Reja: Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Download 1.71 Mb.
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH
Maʼlumki, mamlakatimizda davlat organlarining aholi bilan muloqotini takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasini taʼminlash, ularning muammolarini hal etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish borasida izchil ishlar amalga oshirilyapti.Jumladan, mazkur sohaga doir bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni hamda qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tashkil etilib, uning faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1982-moddasi Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar ayrim toifadagi ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlamaganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar bilan toʻldiriladi. Ikkinchidan, sud hujjatlarining ijro etilishiga toʻsqinlik qilganlik va sud hujjatining majburiy ijrosi jarayoniga aralashganlik uchun javobgarlik qonunchilikda mavjud boʻlmaganligi tufayli Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1982-moddasi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi jarayoniga aralashganlik uchun javobgarlik belgilanadi. Shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosi jarayoniga aralashganlik harakatini maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin davom ettirganlik uchun Jinoyat kodeksiga jinoiy javobgarlik belgilanyapti. Uchinchidan, ijro hujjatini ijro etmaganlik, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan ham tatbiq etish belgilanyapti. Toʻrtinchidan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1982-moddasi ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligini tekshirmasdan yirik bitimlar tuzishni amalga oshirganlik yoxud ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun javobgarlik belgilangan norma bilan toʻldirilyapti. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling