P. J. Prudonning iqtisodiy konsepsiyasi


Download 125.7 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi125.7 Kb.
#1468620
1   2   3
Bog'liq
sohibjon

Prudonizm
Olimning islohotchilik g`oyalarining ayrimlari S.Sismondi qarashlariga o`xshash bo`lib ular quyidagilarda o`z aksini topdi: "uchinchi shaxslar" ya'ni dehqonlar, xunarmandlar va mayda kustar ishlab chiqaruvchilarning jamiyatdagi o`rniga rahimdillik bilan hayrihohlik bildirish; ·"mayda mulkchilik va mayda ishlab chiqarishni" iqtisodiyotdagi yetakchilik o`rnini e'tirof etish bilan ularning shart-sharoitlari, ta'limotlarida to`liq tenglikka erishish; ·ijtimoiy adolat tamoyillariga mos ravishda jamiyat manfaatlaridan kelib chiqib ishlab chiqarish ishtirokchilariga teng daromad berish; ·kapital va daromadlar bir kishi qo`li ostida konsentratsiya qilinishiga va ayniqsa mehnatni ekspluatatsiya qilishga yo`l qo`ymaslik. Bundan tashqari, faqat P.Prudon islohotchiligiga xos qo`yidagi g`oyalarni alohida ajratib ko`rsatishimiz mumkin: ·pulni muomalada haraktini bekor qilib, uning o`rniga ishchi pullari banklarni muomalaga kiritish; ·foizni yo`q qilish hisobiga foizsiz kreditlarni tashkil qilish; ·xalq banklarini tashkil etish; ·islohotlar amalga oshirish jarayonining xotimasi sifatida hukumatni bekor qilish. Islohotchilik konsepsiyalarida P.Prudon.Xalq bankiga katta umid bog`laydi. Uning banki sotsialist-rikardochilar taklif qilgan banklardan 3 xil o`ziga xoslik bilan farq qilar edi: Birinchidan, undagi metall pullar dastlabki bonlar chiqarilishi sababli, pulga va tijorat voqealariga almashtirish yo`li bilan sekin-asta muomaladan chiqarilar edi. Ikkinchidan, foizni birdaniga yo`q qilmasdan, balki yuqori qayd qilingan bosqichni amalga oshirishni 2%dan eng kam daraja-0,25% tushirish haqda sotilmagan tovarlarga oldindan ssuda berilishi. Uchinchidan Xalq banki kapitalni o`ziga jalb qilmay yuzaga kelmasdan, balki aksincha, kapital bilan yuzaga keladi. P.Prudonning hukumatni bekor qilish g`oyasi islohotlarni amalga oshirish davrida sinflarning umumlashuvi va yagona mehnatkashlar, o`z mehnatini haqiqiy haqini oladigan sinfini yuzaga kelishi o`z navbatida hukumat faoliyatini keraksiz qilib qo`yadi (anarxizm g`oyasi). Prudon kapitalizmni isloh qilish loyihasida mayda tovar ishlab chiqaruvchining o`z moli sotilishiga kafolat olish, mayda do`kondorning foizsiz kreditning olish to`g`risidagi asriy orzusini, burjua ziyolisining kapitalizm sharoitida mutlaq mehnat erkinligi, qiymat qonuni asosida tenglik imkoniyati to`g`risidagi xomxayollarini ifodalagan edi. Prudonning "sotsializm"i tovar bilan pul o`rtasidagi aloqani soxtalashtirishga asoslangan. Shu loyihaning muallifi xususiy ishlab chiqarishni tovarni saqlab qolishga, ammo pulni, ayirboshlashni, ayirboshlash qiymatini yo`q qilib tashlashga intilgan edi. Prudon va prudonizm o`z davrida ishchilar xarakatiga jiddiy hatar solganligi sababli proletar ta'limotining asoschilari Prudonning mayda ishlab chiqarish reformizmiga (islohotchiligiga) qarshi murosasiz kurashdilar. Uni proletariatga dushman va revolyusion harakatga halaqit beruvchi bir oqim deb fosh qildilar. Bu kurashni K.Marks XIX asrning 40- yillari o`rtalaridayoq "Falsafa qashshoqligi" asarini tayyorlashdan boshladi va marksizm rivojining keyingi davrlarida ham shu kurash davom etdi. Prudon falsafada Gegeldan, siyosiy iqtisodda esa A.Smit bilan D.Rikardodan yuqori ko`tarila olmadi. Uning ijtimoiy dasturlarida mafkuraviy yo`nalishni fosh qilishda alohida vazifalar kelib chiqdi. Prudonizm mayda ishlab chiqarish muhitiga va uning puch xayollariga tayanib, uzluksiz ravishda o`zgarib boruvchi sharoitlarga moslashaverdi.



Download 125.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling