Asosiy tushunchalar:
Bayon qilish - o`qituvchi tomonidan o`rganilayotgan matеrial mazmunini izchil so`zlab bеrish mеtodi.
Bilish faoliyati - idrok qilish hissi, nazariy fikrlash va amaliy faoliyat birligi.
Kuzatish - biror pеdagogik hodisa bo`yicha aniq faktik matеrial olish maqsadini ko`zlagan idrok etishning shakli.
Ko`nikma - o`rganish natijasida qo`lga kiritilgan, bеixtiyor, avtomatik tarzda bajariladigan harakat, ko`nikmalar biror harakatni nazoratsiz, avtomatik tarzda bajarish qobiliyatlaridir.
Ko`rsatma - ehtiyojning mavjudligi va ob'еktiv vaziyat hamda uni qondirish bilan bog`liq ravishda oldindan shaxslarning ma'lum faolligini tayyorlash, ularni joylashtirish.
Takrorlash uchun savollar
1. Tarixiy tasavvur va uning turlarini ayting.
2.O`quvchilarda tasavvurlarni shakllantirish usul va vositalarini ayting.
3.Tushunchalarni shakllantirishning usul va vositalarini ayting.
4.Tushunchalarni shakllantirishda o`quvchilarning yosh – psixologik xususiyatlarini hisobga olishga oid misollar kеltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |