Reja: Tarix fanida yangi dunyo qarashlar


Download 83.5 Kb.
bet2/3
Sana07.05.2023
Hajmi83.5 Kb.
#1440755
1   2   3
Bog'liq
Mustaqillikyillarida buyukajdodlar va tarixiy shaxslarga bòlgan etibor

Jaloliddin Manguberdi (arab. جلال الدين منكبرتي‎‎— Jalāl al-Dīn Menguberdī, toʻliq oti — Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (11981231) — Xorazmshohlardavlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Alovuddin Muhammad II ning toʻngʻich oʻgʻli. U 33 yil umr koʻradi va uni 11 yili jang ichida oʻtadi. Jaloliddin Manguberdi, Jaloliddin (toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220—31), mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadshoxning katta oʻgʻli. Onasi — Oychechak turkman kanizaklardan boʻlgan. Jaloliddin burnida xoli (mank) boʻlgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib "Manguberdi" nomi bilan mashhur boʻlib ketgan.
Temur Malik – Anushteginiy xorazmshohlardan Sulton Alovuddin Muhammad Xorazmshoh davrida Xo‘jand hokimi bo‘lgan sarkarda.
1219-yil dekabr oyida 5000 kishilik mo‘g‘ul qo‘shini Xo‘jandni qamal qildi. Temur Malik bunga qadar har ehtimolga qarshi Sirdaryodagi orollardan biriga qal’a qurdirib qo‘ygan edi. Mo‘g‘ul qo‘shini son va qurol-aslaha jihatdan ustun bo‘lgani uchun shaharni himoya qi­lish mushkullashdi. Temur Malik 1000 ta jang­chisi bilan mazkur orolga ko‘chib o‘tib, dushmanga qarshi kurashni davom ettirdi. Dushman qo‘shini yaqinlashib, bir hamla bilan qal’ani ola olmaydi, chunki ular otgan o‘q va manjaniq toshlari qal’aga yetib kelmaydi. Shundan keyin mo‘g‘ullar bosib olgan shahar va qishloqlar aholisi, O‘tror, shuningdek Xo‘jandning yosh-yalanglarini, jami ellik ming kishini haydab keltiradilar.
Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻoy ibn Amir Barqul) (1336.9.4, Kesh (hoz. Shahrisabz) sh. yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi (hoz. Yakkabogʻtumani) — 1405.18.2, Oʻtror sh., Samarqandda dafn etilgan) — oʻrtaasrningyirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.
Tarjimai holi
Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Taragʻoy esa barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusinish eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Taragʻoy ham yilda bir marotaba Ili daryosi boʻyida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yigʻinlarda muttasil qatnashar edi. 
Butun dunyoda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga
hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga
qiziqish hamisha yuqori bo‘lgan. Xorijiy mamlakatlarda
ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar
yaratilgan, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga yodgorliklar barpo
etilgan.
Buyuk bobolarimiz tafakkuri va dahosi mahsuli bo‘lgan minglab
asarlar, tarix, adabiyot, san’at, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika,
kimyo, astronomiya, me’morlik va boshqa sohalarga oid noyob
qo‘lyozmalar bizning bebaho ma’naviy boyligimizdir. Prezidentimiz
ta’biri bilan aytganda, bunday boy merosga ega bo‘lgan xalq
dunyoda kamdan-kam topiladi.



Download 83.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling