Reja: Tabiat bilan tanishtirish metod va usullariga umumiy xarakteristika. Beriladigan bilim mazmuniga metod va usullarni bog‘liqligi. Turli yosh guruxlarda rasmlarni ko‘rish, kinofilmlar va diafilimlarni namoyish qilish


Tarqatma materiallardan foydalanib kuzatish


Download 1.52 Mb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi1.52 Mb.
#1063156
1   2   3   4
Bog'liq
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodlari

Tarqatma materiallardan foydalanib kuzatish. Bu kuzatishlar o‘rta yosh guruhlardan boshlab o‘tkaziladi. Bunday kuzatishni tashkil etish birgina obyektni kuzatishdan ko‘ra ancha murakkabrokdir. Bu o‘rinda tarbiyachi o‘z diqqat-e’tiborini taqsimlay bilishi, bolalardagi harakatni uyushtira olishi talab qilinadi, bolalar esa tarbiyachining barcha ko‘rsatmalariga aniq rioya qilishlari, bir-birlarini tinglashlari, boshqalarning kuzatishlarini o‘zlarining kuzatishlari bilan taqqoslashlari kerak bo‘ladi. Kuzatishning bu usuli katta rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Bolalar turli xil tadqiqotchilik harakatlaridan foydalanib, o‘quv ko‘nikmalarini takomillashtirish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa o‘z navbatida ularda aniqroq tasavuurlarning shakllanishiga yordam beradi.
Tarqatma material sifatida o‘simliklar hamda ularning bargi, mevasi, urug‘i, shoxchalari, shuningdek, sabzavot va mevalardan keng foydalaniladi.
Rasmlarni ko‘rish kinofilmlar va diafilmlarni namoyish qilish.
Ko‘rgazmali metodlar guruhiga b'olalar bilan birga rasmlarni ko‘rish, diapozitiv va kinofilmlarni namoyish qilish xam kiradi.
Bu metodlardan foydalanish xilma-xil vazifalarni xal qilishga: tasavvurlarni aniqlash va konkretlashtirish, bilimlarni sistemalashtirish va umumlashtirish, estetik idrokni tarkib toptirishga yordam beradi.
Katta gruppalarda rasmlar tushunchalarni shakllantirish uchun qo‘llaniladi. Mashgulot uchun rasmlar seriyasi tanlanadi. Dastlab xar bir rasmni ko‘rish va analiz kilish tashkil etiladi. Sungra rasmlar seriyasi ajratib ko‘rsatilgan muhim belgilariga qarab qiyoslanadi. Qiyoslash xodisadagi umumiy va muhimini ajratib ko‘rsatishga yo‘llanadi. Masalan, m a k t a b ga tayyorlov gruppasida «kuz» tushunchasini shakllantirish uchun kuzning turli davrlariga taalluqli tabiatning kuzgi hodisasi tasvirlangan 3 ta rasm tanlanadi. Tarbiyachi rasmni bolalar bilan birga ko‘rar ekan, ularning diqqatini tabiatdagi ketma-ket o‘zgarishlarga qaratadi: «Kuzning boshidan oxiriga" qadar ob-havo qanday o‘zgarganligini ayting». So‘ngra bolalar diqqatini o‘simlik hayotidagi o‘zgarishlarning ob-havo sharoitlarining o‘zgarishiga bog‘lik ekanligini tushunishlariga qaratadi. «Kuzning boshlanishidan uning oxirigacha o‘simliklarda qanday o‘zgarishlar ruy berdi? Nima uchun bunday o‘zgarishlar sodir buldi?» O‘simliklarning rasmlarda tasvirlangan holatlarini qiyoslashni taklif qiladi.
Shundan so‘ng bolalarning diqqati hayvonlar hayotidagi o‘z- garishlarga qaratilib, pedagog ularni yangi aloqalarni bilib olishga yo‘llaydi: «Kuzning qaysi vaktida hasharotlar ko‘p edi? Nima uchun? Issiq o‘lkalarga uchib ketadigan qushlar qa chon uchib ketadi? Ular nima uchun uchib ketadi?» va shu ka bilar.
Badiiy rasmlarni faqat maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan ko‘rish maqsadga muvofikdir.
O‘quv ekrani. Bolalar bogchasida bolalarni tabiat bilan tanishtirishda diapozitivlar, diafilmlar, kinofilmlar va telefilmlardan foydalaniladi,
O‘quv ekrani bolalarda tabiat hodisalarining dinamikasi: o‘simlik va hayvonlarning o‘sishi hamda rivojlanishi— kattalarning mehnati haqidagi tasavvurini shakllantiradi, qisqa muddat ichida uzoq, vaqt bo‘lib o‘tgan hodisalarni ko‘rsatish imkonini yaratadi.
Kinofilmlar bolalarda alohida emotsional munosabat, qiziqish uyg‘otadi, bu esa bilimlarni yanada muvaffaqiyatlirok, egallanishiga yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘quv kinosining eng samarali turi syujetli kinolentalar
Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling