Reja: Temperatura haqida tushuncha. Bosim o’lchash asboblari konstruksiyasi va ishlash pirinsipi. Suyuqlik va gazlarni modda miqdori va sarfini o’lchovchi asboblar haqida tushuncha. Suyuqlik sathini o’lchovchi asboblar kostruktiv tuzilishi va ishlash
BOSIM FARQLARI O‘ZGARMAS SARF O‘LCHAGICHLAR
Download 1.65 Mb.
|
xisob
BOSIM FARQLARI O‘ZGARMAS SARF O‘LCHAGICHLAR
7-rasm.Qalqovichli rotametr sxemasi Pastdan yuqoriga o‘tishida konussimon naycha ichiga joylashgan qalqovichning vertikal (tik) siljish holatiga asoslangan. Qalqovichning holati o‘zgarishi bilan qalqovich va konussimon naycha devorlari orasidagi o‘tish kesimi o‘zgaradi, natijada o‘tish kesimidagi o‘lchanayotgan modda oqimining tezligi ham o‘zgaradi. Berilgan muhitning har bir sarf kattaligiga qaloqovichnnng muayyan holati moc keladi. Rotametrlar bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega: rotametrlarning shkalalari teng bo‘linmali bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan sarflarni o‘lchashga imkon beradi; bosimning yo‘qolishi kichik va u sarf kattaligiga bog‘liq emas; rotametrlarning o‘lchash chegarasi katta. Asbobning o‘lchash qismi vertikal tik joylashgan konussimon naycha 1 va qalqovich 2 dan iborat. Konussimon naychadagi halqaning kesim yuzi balandlikka mutanosib o‘zgaradi. Pastdan yuqoriga o‘tadigan suyuqlik yoki gaz oqimi tomonidan qalqovichga ko‘rsatiladigan kuchlar muvozanatlashguncha uni yuqoriga ko‘taradi. Kuchlar muvozanatlashganda qalqovich ma’lum balandlikda to‘xtaydi, bu esa sarf miqdorini ko‘rsatadi. Qalqovichning ish holatidagi, ya’ni o‘lchanayotgan muhitga batamom cho‘kkan paytidagi og‘irligi
Bu holda qalqovichning og‘irlik kuchi pastga qaratilgan. Qalqovichning og‘irligi yuqoriga yo‘nalgan oqim kuchi bilan muvozanatlashadi: S=(P1-P2)·f0
Qalqovichning muhit o‘zgarmas oqimiga mos bo‘lgan muvozanat xolatidagi og‘irlik kuchi va itaruvchi kuch o‘rtasidagi tenglik quyidagicha:. Vq(jq-j)=(P1-P2)·f0 Bu holda ishqalanish kuchi e’tiborga olinmaydi; tenglama asosida qalqovichdagi bosimlar farqi P1 − P2 = ∆P = Vк( jк− j) ∆R — bosimlar farqi, Pa. tenglama bosimlar farqining qalqovich hajmiga, kesim yuziga, qalqovich va muhitning solishtirma og‘irliklariga, ya’ni o‘lchash jarayonida o‘zgarmaydigan kattaliklarga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Demak, sarf o‘lchanayotgandagi bosimlar farqi o‘zgarmas. v = 2g ⋅Vк( jк− j) Oqimning halqa oralig‘idagi tezligi va uning yuzasi ma’lum bo‘lgach, o‘lchanayotgan muhitning hajmiy sarfini aniqlash mumkin: Qх= a ⋅f 2g ⋅Vк( jк− j)j ⋅f 0 bu erda, Qx — o‘lchanayotgan muhitning hajmiy sarfi, m3/soat; a — sarf koeffisienti, bu tajribada olingan katalik bo‘lib, suyuqlikning kalqovichga ishqalanish ta’sirini, muhit uyurmasi hosil bulgandagi bosim yo‘qolishini nazarda tutadi. Ildiz ostidagi kattaliklar o‘zgarmas bo‘lgani uchun ularni K koeffisient bilan almashtirish mumkin: Unda
Qh=a·F·K Bu bog‘lanish chiziqli bo‘lgani sababli rotametrning shkalasi teng bo‘linmali bo‘ladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling