Reja: Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi


Download 41.81 Kb.
bet5/5
Sana07.01.2023
Hajmi41.81 Kb.
#1081398
1   2   3   4   5
Bog'liq
4семинар

TAQQOSLASH-narsa va hodisalarni bir-bir solishtirish, ular o`rtasidagi o`xshashlik, farq, tenglik va qarama - qarshiliklarni topishdir. Taqqoslash tafakkur jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Taqqoslash har qanday tushunish va har qanday fikrlashning negizidir, dunyodagi hamma narsalarni bir-biri bilan taqqoslamasdan bila olmaymiz.
4. UMUMLASHTIRISH-tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning o`xshash, muhim belgilarni shu narsalar to`g`risida bitta tushuncha bo`lib fikran birlashtirish: Masalan piyoz, kartoshka, karam, sabzi kabilarga xos belgilar “sabzavot” tushunchasi bilan umumlashtiriladi.
5. ABSTRAKTSIYALASH-umumiy va mavhum tushunchalar yordamida paydo bo`ladigan tafakkur jarayoni. Buyumlarning bir qancha xossalaridan fikran chalg`ish va qaysidir bitta o`zimiz uchun kerakligini ajratib olish abstratsiya deyiladi: Masalan rang, kuch, abstrakat tushunchalardan mosini ajratib olishimiz.
6. KONKRETLASHTIRISH-bevosita idrok yoki tasavvur qilinayotgan narsa yoki hodisalar haqidagi, ya’ni aniq obrazlarga asoslangan tafakkur jarayondir. Analiz va sintez, umuman tafakkur faoliyati boshqa bir qanday faoliyat kabi hamma vaqt shaxsning qandaydir ehtiyojlariga asoslanadi. Agar ehtiyojlar bo`lmasa hech qanday faoliyat ham bo`lmaydi. Psixologiyada tadqiqot qilinayotgan tafakkur motivlari ikki turli bo`ladi. 1) o`ziga xos bilish motivlari. 2) o`ziga xos bo`lmagan motivlar. Birinchi holda tafakkur faoliyatiga undovchi va uni harakatga keltiruvchi kuchlar bilan ehtiyojlari namoyon bo`ladigan qiziqish va motivlar. Ikkinchi holda tafakkur sof bilish bilan bog`liq bo`lgan qiziqishlar ta’sirida emas, balki ozmi-ko`pmi tashqi sabablar ta’sirida boshlanadi. Kishi u yoki bu ehtiyojlar ta’siri bilan fikr yurita boshlaydi va uning fikr yuritish faoliyati davomida tobora chuqur hamda kuchli bilish ehtiyojlari paydo bo`ladi va taraqqiy etadi. Har qanday bilim to`g`ri deb tan olinishi uchun asoslanishi zarur. Bilimlarni asoslash,to`g`ri tafakkurni ta`minlashga qaratilgan mantiqiy operatsiyalar argumentatsiya nazariyasida o`z ifodasini topadi.
Argumentatsiya nazariyasining strukturasini isbotlash,raddiya isbotlash va raddiya qoidalari, bunda vujudga keladigan xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari tashkil etadi.
- 2 -
Isbotlash – fikrning kengligini asoslab berishga qaratilgan mantiqiy operatsiyalar yig`indisidir. Uning strukturasini tezis, argumentlar va namo-yish tashkil etadi.
Tezis – chin isbotlanishi kerak bo`lgan hukmdir.
Argumentlar – tezisni asoslab beradigan va avval chinligi isbotlangan hukmlardir. Argument vazifasini faktlar (statistik ma`lumotlar, ilmiy ma`lumotlar va hokazo), ta`riflar (fan tomonidan to`g`riligi tan olingan hukmlar), aksiomalar (isbot talab etilmaydigan xulosalar), fan qonunlari va teoremalar, sitatalar o`taydi.
Tezis va argumentlar o`rtasidagi mantiqiy bog`lanish namoyish deyiladi.
Isbotlash bevosita va bilvosita amalga oshirilishi mumkin.
Bevosita isbotlashda to`g`ridan to`g`ri tezis asoslab beriladi.
Bilvosita isbotlashda antitezisning noto`g`riligini ochib berish orqali tezisning chinligi asoslanadi. Uning ikki turi mavjud. Apagogik isbotlashda antitezisdan kelib chiqadigan oqibatlarning haqiqatdan yiroqligi ko`rsati-ladi. Dizyunktiv isbotlashda tezisga muqobil bo`lgan barcha variantlar aniq-lanadi va ularning xatoligi asoslab beriladi.
Isbotlashda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
1. Tezis aniq ifodalangan bo`lishi zarur.
2. Isbotlash jarayonida bir tezis qolib boshqasini isbotlab ketish mumkin emas.
3. Tanlangan argumentlar tezisni isbotlash uchun yetarli bo`lishi,chin bo`lishi,tezisga aloqador bo`lishi shart.
- 3 -
Raddiya – fikrning xatoligini ochib berishga qaratilgan mantiqiy operatsiyalar yig`indisidir. Uning uch usuli mavjud.
Tezisni rad etish - raddiyaning eng keng qo`llanadigan usulidir. Te-zisning xatoligini asoslab berish uchun zaruriy faktlardan foydalanish, un-dan kelib chiqadigan oqibatlar va xulosalarning noto`g`riligini ochib berish, antitezisning to`g`riligini isbotlash mumkin.
Argumetlar tanqidida tezisni isbotlash uchun tanlangan argumentlar-ning xatoligi asoslab beriladi.
Namoyishning noto`g`riligini ko`rsatish uchun tanlangan argumentlar te-zisga daxldor emasligini ochib berish kerak.
Raddiya ahloq doirasida amalga oshirish kerak. Tezisni rad etish o`rniga shaxsni tanqid qilish mantiqqa to`g`ri kelmaydi.
- 4 -
Ma`lum qoidalarga rioya etmasdan isbotlash yoki rad qilishga urinish qator xatolarni yuzaga keltiradi. Bu xatolar quyidagilardan iborat:
1. Tezisga doir xatolar:
a) tezisni almashtirish. Bunda tezisni isbotlash yoki rad etish o`rniga boshqa tezisga murojaat eta boshlanadi;
b) shaxsga murojaat. Bunda tezisni isbotlash yoki rad etish o`rniga shaxs-ning fazilatlari muhokama eta boshlanadi.
2. Argumentga doir xatolar:
a) asoslarning noto`g`riligi. Bunda tezisni isbotlash uchun xato argument-lardan foydalaniladi.
b) aylanma fikr. Bunda tezisni isbotlash yoki rad etish uchun argumentdan, argumentning haqqoniyligini ko`rsatish uchun esa tezisdan foydalaniladi.
3. Namoyishga doir xatolar:
a) yolg`ondakam aloqadorlik. Bunda tezisni isbotlash yoki rad etish uchun unga daxldor bo`lmagan argumentdan foydalaniladi.
b) shartli ravishda to`g`ri bo`lgan argumentdan foydalanish. Bunda ma`lum me`yorda, aloqada, sharoitdagina to`g`ri bo`lgan fikr mutlaq haqiqat sifatida talqin etiladi. (masalan, aroq kam me`yordagina sog`liqqa foyda, uni sog`liqqa butunlay foyda keltiradi, deb bo`lmaydi).
Yuqorida tilga olingan xatolarga ongli va ongsiz ravishda yo`l qo`yilishi mumkin. Ongli ravishda yo`l qo`yilgan xatolarga sofizmlar, ongsiz ravishda yo`l qo`yilgan xatolarga esa paralogizmlar deyiladi.
Ba`zi mulohazalarning na to`g`riligini, na noto`g`riligini asoslab bo`-ladi. Bunday mulohazalarga paradokslar deyiladi (shahar hokimi).
- 5 -
Isbot qilingan va tanqidga dosh bergan fikrlardan gipotezalar tuziladiki, ularning to`g`ri yoki noto`g`riligini vaqt ko`rsatadi. Gipoteza – tabiat,jamiyat,inson va uning tafakkuriga doir hodisa va voqealar haqidagi ilmiy asoslangan farazdir. Uning uch turi mavjud:
Umumiy gipotezalar butun obyekt,narsalar sinfi haqidagi farazni aks ettiradi.
Juz`iy gipotezalar obyektning bir bo`lagiga doir fikrni jamlaydi.
Xususiy gipotezalar obyektning bir elementi haqidagi farazni ifodalaydi.
Gipotezalarning shakllanishi jarayoni besh bosqichni o`z ichiga oladi:
1. Mavjud nazariyaga „sig`magan” faktlar guruhini aniqlash;
2. Gipotezani ifodalash.
3. Gipotezadan kelib chiqadigan oqibatlarni aniqlash;
4. Gipotezadan kelib chiqadigan oqibatlarni fan qonunlari va tajriba natijalari bilan solishtirish.
5. Gipotezani nazariyaga aylantirish.
Fan qonunlari va tajriba natijalari bilan asoslanmagan gipotezalar nazariya darajasiga ko`tarilmaydi.



1 Аль-Фараби. Естественно-научные трактаты. Алма-Ата, 1987, 435-бет.

Download 41.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling