P. J. Prudonning iqtisodiy konsepsiyasi
Download 125.7 Kb.
|
sohibjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- I REJA II ASOSIY QISM 1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI “IQTISODIYOT” FAKULTETI “IQTISODIYOT” YO’NALISHI “IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI ” FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZU: PRUDON KAPITALIZMNI ISLOH QILISH KONSEPSIYASI QIYMATNING ABADIY G‘OYASI BAJARDI:1-KURS TALABASI SHARIPOV SOHIBJON TEKSHIRDI: _______________ TOSHKENT – 2023 I REJA II ASOSIY QISM 1 P.J.Prudonning iqtisodiy konsepsiyasi. 2 Prudonizm 3 K.Rodbertusning iqtisodiy goyalari III XULOSA IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR P.J.Prudonning iqtisodiy konsepsiyasi. Pyer Jozef Prudon (1809-1865) - fransuz publitsisti, mayda ishlab chiqarish nazariyotchisi, kambag`al kosib oilasida tug`ilgan. Moddiy jihatdan nochorligi sababli kollejdagi o`qishni tugatmagan, sherik hamkorining mablag`i hisobiga kichik bir bosmaxonani ishlatib, zo`r berib o`z ma'lumotini oshirish bilan shug`ullangan. Ilmufanni o`rganishni avvalo muhtojlikdan qutulish usuli deb bilgan. 1838 yilda P.Prudon Bezanson akademiyasi tomonidan kam ta'minlangan yosh olimlarga ajratilgan uch yillik stipendiyani olib Parijga ko`chib o`tdi. Parijda u J.B.Sey, S.Sismondi, T.Maltus, K.Sen-Simon, Sh.Furye va boshqa iqtisodchi olimlar asarlari bilan yaqindan tanishdi. 1840 yilda P.Prudonning "Mulkchilik nima?" nomli mashhur asari e'lon qilindi. Ushbu asarda kapitalizmni tanqid bosh mavzu bo`lsada, hali olimning amaliy dasturi bayon qilinmagan edi. 1846 yilda P.Prudonning "Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi yoki qoshshoqlik falsafasi" nomli yana bir asari e'lon qilindi. Asarda olim kapitalizmni isloh qilishning amaliy dasturini ishlab chiqishga, siyosiy kurashning behudaligini asoslashga urindi. 1848 yilda nashrdan chiqqan "Ijtimoiy masalalarning Xal etilini" nomli yangi asarida olim har qanday inqilobiy chiqishlarni keskin qoralaydi. Xalq banklari konsepsiyasini e'lon qilib xalqni ijtimoiy islohotlarga chorlaydi. P.Prudon siyosiy iqtisodni "aql-zakovatning abadiy qonunlari" to`g`risidagi fan deb biladi. P.Prudon va S.Sismondi nazariy qarashlarida biz juda yaqinlik va o`xshashlik hollarini uchratishimiz mumkin. Ayniqsa ularning uslubiyotlarida bu holat quyidagicha aks etadi: Birinchidan, iqtisodiyotda cheksiz erkin raqobatni inkor etib, boshqarish mumkin bo`lgan raqobatni topib tashkil etish. Ikkinchidan, xo`jalik hayotini tahlil qilish jaranida iqtisodiy ko`rsatkich va manbalarni asosiy deb hisoblamasdan, balki mehribonlik, ahloq, ijtimoiy adolat, etika va boshqa kategoriyalarni, shuningdek inson hayotining eng oliy ne'mati tenglik va tinchlikni asosiy deb hisoblash. Uchinchidan, ko`p yillar davomida yaratilgan ilmiy asarlarda iqtisodiy xodisalarga nemis faylasufi Gegel dialektikasi asosiy uslub qilib olinib, unga alohida e'tibor berildi. P.Prudon o`zining mayda ishlab chiqarish manfaatlaridan kelib chiqqan islohotchilik konsepsiyasini maydonga tashlar ekan, juda ko`p masalalar xususidagi fikrlarni bayon etadi. mehnat taqsimoti, tovarning xususiyati, ish haqi, mulkchilik, daromad va takror ishlab chiqarish kabilarni ilmiy izohlashga harakat qiladi. P.Prudon o`zining eng muhim asarlaridan biri - "Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi...." da avvalgi mehnat taqsimotini tahlil qiladi. Mehnat taqsimoti bir tomondan boylikning ko`payishiga imkon bersa, ikkinchi tomondan qashshoqlikka, kambag`allikka olib boradi. P.Prudonning mulohazalariga qaraganda, mehnat taqsimotining naf keltiradigan xususiyatlarini saqlab qolish va zararli xususiyatla-rini tugatish kerak. Metodologiya jihatidan bu o`rinda ijtimoiy jarayonlar dialektikasining ilmiy tahlilida tarixdan tashqari yondashuv sezilib turadi. Prudon tovarning xususiyatini ham mana shunday pozitsiyalardan turib "tadqiq" qiladi. Uning fikricha, qiymatning abadiy g`oyasi mavjud, bu g`oya iste'mol qiymati talab va kamchilik bilan, ayirboshlash qiymati esa taklif va mo`l-ko`lchilik bilan belgilanadi. Talab bilan taklif o`rtasidagi kurashda tovarning qiymati yoki narxi belgilanadi. Nazariy jihatdan olganda bu haddan tashqari vulgar konstruksiyadir: qiymat ayirboshlashda vujudga keladi, u obyektiv asosdan mahrum. U ish haqining harakati qonuniyatlarini ham oddiy va g`ayriilmiy pozitsiyalardan turib bayon etadi. Prudon ishchilarning ish haqini oshirish uchun kurashiga qarshi chiqadi, chunki bu narsa narx-navoning yoppasiga ko`tarilishiga yoki muhtojlikning kuchayishiga olib borar emish. P.Prudon yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish mexanizmini tushuna olmaydi. U kapital bilan mahsulotni aynan bir narsa deb talqin etib, butun kapitalning harakatini uning foiz keltiradigan qismi harakatidan iborat deb talqin etadi. Ssuda kapitalning harakatini Prudon qarz beruvchi bilan qarz oluvchi o`rtasidagi bitim deb hisobladi. U mahsulotning bir qismini kapitalist o`zlashtirib olishini ishlab chiqarish chiqimlari yoniga kapitaldan foydalanganlik uchun foiz qo`shish zarurligi bilan izohlaydi. Prudonning nazariy sistemasida foiz mehnatni ekspluatatsiya qilishning asosiy shakli tarzida namoyon bo`ladi. Shu bilan birga u protsent bilan yollanma ishchini ekspluatatsiya qilish mexanizmi o`rtasidagi o`zaro aloqani tushunmaydi. P.Prudon "belgilangan qiymat" nazariyasini o`zining butun iqtisodiy negizi deb hisobladi. Bunda klassik maktabdan o`zib ketish pinhona istagigina emas, shu bilan birga ijtimoiy o`zgartirishlarning yo`llarini belgilash istagi ham namoyon bo`ldi. Tovar ishlab chiqarishini Prudon insoniy ozodlikning va har bir kishi shaxsiy mustaqilligining cho`qqisi deb biladi, mayda burjua nazariyotchisi bo`lgan Prudon bozor mexanizmining ba'zi bir salbiy jihatlarini: mollarning qalashib ketishini, nomunosiblikni, xonavayron bo`lish va shu kabilarni tan oladi. Prudon asosiy iqtisodiy ziddiyatlarni "qiymat"ning ichki ziddiyatlaridan: iste'mol va ayirboshlash qiymati g`oyalaridan iborat deb biladi. "Belgilangan yoki sun'iy" qiymat murosaga keltiruvchi timsol bo`lib ko`rinadi. Bunday qiymat ayirboshlashda vujudga keladi. U tovarning ijtimoiy boylik tarkibiga bemalol kirib borishini bildiradi. Binobarin tovar ishlab chiqarishining hamma qiyinchiliklarini bartaraf qilish uchun har bir tovarga yo belgilangan qiymat qo`yib qo`yish, yoki uning bozorda sotilishiga kafolat berish, tovar bilan pul o`rtasidagi ziddiyatni tugatish zarur. Prudon tilla bilan kumushni "belgilangan" qiymatga ega bo`lgan dastlabki tovarlar deb ataydi. P.Prudon daromad to`g`risidagi nazariyani siyosiy iqtisodda daromadning asosiy manbayi deb qabul qilingan mehnat, kapital va yerning mazmunini ko`rib chiqishdan boshlaydi. Uning fikricha, ishlab chiqarish jarayonining o`zi har uchchala elementning ishga tushurilishi natijasida yuz beradi. Lekin yer yoki kapital egasi o`zi hech narsa ishlab chiqarmasdan, o`z daromadini olishini va ayni vaqtda ishchi o`z mehnati natijasida hosil bo`lgan daromadining faqat kichkina bir qismini ish haqi sifatida olishni adolatsizlik deb baholaydi. P.Prudonning takror ishlab chiqarish nazariyasi uning daromadlar to`g`risidagi fikrlari asosida rivojlantiriladi. Takror ishlab chiqarish jarayoni olimning fikricha, hamjamiyatdagi ishlab chiqarish va iste'molning muvozanati asosida bo`ladi. Lekin amaliyotda mulkchilarning ishlamay qo`yganligi bu prinsipning buzilishiga va natijada J.B.Sey ko`rsatib o`tgan "iqtisodiy qonunni" ham buzilishi olib kelmoqda. P. Prudon ijtimoiy masalalarni hal qilishi zarur bo`lgan kapitalizmni isloh qilish loyihalarini o`zining ko`pgina asarlarida e'lon qiladi. Ushbu asarlarda ijtimoiy adolat konsepsiyasini asoslash bilan birga inqilobiy chiqishlar haqidagi har qanday fikrni inkor etadi. Download 125.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling