Reja: Ta’minot jarayoni auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari


Tovar-moddiy zahiralarni kirim qilish va ishlab chiqarishga sarflash vaqtida baholashning to’g’riligini tekshirish


Download 160.06 Kb.
bet6/6
Sana07.10.2023
Hajmi160.06 Kb.
#1694923
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
audiy

6. Tovar-moddiy zahiralarni kirim qilish va ishlab chiqarishga sarflash vaqtida baholashning to’g’riligini tekshirish.


Amaldagi qoidalarga muvofiq moddiy boyliklar hisob va hisobotda haqiqiy tannarxi bo’yicha aks ettirilishi lozim. Haqiqiy tannarx ularni sotib olish uchun qilingan sarflar (transport - tayyorlov xarajatlari), ushbu resurslarni etkazib beruvchi tomonidan taqdim qilingan qarz hisobiga sotib olganlik uchun to’lanadigan foizlarni ham qo’shgan holda aniqlanadi. Shuningdek, tashqi iqtisodiy va boshqa tashkilotlarga to’langan xizmat haqlari, ustama haqlari, bojxona to’lovlari, chet tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan saqlash, yuklash-tushirish va tashish xarajatlari (QQS siz) ham haqiqiy tannarxga qo’shiladi.
Moddiy boyliklarni baholashning to’g’riligi ko’p jihatdan ularning analitik va sintetik hisobini tashkil etish hamda yuritishga bog’liq. Shuning uchun auditor 1010-1090 schyotlar bo’yicha moddiy boyliklar hisobi, ularning har bir turi bo’yicha hamda iste’mol xossalariga ko’ra (navi, markasi, konditsiyasi va hokazo) yuritilishini; Moddiy boyliklarning iste’mol xossalariga qarab ularning har biriga nomenklatura raqamlari berilganligi va ularning dastlabki hujjatlarda hamda omborxona hisobida ko’rsatilishini tekshirishi lozim.
Agar ishlab chiqarish zahiralari hisob baholari bo’yicha hisobga olinsa, ushbu baholar va sotib olingan materiallarning haqiqiy tannarxi o’rtasidagi farqlarni tovar-moddiy zahiralarning turlari o’rtasida taqsimlash ishlari audit ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Korxona faoliyatining moliyaviy ko’rsatkichlari ishlab chiqarish zahiralarini baholash usullaridan qaysinisi tanlanganiga ham bog’liq. Tovar-moddiy zahiralar yil davomida har xil baholarda sotib olinganligi sababli, ularning to’g’ri baholanganligini aniqlash asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralarining yakuniy qiymatini maxsus baholash usullari yordamida tartibga solish mumkin. Tekshiruv usuli korxonada tovar-moddiy zahiralarni hisobdan o’chirishning qaysi uslubi (har xil moddiy boyliklar uchun ular xilma-xil bo’lishlari mumkin) qo’llanilishiga bog’liq.
№4 - «Tovar-moddiy zahiralar» nomli BHMSga muvofiq, ishlab chiqarishga xarajat qilinadigan moddiy boyliklarning haqiqiy tannarxini aniqlash chog’ida ishlab chiqarish zahiralarini baholashning quyidagi usullaridan foydalanish tavsiya qilinadi:

  1. O’rtacha tannarxi bo’yicha (AVECO);

  2. Birinchi xarid qilingan tannarx bo’yicha (FIFO);

Auditor zahiralarning muayyan turiga nisbatan tanlangan usulning yil davomida o’zgartirilmasdan qo’llanilganligiga ishonch hosil qilishi, ularni qo’llashning to’g’riligi, hamda asoslanganligi va boshqaruv uchun foydaliligini tekshirishi lozim.
Agar korxonaning hisob siyosatida tovar-moddiy boyliklarni baholashning FIFO (FIFO) metodi belgilangan bo’lsa, u holda ular oy boshiga mavjud bo’lgan zahiralar qoldig’ining tannarxini hisobga olgan holda, birinchi sotib olingan zahiralar bahosida ishlab chiqarishga sarflanishi lozim. Balansda esa moddiy boyliklarning qoldiqlari so’ngi sotib olingan, ya’ni qimmatroq xarid baholari bo’yicha ko’rsatilishi lozim.
Agar zahiralar o’rtacha tannarx (AVECO usuli) bo’yicha baholansa, auditor zahiralarning qaysidir bir partiyasini baholashning to’g’riligini, ya’ni o’rtacha bahoning to’g’ri hisob-kitob qilinganligini aniqlashi uchun bir necha dastlabki kirim hujjatlarini tekshirishi zarur.
Moddiy boyliklar qiymati ishlab chiqarish sarflariga hisobdan o’chirilishining to’g’riligini auditor quyidagi tovar balansi formulasi bo’yicha tekshirishi mumkin:
Smq q Yb Q Kmb - Yo
Smq - hisobot davrida sarflangan moddiy boyliklar qiymati;
Yb, Yo - ishlab chiqarish zahiralari schyotlaridagi yil boshi va oxiriga bo’lgan moddiy boyliklar qoldig’ining qiymati (balans va bosh daftar ma’lumotlari asosida);
Kmb - hisobot davrida kirim qilingan moddiy boyliklar qiymati (1010-1090 schyotlarning debet oborotlari).
Materiallar haqiqiy tannarxi xatolashib yoki ataylab oshirilganda, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlari sun’iy ravishda ko’payadi va mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olinadigan foyda (daromad) kamayadi. Shuningdek, foyda (daromad) solig’i bo’yicha soliqqa tortiladigan baza ham kamayadi ya’ni sun’iy ravishda soliq yashiriladi.
Agar korxonada hisobot davri davomida bahosi pasaytirilgan materiallar bo’lsa, yoki ular qisman o’z sifatini yo’qotgan yoki ma’naviy eskirgan bo’lsa, bunda ular yil oxirida haqiqiy tannarxi bo’yicha emas, balki sotish mumkin bo’lgan bahoda baholanishi va balansda aks ettirilishi lozim. Agar u dastlabki tayyorlash (sotib olish) qiymatidan past bo’lsa, bahodagi farqlar moliyaviy natijalarga olib boriladi.
Moddiy boyliklarning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarda ishlatilishini tekshirish uchun auditor texnologik jarayonlarning xususiyatlari, hamda moddiy boyliklarni ombordan ishlab chiqarishga berish tartibi bilan batafsil tanishishi lozim. Chunki, ushbu tartib buzilganida ko’plab kamchiliklar va hatto suyiste’mol qilishlar yuzaga keladi.
Moddiy boyliklarning ishlab chiqarishga berilishi, dastlabki va yig’ma chiqim hujjatlari asosida tuziladigan, materiallar sarflanishi hisobga olinadigan yig’ma vedomost bo’yicha tekshiriladi.

ADABIYOTLAR RO’YXATI:



  1. Туйчиев А., Кузиев И., Авлокулов А., Шеримбетов И., Авазов И. Аудит. Дарслик-Т.: “Iqtisod-Moliya”, 2019 й. – 530 б.

  2. Кузиев И., Туйчиев А., Хожиев М., Якубов М. Внутренний аудит. “IQTISOD-MOLIYA”, 2019 г. – 421 стр.”

  3. Хамдамов Б., Илхомов Ш., Каримов Н., Машарипов О., Хожиев М. Амалий аудит. Дарслик-Т.: “Iqtisod-Moliya”, 2021й. – 360 б.

  4. Хамдамов Б.К. Аудит халқаро стандатлари: Дарслик -Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2020 й. – 290 б.

  5. O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuni (yangi tahriri). 2021 yil 25 fevral. O’RQ-677-son.

  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 avgustdagi qarori. «Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5210-son Qarori. http://lex.uz

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi qarori «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4611 son Qarori. http://lex.uz

  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3946-son Qarori. http://lex.uz

  9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17-yanvardagi “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini" faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi PF-5635-sonli Farmoni. https://nrm.uz

  10. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 maydagi 274-sonli «Auditorlik tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishni ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori. http://lex.uz

  11. O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018 yil 21 dekabrdagi “Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash xaqida”gi 3105 sonli buyrug’i. http://lex.uz

  12. Audit va sifat nazoratining xalqaro standartlari. 2012. 1 qism, 3-jild. -T.: O’BAMA, 2014.-1049 b.

  13. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

  14. Arens A., Lobbek Dj. Audit. Per. s angl. pod red. Ya.V. Sokolova. - M.: Finansi i statistika, 2013. -560s.

  15. Sheremet A.D., Suyts V.P. Audit. Uchebnik.- M.: INFRA-M, 2009. -456 s.

  16. http://www. gov.uz. (O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali)

  17. http://www.mf.uz (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).

  18. http://www. ziyonet.uz (Axborot ta’lim tarmog‘i)

  19. http://www. lex.uz (O‘z. Resp. qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi).

  20. https://www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy sayti).

  21. https://www.naab.uz (O’zbekiston Respublikasi Buxgalterlar va auditorlar milliy asosiatsiyasining rasmiy sayti)

  22. https://www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Statistika qumitasining rasmiy sayti)

  23. https://www.uzaudit.uz. (O’zbekiston Respublikasi Auditorlar palatasining rasmiy sayti)

Download 160.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling