Reja: Tabiat bilan tanishtirish metod va usullariga umumiy xarakteristika. Beriladigan bilim mazmuniga metod va usullarni bog‘liqligi. Turli yosh guruxlarda rasmlarni ko‘rish, kinofilmlar va diafilimlarni namoyish qilish


Download 24.69 Kb.
bet5/6
Sana29.01.2023
Hajmi24.69 Kb.
#1140013
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1543904972 73063

Tarbiyachining hikoyasi. Hikoyaning qimmati shu bilan aniqlanadi-ki, u ma’lum ta’limiy vazifani hal etar ekan, maktabgacha yoshdagi bolalarning tajriba va qiziqishlarini nazarda tutgan holda tuziladi hamda ma’lum yoshdagi gurux bolalariga mo‘ljallanadi. Uning badiiy adabiyotni o‘qishga nisbatan afzalligi mana shundadir. Hikoyani idrok etish bolalar uchun anchagina murakkab aqliy faoliyatdir. Bola kattalarning nutqini eshitishi va tinglay olishi, hikoya davomida uni anglab olishi, og‘zaki tasvir asosida yetarlicha jonli obrazlarni aktiv tasavvur qilishi, tarbiyachi hikoyasidagi voqea-hodisalarning bir-biriga bog‘liqligi hamda munosabatlarni aniqlash hamda tushunishi, hikoya mazmunidagi yangilikni o‘zining avvalgi bilimi bilan qiyoslab ko‘rishi lozim. Bularning barchasi tarbiyachining tabiat haqidagi hikoyasiga bo‘lgan talablarni belgilaydi.
Hikoyada ma’lum qilinayotgan bilimlar ishonchlilik, ilmiylik talablariga javob berishi lozim. Tarbiyachi biror narsani bolalarga aytishdan oldin faktlarning to‘g‘riligini tekshiradi. Hikoya qiziqarli, yorqin dinamik syujetli, emotsional bo‘lishi lozim. Syujetsiz hikoyalar, ortiqcha tasvirlashlar bolalarning e’tiborini jalb qilmaydi, esda qolmaydi.
Tilning jonliligi, obrazliligi va konkretliligi - tarbiyachining hikoyasiga qo‘yiladigan mutlaq talabdir. Bunday hikoya faqat bola ngigagina emas, balki hissiyotiga ham ta’sir etadi, uni uzoq vaqt eslab qoladi. Biroq, jonlilik va obrazlilik quruq maqsad bo‘lib qolmay, balki hikoya mazmuniga bo‘ysunishi kerak. Qahramon nomidan aytiladigan hikoyalarni bolalar yaxshi idrok etadilar.
Bolalarga turli maqsadlarda: ularga tanish bo‘lgan hodisalar, hayvonlar, o‘simliklar haqidagi bilimlarni kengaytirish maqsadida; yangi hodisalar, faktlar (kattalarning tabiatdagi mehnati; qushlarni qo‘riqlash va o‘rgatish, yovvoyi o‘simliklarni himoya qilish va shu kabilar) bilan tanishtirish maqsadida hikoya qilib berish mumkin. Bunday holda hikoya albatta illyustratsiya materiallari — foto suratlar, rasmlar, diafilmlar ko‘rsatish bilan qo‘shib olib boriladi. Ko‘rgazmaliliksiz hikoyaga bolalarning qiziqishi susayadi hamda u bolalar tomonidan yaxshi idrok etilmaydi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun hikoyaning davomiyligi 10—15 minutdan oshmasligi kerak.
Hikoya uchun tarbiyachi xilmaxil material: tabiatga oid shaxsiy kuzatishlari, ajoyib kishilarning hikoyalari, tabiat hodisalari haqidagi ocherklar, naturalistlarning yozuvlari va hikoyalari, ilmiy materiallardan foydalanadi.
Suhbat.Didaktik vazifalardan kelib chiqqan holda suhbat ikki turga — oldindan o‘tkaziladigan suhbatlar va yakuniy suhbatlarga bo‘linadi. Oldindan o‘tkaziladigan suhbatlarni tarbiyachi kuzatishlar, ekskursiyalardan oldin qo‘llaydi. Bunday suhbatning maqsadi — bo‘lajak kuzatishlar bilan mavjud bilimlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish maqsadida bolalarning bilimini aniqlashdir.
Yakuniy suhbat bilib olingan faktlarni sistemalashtirish va konkretlashtirishga, mustahkamlash va aniqlashga yo‘llanadi. Bu suhbatlar mazmunan turli darajada bo‘lishi mumkin: birovlar kuzatiladigan obyektlarni tor doirada kuzatilgandan so‘ng (masalan, issiq o‘lkalarga uchib ketuvchi qushlar haqi-da, yovvoyi hayvonlarning o‘rmonda qishlashi va shu kabilar), boshqalari hodisalarning keng doirasini qamrovchilarni (masalan, mavsumlar haqida suhbatlar)—bolalarning jonsiz tabiat hodisalari, o‘simliklar hayoti, hayvonlar, kishilarning mehnati haqidagi bilimlarini sistemalashtirish maqsadida o‘tkaziladi.
Suhbatning samaraliligi bolalarning oldindan qanday tayyorlanganligiga bog‘liqdir. Suhbat—bu ular bilan o‘tkazilgan ishning yakunidir. Shuning uchun tarbiyachi oldida bolalarda kuzatishlar, mehnat faoliyati, o‘yinlar, tabiatshunoslik kitoblarini o‘qish, hikoyalar orqali tasavvur hosil qilish vazifasi turadi. Suhbatni bolalarda nima haqida aniq tasavvur bo‘lsa, faqat shu narsa yuzasidan o‘tkazish mumkin.
Tarbiyachi suhbatning didaktik maqsadini aniq tasavvur qilishi lozim: qanday mazmunni aniqlash va konkretlashtirish kerak, umumlashtirish va sistemalashtirish uchun qanday muhim aloqalarni ajratib ko‘rsatish lozim, bolalarni suhbat yakunida qanday umumlashtirish va xulosaga olib kelish kerak.
Suhbat hodisa, faktlarni analiz qilishdan, ularning xususiyatlari, belgilari, hodisalar o‘rtasidagi muhim aloqa hamda munosabatlarni ta’kidlashdan boshlanadi. Bunday analiz umumlashtirishga o‘tishni ta’minlaydi, tarqoq faktlarni sistemaga soladi.
Suhbatning b i r i n ch i qismida tarbiyachining bolalarga bergan savollari analizni va bolalarni umumlashtirishga tayyorlashni ta’minlaydi. Masalan: «Qaysi qushlar birinchi bo‘lib uchib keladi? Qora qarg‘ani qanday tanib oldik? Biz ularni qayerda ko‘rganmiz? Qora qarg‘alar dalada nima qilayotgan edi? Qora qarg‘alar nima yeydi?» So‘ng keyingi savol beriladi: «Nima uchun qora qarg‘alar boshqa qushlardan oldin uchib keladi?» (boshqa qushlar — chug‘urchuq, qaldirg‘och va shu kabilar haqida ham shunday savollar beriladi).
Bolalarni qorning himoya qiluvchi xususiyatlari va o‘simliklarning qishdagi holati bilan tanishtirishdan oldin «O‘tloqda qor ostida» hikoyasini o‘qib berish mumkin. Bolalar o‘simliklar qishda halok bo‘lmasligini, faqat o‘sishdan to‘xtashlarini bilib oladilar. Bu hikoyadan olingan ma’lumotlarni tekshirish sayrlar vaqtidagi kuzatish uchun vazifa bo‘lib qoladi.
Kuzatishlar jarayonida bolalarga maqollar, matallar, topshiriqlar, kichik she’rlar tavsiya etiladi. Bularning obrazli tili hodisaning xususiyatlarini, predmetning ma’lum sifatlarini ajratib ko‘rsatish, tabiatni estetik idrok etishni kuchaytirish imkonini beradi. Qishda muz, qor, ob-havoni kuzatayotganda tarbiyachi topishmoq va maqollardan foydalanadi.
Kuzatishlar jarayonida tabiatshunoslikka oid adabiyotlardan foydalanish bolalarga o‘rab turgan tabiat dunyosini to‘g‘ri idrok etish va tushunishlarida, uni o‘z bilimlari bilan bog‘lay olishlarida yordam beradi. Bu maqsadda V. V. Biankining «Urmon gazetasi», N. Sladkovning «Ezma zag‘izg‘onlar» dan olingan qisqa ma’lumotlar foydalidir.
Tabiatshunoslik kitoblarini tarbiyachi bolalarga kuzatishdan keyin ham o‘qib beradi. Bunday holatda badiiy asarlar ko‘rilganlarga yakun yasash, to‘ldirish, kuzatishni chuqurlashtirishga, bolalar dkqqatini tabiat hodisalarini kelgusida ham idrok etish uchun yo‘llashga yordam beradi.
Bolalar tabiatshunoslik kitoblarini o‘qishi, uni o‘qib bo‘lgandan keyingi suhbat tabiat bilan tanishtirishning mustaqil metodi ham bo‘lishi mumkin. Kitob o‘qilgandan so‘ng o‘tkaziladigan suhbatda bolalarga asar ma’nosini tushunishlarida, uning mazmunini to‘liqroq va chuqurroq o‘rganib olishla-rida yordam berish zarur. Shuning uchun suhbat o‘qilgan matnni gapirib berish asosida tuzilmasligi kerak. Bu o‘rinda asosiy e’tiborni hodisalar o‘rtasidagi aloqani ochib berishga, faktlarii anglashga qaratish lozim. Ilgari egallangan bilimlar to‘plami bolalarning yangi axborotlarni egallab olishlariga ta’sir etadi. Mana shundan kelib chiqib, suhbatda shaxsiy bilim bilan yangi bilimlar o‘rtasidagi aloqani o‘rnatish zarur. Suhbatga qo‘yiladigan so‘zsiz talab — bolalarda badiiy obrazlardan olingan ta’surotlarning bevositaligini saqlab qolishdir. Bunga savollarni qahramon shaxsi orqali berish, savollarda hikoya, ertak obrazlarini qo‘llab erishish mumkin.


Download 24.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling