Reja: Tasavvuf ta’limotining vujudga kelishi
Download 45.06 Kb.
|
3-MAVZU.
Rajo – umidvorlik. Qalbning kelajakda Mahbub vasliga yetishidan umidvorligi, xavfdan qutulish umidi. Dilning sog’inchi, intiqliklari ham shunga kiradi.
Tavakkul – barcha yaxshi-yomon hodisalar, ishlarni Xudodan deb bilish, kullan Parvardigorga suyanish. Tavakkul ilohiy fayzga e’timodli kishining iymonidir. Bu ma’rifat kamolidan keladigan oliymaqomdagi iymondir. Barcha hollarda va amallarda Ollohga suyanish, o’zini bir faoliyat asbobi hisoblash, barchani Xudoga topshirib, Xudodan o’zga narsalar ham xudodan ekaniga chuqur ishonish. Inson juda ko’p narsalarni qila oladi, ammo bu harakatlarning bari Ulug’ Olloh qudrati tufayli, Qudratining namoyon bo’lishi ekanini anglash shart. Xudoning irodasi bizning irodamizga hokim. «Tavakkul – iymon haqiqatidir» (Koshoniy). Rizo – qalbdan qabohat-kirlarning ketishi, qazovu qadar hukmiga bo’ysunish, nafs roziligidan chiqib, Haq roziligiga kirishdir. Qazo amriga taslim bo’lgan qalbning sururi. Lohijiy: Rizo – bandaning o’z rizosidan chiqib, Mahbub rizo-siga kirishi, ilohiy qismatga zarra e’tiroz qilmasligidir. Solikda ushbu maqomda hech narsadan g’azab, hayajon, gina-qudrat va xafalanish bo’lmaydi… Bunday to’xtovsiz izlanish, ruhiy iztiroblar zamirida kuchli muhabbat, maqsadga yetishish yo’lidagi bemisl insoniy sidqu vafo, fidoyilik yotardi. SHun-day paytda iste’dodli soliklarning qalb ko’zlari ochilar, beshta tashqi va beshta ichki (xotira, hofiza, aql, taxayyul, tasav-vur) hislardan boshqa, yana hayratga soluvchi zehniy va vajdiy (intiutiv) qobiliyatlar paydo bo’lardi. Tasavvuf va uning namoyandalari haqidagi mo``tabar manbalardan biri Farididdin Attorning ”Tazkirat-ul avliyo” asaridir. Xoja Abdulloh Ansoriy ham tasavvuf va uning yirik namoyandalari haqida mufassal ma`lumot beruvchi asar yaratgan. Bu asar o`z navbatida Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylarning shu haqda risola yozishlariga turtki bergan. Tasavvufning 4 maqomi borligi qayd etiladi: Shariat. Tariqat. Ma`rifat Haqiqat. Sufiylar Hazrat Ali nomi bilan bog`lagan holda yuqoridagi maqomlarning har biri yana 10 qismga bo`linishini ta`kidlaydilar: Shariatda 10 ta: Iymon keltirmoq. Namoz o`qimoq Ro`za tutmoq. Zakot bermoq Haj qilmoq. Muloyim so`zlamoq Ilm o`rganmoq Rasuliy Akramga payvarlik Amri ma`rufni bajarmoq 10. Munkir bo`lmaslik. Download 45.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling