Reja: Strategik axborot tizimlari
Strategik ustunlikka erishish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Axborot texnologiyalari yordamida raqobat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes jarayonlarni reinjiniringi
Strategik ustunlikka erishish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish
Axborot texnologiyalaridan strategik maqsadlarda foydalanish Tashkilotlar axborot texnologiyalarni ko‘p jihatlardan foydalanishlari mumkin. Masalan kompaniyalar axborot texnologiyalarini strategik maqsadlarda ishlatishi mumkin yoki axborot texnologiyalarini faqat samarali kundalik operatsiyalarni qo‘llab quvvatlash bilan chegaralanib qolishlari ham mumkin. Agarda kompaniya axborot texnologiyalarni strategik maqsadlarda foydalansa, unda uning rahbariyati axborot texnologiyalarni asosiy raqobat differensiator sifatida qaraydi. Unda ular raqobatlashuvchi bozorda kompaniyaga muhim ustunlikni beradigan mahsulotlar, xizmatlar va imkoniyatlarni ishlab chiqish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanuvchi biznes strategiyalarni ishlab chiqadilar. Biznes jarayonlarni reinjiniringi Ustunlik strategiyasining eng muhim realizatsiyalaridan biri biznes jarayonlarni reinjiniringi hisoblanadi, ko‘pincha sodda qilib reinjiniring deb nomlashadi. Reinjiniring narx, sifat, tezlik, va servislarni keskin yaxshilashga erishish uchun biznes jarayonlarni fundamental qayta o‘ylab chiqish va radikal qayta qurishni ifodalaydi. Biznes jarayonlarni reinjineringi kompaniya bozorda yanada kuchli va muvaffaqiyatli raqobatchi bo‘lishi uchun innovatsion biznesni ilgari surish bilan birga biznes jarayonlarni keskin yaxshilash strategiyasini qabul qilishni o‘zida mujjassamlaydi. Ko‘plab kompaniyalarning aniqlashicha qayta qurishning tashkiliy yondoshuvlari axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan bir qatorda reinjiniring jarayoniga hissa qo‘shadigan muhim omil hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining roli Axborot texnologiyalari aksariyat biznes jarayonlarni reinjiniringida muhim rol o‘ynaydi. Axborot bilan ishlash imkoniyatining tezligi va kompyuterlarni internet texnologiyalariga ulash, hamda odamlar, ularni ekspluatatsiya va boshqarishga mas’ul shaxslar orasidagi aloqa va hamkorlik imkoniyati biznes jarayonlar samaradorligini keskin oshiradi. Biznes samradorligida chaqqonlik yuqori sifat, yuqori ish unumdorligi, mijozga mos mahsulotlar va xizmatlar uchun kompaniyani tez o‘zgaruvchan, doimiy fragmentatsiyalashadigan global bozorda gullab ketish qobiliyatini anglatadi. Chaqqon kompaniya mahsulotlarni keng assortimenti va qisqa hayot modeli bilan bozorda daromad olishi mumkin va alohida buyurtmalar bo‘yicha ixtiyoriy hajmdagi partiyalarda ishlab chiqarishi mumkin. U ishlab chiqarishning yuqori hajmini saqlab qolgan holda individuallashgan mahsulotlarni taqdim qilib ommaviy moslashuvchanlikni qo‘llab quvvatlashi mumkin. Chaqqon kompaniyalar biznes-jarayonlarni integratsiyalash va boshqarish uchun asosan Internet texnologiyalariga bog‘liq. Chaqqon kompaniya bo‘lish uchun biznes to‘rtta asosiy strategiyalarni qo‘llashi lozim. Birinchidan, kompaniya biznesi iste’molchilar chaqqon kompaniya mahsulotlari va xizmatlarini o‘zlarining individual muammolarini yechimi sifatida qabul qilishlarini kafolatlashi lozim. Shunday qilib, mahsulotni narxi ishlab chiqarish narxi sifatida emas, balki ular uchun yechim narxi asosida shakllanadi. Ikkinchidan, chaqqon kompaniya mijozlar, yetkazib beruvchilar, boshqa kompaniyalar va hattoki raqobatchilar bilan ham hamkorlik qiladi. Biznes samradorligida chaqqonlik yuqori sifat, yuqori ish unumdorligi, mijozga mos mahsulotlar va xizmatlar uchun kompaniyani tez o‘zgaruvchan, doimiy fragmentatsiyalashadigan global bozorda gullab ketish qobiliyatini anglatadi. Chaqqon kompaniya mahsulotlarni keng assortimenti va qisqa hayot modeli bilan bozorda daromad olishi mumkin va alohida buyurtmalar bo‘yicha ixtiyoriy hajmdagi partiyalarda ishlab chiqarishi mumkin. U ishlab chiqarishning yuqori hajmini saqlab qolgan holda individuallashgan mahsulotlarni taqdim qilib ommaviy moslashuvchanlikni qo‘llab quvvatlashi mumkin. Chaqqon kompaniyalar biznes-jarayonlarni integratsiyalash va boshqarish uchun asosan Internet texnologiyalariga bog‘liq. Axborot texnologiyalari kompaniyaga, u chaqqon novator bo‘lishiga yordam beruvchi, mijozlari bilan munosabatlarini virtual hamjamiyatlarda rivojlantirish imkoniyatini taqdim etishiga e’tibor bering. Ushbu darslikda axborot texnologiyalari kompaniya biznesi uchun innovatsion imkoniyatlarni ekspluatatsiya qilishda uning chaqqonligini yaxshilashda yetkazib beruvchilari, distribyutorlari, kontraktli ishlab chiquvchilari, hamda boshqa foydlanauvchilar bilan hamkorlikdagi portallari va boshqa yetkazib berish web-zanjiri tizimlari orqali hamkorlik qilishga imkon beradi. Virtual kompaniyalar Internet, intranet va ekstranet yordamida o‘zaro bog‘langan virtual ishchi guruhlar va ishchi hamkorlar alyanslarni shakllantirilishi ko‘rsatilgan. Kompaniya intranet orqali ulangan ichki jarayonlar klasteri va kross-funksional komandalar tashkil qilganiga e’tibor bering. U yana yetkazib beruvchilar, mijozlar, subpodryadchiklar va raqobatchilar bilan korxonalararo axborot tizimlarini tashkil etuvchi alyanslarni va ekstranet aloqalarini ishlab chiqdi. Shunday qilib virtual kompaniyalar tez o‘zgaruvchan biznes- imkoniyatlardan foydalanish uchun moslashuvchan ishchi guruhlar va ishchi hamkorlar alyanslarni yaratadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling