Reja: Strategik axborot tizimlari
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Axborot texnologiyalari yordamida raqobat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mijozga yoʻnaltirilgan biznesni yaratish
Boshqa strategik tashabbuslar Narxlar ustunligi, differensiatsiya, innovatsiyalar, o‘sish va alyans beshta asosiy strategiyalarga qo‘shimcha tarzda firmalar uchun ko‘plab strategik tashabbuslar mavjud. Axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan bir nechta tayanch strategiyalarni ko‘rib chiqsak bo’ladi. Ular o‘z tarkibiga mijozlar yoki yetkazib beruvchilarni blokirovkalash, sohani o‘zgartirish uchun qurilish xarajatlari, kirish uchun baryerlarni ko‘tarish, hamda axborot texnologiyalarida investitsiyalardan foydalanish. Axborot texnologiyalariga jalb etilgan investitsiyalar biznesga mijozlar va yetkazib beruvchilar bilan yangi qimmatli munosabatlarni yaratib ularni saqlab qolishga imkon beradi. Ushbu ish munosabatlari mijozlar va yetkazib beruvchilarga shunchalik qimmatli bo‘lishi mumkinki, ular rad javobini berishga yoki kamroq daromad keltiradigan ish bitimlarini qabul qilishdan qo‘rqib qolishlari mumkin. Ushbu munosabatlarda axborot tizimlari texnologiyalaridan foydalanishdagi oldingi urinishlar firmaning taqsimot, marketing, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati mijozlar va yetkazib beruvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini keskin yaxshilashga yo‘naltirilgan. Strategik axborot tizimlarining asosiy diqqat markazida firma va uning mijozlari yoki yetkazib beruvchilari o‘rtasidagi munosabatlarda kommutatsiya xarajatlarini yaratish usullarini topishdan iborat. Boshqacha so‘z bilan aytganda Timex misolida eslatilgan axborot tizimlari texnologiyalaridagi investitsiyalar mijozlar va etkazib beruvchilarni innovatsion o‘zaro manfaatli korxonalararo axborot tizimlaridan foydalanishga bog‘lab qo‘yadi. 3-rasm. Mijozga yoʻnaltirilgan biznes oʻzaro aloqalarini namoyish etadi. Mijozga yoʻnaltirilgan biznesni yaratish Global iqisodiy o‘sish omili ishlab chiqarish hajmidan iste’molchi qimmatiga o‘zgardi. Natijada aksariyat firmalar muvaffaqiyatining tayanch omili mijozlar qimmatini maksimallashtirishdan iborat bo‘lib qoldi. Ko‘plab kompaniyalar uchun mijozga yo‘naltirilgan biznesga ega bo‘lish uchun bosh biznes-qimmati uning mijozlarni moyilligini saqlab qolish, ularni xohishlarini oldindan ko‘ra bilish, mijozlar muammolariga befarq bo‘lmaslik, hamda mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish qobiliyatidan iborat. Ushbu mijoz qimmatiga bo‘lgan strategik mo‘ljal mijoz qiymatni aniqlashda narxni emas, balki sifatni asosiy omil qilib olishidadir. Internet-texnologiyalari mijozlarga mijozlar bilan manosabatlarni boshqarish va elektron biznes uchun boshqa dasturiy ilovalari koordinatsion markazini tashkil qilishi mumkin. CRM-tizimlar va Internet, intranet, ekstranet web-saytlari bilan birgalikda kompaniya ichida interaktiv kommunikatsiyalari, hamda mijozlar, yetkazib beruvchilar, ish hamkorlari va boshqa tashqi muhit bilan muloqot qilish uchun yangi kanallarini yaratishlari mumkin. Bunday aloqalar aksariyat biznes-funksiyalari mijozlari bilan doimiy muloqotda bo‘lishga, mahsulotlarni ishlab chiqish, marketing, yetkazib berish, xizmat ko‘rsatish va texnik qo‘llab quvvatlashda mijozlar bilan kross-funksional munosabatlarda bo‘lishni rag‘batlantirishga imkoniyat beradi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling