Ernest Hemingway


Download 14.03 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi14.03 Kb.
#1582184
Bog'liq
Ernest Hemingway


Ernest Hemingway (talaffuzi: Ernest Heminguey; 1899.21.7, OkPark, Chikago yaqinida — 1961.2.7, Ketchem, Aydaxo shtati) — amerikalik yozuvchi. 1917-yildan KanzasSitida jurnalistreportyor sifatida ish boshlagan. Birinchi jahon urushi qatnashchisi (191418). Hemingway 1928-yilgacha Parijda, 193960-yillarda Kubada yashadi. Dastlabki hikoyalar kitobi — „Bizning zamonda“ (1924). „Quyosh chiqadi“ (1926, inglizcha nashrlarda „Fiyesta“ nomi bilan chop etilgan), „Alvido, qurol!“ (1929) romanlarida urushning bemisl mantiqsizliklari, inson haqhuquqlari, erkiga tajovuz, ayni paytda, insoniy mardlik, qadrqimmat va muhabbatning har qanday yovuz kuchlardan ustunligi yorqin ifodalangan.
1930-yillarning 1-yarmida Hemingway ijodida tushkunlikni kuzatish mumkin. Shu davrda yozuvchi hayot yoʻlini qayta mulohaza qilib koʻrishga, oʻz ijodining muayyan yoʻnalishlarini aniqlashga intiladi. Natijada „Peshindan keyingi oʻlim“ (1932), „Afrikaning yashil tepaliklari“ (1935), „Gʻolibga bayroq berilmaydi“ (1933) hikoyalar toʻplami dunyo yuzini koʻradi. „Hoʻkizning shoxi“, „Frensis Makomberning baxti“, „Kilimanjaro qorlari“ (1936) hikoyalari, „Toʻqchilik va yoʻqchilik“ (1937) romanida Hemingway ijodiy yuksalishi koʻzga tashlanadi. Hemingway asarlarida dastlabki jurnalistik kuzatuv oʻrnini tahliliy, qiyosiy mulohaza va mushohadalar egallaydi. U har qanday urushni qoralaydi, shu tufayli insoniyat aziyat chekayotganiga eʼtibor qaratadi. Inson huquqlari yoʻlida, ozodlik kurashida yolgʻiz maydonga tushishning halokatli oqibatlarga olib kelishini oddiy kishilar obrazi orqali ifodalaydi.
Hemingway 1931—39 yillari ispan xalqining milliy ozodlik kurashida harbiy muxbir sifatida qatnashadi. Shu yillarda uning bir necha ocherk va reportajlari, „Motam qoʻngʻirogʻi“ (1940) romani chop etiladi. Bu asarlardagi qahramonlar xalq ozodligi yoʻlida fashizmga qarshi kurashadilar, insoniyat taqdiri uchun oʻzlarining masʼul ekanliklarini qalban his etadilar, kishilar bilan birga iztirobga tushadilar, xavf-xatardan qutulish choralarini izlaydilar.
Amerikalik yozuvchi o'zining Gadsbi kitobi bilan tanilgan, 50 000 (ellik ming) so'zdan iborat romanida kirish va oxiridagi eslatmadan tashqari "e" harfini ishlatmagan. (1939-yil)
Ikkinchi jahon urushidan keyin Hemingway ijodida yangi davr boshlangan. Biroq bu davrda yuzaga kelgan „Xavfli yoz“ va „Okeandagi orollar“ romanlari avvalgilariga qaraganda badiiy jihatdan ancha boʻsh asarlar sanaladi. Lekin maʼlum muddat oʻtib, Hemingway insonning ruhiy xrlatini tadqiq etish bilan jamiyatdagi mavjud vaziyatni ochib berishga qodir asarlarni yaratdi. Badiiy jihatdan ancha yuksak boʻlgan „Daryoning naryogʻida, daraxtlar soyasida“ (1950) romani, „Chol va dengiz“ (1952) qissasi Hemingwayga katta shuhrat keltirdi. Hemingway 20-asrda oʻzigagina xos boʻlgan qat'iy xolislikka asoslangan xarakterli uslubni yaratdiki, keyinchalik Amerika qitʼasidan yetishib chiqqan yozuvchilar bu uslubga tez-tez murojaat qiladigan boʻlishdi. „Chol va dengiz“, „Alvido, qurol!“ va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1954). Ad. Kashkin I., Ernest Xeminguey, M., 1966; Gribanov B., Xeminguey, M., 1970; Finkelshteyn I., Xemingueyromanist, T., 1974; Paporov Yu.N., Xeminguey na Kube, M., 1979. Norali Ochilov[6].
Download 14.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling