8-9-10 AMALIYOT ISHLARI
Reja:
Stek, navbat va deklarni massiv yordamida tasvirlash va ular ustida amal bajarish algoritmlari.
Steklar. Ularni mantiqiy tasvirlash va ustida amal bajarish algoritmlari. Stek bog‘langan ro‘yxat ko‘rinishida tasvirlash
Navbatlar. Ularni mantiqiy tasvirlash va ustida amal bajarish algoritmlari. navbatni bog‘langan ro‘yxat ko‘rinishida tasvirlash
Yarimstatik tuzilma nima???
Nima sababdan yarimstatik tuzilma deyiladi???
Bunday tuzilma uzunliklari oldindan beriladi (statiklik sharti), lekin tuzilmani tashkil etuvchi elementlar soni dastur bajarilishi mobaynida vaqtga va ro‘yxat uzunligiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin (dinamiklik sharti).
Faraz qilaylik, stek, dek va navbatlar dasturda massiv ko‘rinishida ifodalangan bo‘lsin.
U holda mazkur ma’lumotlar tuzilmasi yarimstatik ma’lumotlar tuzilmasiga misol bo‘ladi.
Navbat – ma’lumotlar tuzilmasiga kelib tushgan buyurtmalarga xizmat ko‘rsatish tartibidir.
Ta’rif. FIFO ( First in - First out) tartibidagi tuzilmaga navbat deyiladi.
Demak, navbat ikki tomoni ochiq tuzilma
Ommaviy xizmat ko‘rsatish turlaridagi asosiy amallar
Tuzilmaga yangi element qo‘shish;
Tuzilmadan elementni o‘chirish;
Tuzilmani bo‘sh yoki bo‘sh emasligini aniqlash;
Tuzilmani to‘lalikka tekshirish (agar tuzilma massiv ko‘rinishda ifodalangan bo‘lsa).
Faraz qilaylik, stek bir o‘lchamli massiv ko‘rinishida ifodalangan bo‘lib, uning uzunligi max_st ga teng bo‘lsin, ya’ni stack[max_st]. Bu erda t – stek uchi, x esa BT turga tegishli element.
void Push(int t, BT x)
{
if (t= =max_st) exit(1);
stack[t]=x;
t++;
}
Do'stlaringiz bilan baham: |