Reja: Temperamentning psixologik tavsifi temperament to`g`risida umumiy tushuncha


Download 89.04 Kb.
bet1/2
Sana15.10.2023
Hajmi89.04 Kb.
#1704265
  1   2
Bog'liq
1353020869 39531


www.arxiv.uz

Reja:

  1. Temperamentning psixologik tavsifi temperament to`g`risida umumiy tushuncha

2. Xarakter tuzilishi va xususiyatlari
3. Xarakterning tarkib topishi

Insonning ruhiy olami beto`xtov harakatlar majmuasidan iborat bo`lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o`xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to`g`risidagi taassurotlar, o`tmish xo-tiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy ke-chinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o`zaro o`rin almashti-rib turishi evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlana-di. Ruhiy olam kechishi, uning sur`ati, mazmuni, shakli, qo`lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo`lishi kuzatiladi. Shuning uchun bo`lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, omillariga, ta`sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko`rsa-tadilar.


Shuni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik holat-larga, his-tuyg`ularga ham bevosita bog`liqdir. Misol uchun, inson o`zi temperamentning qaysi turiga taalluqli bo`lishidan qat`i nazar, o`z faoliyatiga layoqatli, mayli kuchli, intilishi qat`iy, qizi-quvchan bo`lsa, uni tashkillashtirishda va nazardan qolishda uyush-qoqlik, harakat sur`ati esa tezkor amalga oshadi, unga loqayd muno-sabatni bildirsa, ish sur`ati sekin va sust kechadi. Har qanday va-ziyatga qaramasdan, shaxsning qarindosh urug`lari to`g`risidagi, shu-ningdek, jahonda kechayotgan noxush xabarlar uning a`zoyi badanini larzaga keltiradi, labi quriydi, rangi bo`zaradi, atrof-muhitga nis-batan mo`ljalini yo`qotadi. Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar bilan motivlar va psixologik holat-lar, hissiy kechinmalarning dinamik xususiyatlari o`rtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta`kidlanadi. Ular orasidagi farqlarni ajratib ko`rsatish maqsadida qo`shimcha belgilar kiriti-ladi va o`ziga xos tarzda tavsiflab beriladi. Ularning ayrimlarini ajratib ko`rsatish maqsadga muvofiq.
1- Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari, motiv, psiindividual xususiyatlari bilan temperamentga aloqador nerv tizi-mi xususiyatlarining o`zaro qo`shiluvini nerv tizimining tipi deb nomlaydi va uni to`rtta tipga ajratadi: a) kuchli, muvozanatli, ep-chil; b) kuchli, muvozanatsiz, epchil; v) kuchli, muvozanatli, sust; g) kuchsiz tip.
Yirik rus psixologlaridan biri B. M. Teplov (1896—1965) va uning shogirdlari, maslakdoshlari I. P. Pavlovning tadqiqotlari-ni davom ettirib, inson nerv jarayonlari xususiyatlarining o`ziga xos tomonlarini ochishga muvaffiq bo`ldilar. Ular nerv-fiziolo-gik jarayonlarning nozik qirralarini o`rganishda maxsus moslama-lar yordami bilan o`zgarishlarni qayd qilish hamda olingan natija-larni (omillarini) matematik statistika metodlari orqali hiso-lashni tatbiq etdilar. B. M. Teplov ilmiy maktabi namoyandalari tomonidan olingan ma`lumotlarga qaraganda, insonda hosil qilinadigan shartli reflekslarning ba`zi bir individual xususiyatlari o`zaro uyg`unlikka egadir. Ularningta`biricha, o`zaro bog`liq indivi-dual xususiyatlar tizimi asab tizimining muayyan xususiyati bilan tavsiflanadi. Jumladan, o`zaro bog`langan xususiyatlar, birinchidan, shartli qo`zg`ovchi mustahkamlanishi davom etishidan qat`i nazar, shartli reflekslar so`nishi darajasiga, ikkinchidan, qo`zg`ovchilar-ning kuchli yoki kuchsizligi bilan shartli reaksiyaning hajmi orasi-dagi tafovutlarga, uchinchidan, asosiy qo`zg`ovchi sezgirligiga begona (notanish) qo`zg`ovchini ijobiy (salbiy) ta`sir o`tkazish darajasiga, to`rtinchidan, boshqa ko`rinishdagi yoki kuchlanishdagi qo`zg`alish jara-yonlarining kuchiga bog`liqdir. Ma`lumotlarning tahliliga binoan, tormozlanishning (to`xtalishning) kuchi bilan nerv jarayonlarining muvozanatlashuviga taallukdi shartli reflektor faoliyatining in-dividual xususiyatlari turkumlari shunga o`xshash usul yordami bilan kashf qilingan. Shuningdek, B. M. Teplov ilmiy maktabining na-moyandalari tomonidan ijobiy va tormozlovchi shartli reflekslar-ning hosil bo`lish tezligini tavsiflovchi individual xususiyatlar turkumi ham ta`birlab berilgandir. Ushbu individual xususiyatlar mohiyatida ifodalanuvchi asab tizimining notanish xususiyati dina-minlik deb nomlangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining bir guruh individual xususiyatlari qo`zg`alish jarayo-nining to`xtalishining tezligi mahsuli sifatida taxmin qilingan xususiyatni (yangi xislatni) labillik, ya`ni lotincha 1a`1a115 - beqa-rorlik deb ataganlar. Shuning bilan birga asab tizimining boshqa xususiyatlari mavjudligi to`g`risida ilmiy taxminlar ilgari suril-gan, chunonchi: senzitivlik, reaktivlik va hokazo. B. M. Teplov ilmiy maktabi I. P. Pavlov tadqiqotlarida aniq-langan asab tizimining xususiyatlari to`g`risidagi nazariya va tax-minlar muayyan darajada kengaytirilgan hamdatemperamentningtub mohiyatini tushuntirishga qulay imkoniyatlar yaratilgan. Lekin shun-day chuqur izlanishlar olib borilishiga qaramay, psixologlar tomo-nidan kashf qilingan xususiyatlarning kimyoviy va fizikaviy mo-hiyati to hanuzgacha noma`lum bo`lib qolmoqda.
Xuddi shu bois, asab tizimining xususiyati to`g`risidagi ilmiy mushohadalar faqat shartli reflektor faoliyati bilan o`zaro bog`liq individual xususiyatlar turkumiga taallukli umumiy sabablar bo`yi-cha talqin qilishni ifodalaydi, xolos.
Nerv tizimi xususiyatlari bilan temperamentning bog`liqligi aksariyat hollarda mana bunday omillarning mohiyatida aks etishi mumkin. Jumladan, negizida asab tizimining faraz qilingan fi-ziologik xususiyati yotgan shartli reflektor faoliyatining o`zaro bog`-liq individual xususiyatlarning muayyan turkumi shaxsda qanchalik ko`p mujassamlashsa, temperamentning unga mutanosib xususiyati xuddi shu darajada namoyon yoki aks holatda shuncha kam ifodalanishi kuza-tiladi: 1) insonda shartli refleks shakllangan bo`lsa-da, lekin u tez so`na boshlasa; 2) tashqi qo`zg`ovchi shartli refleksda kuchli tormozla-nishni vujudga keltirsa; 3) shaxs kuchsiz qo`zg`ovchilarga kuchli qo`zg`ov-chilar singari shiddat bilan reaksiya qaytarsa; 4) odam kuchsiz qo`zg`a-lish jarayoni bilan uyg`unlashgan xususiyatlarni aniqlasa; 5) inson-da kuchli emotsional qo`zg`alishi hamda diqqatning chalg`ishi yuzaga ke-ladi.
Yuqorida ta`kidlab o`tilganidek, I. P. Pavlov ta`limotida tem-peramentning psixologik ta`siri asab tizimining barcha xususiyat-lari bilan aloqadorligi yoki uning tipiga tegishli ekanligi tu-shuntiriladi. Xuddi shu bois, temperamentning u yoki bu xususiyati asab tizimining birorta xislati bilan emas, balki xususiyatlar-ning turkumlari bilan aloqaga kirishadi. Buning ta`sirida asab tizimi xususiyatlarining miqdoriy munosabatlarida temperament xususiyatlari ham sifat o`zgarishini yasaydi.
Yigirmanchi asrning 60-70 yillarida ushbu soha bo`yicha olib borilgan tadqiqotlarning ko`rsatishicha, temperamentning psixolo-gik tavsifi bilan I. P. Pavlovning tiplari o`rtasida aloqa hukm surishiga hech qanday shak-shubha yo`qdir. Temperamentga taalluqli asabtiziminingtiplari ham insonga, ham hayvonlargategishli bo`lib, ular umumiy tiplar deb nomlanadi. Binobarin, temperamentning fiziologik asosi — bu asab tizimining umumiy tiplaridir. Biroq, I. P. Pavlovningtiplari — bu nervtizimi xususiyatlariningtanho tipik birikmasi emasdir, chunki keyinchalik bu borada yangi birik-malar topildi. Lekin ajratilgan tiplarning barchasi bir tekis ahamiyatga molik emasligi tufayli ularning eng asosiylari kuchli va kuchsiz tiplardan
Nerv sistemasi tiplarining kelib chiqishi
Nerv tizimining umumiy tiplari kelib chiqishi yuzasidan mulo-haza yuritilganda, albatta I. P. Pavlovning ta`limotini eslash maqsadga muvofiq, chunonchi, irsiyat yo`li bilan shartlangan tip — bu genotip demakdir. Hozirgi davrda asab tizimining umumiy tipi (genotip) irsiyatga bog`liq ekanligi haqidagi ma`lumotlar, omillar juda ko`p bo`lib, ular qiyosiy psixologiyada hayvonlarni o`rganishda topilgandir. Masalan, asab tizimining kuchi, epchilligi hayvon-larni chatishtirish yo`li bilan yuzaga keltirilgan, lekin barcha xusu-siyatlar to`g`risida bunday dadil fikrlarni bildirish mumkin emas.
Horijiy psixologik adabiyotlardata`kidlanishicha, temperament asab tizimi umumiy tipining nerv-fiziologik xususiyatlariga emas, balki: a) tashqi ko`rsatkichi badanningjismoniytuzilishiga, b) uning ba`zi qismlari o`rtasidagi aloqaga, v) organizm turli tarkiblari-ning munosabatlaridan tuzilgan organizmning umumiy tuzilmasiga bog`liqdir, degan nazariya jahon psixologiyasida ustuvor o`rin egal-lagandir. Bu nazariyaning asoschilari E. Krechmer (nemis psixologi) va U. SHeldon (amerika psixologi)lar hisoblanib, ularning talqi-nicha, tana tuzilishi ham, temperament xususiyatlari ham ichki sekre-siya bezlari faoliyatidagi o`zaro munosabatlarning nasliy belgila-riga bog`liqdir. Ularning fikricha, tana tuzilishi bilan tempera-ment xususiyatlari orasida muayyan mutanosiblik mavjuddir. U. SHeldonning mulohaza bildirishicha, semiz, qorin bo`shlig`i tako-millashgan inson shodlikka, muloqotmandlikka, to`yib ovqatlanish-ga moyil (visseraton) xususiyatga egadir. Shuningdek, sklet muskul-lari taraqqiy etgan shaxslar g`ayratli, faol (somaton) xislatlidir. Shu bilan birga asab tizimi, bosh miyasi o`rta rivojlangan insonlar o`ta sezgir, sertashvish, xayolotga beriluvchan bo`ladilar, ya`ni sereb-roton xususiyatlidirlar.
Mulohaza yuritilgan muammo muhim ijtimoiy ahamiyat kasb eta-di, chunki ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi ham tashqi sharoit-larga, ham faoliyat talablariga to`la-to`kis moslasha olmaydi, bino-barin u asab tizimiga bir oz muvofiqlashuvi mumkin, xolos. Xuddi shu omildan kelib chiqqan holda Krechmer bilan SHeldon talqiniga yondashilsa, u holda shaxs temperamentining xususiyatlari tashqi ij-timoiy sharoitlarga, faoliyat talablariga muvofiqlashuv ehtimoli mavjud. Mualliflar e`tiroficha, turli temperamentli shaxslarga ijtimoiy zaruriyat tufayli bir xil talablar qo`yilsa, u holda insonning temperamenti imkoniyatlari bilan jamiyat talablari o`rta-sida murakkab ziddiyatlar, nizoli vaziyatlar vujudga kelishi mum-kin emish. Shuni ta`kidlash joizki, Krechmer bilan SHeldonning temperament to`g`risidagi nazariyasi bir muncha bahslidir, chunki tem-peramentning asab tizimi umumiy tipining xususiyatlariga bog`liq-ligini aks ettiruvchi omillarni tushuntirishga zaiflik qiladi. Shuningdek, mazkur ta`limot temperamentning kelib chiqishini tu-shuntirishga biryoqlama orttirma baho beradi. Shuni unutmaslik ke-rakki, organizmning umumiy tuzilishi darhaqiqat asab tizimining tipiga va temperamentga muayyan darajada ta`sir o`tkazishi mumkin. Chunki asab tizimining xususiyatlari modda almashish ichki sekre-siya bezlari faoliyatining individual xususiyatlariga muvofikdir. Demak, temperamentning vujudga kelishida organizmning umumiy tuzilishi emas, balki asab tizimining genotipi yoki umumiy tipi muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunga qaramay temperamentning fiziologik asosi asab tizimi-ning umumiy tipidan iborat bo`lsa-da, lekin uning psixologik tav-sifini tahlil qilish uchun asab tizimining xususiyatlarini bilish hozirgi davr talabiga javob bermaydi. Misol uchun, g`ayratlilik, barqaror kayfiyat, yuqori faollik, harakat tezligi qo`zg`alish kuchiga bog`liqdir, lekin unga har xil psixik xususiyatlar ham taalluqpidir (sezgi xususiyatlari, xayol obrazlari yorqinligi va hokazo). Tempera-mentning muayyan xususiyati asab tizimi umumiy tipining birorta xususiyatiga aloqador bo`lmasdan, balki bir turkum xususiyatiga bog`-liqdir. Psixologiyada biror tobe o`zgaruvchi bir nechta mustaqil o`zga-ruvchilarga aloqador bo`lsa yoki tanho (yolg`iz) mustaqil o`zgaruvchi bir turkum tobe o`zgaruvchiga bog`likligi o`rnatilsa, bunday tobelik ko`pyoq-lama tobelik deyiladi. Xuddi shu bois, temperamentning psixolo-gik xususiyatlari asab tizimi umumiy tipining fiziologik xususi-yatlariga ko`pyoklama tobedir. Nerv tizimi umumiy tipi xususiyatla-rining fiziologik tadqiqotlari temperament paydo bo`lishi qonu-niyatlarini tushunishga kamlik qiladi, shuning uchun bu sohada fi-ziologik izlanish o`tkazish uning psixologik mohiyatini tekshirishni taqozo etadi.
Temperament tipologiyasi, mabodo insonlar temperamentlari bo`yicha qiyoslansa, u holda uning xususiyatlari jihatidan o`zaro o`xshash shaxslarning guruhi mavjudligi namoyon bo`ladi. Bu asnoda eramiz-dan oldingi davrda ham temperament tiplari to`g`risida materiallar to`plangan. Ularda temperament tipi deyilganda, insonlarning mu-ayyan guruhlarini tavsiflovchi psixik xususiyatlarning yig`indisi (majmuasi) anglashinilgan. Hozirgi davrda temperament tipi de-ganda, ma`lum insonlar guruhi uchun umumiy bo`lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarining qonuniy, za-ruriy o`zaro bog`likligi tushuniladi. Temperament tipini tavsif-lovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda o`zaro bog`liqligi turlicha aks etishi mumkin.
Temperamentning ayrim xususiyatlarini u yoki bu tashqi ko`rini-shiga qarab o`lchash mumkin. Shaxsning shiddatlilik (tezlik, impul-sivlik) darajasini ikkita harakatdan bittasini tanlanmaydigan harakatga nisbatan qancha vaqt mobaynida qaror chiqarishga qarab aniqlash mumkin. Agar ushbu yo`sinda temperamentning bir nechta xususiyatlari o`lchansa, u holda uning bir xususiyati qancha ko`p miq-dorda ifodalansa temperamentning boshqa xususiyatining shuncha ko`p yoki, aksincha oz aks etishi kuzatiladi.
Har qaysi tip uchun o`ziga xos xususiyatlarining o`zaro aloqasi, har bir alohida xususiyatning sifat tavsifi temperament tipining boshqa xususiyatlari bilan bog`liqligi ham aks etadi. Masalan, o`zini tuta bilmaslik yoki o`zini tuta bilish temperamentning bitta tipi uchun: a) ehtirosli shiddat, b) jazava va jazavadagi muvozanatsizlikdir; bir xil tip uchun o`zini tuta bilish — emotsional-irodaviy bir me`-yor bo`lsa, boshqa uchun u ulug`vorlik va vazminlik namunasidir.
Temperament tiplarini psixik xususiyatlar o`rtasidagi qonuniy munosabatlar tarzida tushunish Gippokrattomonidantalqin qilin-gan temperament to`g`risida tushuncha ma`nosiga mos tushadi. Lekin u ushbu tushunchani yunoncha kga515 so`zi bilan belgilagan va u lotincha 1yetregatep1 atamasiga mos bo`lib, nisbatan, munosabat degan ma`no-ni anglatadi. Nerv tizimining umumiy tiplari bilan fiziologik jihatdan temperament tiplari I. P. Pavlovdan keyin gippokrat tiplari, ya`ni sangvinik, xolerik, flegmatik, melanxolik deb atala boshlangan. Lekin bu tushunchalar hozirgi zamon psixologik ma`lu-motlar munosabati bilan yangicha mazmun va mohiyat kasb etgan. Shu boisdan asab tizimining to`rtta tipi temperamentning to`rtta tipi-ga bog`liq deb e`tirof etishimizga haqqimiz yo`q, chunki ular gip-pokratcha tiplarning ayrimlari, xolos. Shuning uchun yangi omillar mazkur tiplarning psixologik tavsifini qayta taxlil qilishni taqozo etadi.
Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar yordami bilan aniqlanishi mumkin:
Senzitivlik (lotincha zep$i$ sezish, his qilish degan ma`no anglatadi). Senzitivlik yuzasidan insonda bironta psixik reaksi-yani hosil qilish uchun zarur bo`lgan o`ta kuchsiz tashqi taassurot kuchi-ga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, sezgilarning paydo bo`lishi uchun qo`zg`ovchining ozgina kuchi (ularning quyi chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga ruhiy azob beruvchi) mujassamlashadi.
Reaktivlik. Bu to`g`rida aynan bir xil kuch bilan ta`sir etuvchi tashqi va ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional re-aksiya qilishiga qarab munosabat bildiriladi. Reaktivlikning yorqin ro`yobga chiqishi — emotsionallik, ta`sirlanuvchanlik ifodalanishi-
dir.
Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta`sir etishi va maqsadlarni amalga oshirishda obyek-tiv hamda subyektiv qarama-qarshiliklarni faollik bilan yengishi-ga qarab fikr yuritiladi.
Reaktivlik bilan faollikning o`zaro munosabati. Odamning faoliyati ko`p jihatdan nimaga bog`likligiga binoan, chunonchi taso-difiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarda (kayfiyatga, favqulod-dagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilish-larga ko`ra fikr bildirish nazarda tutiladi.
Reaksiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaksiyalar va jara-yonlarning kechishi tezligiga, binobarin, harakattezligiga, nutqsur`atiga, farosatlilikka, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi.
Harakatlarning sillikligi va unga qarama-qarshi sifat ri-gidlik (qotib qolganlik). Shaxsning o`zgaruvchan tashqi taassurot-larga qanchalik yengillik va chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga (sil-liqlik bilan moslashishga), shuningdek, uning xatti-harakatlari qanchalik sust va zaifligi (rigidligi — qotib qolganligi)ga nisba-tan baho berishdan iboratdir.
Ekstravertirovanlik va introvertirovanlik. Shaxsning faoliyati va reaksiya ko`p jihatdan nimalarga bog`likligiga, chunonchi favquloddagi tashqi taassurotlarga (ekstravertirovanlik) yoki, ak-sincha, timsollarga, tasavvurlarga, o`tish hamda kelajak bilan uyg`un-lashgan mulohazalarga (introvertirovanlik) taallukligiga asoslan-gan holda munosabat ifodasidir.
Sangvinik — juda faol, har bir narsaga ham qattiq kulaveradi; yolg`on dalilarga jahli chiqadi. Atrofdagi narsalar, ma`ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo-ishoralarni ko`p ishlatadi, chehrasiga qarab kayfiyatini anglab olish qiyin emas. Juda sezgir bo`lishiga qaramay, kuchsiz ta`sir (qo`zg`atuvchilar)ni seza olmaydi, serg`ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozana-tida, intizomli, o`zini tiya biladi, boshqara oladi. Xatti-harakati jo`shqin, nutqsur`ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql idroki tiy-rak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari o`zgaruvchan. Ko`nikma va malakalarni tez egallaydi. Ko`ngli ochiq, dilkash, mulo-qotga tez kirishadi. Xayoloti (fantaziyasi) yuksak darajada rivoj-langan: tashqi ta`sirlarga hozirjavob va hokazo.
Xolerik - sust senzitivlik xususiyatiga ega. Juda faol va reak-tiv. Ko`pincha reaktivligi faollikdan ustun keladi. Betoqat, ser-zarda, tinimsiz.
Sangvinlikka qaraganda silliqroq, lekin ko`proq qotib qolgan (rigidroq).
Qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti-harakatlarda qat`-iylik mavjud. Biroqdiqqatni bir joygato`plashda qiynaladi. Nutq sur`ati tez va hokazo.
Flegmatik-senzitivligi sust, his-tuyg`usi (emotsiyasi) kam o`zga-ruvchan, shunga ko`ra bunday shaxsni kuldirish, jaxdini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ko`ngilsiz hodisa, xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo`ladi. Vazmin, kam hara-kat. Imo-ishorasi, mimikasi ko`zga yaqqol tashlanmaydi. Lekin ser-g`ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatli. Nutq va harakat sur`ati sust. Farosati qiyiqroq. Diqqatni to`plashi osoyishta. Qotib qol-gan (rigid). Diqqatni ko`chirish qiyin. Introvertirovanlashgan, kam-gap, ichimdan top. Yangilikni qabul qilishi murakkab. Tashqi taas-surotlarga sustlik bilan javob beradi (qaytaradi).
Melanxolik — senzitivligi yuksak. Tortinchoq, g`ayratsiz. Araz-chan, xafaxon. Jimgina yig`laydi, kam kuladi. Qat`iyligi va musta-qilligi zaif. Tez toladi. Ortiqcha ishchan emas. Diqqati barqaror. His-tuyg`usi sust o`zgaradi. Qotib qolgan (rigid). Introvertirovan-lashgan.
Psixologik ma`lumotlar e`tirof etishicha, irsiyat va turmush sharoitlari temperament tiplari o`rtasidagi tafovutlarning sabab-chisidir. Shuning uchun irsiy fiziologik xususiyatlari bir xil va bitta tuxumdan yaralgan (gomozigot) egizaklarning temperament xu-susiyatlarini ikkita tuxumdan vujudga kelgan (geterozigot) egizak-larning temperament xususiyatlari bilan qiyoslansa, bu omil tas-diqlanishi mumkin. Ma`lumotlarga qaraganda, geterozigot egizak lardan farqli o`laroq, gomozigot egizaklar temperament xususiyatla-ri shunchalik o`xshashki, hatto ular irsiyat yo`li bilan berilish omil-larini 85% tasdikdash imkoniyatiga ega. Tarbiyaviy muhit turlicha bo`lishiga qaramay, o`xshashlik sakdanib qolishi tajribalarda ko`p marta tekshirilgan. Lekin temperamentning ayrim xususiyatlari o`zga-rishi to`g`risidagi ma`lumotlar inkor etilmaydi, unga favquloddagi tashqi hamda ichki sharoitlar keskin ta`sir o`tkazadi (masalan, tog` sharoiti, xavf-xatar mavjudligi va hokazo).
Shuni esda saqlash joizki, temperament ayrim xususiyatlarining turmush sharoiti bilan tarbiyaviy ta`sirida o`zgarishi jarayonini temperamenttiplariningtakomillashtiruvidan farkday olish shart. Ma`lumki, temperament tipi unga mutanosib xususiyatlari birdani-ga paydo bo`lgan narsa emas, chunki asab tizimining takomillashuvi umumiy qonuniyatlari temperamentga ham ta`sir o`tkazib, o`z izmini qoldiradi. Shaxsning kamolotiga binoan, temperament xususiyatla-ri asab tizimining takomillashuvi bilan bog`liqtarzda ro`yobga chiqa boradi va mazkur jarayon temperament rivojini uzil-kesil hal qiladi.
Shuni ta`kidlash o`rinliki, temperamentni faoliyat talablariga moslashtirish (muvofikdashtirish) imkoniyati mavjuddir. Chunki har qanday faoliyat psixik jarayonlari dinamikasiga muayyan talablar tizimini qo`yadi. Chunonchi: 1) kasb-hunarlarning insonlar tempera-mentiga mos turini tanlash kerak, chunki ularning psixik xususiyat-lariga mutanosib kasbni tanlash professional tanlash deyiladi; 2) shaxslarning individual xususiyatlarini hisobga olish joiz; 3) tem-peramentga xos kamchiliklarni (salbiy illatlarni) bartaraf etish lozim; 4) insonlarda individual uslubni shakllantirish zarur. Shaxsning faoliyatiga ongli, faol va ijodiy munosabatda bo`lishi muvaffaqiyatlar garovidir.
Faoliyatning individual uslubi insonda o`zidan o`zi vujudga kel-maydi, u shaxs kamolotining barcha bosqichlarida (bog`cha yoshidan e`ti-boran to kasbiy mahorat egallangunga qadar) shakllanib boradi. Insonningtemperamentini faoliyatningzarurtalablariga moslash-tirish orqali unda individual uslub tarkib toptiriladi. Xuddi shu boisdan, faoliyatning individual uslubi deyilganida, shaxs uchun o`ziga xos va muvaffaqiyatga erishishning maqsadga muvofiq yo`llari individual tizimi tushuniladi. tutishida o`z ifodasini topadi. Shu bilan birga xarakterning xis-lati hisoblanmish mehnatsevarlik: a) mehnat insonlarga rohat tuy-g`usi keltirishida, ishsizlikda afsus chekishida; b) atrof-muhitdagi narsalarga diqqatini chalg`itmay, vaqtni behuda sarflamay, vujudi bilan vijdonan mehnat qilishida ro`yebga chiqadi.
3. Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari nafaqat uning munosabatlariga aloqador, balki insonning iroda-viy, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlari-ning individual xususiyatlariga ham bog`likdir. Chunonchi, mehnatda ko`zga tashlanadigan tirishqoklik, puxtalik mehnatga nisbatan ijo-biy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa omillarga: a) diqqatningto`planishiga (markazlashuviga), b) harakatlarninganiq-ligi, maqsadga yo`nalganligi, v) irodaviy zo`r berishga, g) usullar mahsuldorligiga, d) aklning tiyrakligiga bog`liq. Xarakterning akliy, hissiy, irodaviy xislatlariga ajratishni harakat usullari-dan hamda xilma-xil ruhiy jarayonlarning ustuvorlik qiluvchi ta`-siridan kelib chiqqan holda amalga oshirish mumkin.
Xarakter xislatlari shaxsni muayyan faoliyatga undovchi omil si-fatida maydonga chiqishi mumkin. Ma`lumki, xarakterning aksari-yat xislatlari shaxsning xatti-harakatlari muvaffaqiyatini belgi-lovchi turtki va faol mayllar bo`lib hisoblanadi. Odatda, shaxslar o`zaro o`xshash sharoitlarda bir xil motivlar va munosabatlarga asos-lanib, aniq maqsadga intilib, maqsadga erishishga mutanosib hara-kat usullariga nisbatan moyillikni namoyon etadilar. Moyillik-lar negizida xarakter xislatlarining undovchanlik kuchi vujudga keladi va uning ta`siri tufayli inson tabiiy sharoitga zid, maq-sadga nomuvofiq harakat usullaridan foydalanadi.
Shaxs ba`zida o`z xarakter xislatidan afsuslanadi, lekin bosh-qacha harakatni amalga oshirishni uddasidan chiqmaydi. Xorijiy psi-xologlarning tasdiklashicha, ayrim insonlar faoliyatida muvaffa-qiyatsizlikdan xavsirashga qaraganda, ular o`z yutuklarini yuksakroq qadrlaydilar va yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyatsizlik ular uchun halokatli hodisa emas, shuning uchun «tavakkalchilik»ka qo`l urishida davom etaveradilar. Boshqa toifadagi odamlar muvaffaqiyatsizlik-dan cho`chiydilar, o`ta ehtiyotkor bo`ladilar, qiyinchilikdan yuz o`gira-di, yengil ishga qo`l urishni lozim topadilar.
Maqsadga nomuvofiq, lekin shaxs uchun o`ziga xos harakat usulla-rini tanlashga moyillik kuchli irodaviy zo`r berish sharoitlarida, jiddiylik (zo`riqish) vaziyatlarida yorqin aks etadi. Inson uchun o`ziga xos harakat usuli favquloddagi sharoitda maqsadga muvofiq kelsa, u holda o`z xislatiga nomuvofiq, bir xil yo`sindagi usullaridan foy-dalanishga qaraganda ko`p kuch-quvvat, qat`iylik, ishchanlik namo-yish qilinishni ma`qul topadi. Mabodo xarakter xislatlari tabiiy (obyektiv) sharoit talabiga qarshi harakat qilishga undasa, uning xislatlari o`ziga xalaqit va pand beradi. Xarakter xislatlari sharo-it, vaziyat talablariga muvofiq tushsa, u holda bunda shaxs ijobiy faoliyat ko`rsatadi, butun kuch-quvvatini jamlab harakat qilishga imkon tug`iladi.
Shunday qilib, xarakat xislatlari shaxsni muayyan yo`sinda inti-lishiga, ba`zida sharoitga zid harakat qilishga undash bilan birga, ular murakkab vaziyatlarda yorqin ro`yobga chiqadilar. Haqqoniylik, dadillik, to`g`rilik shaxsni noxush kechinmalarga olib kelishiga qaramay, uni davralarda haqiqatni tik aytishga undaydi, sobitqadam-likni shakllantirishga xizmat qiladi.
Xarakterning fiziologik asoslari
Xarakter xislatlari kelib chiqishining muhim fiziologik sha-roitlaridan biri - xarakter xususiyatlarining fiziologik hamda psixologik jihatdan ifodalanishi o`rtasidagi o`xshashlik bo`yicha tax-miniy xulosa chiqarishdir. Ma`lumki, I. P. Pavlov ilmiy maktabi materiallarida e`tirof etilishicha, laboratoriya sharoitida ovqat-lanish orqali, shuningdek, teriga elektr toki bilan ta`sir qilish tufayli mustahkamlashda aynan bir hayvonda bir xil shartli qo`zg`ov-chiga javoban ikki xil dinamik stereotiplar hosil bo`lishi mumkin. Harakat stereotiplar va so`lak ajratishdan iborat ijobiy va tomoz-lanish shartli reaksiyalari bilan javob qaytaradi. Teriga elektr toki bilan ta`sir qilish sharoitida esa qo`zg`ovchilarning o`ziga mu-dofaa harakatlari stereotiplari reaksiyasi bilan javob beradi. Bu hodisalar negizida yotgan fiziologik mexanizm ko`chirish mexanizmi deyiladi. Ko`chirish mexanizmining mohiyati shuki, sharoitga bog`liq tarzda markaziy asab tizimida har xil funksional holat paydo bo`la-Di, chunonchi, ovqatlanishda ovqatlanishning markazlarida kuchli Qo`zg`alish yuzaga keladi va bunday ovqatlanish bilan bog`liq domi-nanta tug`iladi. Teriga elektr toki bilan ta`sir qilishda mudofaa bilan bog`liq harakat markazlari kuchli qo`zg`alishi tufayli muhofa-za (mudofaa) dominantasi vujudga keladi.
Hayvonlardagi mazkur hodisalarning shaxs xarakterining xislat-lari namoyon bo`lishi bilan o`xshashligi mavjud: 1) ular hayvonlar va odamlar uchun stereotip xususiyatga ega; 2) sharoitga bog`liqholda odam-larda va hayvonlarda bir qo`zg`ovchiga javoban xilma-xil stereotip xususiyatli reaksiyalartizimi vujudga keladi; 3) funksional holat-lar har ikkalasida ham barqaror va doimiy xususiyat kasb etadi. Funksional holatlar hosil bo`lishining tashqi omillariga asoslanib; xarakter xislatlari shakllantirishning fiziologik sharoit-laridan biri ko`chish mexanizmi asosida dinamik stereotiplarning vujudga kelishidir.
Xarakter xislatlarining dinamik stereotiplarga bog`liq asab tizimining shartli reflektor funksional holati shaxsning sharo-itga nisbatan turlicha munosabatiga bog`liqdir. Masalan, tajribaga nisbatan tekshiriluvchi munosabati o`zgartirilsa, unda nerv jarayon-larining qo`zg`aluvchanligi, harakatchanligi, to`xtalishi kuchayadi, de-mak asab tizimining funksional holati o`zgaradi. Shunday qilib, xarakter xislatlarining asosi ko`chish mexanizmi insonlarda hay-vonlarnikidan keskin tafovutlanadi, chunki unda ikkinchi signal tizimi nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xarakter xislatlarining namoyon bo`lishi bilan asabtizimi qiyos-lansa, u holda birinchisining ro`yobga chiqishi o`zgacha fiziologik sharoitga asoslanishini ko`rish mumkin. Sobiq sovet psixologiyasi-da ta`kidlanishicha, asab tizimi umumiy tipining zid xususiyatlari psixologik jihatdan zid harakat usullariga mos tushadi. B. M. Tep-lov, V. S. Merlin, YE. A. Klimovlarningtadqiqotlarida, o`qish, sport va mehnat faoliyatlarida harakat usullarining individual farkla-ri aiiklangan. Xuddi shu bois xarakter xislatlari paydo bo`lish-ning o`zgacha fiziologik sharoiti asab tizimi umumiy tipining xu-susiyatlari hisoblanadi. Ma`lumki, asab tizimining umumiy tipi - bu temperamentning fiziologik asosi hamdir. Shuning uchun tem-perament tipi xarakterning individual o`ziga xos xislatlarining ro`yobga chiqishidagi muhim psixologik sharoitlardan biri bo`lib hisoblanadi. I. P. Pavlov tajribasining ko`rsatishicha, muayyan ti-zimda tashqi ta`sir hukm surganda asab tizimi umumiy tipining xususiyatlariga taalluqli dinamik stereotipning shakllanishiga qulaylik vujudga keltirishi yoki, aksincha, xalaqit berishi mumkin.
Xarakter tuzilishi va xususiyatlari
Shaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig`indisidan iborat emas, balki o`zaro bir-biriga bog`liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qis-mida xabardor bo`lishlik notanishlarni tashxis qilish imkoniyati-ni yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma`lum bo`lsa, uning dili (ko`ngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin yoki inson kamtar, mo`min, yuvosh xususiyatli bo`lsa, albatta u ko`ngilchan ekanligi ko`nglimizga keladi.
Odatda, psixik xususiyatlarning o`zaro bog`liq tizimi simptomo-komplekslar (omillar) deyiladi. «Simptom» yunoncha 5utrYuta -belgi, mos tushish, «kompleks» lotincha, aloqa, majmua degan ma`no anglatadi. Misol uchun, qarama-qarshi simptomokomplekslar haqida mulohaza yuritilsa, u holda insonlarda bu tizim o`ziga ishonish, o`zi-dan mag`rurlanish, maqtanchoqlik, o`zbilarmonlik, urishqoqlik, kek saklash kabilar birikmasida yuzaga keladi. Boshqa toifadagi shaxs-lar o`zlarining kamtarinligi, ko`ngilchanligi, iltifotliligi, dil-kashligi, haqqoniyligi bilan ajralib turadilar. Voqelikka shaxs-ning bir xil munosabati xarakter xislatlarining o`zaro bir-biriga bog`likligini bildiradi.
Shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakter xislatlarini to`rtta tizimga ajratish qonuniy holatga aylangan:
Jamoaga (guruhga) va ba`zi bir insonlarga nisbatan munosa-batni ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik va boshqalar.
Mehnatga nisbatan munosabatlarni mujassamlashtiruvchi xusu-siyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas`uliyatlilik, mas`uliyatsizlik kabilar.
Narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar: ozodalik, ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo.
Shaxsning o`ziga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi xis-latlar: izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag`rurlik, takabburlik, dimog`dorlik, kamtarinlik, samimiylik va boshqalar.
Shartli ravishda qabul qilingan «shaxs va atrof-muhitdagi insonlar» simptomokompleksi tarkibiga nafaqat boshqa shaxslarga nisbatan munosabatlar, balki o`ziga qaratilgan munosabatlarni mu-jassamlashtiruvchi xislatlar ham kiradi, chunonchi, o`ziga ishonch, o`zbi-larmonlik, o`ziga bino qo`yish, maqtanchoqlik yoki aksincha, xususiyat-lar shular jumlasidandir. Shunday qilib, ««shaxs va atrof-muhit-Dagi insonlar» degan shartli nom berilgan xislatlar tizimi o`zga kishilarga, jamoa (guruh) a`zolariga va o`ziga nisbatan munosabat-larni ifodalovchi xususiyatlarni birlashtiradi. Turlicha munosabat-lar o`zaro bir-biriga bog`langan tarzda muayyan tizimni tashkil qiladi, natijada «Men-Biz» munosabati o`zaro o`rin almashtiribturadi, ya`ni Uziga qaratilgan munosabat guruhiy xususiyat kasb etadi.
Shuning uchun shaxsning turlicha munosabatlari o`zaro bog`likligi Uning xarakteri tuzilishi xususiyatlari bilan uyg`unlashib ketadi. Umumiy va xususiy munosabatlar xarakter xislatlari bilan bir-lashgan holda muayyan ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu boisdan inson-ning xarakteri nisbatan butun, yaxlit xususiyatga ega. Shaxs munosa-batlarining kelib chiqishiga asoslanib, ular markaziy (asosiy) va ularga tobe, hosilaviy munosabatlarga ajratiladi. Shaxsning mar-kaziy (asosiy) munosabatlari ijtimoiy munosabatlar bilan belgi-langanligi tufayli bunday munosabatlar hamisha ijtimoiy-tipik xususiyatga egadir. Masalan, ijobiy xislatlar mujassamlashgan shax-sning asosiy munosabatlari o`zga odamlarga, jamoa (guruh)ga nisba-tan munosabatlarida ifodalanadi. Shunday qilib, xarakter xislat-larining individual o`ziga xosligi, betakrorligiga qaramay, uning tuzilishi negizida hamma vaqt shaxsning ijtimoiy-tipik markaziy (asosiy) munosabatlari yotadi.
Xarakterning tuzilishi qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda muhim tarbiyaviy xulosalar chiqarish mumkin. Xarakter xislatlari-ning ba`zi nuqsonlarini (qo`pollik va yolg`onchilikni) bartaraf qilish, uning ijobiy xususiyatlarini (xushfe`llik va haqqoniylik-ni) shakllantirish muddaosi rejalashtirilgan dasturda amalga oshi-rib bo`lmaydi. Chunki insonlarga nisbatan to`g`ri munosabatni tar-kib toptirmay turib, illatga qarshi kurashib, ijobiy fazilatni shakllantira olmaymiz. Shu narsa ma`lumki, shaxsda o`zaro bir-bi-riga bog`liq xususiyatlarning yaxlit bir tizimini qaror toptirish mumkin, xolos. Mazkur jarayonda xususiyatlar tizimini shakllanti-rishning muhim shartlaridan biri — bu shaxsning markaziy (asosiy) munosabatlarini tarkib toptirishdan iboratdir.
Shaxs xarakterining yaxlitligi, bus-butunligi mutlaq narsa emas albatta, chunki insonning asosiy munosabatlaridan biri boshqa barcha munosabatlarni to`la belgilay olgandagina xarakter mutlaq xususiyat kasb etadi. Lekin shaxsning munosabatlari ijtimoiy munosabatla-rining aks ettirilishidan iboratligi tufayli uning munosabatla-ri bilan xarakter xislatlari o`rtasida ziddiyat hukm suradi. Bundan xulosaga kelgan holda shaxsning xarakteri nisbiy jihatdan yaxlit-dir, deyishimiz mumkin, biroquning bir butunligi ham individu-al, o`zigi xos xususiyatga egadir. Yaxlitlik nuqgai nazaridan qaragan-da, turli qarama-qarshi xususiyatli shaxslar qarshiliklar oqibatida harakatlarda va inson hulqida shunday holat hosil bo`ladi va ijti-moiy-axloqiy me`yorlarni buzishini yuzaga keltiradi. Bunday vazi-yatlarda harakatdagi kamchiliklar bilan kurashishning asosiy yo`li — bu shaxs xarakteridagi qarama-qarshiliklarni yengishga o`rganish-dir. Xarakterning tuzilishi ba`zi xislatlarining o`zaro bog`likligi bilan emas, balki uning yaxlitligiga mutanosib xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Xarakter tuzilishining qatoriga ularning chuqurlik darajasi kiradi va shaxsning asosiy munosabatlari bilan belgila-nadi. Insonning boshqa odamlarga, jamoaga, mehnatga nisbatan fi-doiy munosabatda bo`lishida belgilanuvchi xususiyatlar chuqurroq xu-susiyatlar deyiladi. Mazkur mezonga qarab shaxslarning farqlani-shini yuzaki tasavvur qilmaslik kerak, chunki insonga beriladigan tavsifnoma simtomokomplekslarni ta`kidlab o`tishi bilan cheklan-masligi lozim. Aks holda shaxsning psixologik qiyofasining tav-sifnomasi: birinchidan, simtomokomplekslarni chuqurroq joylash-tirishni, ikkinchidan, muayyan darajada chuqurroq mujassamlashti-rishni, uchinchidan, bir oz yuzakiroqtizimni ajratishni taqozo qiladi.
Xarakter tuzilishi xususiyatlari jumlasiga faollik yoki xarak-ter kuchi kiritiladi va shunga asosan insonlar kuchli hamda kuchsiz xarakter turlariga ajratiladi. Shuningdek, xarakter tuzilishi xu-susiyatlari tarkibiga uning barqarorlik va o`zgaruvchanlik darajasi ham kiritilgandir. Xarakterning barqarorligi ham, o`zgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zaruriy shartlaridan hisoblanadi. Shaxsning xarakter xususiyatlari turlicha turmush sharoitlarida, qar-shilik qiluvchi vaziyatga uchrashiga qaramay, uning xatti-harakatla-rini boshqaradi. Shu boisdan inson tashqi vaziyatga bog`liq bo`libgi-na qolmasdan, balki tashqi vaziyatni uning shaxsan o`zi yaratadi, shu-ningdek, maqsadga muvofiqlashtiradi.
Bundan tashqari, shaxsning turmushdaga zaruriy sharoitlaridan biri — bu xarakterning muayyan darajada plastikligidir. Xarakter-ning plastikligi ikki xil ma`no kasb etadi. Xarakterning plas-tikligi uning barqarorligi singari muhitga faol ta`sir o`tkazish-ning shartlaridan hisoblanadi. Ish-amallari maqsadga muvofiq va foydali kechishi uchun ular o`zgaruvchan tashqi sharoitga moslashish-lari lozim. Xarakterning plastikligi, mustahkamligi uni shakl-lantirishining zaruriy sharti sanaladi. Xarakterning barqarorli-gi, plastikligi o`ziga xos individual xususiyatga ega bo`lib, uni tuzi-lishining xislati sifatida mujassamlashadi.
Xarakter xususiyatlarining kuchi va barqarorliligi markaziy ti-zimga bog`liqligiga binoan muayyan darajada shaxs munosabatlari-ning mazmuni bilan belgilanadi. Biroq ular munosabatlar mazmu-niga bog`liqligiga qaramay, ba`zan yuzaki xususiyatga ham ega bo`ladi-lar.
Xarakterning tarkib topishi
Psixologiyada irsiyat bilan xarakterining munosabati to`g`risida xilma-xil qarashlar mavjuddir (Krechmer, SHeldon va boshqalar). Ak-sariyat psixologlarning e`tirof etishlaricha, organizmning nasliy xususiyatlari xarakter xislatlarining paydo bo`lishidagi shartlari-dan biri hisoblanadi, xolos. Ma`lumki xarakter xususiyatlari irsi-yatning biologik qonuniyatlari bilan emas, balki ijtimoiy qonuni-yatlar bilan tavsiflanadi. Ushbu masalani irsiyatga bog`lab tushunti-rishi gomozigot egizaklarni o`rganish orqali inkor qilinadi, chunki ularning nasliy xususiyatlari aynan bir xildir. Ular temperament xususiyatlari bo`yicha tubdan o`xshash bo`lsalar-da, lekin xarakter xis-latlariga ko`ra bir-biridan ksskin farq qiladilar. Shuning uchun xarakterning shaxs turmush sharoitiga bog`liqligini: a) uning fizio-logik asosi ham, b) tashqi taassurotlar tizimi tufayli vujudga kela-digan shartli reflektor funksional holati ham tasdikdaydi.
Xarakter tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta`sirida amalga oshadi. Xarakterning har bir xislati shaxs munosabatlariga bog`liq bo`lsa, ular o`z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Nasliy xususiyatlari bir xil egizaklarda turlicha ijtimoiy muhitda har xil xarakter xislatlari shakllanadi. Shu sababdan ijtimoiy tuzum-ni tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy tipik xususiyatlarigina emas, balki xarakterning individual xusu-siyatlari (xislatlari) tarkib topishiga ham katta ta`sir o`tkazadi. Ijtimoiy munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog`liqtarzda, oila-da, bolalar va mehnat jamoalarida xayrixohlik, o`rtokdik, o`zaro yordam-lashish, hamkorlik, yoki aksincha, johillik, zolimlik, badjahllik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa boshlaydi. Oilaviy muhit, un-dagi shaxslararo munosabatlar, farzandlarning mikdori, yoshidagi far-qi, nizoli vaziyatlar ko`rinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning o`ziga xos xususiyatlari shakllanadi. Bolalar bog`chasida-gi, maktabdagi shaxslararo munosabatlar ham xarakterning mahsus xis-latlarini tarkib toptiradi. Mehnat jamoalarida, norasmiy guruh-larda ham xarakter xususiyatlarida sezilarli o`zgarishlar yuzaga kela-di. Ilk yoshlik davrida shakllangan xarakter xislatlari nihoyat dara-jada barqaror bo`lib, ularga ayrim o`zgarishlar kiritish juda qiyin kechadi. Shaxsda mayllarning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bog`liqholda tarkib topgan munosabatlar o`zining mustahkamligi bilan ajralibturadi. Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqaror-ligi, doimiyligi ko`p jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik darajasiga bog`liq. Insonning haqqoniylik, mehnatsevarlik xislatlari tasodifiy tarkib topmagan bo`lib, uning ongli qarashlariga, ishonch aqidalariga mos tushsa, u holda har qanday qiyin holatlarda ham namoyon bo`laveradi. Mamlakatimiz fuqarolari xarakterining kuchi va mustahkamligi ularning istiqlol nashidasidadir va vatanparvar-lik yuksak his-tuyg`usidadir. Shunday qilib, psixikaning individu-al sifat xususiyatlari shaxsning ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo`shilgan taqdirdagina xarakter xislatlarini belgilash, tavsif-lash imkoniyati vujudga keladi. Psixikaning individual xususiyatla-ri orasida temperament xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki xarakter bilan temperamentning o`zaro munosabati ularning fizio-logik asoslari bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon bo`lib, aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida ke-chishi dinamik xususiyat deyiladi. Xarakter xislatlarining dinamik xususiyati temperament xususiyatlariga bog`likdir. Ana shu holatga mu-vofiq ravishda temperament xususiyatlari ham, xarakterning ma`lum xislatlarining vakt davomida tashqi namoyon bo`lishi ham tempera-ment tipiga bog`liq.
Taraqqiyot va tarbiyaning ijtimoiy sharoitlari hamda ularning psixikaning irsiy individual xususiyatlari bilan o`zaro munosaba-ti xarakter xislatlarini to`g`ridan-to`g`ri tavsiflamaydi, balki shaxs-ning faoliyati orqali belgilaydi. Uning faoliyatiga taalluqli ay-nan bir xil ijtimoiy sharoitda ham xuddi shu bir xil irsiy xususi-yatlaridan turli xarakter xislatlari shakllanadi. Xuddi shu boisdan xarakterning rivojlanishi shaxsning faol faoliyati jarayonida uning xatti-harakatlariga bog`liq tarzda amalga oshadi. Xarakterning tar-kib topishida faol faoliyatning roli shundaki, xuddi shu faol fa-oliyatida xarakterning ifodalaydigan harakatning individual o`ziga xos usullari tarkib topadi. Harakat usullarining avtomatlashuvi muayyan dinamik stereotip hosil qilinishi bilan bog`liq shartli reflektor funksional holatning mahsulasidir. Avtomatlashuvining bir necha turdagi psixologik mexanizmlari mavjud bo`lib, ulardan biri — bu odatlardir. Xarakter xislatlari tarkib tonishining mu-him shartlaridan biri — bu xislatlarni zaruriy xatti-harakatlarda chidam bilan mashq qilishdan iboratdir.
Xarakterning tarkib topishida takdidchanlikning roli katta bo`lib, harakat usullari avtomatlashuvining bosh manbai hisoblana-di. Tarkib topish jarayonida takdidchanlikning ahamiyati ko`p ji-hatdan ifodali xatti-harakatlarning shaxs emotsional (hissiy) ke-chinmalariga ta`siri bilan belgilanadi. Takdidchanlik xatti-hara-kat namunasiga takdid qilish uchun mo`ljallangan shaxs munosabatlari tomonidan motivlashtirilgandagina xarakter xislatlari shakl-lantirishning shartiga aylanadi.
Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit obyek-tiv va subyektiv mayllik tarzidagi ko`rsatma berish (ustanovka) psi-xologik mexanizm negizida yuzaga kelgan avtomatlashish muhim ahami-yat kasb etadi. Ko`rsatma (ustanovka) odatlaridan farkli o`laroq, mu-ayyan harakatlarga tayyor turishgina bo`lib qolmay, balki bilish jara-yonlariga, hissiy va irodaviy reaksiyalarga ham tayyor turishlikdir.
Xarakterning hosil bo`lishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Xarakter faqat murakkab va keskin vaziyatlarda (sharo-itlarda) yorqin namoyon bo`libgina qolmasdan, balki mazkur holat-larda u tarkib ham topadi. Odatda, xarakter xislatlarining o`zgari-shidagi individual farklar shaxsning nizoli vaziyatlardan chiqish uchun qanday yo`l-yo`riqtopishigabog`liq, binobarin, inson sharoit-dan kelib chiqib, qanday xatti-harakatni amalga oshirishga qaror qiladi. Shunday qilib, shaxs o`zining butun hayoti va faoliyati davo-mida o`z xatti-harakatlari, odatlari bilan o`z xarakter xislatlarini o`zi yaratadi va ularni boshqarishga odatlanadi.
Inson xarakteri va shaxs kamoloti
Inson xarakterini tarkib toptirishning muhim omili tariqasi-da vaziyat (situatsiya) yetakchi rol o`ynaydi va regulyatorlik funksiya-sini bajaradi. Bizning fikrimizcha, vaziyat goho qo`shstimul, juft determinator, qo`shmexanizm sifatida uzluksiz ruhiy holatlar (qaysi muhitda bo`lishdan qat`i nazar) vujudga kelib turishini ta`minlashi mumkin. Vaziyatlar ekstremal (favqulodda), kazusli (tasodifiy), ka-zual (sababiy) kabi ko`rinishlarga ega bo`lib, ularning har qaysisi o`ziga xos xususiyatlari bilan o`zaro muayyan darajada ajralib turadi.
Ekstremal vaziyatlar yo tabiiy omillar, hodisalar ta`siri, nati-jasi mohiyatidan kelib chiqib, ofatlar, larzalar, tabiatning injiq-liklari, mo`jizalari, dahshatli kuchlari shaklida namoyon bo`lishi, vujudga kelishi, kechishi va rivojlanishidan iboratdir. Individ-ning muayyan darajada uyushgan guruh (etnik birlik)ning munosabati xarakterologik xususiyatlarning shakllanishiga zarur obyektiv va subyektiv qulay sharoitlar yaratilishiga imkon yaratadi. Vaziyatlar o`zining mohiyati bilan rasmiy yoki norasmiy guruxdar, maxsus muta-xassislar tomonidan uyushtirilishi ham mumkin (harbiy mashqpar va hokazo). Ularning aks sadosiga nisbatan javob reaksiyasi (goho ak-siya) sifatida vaziyatlarning qatnashchilari munosabati ularning xa-rakter xususiyatlarida ifodalanadi. Kutilmagan favquloddagi vazi yatlar qatoriga psixoterapevtik ta`sir o`tkazish, gipnotik holatga keltirish, ongsizlikka tushirish oqibatlarida bir yoqlama ruhiy ta`-sir o`tkazish hamda ta`sirga berilish (diada, triada, poliada) natija-sida o`ta ishonch bildirish tufayli ta`sir doirasiga kirib qolish milliy xarakterning kuchliligi yoki kuchsizligini namoyish qiladi.
Mazkur vaziyatlar qatoriga alkogolizm, narkomaniya, taksikoma-niya holatlaridan ongsiz ideomotor harakatlarga tortilganlik, inso-niy qiyofadan hayvoniy hirslarga o`tish, fikrlarni uzatishda qo`pol nuqsonlarga yo`l qo`yish, o`zini o`zi ongli ravishda boshqarish (guruhiy jipslik) imkoniyatini yo`qotish jarayonlari shular jumlasidandir.
Subyektiv maqsadni amalga oshirishga yo`naltirilgan sun`iy va-ziyatlar ham xarakterologik xislatlarni sinashda muhim obyekt si-fatida xizmat qiladi (masalan, shijoat, ehtiros, stress, affekt).
1. Kazusli (tasodifiy) vaziyatlar inson hayoti va faoliyatida alo-hida ahamiyat kasb etib, unda ishonch, qat`iyatlik, barqarorlik, musta-qillik, ta`sirga beriluvchanlik kabi xislatlar yoki illatlar ustuvor-ligi hamda barqarorligi haqida ma`lumot olishga zamin hozirlaydi.
Bunday vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi omillardan biri — bu tolerantlikning vujudga kelishi bilan neyrofiziologik, psixo-fiziologik mexanizmlardan iboratdir. Bizning ta`birimizcha, uni keltirib chiqaruvchi omillar, asosan, ikki qutbga taalluqli bo`lib, biri tasodifiy, yondosh qo`zg`atuvchilar ta`sirida yuzaga kelib, tole-rantlikka asoslanadi, ikkinchisi esa ichki qo`zg`ovchilar «reaksiya-lar» («aksiyalar») orqali ifodalanib, ko`proq subyektiv omillar mahsuli hisoblanadi, armonning har xil shakllari funksiyasini bajaradi. Omadlilik xuddi shunday ruhiy hodisalarni vujudga kel-tiradi, shaxsning (etnik birlikning, jamoaning) faollikka un-dovchi uzluksiz xatti-harakatlar qo`shstimul vazifasini muvaqqat bajarishga kirishishi mumkin. Birinchi holatda shijoat harakat-lantiruvchi mexanizm rolini bajarsa, ikkinchisida esa ushalgan ezgu niyat, ichki ruhiy g`alayon, tug`ilayotgan fikrlarning «jangi», ularning o`zaro qarama-qarshi tayanch nuqtalariga ega ekanligi hal qiluv-chi stimul funksiyasini ijro etadi. Shaxslararo munosabat negizi-dan kelib chiquvchi muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omadlilik va omadsizlik kabilarni vujudga keltiradi. Masalan, talabaning yuqori ballga erishganligi uni yanada ilhomlantiradi, kursdoshida esa ikki xil xususiyatli kechinmani yuzaga keltirib, bir tomondan xohish, ishtiyoq, ilhom, ezgulik his-tuyg`ularining kuchayishiga rlib keladi. Ikkinchi tomondan esa g`ayrilik illati individni (shaxs-ni) faollik sari yetaklaydi. ri tomonidan motivlashtirilgandagina xarakter xislatlari shakl-lantirishning shartiga aylanadi.
Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit obyek-tiv va subyektiv mayllik tarzidagi ko`rsatma berish (ustanovka) psi-xologik mexanizm negizida yuzaga kelgan avtomatlashish muhim ahami-yat kasb etadi. Ko`rsatma (ustanovka) odatlaridan farkli o`laroq, mu-ayyan harakatlarga tayyor turishgina bo`lib qolmay, balki bilish jara-yonlariga, hissiy va irodaviy reaksiyalarga ham tayyor turishlikdir.
Xarakterning hosil bo`lishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Xarakter faqat murakkab va keskin vaziyatlarda (sharo-itlarda) yorqin namoyon bo`libgina qolmasdan, balki mazkur holat-larda u tarkib ham topadi. Odatda, xarakter xislatlarining o`zgari-shidagi individual farqlar shaxsning nizoli vaziyatlardan chiqish uchun qanday yo`l-yo`riqtopishiga bog`liq, binobarin, inson sharoit-dan kelib chiqib, qanday xatti-harakatni amalga oshirishga qaror qiladi. Shunday qilib, shaxs o`zining butun hayoti va faoliyati davo-mida o`z xatti-harakatlari, odatlari bilan o`z xarakter xislatlarini o`zi yaratadi va ularni boshqarishga odatlanadi.
5. Inson xarakteri va shaxs kamoloti
Inson xarakterini tarkib toptirishning muhim omili tariqasi-da vaziyat (situatsiya) yetakchi rol o`ynaydi va regulyatorlik funksiya-sini bajaradi. Bizning fikrimizcha, vaziyat goho qo`shstimul, juft determinator, qo`shmexanizm sifatida uzluksiz ruhiy holatlar (qaysi muhitda bo`lishdan qat`i nazar) vujudga kelib turishini ta`minlashi mumkin. Vaziyatlar ekstremal (favqulodda), kazusli (tasodifiy), ka-zual (sababiy) kabi ko`rinishlarga ega bo`lib, ularning har qaysisi o`ziga xos xususiyatlari bilan o`zaro muayyan darajada ajralib turadi.
Ekstremal vaziyatlar yo tabiiy omillar, hodisalar ta`siri, nati-jasi mohiyatidan kelib chiqib, ofatlar, larzalar, tabiatning injiq-liklari, mo`jizalari, dahshatli kuchlari shaklida namoyon bo`lishi, vujudga kelishi, kechishi va rivojlanishidan iboratdir. Individ-ning muayyan darajada uyushgan guruh (etnik birlik)ning munosabati xarakterologik xususiyatlarning shakllanishiga zarur obyektiv va subyektiv qulay sharoitlar yaratilishiga imkon yaratadi. Vaziyatlar o`zining mohiyati bilan rasmiy yoki norasmiy guruhlar, maxsus muta-xassislar tomonidan uyushtirilishi ham mumkin (harbiy mashqpar va hokazo). Ularning aks sadosiga nisbatan javob reaksiyasi (goho ak-siya) sifatida vaziyatlarning qatnashchilari munosabati ularning xa-rakter xususiyatlarida ifodalanadi. Kutilmagan favquloddagi vazi yatlar qatoriga psixoterapevtik ta`sir o`tkazish, gipnotik holatga keltirish, ongsizlikka tushirish oqibatlarida bir yoqlama ruhiy ta`-sir o`tkazish hamda ta`sirga berilish (diada, triada, poliada) natija-sida o`ta ishonch bildirish tufayli ta`sir doirasiga kirib qolish milliy xarakterning kuchliligi yoki kuchsizligini namoyish qiladi.
Mazkur vaziyatlar qatoriga alkogolizm, narkomaniya, taksikoma-niya holatlaridan ongsiz ideomotor harakatlarga tortilganlik, inso-niy qiyofadan hayvoniy hirslarga o`tish, fikrlarni uzatishda qo`pol nuqsonlarga yo`l qo`yish, o`zini o`zi ongli ravishda boshqarish (guruhiy jipslik) imkoniyatini yo`qotish jarayonlari shular jumlasidandir.
Subyektiv maqsadni amalga oshirishga yo`naltirilgan sun`iy va-ziyatlar ham xarakterologik xislatlarni sinashda muhim obyekt si-fatida xizmat qiladi (masalan, shijoat, ehtiros, stress, affekt).
1. Kazusli (tasodifiy) vaziyatlar inson hayoti va faoliyatida alo-hida ahamiyat kasb etib, unda ishonch, qat`iyatlik, barqarorlik, musta-qillik, ta`sirga beriluvchanlik kabi xislatlar yoki illatlar ustuvor-ligi hamda barqarorligi haqida ma`lumot olishga zamin hozirlaydi.
Bunday vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi omillardan biri — bu tolerantlikning vujudga kelishi bilan neyrofiziologik, psixo-fiziologik mexanizmlardan iboratdir. Bizning ta`birimizcha, uni keltirib chiqaruvchi omillar, asosan, ikki qutbga taalluqli bo`lib, biri tasodifiy, yondosh qo`zg`atuvchilar ta`sirida yuzaga kelib, tole-rantlikka asoslanadi, ikkinchisi esa ichki qo`zg`ovchilar «reaksiya-lar» («aksiyalar») orqali ifodalanib, ko`proq subyektiv omillar mahsuli hisoblanadi, armonning har xil shakllari funksiyasini bajaradi. Omadlilik xuddi shunday ruhiy hodisalarni vujudga kel-tiradi, shaxsning (etnik birlikning, jamoaning) faollikka un-dovchi uzluksiz xatti-harakatlar qo`shstimul vazifasini muvaqqat bajarishga kirishishi mumkin. Birinchi holatda shijoat harakat-lantiruvchi mexanizm rolini bajarsa, ikkinchisida esa ushalgan ezgu niyat, ichki ruhiy g`alayon, tug`ilayotgan fikrlarning «jangi», ularning o`zaro qarama-qarshi tayanch nuqtalariga ega ekanligi hal qiluv-chi stimul funksiyasini ijro etadi. Shaxslararo munosabat negizi-dan kelib chiquvchi muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik, omadlilik va omadsizlik kabilarni vujudga keltiradi. Masalan, talabaning yuqori ballga erishganligi uni yanada ilhomlantiradi, kursdoshida esa ikki xil xususiyatli kechinmani yuzaga keltirib, bir tomondan xohish, ishtiyoq, ilhom, ezgulik his-tuyg`ularining kuchayishiga rlib keladi. Ikkinchi tomondan esa g`ayrilik illati individni (shaxs-ni) faollik sari yetaklaydi. 2. Kauzal (sababiy) vaziyatning paydo bo`lishi subyektiv kechinma-lar, manbalar negizi bilan uyg`unlashib, xilma-xil ehtiyojlar, mo-tivlar, egoistik yoki alturistik pozitsiyalar, tub ma`nodagi fido-iylik namunasining sababiy bog`liqliklar (determinatorlar) mah-suli ustiga quriladi. Vatanparvarlik tuyg`usi insonni (guruhni, jamoani) ijodiy izlanish sari yetaklaydi, barqaror harakatlanti-ruvchi kuchlarni vujudga keltiradi, puxta mexanizmlar uzluksizli-gini ta`minlashda ishtirok etadi. Qonuniyatlar ma`naviy jihatdan eskirishi, yangilarini ochishga intilish, muayyan nazariyalar yaratishga ishtiyoklilik tug`ilishi ham jismoniy, ham huquqiy shaxs (guruh) oldiga istiqbol maqsadlari rejalarini qo`yadi.
Ontogenezning muayyan qonuniyatlar asosida kechishini ta`minlovchi omillardan biri bu shart-sharoitlarning mavjudligidir. Yuqorida-gi tasnifga qaraganda, shart-sharoitlarni o`zining shakli, maromi, mohiyati, omilkorligi, oqilligi singari xususiyatlari bilan obyek-tiv, subyektiv, moddiy, ma`naviy turlarga ajratish mumkin:
obyektiv shart-sharoitlar tabiat qonunlari, borliqning mo`ji-zalari, bioritmika, tabiiy zaruriyatlar mavjudligini ifodalaydi;
subyektiv shart-sharoitlar shaxslilik, shaxslararo munosabat, mikro, makro va mize muhitdagi ijtimoiy psixologik, kommunika-tiv, interaktiv, perseptiv ta`sirlar hamda o`zaro ta`sirlarning muayyan maromlariga rioya qilishligi bilan tavsiflanadi;
moddiy shart-sharoitlar inson kamoloti uchun eng zarur ashyo-lar, vositalar, jismlar, qurollar bilan ta`minlangandagina maqsadga muvofiq individual yoki hamkorlik xatti-harakatlari amaliyotda qaror topishi mumkin.

O`quv uslubiy adabiyotlar ro`yxati:




  1. Download 89.04 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling