Reja: Ta’lim texnologiyasining o’ziga xos belgilari


texnologiyalari). Interfaol metodlar va texnologiyalar (innovatsion texnologiyalar


Download 398.17 Kb.
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi398.17 Kb.
#1048277
1   2   3
Bog'liq
ped tex slayd

texnologiyalari).

Interfaol metodlar va texnologiyalar (innovatsion texnologiyalar,

interaktiv usullar, grafik organayzerlar, rolli-didaktik o’yinlar, treninglar).

Ta’limda axborot texnologiyalari (multimediya, prezentatsiya,

audio-video materiallar, internet, masofaviy ta’lim, ommaviy ochiq onlayn kurslar, videokonferensiya, o’rgatuvchi mobil ilovalar).

Tarbiyaviy texnologiyalar (estetik-axloqiy munosabatlar sohasini

shakllantirishga yo’naltirilgan emotsional-badiiy va emotsional-axloqiy

texnologiyalar, shaxsning o’z-o’zini rivojlantirish mexanizmlarini

shakllantirishga yo’naltirilgan texnologiyalar, notiqlik, seminar-treninglar,

to’garaklar, ma’naviy tadbirlar).

Bulardan tashqari, xususiy (o’quv fanlari), alternativ hamda

mualliflik pedagogik texnologiyalari yo’nalishlari ham mavjud.


Guruhiy ish. Bu so’nggi yillarda Yevropa mamlakatlarida keng ommaviylik tusini olgan o’qitish metodidir. Masalan, Daniyada birorta ham ma’lumot yoki kasb guruhiy ishsiz egallanmaydi. Kam sonli (4-6 nafar) o’quvchilarning qandaydir muhim o’quv tadbirida ishtirok etishi va ularning hamkorlikdagi faoliyati bunday mashg’ulotning samarasini belgilaydi. Bajarilish darajasi va uning sifatini o’qituvchi nazorat qiladi. Guruhlarga berilgan vazifalar bosqichma-bosqich navbatlanishi ya’ni galma-gallanishi lozim. Guruhlar bir jinsli (o’g’il bolalar, erkaklar yoki qiz bolalar, ayollar) va ikki jinsli (har ikki jins vakillaridan iborat) bo’lishi mumkin. Ta’lim yo’nalishi va pedagogik maqsad hamda vazifalardan kelib chiqqan holda bunday guruhlar xususiy holat uchun shakllantiriladi.
Guruhiy ish kengroq joy va siljitiladigan o’quv mebellarini talab qiladi. O’qituvchining nazorati barcha guruh uchun baravar bo’lishi lozimligi ham qiyinchilik tug’diradi.
Kichik guruhlarda ishlash metodlarining xususiyatlari:
Ushbu metodlar bo’yicha ishlash uchun 3-5 kishidan iborat kichik guruhlar tuzilib, ishonch vaziyatini vujudga keltirish, oshkora muhokama uchun halal beradigan psixologik keskinlikni bartaraf etish va ish vaqtini ko’pi bilan 1-1,5 soat qilib belgilab olish zarur. Ushbu kichik guruhda ishlash metodika yoki strategiyalari fikrlash doirasini kengaytirib, mavjud cheklovlarni biroz unutib turish, fikrlash
faoliyati harakatchanligini rivojlantirish, o’quv faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan. Ularning qiymati yangi o’quv axboroti ustida faol ishlash va
mustahkamlashdan iborat.

Download 398.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling