TA’LIMIY KENGLIK – ta’lim jarayonlari amalga oshiradigan, yahni tashqi atrof – muhit bilan o’zaro harakat anglanadigan va amalga oshiriladigan kenglik.
Pedagogik jarayonda ta’limiy kenglikning son va sifat jihatdan tavsifi asosan pedagogga, uning ichki madaniyati, dunyoqarashi, qarashlariga bog’liq bo’ladi. SHuning uchun ham pedagogning professional tayyorgarligi nafaqat aniq mazmunni egallashga, balki, ekologik madaniyat, Ma’naviyat, umumiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan taqdirda maqsadga muvofiq bo’ladi.
Tashqi va ichki ta’limiy kenglik kasbiy faoliyatning ahamiyati bugungi kun ta’limining eng dolzarb muammolaridandir.
BILIM- bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi ularning ichki zaruriyatidan kelib chiqqan bog’liqlikdir. Uni qonuniyat deb ham yuritiladi. CHunki bu zaruriy bog’liqlik narsa va hodisalarning tabiatidan kelib chiqib, bizning ixtiyorimizdan tashqari o’zi mavjud. Uni o’zgartirib bo’lmaydi. Bilim kishidan kishiga mahlumot (axborot) orqali o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |