Reja: Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi


Download 41.81 Kb.
bet2/5
Sana07.01.2023
Hajmi41.81 Kb.
#1081398
1   2   3   4   5
Bog'liq
4семинар

TAFAKKUR ShaklI fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog’lanish usuli, uning strukturasi (tuzilishi) dir. Fikrlash elementlari deganida, predmetning fikrda ifoda qilingan belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining tabiatini konkret misollar yordamida ko’rib chiqamiz.
Ma’lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (to’plami) kishilar tafakkurida turli xil mazmunga ega bo’lgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan, «davlat» tushunchasida o’zining maydoniga, aholisiga, boshqaruv vositalariga ega bo’lgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi. «Ilmiy nazariya» tushunchasida esa, predmetlarning birorta sohasiga oid bo’lgan va ular haqida yaxlit tasavvur beradigan, ma’lum bir metod yordamida qurilgan tushunchalar sistemasi ifoda etilgan. Mazmun jihatdan turli xil bo’lgan bu tushunchalar mantiqiy shaklika ko’ra bir xildir: har ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali fikr qilingan. «o’z maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv vositalariga egaligi», «siyosiy tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim xususyatlari hisoblanadi. Xuddi shuningdek, «predmetlarning birorta sohasiga aloqadorligi», «predmet haqida yaxlit tasavvur hosil qilishga imkoniyat berishi», «ma’lum bir metod yordamida qurilishi», «tushunchalar sistemasi shaklida bo’lishi» ilmiy nazariyaning muhim belgilari hisoblanadi. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin.
Hukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o’rtasidagi munosabatlar, predmetning mavjud bo’lish yoki bo’lmaslik fag’ti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan «Temir-metall» degan hukmda predmet (temir) bilan uning xossasi (metall eganiligi) o’rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq huquqdan ilgari paydo bo’lgan» degan hukmda ikkita predmet (axloq va huquq) o’rtasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jixatdan turli xil bo’lgan bu hukmlar tuzilishiga ko’ra bir xildir: ularda predmet haqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) o’rtasidagi munosabat qayd etilgan, ya’ni R ning Sga xosligi tasdiqlangan. Umumiy xolda hukmning mantiqiy strugturasini (shag’lini) S-R formulasi yordamida ifoda etish mumkin.

Download 41.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling