Reja: Tebranish konturi


Download 27.47 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi27.47 Kb.
#1799316

1-Mavzu:Gers vibratorlari.


Reja:
1.Tebranish konturi .
2.Gers vibratori .
3.Xulosa.

1.Tebranish konturi.


O’zgaruvchan magnit maydonda turgan harakatsiz o’tkazgichda induksiya EYK ning vujudga keladi . Lekin elektr toki vujudga kelishi uchun zaryad tashuvchilarni harakatga keltiruvchi tashqi kuchlar mavjud bo’lishi kerak . Bu tashqi kuch issiqlik jarayonlariga ham , kimyoviy jarayonlarga ham bog’liq emas . Bu kuch Lorens kuchi ham emas . Chunki Lorens kuchi harakatsiz zaryadlarga ta’sir ko’rsatmaydi .Maksvell magnit maydonning har qanday o’zgarishi elektr maydonni vujudga keltiradi va aynan ana shu elektr maydon harakatsiz o’tkazgich ichidagi elektronlarni harakatga keltiradi , zanjirda induksion EYK ning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi, degan fikrni ilgari suradi .Elektr zaryadi hosil qilgan elektr maydondan farqli o’laroq , magnit maydonning o’zgarishi natijasida vujudga keladigan elektr maydonning kuch chiziqlari yopiq chiziq xarakteriga ega bo’ladi , ya’ni uyurmali maydondir .Elektr va magnit maydonlar bir-birlari bilan chambarchas bog’liqdir va yagona elektromagnit maydonni tashkil etadi .Maksvell
nazariyasiga asosan , elektromagnit to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlardir , ya’ni E va B vektorlar o’zaro perpendikular va to’lqinni
ng tarqalish
tezligi v vektorga perpendikular tekisliklarda yotadi .
Umuman olganda o’zgaruvchan elektr toki oqayotgan istalgan
tebranish konturi yoki o’tkazgich elektromagnit to’lqinlar manbai
bo’lib xizmat qilishi mumkin . Chunki elektromagnit to’lqinla
rni
uyg’otish uchun elektromagnit maydonni vujudga keltirish kifoya .
Lekin , Nurlanish sezilarli bo’lishi uchun esa elektromagnit maydon
hosil qilinadigan hajmni orttirish taqozo qilinadi . Elektr maydon
kondensator qoplamalari ichida , magnit maydon esa
induktiv g’altak
ichida hosil qilinadigan sodda ko’rinishdagi tebranish konturlari bu
holda yaroqsiz hisoblanadi .
Demak , elektromagnit maydonning fazoda tarqalishiga imkon
yaratish uchun maydon hosil bo’ladigan fazoni kengaytirishimiz kerak .
Bu natijaga
erishish uchun

kondensator qoplamalari orasidagi
masofani orttirishimiz kerak bo’ladi . Nemis fizigi Geynrix
Gers
aynan
shunday yo’l tutdi . U g’altakdagi o’ramlar sonini va kondensator
plastinkalari yuzasi kamaytirdi va kondensator qoplamalarini bir
-
bi
ridan uzoqlashtirib , uchqun hosil qiluvchi bo’shliq bilan ajratilgan
ikkita tayoqchadan iborat yaxlit tizim holiga keltirdi .
2. Gers vibratori .
Gers bu tajribasi natijasida yopiq tebranish konturidan ochiq
tebranish konturini ( Gers
vibratorini ) hosil qiladi .
Ochiq tebranish konturida elektromagnit maydon konturni o’rab
turgan bo’shliqda mujassamlashgan bo’ladi va shuning uchun ham
elektromagnit nurlanishning intensivligi keskin ortadi . Bunday tizimda
tebranish , kondensator qopla
malariga ulangan EYK manbai hisobidan
quvvatlanib turadi . Uchqunli bo’shliq esa kondensator qoplamalari
orasidagi potensiallar farqini dastlab zaryadlangan potensiallar
farqigacha orttirish uchun ishlatiladi .
ν=1/T va T=2⋅π⋅√L⋅C
bo’lganligidan L va C ni
ng kamayishi bilan
tebranish chastotasi ortadi . Bu vibratordan endi o’zgaruvchi elektr
maydon kondensator ichida mujassamlashgan bo’lmay , balki
vibratorni tashqi tomondan o’rab turadi . Natijada elektromagnit
nurlanishning intensivligi keskin ortadi .Ger
s birinchi ochiq vibrator
tarqatadigan elektromagnit to’lqinlarni shu to’lqinlar chastotasiga
moslangan ikkinchi vibrator ( resonator ) yordamida qayd etdi .
Gerts
uchqun hosil qilish uchun uchida metall sharlar bo’lgan mis
simlardan foydalangan .
,
uchqun bo'shlig'iga
Rumkorf o’ramini
kiritadi .
Bu tuzilma yuqori kuchlanish bilan ishlatilsa , bo'shliqda
uchqun pasayadi va tebranishlar uchqunning yonish vaqtidan qisqa
vaqtda tebranadi .
Elektromagnit to'lqinlarning uzunligi vibratorning
o'zidan taxmi
nan ikki baravar katta
.
Gers tomonidan ishlatiladigan eng
kichik tebranishlar (0,26 m) to’lqin uzunligidan 0,6 m to'lqin
uzunligiga qadar bo’lgan . Gers tebranishlarni
yo'naltiruvchi
tekis
to'lqinlarni
olish uchun
sferik oynalardan foydalandi
. Metall , nometall va
prizma yordamida
Gers ko'rinmas spektrning elektromagnit to'lqinlarini aks
ettirish va sinish qonuniyatlari spektrining geometrik optika
qonunlariga bo'ysunishiga a’min bo’ladi . Gers shuningdek,
elektromagnit to'lqi
nning tezligini o'lchab ,
tik turgan to'lqinni yaratdi
va uning
uzunlgini o'lchadi .
Rumkorf g’altagi
Elektromagnit to’lqinlar ikkinchi vibratorga yetganda unda
elektromagnit tebranishlar vujudga keladi va uchqunli oraliqda uchqun
chaqnashi ro’y beradi . Elektromagnit to’lqinlarning qayd qilinishi va
chaqnash ro’y berishi elektromagnit to’lqinlar energiya
tashishini
ko’rsatadi . Gers vibrator va rezonatordan foydalanib , elektromagnit
to’lqinlar boshqa to’lqinlarga xos bo’lgan xususiyatlarga ham ega
ekanligini ko’rsatadi .
3.Xulosa .
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki , Gers elektromagnit
to’lqinlar yor
damida axborot almashinish ya’ni telekommunikatsiya
sohasiga juda ko’p foydali ishlarni bajardi .
Yopiq tebranis konturini tahrirlab ochiq tebranish konturini yaratdi
va u orqali elektromagnit maydon hosil qila oldi .
Gers vibratory yordamida 0.6 m dan 1
0 m gacha to’lqin uzunlikli
yassi to’lqinlar hosil qilindi va elektromagnit to’lqinlar ko’ndalang
to’lqinlar ekanligi namoyon bo’ldi . Gers turg’un elektromagit
to’lqinlarni hosil qildi va ular yordamida elektromagnit to’lqinlarning
tezligini aniqlab , uni
ng yorug’lik tezligi bilan mos kelishini ko’rsatdi .
Undan tashqari Gers to’lqin uzunliklarini ham hisobladi . Keyinchalik
bu izlanishlarning mantiqiy davomi sifatida ish olib borgan Popov ,
Markoni elektromagnit to’lqinlar orqali axborot uzatish va qabul
qilib
olish jarayonlariga yo’l ochib berdi .
Download 27.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling