Reja: Sug‘urta qonunchiligi, sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar
-modda. Sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydigan manfaatlar
Download 196.78 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 917-modda. Mol-mulkni sug‘urta qilish
- 918-modda. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni sug‘urta qilish
916-modda. Sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydigan manfaatlar
G‘ayriqonuniy manfaatlarni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi. Qimor, lotereyalar va garov o‘yinlarida ishtirok etishda ko‘riladigan zararni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi. Garovga olinganlarni ozod qilish maqsadida shaxs majburan qilishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi. Sug‘urta shartnomalarining ushbu modda birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga zid bo‘lgan shartlari o‘z-o‘zidan haqiqiy emas. 917-modda. Mol-mulkni sug‘urta qilish Mol-mulk uning asralishidan qonun hujjatlariga yoki shartnomaga asoslangan manfaatga ega bo‘lgan shaxs (sug‘urta qildiruvchi yoki naf oluvchi) foydasiga, uning mulkdori, mol-mulkka nisbatan boshqa ashyoviy huquqqa ega bo‘lgan shaxs, ijarachi, pudratchi, saqlovchi, vositachi va boshqa shu kabilar foydasiga sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi mumkin. Sug‘urtalangan mol-mulkning asralishidan sug‘urta qildiruvchida va naf oluvchida manfaat bo‘lmagan paytda tuzilgan mol-mulkni sug‘urta qilish shartnomasi haqiqiy emas. Naf oluvchi foydasiga mol-mulkni sug‘urta qilish shartnomasi naf oluvchining ismi yoki nomi ko‘rsatilmasdan tuzilishi mumkin. Bunday shartnoma tuzilganda sug‘urta qildiruvchiga egasining nomi ko‘rsatilmagan polis beriladi. Bunday shartnoma bo‘yicha huquqlarni amalga oshirishda bu polisni sug‘urtalovchiga taqdim etish zarur. 918-modda. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni sug‘urta qilish Boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar yuzasidan javobgarlik xavfini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchining o‘zining yoki bunday javobgarlik yuklanishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxsning javobgarlik xavfi sug‘urtalanishi mumkin. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfi sug‘urtalangan shaxs sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilishi lozim. Agar bu shaxs shartnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchining o‘zining javobgarlik xavfi sug‘urtalangan hisoblanadi. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfini sug‘urta qilish shartnomasi, hatto shartnoma zarar yetkazilganligi uchun javobgar bo‘lgan sug‘urta qildiruvchi yoki boshqa shaxs foydasiga tuzilgan yoxud shartnomada u kimning foydasiga tuzilgani ko‘rsatilmagan taqdirda ham, zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan shaxslar (naf oluvchilar) foydasiga tuzilgan deb hisoblanadi. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik uni sug‘urta qilish majburiy bo‘lgani sababli sug‘urtalangan taqdirda, shuningdek qonunda yoki bunday javobgarlikni sug‘urta qilish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda sug‘urta shartnomasi o‘z foydasiga tuzilgan deb hisoblanuvchi shaxs zararni sug‘urta puli doirasida to‘lash to‘g‘risida bevosita sug‘urtalovchiga talab qo‘yishga haqli. Download 196.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling