Reja: Ta’minot jarayoni auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
Nomoddiy aktivlar kirimi hisobi to’g’riligini tekshirish
Download 160.06 Kb.
|
audiy
4. Nomoddiy aktivlar kirimi hisobi to’g’riligini tekshirish.
Tekshiruv jarayonida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq muomalalar buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy hujjatlar va soliqqa tortishga doir qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinganligi aniqlanadi. Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubi ularning olinish manbalariga bog’liq. Agar nomoddiy aktivlar pul o’tkazish yo’li bilan sotib olinsa yoki korxonaning o’zida yaratilsa, «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» №21-Buxgalteriya hisobining milliy standartiga muvofiq 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti qo’llaniladi. Nomoddiy aktivlar inventar qiymatiga qo’shiladigan xarajatlar tarkibi, ularning mazkur ob’ektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi. Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirishning me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshiradigan jadval-test quyidagi jadval ko’rinishida bo’lishi mumkin. Nomoddiy aktivlarni kirim qilishga doir muomalalar bo’yicha schyotlar bog’lanishi va asos bo’luvchi dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilishining to’g’riligini tekshirish
Nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishi bilan bog’liq muomalalarni hisobda aks ettirish uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. №21 - BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qat’iy nazar (sotilishi, tekinga berilishi, yaroqsizligi va h. k). 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotida aks ettiriladi. Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar ko’rilsa - 9220 - schyot kreditidan 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetiga, agar foyda olinsa - 9220 - schyot debeti va 9320 - «Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda» schyotining kreditida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning chiqimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish bo’yicha schyotlar bog’lanishining to’g’riligi quyidagi ko’rinishdagi jadval - test yordamida tekshiriladi. Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimini soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq nomoddiy aktivlarning ayrim turlari qo’shimcha qiymat solig’i (QQS)dan ozod etilgan. Auditor bunga alohida e’tibor berishi zarur. № 21 BHMS ga muvofiq nomoddiy aktivlar oldindan pul o’tkazish yo’li bilan sotib olinganida QQS 4410-«Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyotida aks ettiriladi (hisob-kitob hujjatlarida alohida ajratib ko’rsatilganida). Sotib olingan nomoddiy aktivlar bo’yicha QQS summasi quyidagi hollarda byudjetga o’tkaziladi. sotib olingan nomoddiy aktivlar qiymati mol etkazib beruvchilarga to’langanida; nomoddiy aktivlar hisobga qabul qilinganida; nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilganida. Agar dastlabki hujjatlarda QQS summasi ajratib ko’rsatilgan bo’lmasa, u holda hisob-kitob hujjatlarida QQS ajratib ko’rsatilmaydi. Nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilganda dastlabki qiymatiga 0410-0490 schyotlar kredit va 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti debetlanadi. Hisoblangan eskirish summasiga esa 0510-0590 schyotlar debet va 9220 schyot kreditlanadi. Hisobdan chiqarish natijasi (foyda yoki zarar 9220 schyotdan 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlarni jamlash)» schyotiga o’tkaziladi. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxi, foyda byudjet bilan hisob-kitoblar ko’rsatkichlari, shuningdek xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari mulklarini baholashning asoslanganligi ko’p jihatdan nomoddiy aktivlarning mavjudligi va baholanishi, ular eskirishlari to’g’risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga bog’liq. Shunga ko’ra, nomoddiy aktivlarni hisobda ro’yxatga olishning texnik jihatlarini tekshirish juda muhim hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar o’z nomiga ko’ra moddiy negizga ega bo’lmaganliklari uchun korxonada u yoki bu ob’ektning haqiqiy kirimi va ishlatilishi ustidan buxgalterlik nazoratini tashkil etish muammosi tez-tez vujudga keladi. Buxgalterlik hisobining umumiy printsiplariga ko’ra har qanday nomoddiy aktiv kirimi tegishli dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi. Bunday dastlabki hujjatlashtirish o’zining mazmuni va tavsifiga ko’ra, asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-1) kabi hujjatlarga o’xshash bo’lishi lozim. Hujjatlarda ob’ektlarning batafsil xususiyatlari, dastlabki qiymati, foydalanishga topshirilgan vaqti, eskirish normasi va xarajatga olib borish kodi, nomoddiy aktiv foydalanadigan bo’linma va boshqa ma’lumotlar ko’rsatilishi lozim. Nomoddiy aktivlarni kirim qilishda dastlabki hujjatlar bilan birga ularni indentifikatsiyalovchi (aynan o’xshatuvchi) hujjatlar ham bo’lishi zarur. Bunday hujjatlarga nomoddiy aktivlarning o’zlarini yoki ulardan foydalanishni tavsiflovchi hujjatlar, shuningdek, korxonaning u yoki bu mulkiy huquqini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, buxgalterlik hisobda aks ettiriladigan nomoddiy aktivlarning istalgan ob’ekti ob’ektiv shaklda mavjud bo’lishi lozim. Sanoat namunalari va kashfiyot huquqlarini sotib olish patentlar, guvohnomalar bilan tasdiqlanadi. Korxona tomonidan har qanday mualliflik huquqlarini sotib olish faqat ushbu mualliflik huquqlarini sotuvchilar jismoniy yoki yuridik shaxslar bilan tuzilib, yuridik jihatdan kuchga kirgan to’laqonli shartnomaga asosan amalga oshirilishi mumkin. Korxona «nou–xou» sotib olishni rasmiylashtirishi uchun uning og’zaki (matnli) yoki tasviriy tavsifiga ega bo’lishi lozim. Korxona raqobat sharoitida sanoat va intellektual mulklarni muhofaza qilish uchun chora-tadbirlarni ko’rishi lozim. Bu nomoddiy aktivlar ob’ektlarning har biri uchun konkret xodimlarni javobgarlikka tortish va ko’rilgan zararni to’liq qoplash uchun imkon yaratadi. Korxonalar nomoddiy aktivlarni har xil yo’llar bilan sotib oladilar va shunga ko’ra ularning kirimi ham hisobda turlicha aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlar korxona ustav kapitaliga ishtirokchilarining hissasi sifatida qo’shilishi mumkin. Bunda ular imkon qadar haqiqiy bozor bahosiga yaqinlashgan va korxona aktsiyadorlar kengashi (boshqaruvi) va aktsiyadorlar tomonidan belgilangan shartnoma bahosida kirimga olinadi. «Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat) va realizatsiya xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqida Nizom»ga muvofiq texnologiyalarni takomillashtirish va yangilarini yaratish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va tajriba - konstruktorlik ishlarini o’tkazish bilan bog’liq mahsulotlar sifatini yaxshilash, xom ashyo va materialllarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash xarajatlari 9420-«Ma’muriy xarajatlar» schyotida aks ettiriladi. Agar korxona qandaydir ishlab chiqarish va intellektual mulk (patentlar, guvohnomalar) yaratsa, ushbu «Nizom» dan kelib chiqqan holda, ularni mulk sifatida hisobga olib bo’lmaydi, chunki ularni yaratish bilan bog’liq xarajatlar kapitallashmaydi. Ushbu savol masalasida turli mamlakatlarda qarama - qarshi fikrlar mavjud. Masalan, ayrim mamlakatlarda nomoddiy aktivlar mablag’ sifatida inobatga olinmaydi, ularni darhol ishlab chiqarish sarflari yoki foyda hisobiga hisobdan chiqarish ko’zda tutilgan. Ammo, bunday yondoshuvga qarama-qarshi gumon patentlar olish va kashfiyotlar, tovar markalari, savdo belgilari, «Nou-xou» ishlanmalari va dastur ta’minotlarini yaratish bilan bog’liq ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) kabi aktivlarni darhol hisobdan o’chirish, davr oralig’ida oladigan daromadlarni buzib ko’rsatishga olib keladi va korxonalar tomonidan ushbu faoliyat sohasiga mablag’lar sarflashni to’xtatib turadigan omil bo’lib hisoblanishidan iborat. Agar nomoddiy aktivlarni yaratish bilan bog’liq xarajatlarni darhol hisobdan o’chirish fikriga qo’shiladigan bo’lsak, unda bizning korxonalarimizda bunday xarajatlarga eng oz miqdorda mablag’ ajratilib, respublikamiz xududida ishlab chiqarish va intellektual mulkni (korxonaning o’z ishlab chiqarishini) umuman pasayishiga olib keladi, korxonalar esa o’zlarining mulkiy huquqlari (nomoddiy aktivlari)ni yaratmasdan, xorijdan sotib olishga xarajat qiladilar. Download 160.06 Kb. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling