Reja: Suvning asosiy ekologik omillari va ularni organizmlarga ta’sir qilish qonunlari. Suvning kimyoviy tuzilishi. Suvning faol reaksiyasi, stenobiont va evribiontlar Tayanch
Download 62.53 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvning faol reaksiyasi, stenobiont va evribiontlar
- Nazorat savollari va ttopshiriqlar
Karbonat angidrid gazi (CO,).Suvning C02 gazi bilam to’yinishi suv organizmlarining nafas olishi natijasida, atmosferadan yutilish va suv tagidagi turli birikmalardan ajrash xisobiga bo’ladi. S02 miqdorining suvda kamayishini suv o’simliklarining fotosintez va xemosintez jarayonlarini o’tkazuvchi organizmlar (bakteriyalar) tomonidan foydalanilishidan yuzaga keladi. C02 kislorodga qaraganda suvda 35 marta ko’proq eriydi. Uning miqdorpi atmosferada kislorodga nisbatan 700 marta kam (0.035%; kislorod-21%). C02 suvda erigan xolda (1 litr suvda 0°S da 0,5 sm 3 yoki 1 litr suvda 24S da 0,2 sm3) yoki karbonatlar formasida uchraydi. Dengiz suvining 1 litrida 40-50 sm3 C02 bo’lib, atmosferadagi C02 miqdoridan 150 barobar ortiqdir. Xarorat 0°S bo’lgan vaqtda C02 ning absorbsiya koeffiqenti 1,713 ga teng. Atmosferada bu gaz normal miqdorda (0,3 ml/l) va xarorat 0°S bo’lganda, bir litr suvda 0,514 ml S02 eriydi. Suvning xarorati va sho’rligining ortishi bilan C02 ning miqdori pasayadi. Serovodorod gazi. Suv havzalarining uzida, faqat biogen yo’l bilan xar xil bakteriyalarning faoliyati natijasida xosil bo’ladi. Gidrobiontlar uchun bu gaz bilvosita axamiyatga egadir, ya’ni kislorod miqdorini kamayishida H2S oqsidlanib, «S» ga aylanadi va organizmlarga zararli ta’sir qiladi, xattoki bakteriyalar xam mutloq uchramaydi. Shunday botqoqga tushgan o’lik tanalar 1000-2000 yillab xam buzilmay saqlanadi. Ko’pchilik gidrobiontlar uchun serovodorodning juda kam konsetraqiyasi xam xaloqatli ga’sir qiladi. Masalan, toza oqar suvlarda uchraydigan polixetalar qisqichbaqalar va boshqa organizmlar suvda serovodorodning juda kam miqdoriga xam chidash beraolmaydilar. Suvning faol reaksiyasi, stenobiont va evribiontlarBirinchisi Qizil dengizning Atlantika chuqurligidagi muxitda xayot yo’q. Bunga sabab u yerda chuqurlik 2100 m bo’lib, suvning xarorati 56°S, uning tarkibidagi tuz miqdori juda xam yuqoridir (320%0), turli metall tuzlarining birikmalari ko’p miqdorda uchrashi mumkin. Ikkinchisi Antarktikadagi San-Xuan ko’li bo’lib, uning suvi xech fakt muzlamaydi, sababi suv asosan SaSE ning 45% eritmasidan iboratligi sababdir. Xozirga qadar shu 2 ta xayokiz gidrotop ma’lum, boshqa joylarda organizmlar muxit xarorati, tuzlar miqdorining pH va boshqa omillarning o’zgarib turishiga moslashganlar. Sho’r suvlar xam tuzlar miqdoriga qarab o’zgarib turadilar. Tuzlar tarkibi va ularning miqdori o’zgarmaydigan doimiy turFun sho’r suvlarga gomoyogalin suvlar, sho’rligi o’zgarib turadigan suvlar esa poykilogalin suvlar deyiladi Organizmlar uchun tuzlar ikki xil axamiyatga egadir, ya’ni, organizmlar uzlarining xayot faoliyatida ko’p kimyoviy birikmalardan (azot, fosfor, kremniy, temir, kaliy, kalsiy, magniy va boshqalardan) foydalanadilar, ayniqsa, o’simliklar uz tanalarini tuzadilar. Bunday elentlarga biogen elementlar deyiladi. Shu elementlarni suvda miqdorini o’zgarishiga qarab plankton suvo’tlarning xam soni o’zgarib turadi. Undan tashqari suvda erigan mineral moddalarning umumiy miqdori xam suv organizmlari uchun katta axamiyatga egadir. Suvdagi meneral tuzlar (yoki suvning sho’rli) suvda kapcha ko’p bo’lsa, uning bosimi xam shuncha ko’p bo’ladi. Suvning sho’rligiga va bosimiga nisbatan gidrobiontlar gidrobiontlar juda sezgir bo’ladilar. Suvning sho’rligi o’zgarishi bilan, suvning zichligi xam xar xil bo’lib, suvdagi organizmlarning so’zishiga ta’sir qiladi. Gidrobiontlar uchun suvning ionlar tarkibi, ayniqsa, Ca++, Mg++ kationlari katta axamiyatga egadir. Suvning sho’rligi mg/l, g/l yoki promilda (%0) ulchanadi. 1 promill 1 litr suvda I g tuzga to’g’ri keladi. Tabiiy suvlar tubandagi guruxlarga bo’linadilar: I) chuchuk suvlarda mineral tuzlar miqdori 0,5 g/l gacha (qisman 1 g/l); 2) sal sho’rlangan- (sho’rtob- sho’rtobroq)-3-5 g/l; 3) sho’rroq (sho’rxoq)-5-12; 4) sho’r-12-17-30; yuqori tuzli-30- 40 g/l dan yuqori; 5) namakob-180-230 g/l. Miksogalin suvlar uz navbatida oligogalin (0,5-5 g/li mezogalin (5-18 g/l yoki 5-18%p), poligalin (18-30 g/l yoki 18-30%o) suvlarga bo’linadi, chuchuk suvli suv havzalariga daryolar, ko’pchilik ko’llar, suv omborlari, buloqlar mansub bo’lsa, evgalin suv havzalariga Dunyo okeani, dengizlar, ayrim sho’r va namakob suvli ko’llar kiradi. Nazorat savollari va ttopshiriqlarSuvning asosiy ekologik omillari.ularni organizmlarga ta’siri? Gidrosferadagi suvning kimyoviy tarkibining undagi organizmlarga ta’siri? Suvdagi qaysi organizmlar evrioqsibion va stenooqsibiontlarga kiradi? Suvdagi qaysi organizmlar evrigalin va stenogalinlarga kiradi? Suvda yashaydigan organizmlarga suvni aktiv reaksiyasini ta’siri? Download 62.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling