Reja: Stol tennis kelib chiqishi va rivojlanshi tarixi Stol tennis o`yinining qoidalari


O’yin o’tkaziladigan joy, kerakli asbob-uskuna va anjomlar


Download 1.96 Mb.
bet4/4
Sana13.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#999204
1   2   3   4
Bog'liq
Stol tennis o`yinining qoidalari va o`lchamlari

O’yin o’tkaziladigan joy, kerakli asbob-uskuna va anjomlar.
Tennis stoli - to’g’ri to’rtburchak shaklda bo’lib, u tekis bo’lishi, uzunligi 274sm, eni 152,5sm., balandligi poldan yoki erdan 76sm. balandlikda bo’lishi kerak. Stolning usti silliq bo’lishi kerak. Stol chetida 2sm qalinlikdagi, o’rtasida 0,3 sm qalinlikdagi oq chiziqlar chiziladi (1-rasm).
Setka- uzunligi 180sm, eni 15-25sm., setka kataklari 1,3-1,5sm. bo’lib, ust tomoniga oq mato 1,5 sm. qalinlikda qoplanadi. (2-rasm) setkani tortib turuvchi turg’ich 22 mm dan oshmasligi kerak. Qisqich 7 mm.dan oshmasdan stolga o’rnatiladi.
Tennis sharigi - og’irligi 2,5 gr, diametri 3,8sm. bo’ladi. U silliq bo’lishi kerak.



Stol tennisi raketkasi- uning og’irligi, dastasi turli bo’lishi mumkin, lekin rezina qoplamasi 2 mm.dan ortmasligi kerak. Reketkaning uzunligi 26-30 sm, eni 15-17 sm, og’irligi 160-200gr, faneraning qalinligi 4-6 mm. bo’lishi mumkin.

O’ynaladigan joy. Yopiq bino ichidagi yoki ochiq joydagi o’lchamlari kamida 7,75x5 metr bo’lgan maydoncha stol teniisi o’ynash uchun o’yin maydonchasi bo’lib xizmat qilishi mumkin.


Stol. Stol to’g’ri burchakli, bo’yi 2,74 metr, eni 1,525 metr, balandligi (erdan yoki poldan) 0,76 metr bo’lishi kerak.
Stolning uchti uning butun yuzasi bo’ylab koptok bir xil sakraydigan darajada silliq va tekis bo’lishi lozim. Stolning usti tezda yorilib ketmasligi uchun uni quruq taxtadan yasash kerak. Shu maqsadda “yog’och-plita” materialidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Stol asosi istalgan materialdan (yog’och yoki metaldan) ixtiyoriy konstruktsiyada yasalishi mumkin, biroq u mustahkam va turg’un bo’lishi kerak. Stolning uchti to’q yashil, ko’k yoki qora rangga bo’yaladi. Stolning ustki taxtasining chetlariga va o’rtasidan uzunasiga (juftma-juft o’yinlar uchun) oq chiziqlar chizib qo’yiladi. Stol tennisi stollarini maktab ustaxonalarida yasasa ham bo’ladi.
To’r. To’r stol yuzasini teng ikkiga bo’lib turadi. To’rning balandligi stolning butun eni bo’ylab, bir xil – 15,25 santimetr, uzunligi 183 santimetr bo’lishi, ya’ni uning ustunchalari stolning yon chiziqlaridan 15,25 santimetr chetda turishi kerak. Stol tennisi uchun odatda yashil rangli va ustki chekkasi eni 15 millimetrga teng qalin oq tasma bilan o’rab tikilgan to’qima to’r ishlatiladi.
Stol tennisi uchun to’rni ikkita raketka va bir necha to’p bilan birga komplekt holida sport jihozlari magazinlaridan sotib olish mumkin. Agar fabrikada to’qilgan to’r topilmasa, uni qo’lda ingichka kanopdan to’qib olish mumkin. O’rganish va mashg’ulotlar o’tkazish uchun to’r o’rniga mata tortib qo’ysa ham bo’laveradi.
Raketka. Raketkaning o’lchamlari, og’irligi va materiali qoidalar bilan cheklanmagan, ixtiyoriy bo’lishi mumkin, faqat yaltiroq bo’lmasa bas.
Eng kam tarqalgan raketkaning shakli va o’lchamlari 9-rasmda ko’rsatilgan. Koptokni uradigan yuzasi maxsus g’adir-budir rezina bilan qoplangan raketka keng tarqalgan.
Koptok. Koptok oq tselluloiddan dumaloq qilib yasalgan bo’lib, diametri 3,63-3,83 santimetr, og’irligi 2,40-2,53 gramm bo’ladi.
Raketkani ushlash usuli. Tennisning boshqa turlaridagi kabi stol tennisida ham o’yin texnikasi raketkani to’g’ri ushlay bilishga bog’liqdir. Raketka ushlashning bir necha xil usullari bor. O’zbekistonda keng tarqalgan raketka ushlash usulini 10-rasmdan ko’rishingiz mumkin.
Raketkani kurakchasidan chap qo’l bilan ushlab turib o’ng qo’lga raketka dastasining asosi bosh va ko’rsatkich barmoqlar orasidagi burchakning uchiga tushadigan qilib solish kerak. So’ng barmoqlar qisiladi. Bunda raketka to’g’ri ushlangan bo’ladi.
Raketkani ana shunday ushlaganda koptok xoh o’ngdan, xoh chapdan kelsin, u osongina urib qaytaraveriladi. Koptok o’ng tomondan raketkaning bosh barmoq turgan yuzasi bilan, chap tomondan esa qarama-qarshi yuzasi bilan uriladi.

Tarixiy manbalarga qaraganda stol tennisi sharqiy osiyodan kelib chiqqan degan iboralar mavjud. Ushbu o’yinni inglizlar Evroga XIX asrlarda olib kelganlar. (ping – pong) xalqaro stol tenisi federatsiyasi 1926 yili tashkil topgan. Jahon birinchiligi har ikki yilda bir marotaba 1926 yildan beri o’tkazilib kelinmoqda. Stol tenisi 1894 yildan beri o’ynaladi. 1896 yili olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilgan.



  • o’yin maydoni eng kamida (1ta stol uchun) eniga 6 m uzunasiga 12 m ni tashkil etadi. Xalqaro o’yinlar o’tkazish uchun esa 14x7 o’lcham bo’lishi shart. Stol tennisi har qanday yog’och materiallardan qilingan. Usti siliq, zangori rangda bo’lishi shart. Atroflari 2 sm chiziq bilan belgilanadi. Setka stolni ikkiga bo’lib turadi. Tenis shariga diametri 1,43 dan 12, 70 sm gacha og’irligi 2,4 g dan 2,53 g gacha.

  • Raketka rezinaning qalinligi 4 mm dan oshmasligi kerak. Stolning uzunligi 274,3 sm eni 152,5 sm erdan balandligi 76,2 sm setkaning balandligi 15,25 sm ni tashkil etadi. Kiyimi oyoqda keta yoki krasofka bo’lishi, ayollarda kalta yubka va sho’rtik, erkaklarda esa futbolka, triko yoki shortik hamda paypoq. Shundan esdan chiqarmasliklari kerakki, stol tenisi o’yinchilarining futbolkalari sariq yoki oq bo’lmasligi kerak.

  • O’yinning borishi: qizlar va ayollar uchun 3 partiya, erkaklar uchun esa 5 partiya.

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR:


1. U.Oripov, M.Yunusov “Sport o’yinlari” haqida.
Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling