Reja: Standartlarni ishlab chiqish bosqichlari


Download 23.96 Kb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi23.96 Kb.
#1050283
1   2   3   4
Bog'liq
Standartlar

Loyihalash bosqichida:
- standart-texnik hujjatlardan foydlanish hisobiga mehnat hajmini kamaytiradi;
- loyihalar sonini kamaytiradi ishlab chiqariladigan texnik hujjatlar birligini
qisqartiradi;
- ilmiy- texnik jarayonlarni tezlashuvida;
- ishlab chiqarishni samaradorligini oshirishda;
- mahsulot sifatini oshirishda;
-mahsulotlarni loyihalovchi va ishlab chiqaruvchi mutaxassislar
malakasini oshirishda;
- barcha turdagi resurslarni tejashda;
- aholi sog`lig’ini va mehnat xafsizligi va himoyasini ta’minlashda;
- xalqaro iqtisodiyot va texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishda o`z
aksini topadi
Standartlarni samaradorligi quyidagi yo`nalishlarda namoyon
bo’ladi:

- tajriba namunalarini, ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarni


kamaytiradi.


Ishlab chiqarish bosqichida:
- mahsulot nomenklaturasini qisqartiradi;
- material va resurslarni kamaytiradi;
- jihozlarni qayta o`rnatish bo`yicha mehnat jarayonini kamaytiradi;
- standart tarkibiy qism va buyumlarni xarid qilish uchun xarajatlar
kamaytiriladi;
- buyumlarni tanlashni va sinovlar uchun xarajatlarni kamaytiradi;
- nuqsonlarni kamaytiradi;
- jihozlardan foydalanishni yaxshilaydi;
- mehnat xafsizligini oshiradi.


Foydalanish bosqichida:
- foydalanishdagi chiqimlarni qisqartiradi;
- zahira qismlarini, instrument va moslamalarni kamaytiradi;
- ta'mir va texnik xizmatdagi mehnat hajmini kamaytiradi;
- foydalanilayotgan jihoz ish unumdorligini oshiradi;
- mahsulot xossalarini yaxshilaydi;
- mahsulotlarni tashishda va saqlashda daxlsizligini oshiradi;
- transport vositalaridan foydalanishni oshiradi;
- omborxonalardan foydalanishni yaxshilaydi.

 Tashqi savdo sohasida:
- eksport mahsulot hajmini ko`payitiradi;
- eksport qilinayotgan sifatli mahsulot narxini oshiradi;
- import mahsulot hajmini kamaytiradi.
Standartlarni tasdiqlash vaqtida ularni o`rnatilgan muddatda joriy qilish zarur. Standartni ishlab chiquvchi tashkilot standart loyihasi bilan birgalikda uni joriy qilish bo`yicha tadbirlar ro`yxatini ham taqdim qiladi. Ularga quyidagilar kiradi:

- yangi texnik hujjatlarni ishlab chiqish;


- yangi ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki amaldagini qayta tiklash;
- loyihalashtirish, uskunalarni va to`plovchi detallarni tayyorlash va yetkazib
berish; 
- yangi texnologik jarayonlarni, o`lchash va sinash texnikalarini ishlab chiqish

Korxonalarga standartlarni joriy qilish katta tayyorlov ishini talab qiladi. Agar o`rnatilgan muddatga tayyorlangan texnik hujjatlar standart talablariga mos kelsa, standart joriy qilingan hisoblanadi, mahsulotlar esa ushbu hujjatlarga qat`iy mos ravishda ishlab chiqariladi. Agar korxonada kiritilgan mahsulotlar o`rnatilgan muddatda ishlab chiqarilmasa yoki standart talablarini va ko`rsatkichlarini buzgan holda ishlab chiqarilsa, shuningdek sifatning doimiyligi buzilsa standart joriy qilindi deb hisoblanadi.

Standartni joriy qilinmasligining asosiy sabablariga quyidagilar kiradi:
1. Tashkiliy-texnik tadbirlarning bajarilmasligi.
2. Texnik hujjatlar va namunalar (etalonlar) holatining qoniqarsizligi.
3. Asbob-uskunalar va texnologik jihozlanish holatining qoniqarsizligi.
4. O`lchash va sinash texnikalari xolatining qoniqarsizligi.

5. Xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va to`plovchi buyumlar xolatining


qoniqarsizligi.
6. Mahsulotning markalanishi, idishlarga joylashishi, tashish va saqlanishining
standart emasligi.
Download 23.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling