibor haratishni yog’tirmaydi va shu sababli kuchni bir me'yorda sarflashni, uzoq va uslubiy kuchlanishni talab qila-digan ishlarni bajara oladi. Bunday tipdagi kosmonavtlar vazifani uzoq o’zlashtiradilar, bir xil xatolarni tez - tez takror-laydilar va ularni oddiy variantlarini tez o’zlashtiradilar. Tinchgina, tirishqoqlik bilan, shoshilmasdan ishlaydilar. Mashqu-lotlar davomida xatolarni yo’qotadilar, kasbiy mahoratlarini oshiradilar. Melanxolik insonlar uyatchan, qat’iyatsizlik, tortinchoq bo’ladilar. Yangi sharoitlar, odamlar ularni qo’rqitadi, ular o’zla-rini yo’qotib qo’yadilar. Odamlar bilan muloqotda bo’lar ekanlar, ular o’zlarini ochiq namoyon qilmaydilar. Melanxoliklar kosmo-navt bo’la olmaydilar. O’quv kemasida ko’nikmalarning shakllanishini psxiologik tahlil qilish kosmonavtlarning vujudga kelishi va ularning xarakteri ularni individual xususiyatlarga bog’liq ekanligini ko’rsatdi ( Yu.Gagarin, V.Lebedev, 1976). Sportda shaxsning shakllanish psixologiyasi Sport sohasidagi ko’pgina mutaxassislar - pedagoglar, psi-xologlar, fiziologlar va shifokorlar o’rtasida sportchilarning asab tizimi kuchli bo’ladi, ularning ruhiy xususiyatlari, shu jumladan, temperamentlari sportda yuksak muvaffaqiyat qozonish uchun zaruriy shart hisoblanadi, degan fikr keng tarhalgan. Bu fikr ayrim tadqiqot ishlari natijasida qisman tasdiqlangan. A.I.Kresotovnikov va uning hamkasblari 1937 yildayog’ asab tizimi turi xususiyatlarini test usulida aniqlab, ko’p sportchilar kuchli tipning turli varivsiyalariga mansub, degan xulosaga kelgan. Ushbu muammoni o’rganishni davom etgan olimlar sportdagi muvaffaqiyat asab tizimining tipologik xususiyatlariga shartli ravishda bog’liqligi to’g’risida xulosaga keldilar (A.N.Krestov-nikov, 1951-1955). K.M.Smirnov (1954,1962) Musobaqalarning yuqori toifadagi sportchilar faoliyatiga ta'sirini o’rganar ekan, qo’zg’alish jarayon kuchsiz kechadigan shaxslar muhim Musobaqalarda yomon natijalarga erishishini aniqladi. V.V.Medvedev, A.V.Rodionov, N.A.Xudadov (1973) tadqiqot-lar natijasida sportchilarning Musobaqalarda, ruhiy zo’riqish sha-roitida asab tizimining qo’zg’alish jarayoniga bog’liq xususiyatlari etakchi rol o’ynaydi, degan fikrga keldilar. Olingan ma'lumotlar qator mualliflar (K.M.Gurevich, L.A.Kopitova, V.F.Matveeva, V.S.Merlin va h.z.) to’plagan ma'lumotlarga mos keladi. Bu fikrlar ommaviy va o’smirlar sportida boshqacha tus oladi. N.D.Sinani (1967,1968) velosipedchilar faoliyati xususiyat-larini o’rganar ekan, turli malakali sportchilar o’rtasida asab tizimi bo’sh shaxslarni uchratmadi. Ammo bunday fikrlar zamo-naviy ma'lumotlarga (ayrim xususiyatlar kompensasiyasi, tempe-ramentning faoliyat talablariga moslashishi) ko’p ham to’g’ri kelavermaydi (V.S.Merlin, V.D.Nebiglisin, V.M.Teplov, K.M. Gurevich va h.z.) toifasi, yoshi, jinsi, sportdagi staji turlicha bo’lgan sportchilar o’rtasida inertli, yengiltak, jizzaki, asab tizi-mi bo’sh shaxslarning ham uchrashi o’rganishlar natijasida isbot qilingan. Temperament xususiyatlarini ommaviy sport bilan shug’ul-lanishga bo’lgan qobiliyat, deb harash noto’g’ri. Asab tizimining kuchsizligi, inertliligi yoki barharor emasligi va bu bilan bog’liq temperament xususiyatlari muvaffaqiyatli sport faoliyatiga xalaqit bermaydi (B.A.Vyatkin, 1964, 1967, 1970; Yu.Ya.Kisyolev, 1971;V.P.Merlikin, 1967,1968; O.A.Chernikova, 1961; V.M.Shadrin, 1967). B.A.Vyatkin (1978) ikki nuqtai nazar mavjud, degan fikrga kelgan: 1) istalgan sport turidagi muvaffaqiyat asab tizimi va temperament xususiyatlariga bog’liq; 2) ommaviy sportda va sportning alohida turlarida asab tizimi va temperament muhim rol o’ynamaydi, turli tipdagi asab tizimi va har qil temperamentli shaxslar sportda birdek natijaga erishishlari mumkin. Inson asab faoliyatining individual jihatlari butun sport faoliyatining borishida katta ahamiyat kasb etadi. Ular harakat ko’nikmalarining shakllanish va barharorlashishi tezli-giga, ularning rivojlanishi va, kerak bulganda, qayta ishlab chiqish, o’zgartirishga katta ta'sir ko’rsatadilar. Sportchining mashg’ulotlarda va Musobaqalardagi ruhiy holati va o’zini tutishi ham individual xususiyatlarga bog’liq. hayotda, ishda, atrofdagilar bilan munosabatda ikki asosiy asab jarayoni - qo’zg’alish va tormoz-lanishning balanslashuvi ro’y beradi. Bu balansning buzilishi dinamik stereotipning shakllanishida qiyinchiliklar tug’diradi. Asab markazlarida ishlayotgan mushaklar, organlardan kelayotgan ta'sirlarni mustahkamlash, harakat ko’nikmasi dinamik stereoti-pini yaratish uchun asab markazlari qo’zg’alishining ma'lum darajasi zarur bo’ladi. Sportchi organizmga ta'sir qiluvchi o’ta kuchli omillar (uzoq davom etgan maksimal yuklamalar, yuqori tempda ritmik ishlash) dan so’ng shug’ullanishlarning samarasi kuchli tormozlanish natijasida tushib ketadi. Aynan shu davrda yuklamalarni kamay-tirish kerak, aks holda oliy asab faoliyatida portlash ro’y beradi va sportchini uzoq vaqt izdan chiharishi mumkin. Jismoniy mashg’ulotlarning psixologik masalalari Mashqur psixolog P.A.Rudik (1973) tadqiqotlar natijasida shaxsning psixologik xususiyatlari jismoniy mashqlar ta'siri ostida muayyan, barharor o’zgarishi mumkin, degan fikrga kelgan. Odatda sport shaxsning shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi, deb hisoblash qabul qilingan. Sport Musobaqa-lari tirishqoqlik, aqlOq va iroda sifatlari, mardlikni tarbiya-lashga yordam berishi yuqorida qayd etildi. Ammo bu yo’nalishdagi tadqiqotlar endi boshlanmoqda. Verner va Totxeyd Vest - Poyntedagi harbiy akademiya kur-santlarining shaxsiy xususiyatlariga muntazam sport mashqu-lotlari va Musobaqalarining ta'sirini aniqlamoqchi bo’ldilar. Buning uchun o’rta maktabning harbiy akademiyaga o’qishga kirmoqchi bo’lgan, sportchi va sportchi bo’lmagan bitiruvchilari kuzatildi. Ushbu tadqiqot natijalariga ko’ra shaxs o’smirlik davrida shakllanib bo’ladi va sport bilan shug’ullanish aytarli o’zgarish-larga olib kelmaydi, degan taxminga kelindi. 1968 yilda Vashingtonda o’tkazilgan sport psixologiyasi bo’yicha Ikkinchi xalqaro kongressda professor Ikegami uzoq va muntazam sport mashg’ulotlarining shaxsning o’zgarishga ta'sirini o’rganishga baqishlangan fundamental tadqiqotlar natijasini taqdim etdi. Bu ma'lumotlarning statistik tahlili shuni ko’rsa-tadiki, sport staji oshaverishi bilan kuzatilgan shaxslar faol-roq, tajovuzkorroq, behamroh bo’lavergan, depressiya va frestasiya kamroq ishtiyog’ his etganlar, boshhalar bilan munosabatda yetakchi bo’lishga kamroq intilganlar. Uning fikriga ko’ra, sport mashqu-lotlari ruhiy barharorlikning umumiy o’zgarishiga ta'sir etmagan. O’quvchi yolshar asab tizimining tipologik xususiyatlarini tadqiq etish Asab jarayonlari - uyqonish va tormozlanish uchta xususiyat bilan xarakterlanadi: kuch, harakatchanlik, bosiqlik. Bu xusu-siyatlar kombinasiyasi turlicha bo’lishi, har bir insonni xarakterlovchi asab tizimining individual xususiyatlari shu kombinasiyaga bog’liq bo’lishi mumkin (Z.I.Kolarova, 1968). Umu-miy tipdagi asab tizimining ayrim xususiyatlarini tadqiq etish-ning ishonchli, zamonaviy, psixologik usullari B.M.Teplov (1963), V.D.Nebglisin (1966), V.S.Merlin, E.I.Mastvilisker (1971) ishlarida bayon etilgan. So’nggi yillarda sport psixologiyasida V.A.Vyatkin (1978), B.D.Krett (1978), M.A.Rober, F.Tilman(1988) ning sportning turli turlari namoyondalari asab tizimining tipologik xusu-siyatlarini o’rganishga yo’naltirilgan tadqiqotlari keng tus oldi. Psixologik tadqiqotlar natijasida A.A. Bodalev, V.V.Stolin (1987) quyidagi xulosaga kelishdi: 1. a) Birinchi shkala bo’yicha (37?12) yuqori ball qo’zg’alish jarayonining yuqori darajasini aks ettiradi, chaqqon, tez hara-katlarni talab etuvchi vaziyatlarda samarali faoliyatni amalga oshirish qobiliyati bilan ajralib turadi, asab tizimi uzoq, tez -tez takrorlanuvchi qo’zg’alishga dosh beradi. b) Birinchi shkala bo’yicha past ball (37-12) qo’zg’alishning bo’shligini aks ettiradi. 2. a) Ikkinchi shkala bo’yicha yuqori ball asab tizimining tormozlanish jarayoniga nisbatan kuchini aks ettiradi, tormozli shartli reflekslarning tez va mustahkam o’rnatilishi, taqiqlar vaziyatida faollikdan voz kechish qobiliyati (32+11). b) Tormozlanish jarayonining kuchsizlik tormozli refleks-larning rivojlanishini qiyinlashtiradi (32-11). 3. a) Yuqori harakatchanlik asab tizimining qo’zg’atuvchilar belgilarini tez qayta ishlash, yangi vaziyatga duch kelganda tez qayta qurish qobiliyatlari, yangi predmet va hodisalar bilan o’zaro munosabatlarga tayyorlik va istak (36?12) b) Past harakatchanlik asab tizimining qo’zg’atuvchilar belgi-larini qayta o’rganishda yuqori shartliligini aks ettiradi, yangi ko’nikmalarga o’tish qiyin, individ yangi vaziyatlardan o’zini olib qochadi (32-11) Yuqorida bayon etilganlar o’quvchi yoshlar shaxsining tipologik xususiyatlarini aniqlash bo’yicha tadqiqotlar o’tkazish zarurligini ko’rsatadi. Metodikaning maqsadi: 1. Talaba yoshlar asab tizimining individual tipologik xususiyatlarini aniqlash. 2. Talaba yoshlar shaxsining tipologik xususiyatlarini aniqlash. Tadqiqotlar vazifalari: 1. Anketa savollariga berilgan javoblarni tahlil qilish asosida qo’zg’alish, tormozlanish kuchi va ularning harakatchanli-gini aniqlash. 2. Anketa savollariga berilgan javoblar asosida emosional barharorlik darajasini, temperament turi, ekstraversiya -intro-versiyani aniqlash. Tadqiqot vazifalarini bajarish uchun polyak psixologi Ya.Strelyau (1974) ishlab chiqqan "Temperament so’rovnomasi" dan; ingliz psixologi G.Ayzenk (1964) tuzgan testdan foydalanildi. TATU ning 300 dan oshiq 18-24 yoshli talabalari, olimpiada xotiralarida zaxiralari Respublika bilim yurtining futbol bilan shug’ullanuvchi (9-11 sinf) o’quvchilari kuzatildi. Natijalar jadvalda keltirilgan. 7.1 jadval Jadval
ko’rsatkichlariga mos keladi. 1 va 2 bosqich talabalari va qizlari asab tizimi kuchsiz shaxslar hisob-lanadi. Ma'lumki bunday talabani tarbiya qilish jarayoni qiyin kechadi, chunki kuchsiz asab tizimi organizmda ro’y berishi kerak bo’lgan o’zgarishlarni sekin qabul qiladi va o’zlashtiradi, yangi harakatlarning katta qiyinchiliklar bilan o’rganadi. Dastur bo’yicha esa talabalar basketbol, voleybol, qo’l to’pi, futbol va boshqa o’yinlarni o’rganishlari kerak. Ulg’aygan sari qo’zg’alish jarayonlari va asab jarayonlari-ning harakatchanligi o’sib boradi. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchi talabalarda qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari kuchli bo’ladi, asab jarayonlari harakatchanligi bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi talabalarni tarbiya qilish oson kechadi, ular yangi harakatlarni tez o’zlashtiradilar, asab jarayon-larining bir me'yordaligi, bosiqligi bilan ajralib turadilar. Olimpiada zahiralari Respublika bilim yurti o’quvchi-larida qo’zg’alish yuqori, asab jarayonlari qo’zg’aluvchan, tormoz-lanish esa kuchsiz. Bunday sportchilar tormozli reaksiyalar bilan javob berishda orqada holadilar, bu esa turmushda, o’yin maydon-larida pand berib holadi. Shuning uchun ular o’zlarini qo’lda tutib turolmaydilar va doim ruhiy zo’riqishda bo’ladilar. O’tkazilgan tadqiqot Ulg’aygan sari o’qil bolalarda, xuddi qizlarda kabi, ko’proq ekstraversiya rivojlanadi. Ulg’aygan sari munosabatlarga intilish yazshilanadi, notanish vaziyatlarda o’zga-rish dadilroq tuta boshlaydilar. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchi talabalar boshqa kursdoshlariga hara-ganda ekstraversiyaga moyil bo’ladilar va emosional barharorlar. Shuni qayd etish muhimki, ekstravertlar aniqlik va xato-sizlikka katta ahamiyat beradilar, bu esa ish tezligining pasayi-shiga sabab bo’ladi. Ekstravertlar vazifani tezroq bajara boshlay-dilar, keyin introvertlar ko’rsatkichlari tobora yaxshilana bosh-laydi va ekstravertlar natijalaridan oshib ketadilar. 18-19 yoshli talabalar flegmatik (sodda, ehtiyotkor, og’ir, boshhariladigan, nazorat qilsa bo’ladigan) bo’ladilar, Ulg’aygan sari ular sangviniklarga (kirishimli, yetakchilikka moyil, quvnoq) Yaqinlasha boshlaydilar. Sport-internat o’quvchilari xoleriklikka ko’proq moyil ( ta'sirchan, bezovta, tajovuzkor, faol). Talaba yoshlarning emosional zo’riqishini tadqiq etish Metodika maqsadi - talaba yoshlarning emosional zo’riqishi individual xususiyatlarini aniqlash. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling