Reja: Tadbirkorlik turlari va shakllari Tijorat tadbirkorligi Moliyaviy tadbirkorlik Konsultativ tadbirkorlik Konsalting firma tomonidan mijozlarni jalb etish usullari Tadbirkorlik turlari va shakllari


Download 25.31 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2023
Hajmi25.31 Kb.
#1372028
1   2   3
Bog'liq
Tadbirkor

2 Tijorat tadbirkorligi Tovar birjalari. Tijorat tadbirkorligi bilan shug'ullanuvchilarning faoliyati tovar birjalari va savdo tashkilotlari bilan bog'liqdir.
Tovar birjasi - ulgurji tovar bozorining shunday ko'rinishiki, unda xaridor oldindan tovar namunasi bilan tanishmagan boʻladi. Tovar birjasida tijoratchi vositachilar va birja xizmatlari savdo-sotiq ishlarini birgalikda ishlab chiqilgan tartibga asosan amalga oshirish maqsadida ixtiyoriy birlashadilar. Tovar birjasining maqsadi erkin raqobatni boshqarish mexanizmini tashkil etib, uning yordamida, talab va taklifning o'zgarishini hisobga olgan holda, haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birja muntazam {faoliyat koʻrsatuvchi standartlar bo'yicha sotiluvchi ulgurji tovarlar g'alla, koʻmir, metal, neft, yoqoch va hk) bozorining rivojlangan shaklidir. Bunday birjalar koʻp yillardan buyon barcha iqtisodiy rivojlangan davlatlarda faoliyat ko'rsatmoqda. Misol tariqasida Pondon (rangli metallar), Liverpul (paxta) Singapur (kauchuk) va boshqa birjalarni ko'rsatish mumkin.
Haqiqatda tovar yetkazib beruvchilar bilan qilinadigan oddiy oldi-sotdi bilan bir qatorda, tovar birjalarida fyuchers muomalalari deb nomlanuvchi
operatsiyalar bo'yicha shartnomalar tuzilishi mumkin. Bunday muomalalarda ko'zda tutilishicha, shartnomada koʻrsatilgan narxlarda pul to'lash, shartnoma tuzishgandon so'ng ma'lum muddat o'tgach amalga oshiriladi.
Tovar birjalari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: - savdo kelishuvlarining tuzilishida vositachilik qiladi;
- tovar savdosini tartibga soladi, savdo operatsiyalarini boshqaruvi va kelishmovchiliklarni hal qiladi; XIV
- narxlar 10'g'risida va ularga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida ma'lumotlarni yig'adi va e'lon qiladi.
Tovar birjalari ishining ko'p qismini naqd tovarlar oldi-sotdisi (kassa muomalasi) emas, balki endi olinadigan tovar yoki shartnoma bo'yicha qo'yiladigan tovar (muddatli kelishuv) oldi-sotdisi tashkil qiladi. Tovar birjalari yopiq yoki ochiq bo'lishi mumkin. Yopiq tovar birjalarida faqat brokerlar. sotuvchilar va xaridorlar o'rtasidagi birja vositachilarigina qatnashishi mumkin, ochiq tovar birjalarida esa, birjaga tashrif buyurganlar ham oldi-sotdida ishtirok etishlari mumkin. Birja operatsiyalari bo'yicha birjalar qaqiqiy (real) tovar va fyuchers birjalariga boʻlinadi..
Tijorat tadbirkorligining asosiy mazmunini oldi-sotdi bo'yicha kelishuvlar va operatsiyalar boshqacha aytganda tovarlar va qayta sotish operatsiyalari tashkil qiladi. Tijorat tadbirkorlikning umumiy sxemasi, ma'lum darajada ishlab chiqarish tadbirkorlik sxemasiga o'xshab ketadi. Ammo bundan farqli raviida material resurslari o'rniga tayyor tovarlar sotib olinadi. Shu tariqa, mahsulot ishlab chiqarish o'rniga tayyor mahsulot olish keladi.
Tijorat bitimini tuzishdan avval bozorni marketing tahlilini qilish zarurdir.
Umumiy holda marketing deganda, tijorat korxonasi, firmaning xo'jalik faoliyatini har tomondan boshqarish va tashkil qilish tizimi tushuniladi. Marketing savdo korxonasining faoliyatiga komlleks yondoshuvga asoslanadi. Marketing
yordamida savdo korxonasining barcha muhim sikllari, ya'ni, bozorni oʻrganish, tovami iste'molchiga boʻlgan harakati, moliyaviy ta'minlash va foyda olish amalga oshiriladi.


Download 25.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling