Reja: Tarmoq pag’onasi paketlari
Download 36.75 Kb.
|
8.IPv6 manzillash
- Bu sahifa navigatsiya:
- IP protokoli
- IPv6 protokoli
IPv6 manzillash Reja: Tarmoq pag’onasi paketlari IP protokoli IPv6 protokoli va paketi IPv6 ning versiyasida manzillash Marshrutizatsiya protokollari Tarmoq pog‘onasining ma’lumotlarini paketlar deb atash qabul qilingan. Tarmoq pog‘onasida 2 xil protokol ishlaydi. Tarmoq protokollari - tarmoq orqali paketlarni xarakatini yo‘lga qo‘yadi; Marshrutlash protokollari - marshrutizator tarmoqlararo bog‘lanishlar topologiyasi to‘g‘risida axborot to‘playdi. Tarmoq pog‘onasi vazifalariga quyidagilar kiradi: murakkab tarmoqlarning qurilmalari o‘rtasidagi paketlar uzatilishi; biron bir me’zon asosida paketlarni uzatish uchun eng muqobil marshrutni aniqlash; kanal pog‘onasi protokollarini moslashtirish (murakkab tarmoq miqyosida). Uchinchi pog‘onada bajariladigan tarmoq protokoli ma’lumot paketlari marshrutini tanlashda qo‘llaniladi 1980-yillarning birinchi yarmida yaratilgan va keyinchalik TCP/IP nomini olgan axborot uzatish modelining protokoli yaratilgan. TCP/IP stek protokoli to ‘rt pog‘onali tuzilishga ega bo‘lib, har bir pog‘onada o‘zining protokollari mavjuddir. Bu protokol orqali manzillashdan nafaqat internet tarmog‘i elementlarini manzillashni amalga oshirish mumkin, balki lokal tarmoqda ham foydalanuvchilarga yagona manzillar berish mumkin. Manzillash orqali tarmoq foydalanuvchilari bir-biridan farqlanadi va paketlar aniq belgilangan foydalanuvchiga yetib borishi kafolatlanadi. Oldin shaxsiy kompyuterlar soni kam bo‘lgan va ularni manzillashda muammo bo‘lmagan, ammo shaxsiy kompyuterlarning va boshqa tarmoq qurilmalarining sonini keskin ortishi manzillashda muammolarni vujudga keltirdi. IP protokollarining to‘rtinchi IPv4 va oltinchi IPv6 versiyalari mavjud bo‘lib, ular turli xususiyatlarga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. Barcha tarmoqning asosiy tuzilishi IPv4 ga asoslangan, ammo ushbu protokol taqdim etayotgan manzillar soni hozirgi ehtiyojlarni qondira olmaydi. Internet tarmog‘i shu darajada rivojlanmoqdaki, u taqdim etayotgan xizmat turlari ham ko‘payib bormoqda. Internet buyumlari, ya’ni masofadan boshqaruv tizimlari, “aqlli uy” kabi zamonaviy imkoniyatlarni ta’minlash uchun IPv6ni qo‘llashdan boshqa iloj qolmadi. “Xalqaro simsiz tadqiqot” forumi a’zolarining baholashicha 2017-2020 yillarda internet buyumlarining soni 7 trln.ni tashkil etadi va bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha miqdorda Internet buyumlarining soni 3000-5000 tani tashkil qilar ekan [1]. Hozirda IPv4 manzillari yakunlangani uchun IPv6 protokolini tarmoqda qo‘llash ustida global miqyosda ish boshlangan. IP protokoli Internetda ko‘plab turli xil paketlardan foydalaniladi, lekin asosiylaridan biri bu - IP-paketdir (RFC-791). IP-protokol ishonchli bo‘lmagan transport muhitini taklif etadi. Mazkur protokolning ma’lumotlarni uzatish algoritmi juda ham oddiy: xato hollarda deytagramma tashlab yuboriladi, jo‘natuvchiga esa tegishli ICMP- xabar yuboriladi (yoki hech narsa yuborilmaydi). IP-protokolida tarmoqlararo xizmatlami ta’minlash uchun to‘rtta asosiy mexanizm qo‘llaniladi: xizmat ko‘rsatish turi, paket yashash vaqti, sarlovhaning nazorat yig‘indisi, qo‘shimcha imkoniyatlar. Xizmat ko‘rsatish turi tarmoqlararo deytagrammaning uzatilishida talab etiladigan sifatni ko‘rsatishi uchun foydalaniladi. Paketning yashash vaqti tarmoqdagi paketning mavjud bo‘lish vaqtining yuqori chegarasini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich jo‘natuvchi tomonidan beriladi va paketning marshrut nuqtalari bo‘ylab xarakatlanishiga ko‘ra kamayib boradi. Paketning vaqti qabul qilib oluvchiga yetib borguniga qadar nol bo‘lsa, u holda ushbu paket yo‘q qilinadi. Sarlovhaning nazorat yig‘indisi undagi ma’lumotlarning himoyasini ta’minlaydi. Agarda modul sarlovhada xatolikni aniqlasa, ushbu paket uni aniqlagan modul tomonidan yo‘q qilinadi. Qo‘shimcha imkoniyatlar ayrim qo‘shimcha xizmatlar bajarilishini ta’minlaydi. Masalan, ma’lumotlarni himoyalash va maxsus marshrutlashtirish usullari. IPv6 protokoli IPv6 4-versiyaning vorisi bo‘lgan Internet protokolining yangi versiyasini ifoda etadi. IPv4 ga nisbatan IPv6 dagi o‘zgarishlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Download 36.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling