11 – rasm.Ovalsimon shesternyali hisoblagich sxemasi
SHesternyalar oqimning kirishiga ko‘ra bir-birini ketma-ket harakatga keltiradi. Ular aylanganda shesternya ovali va o‘lchash kamerasi devori bilan cheklangan suyuqlikning muayyan hajmi chiqarib yuboriladi. SHesternyaning bir marta to‘liq aylanishiga hisoblagich o‘lchov kamerasining hajmi yig‘indisiga teng bo‘lgan to‘rtta ma’lum hajmdagi suyuqlik oqib o‘tadi. Hisoblagichdan o‘tgan suyuqlik miqdori shesternyaning aylanishlar soniga ko‘ra aniqlanadi. I holatda (4.11rasm) suyuqlik o‘ng shesternyani soat strelkasi harakfti yo‘nalishida aylantiradi, o‘ng shesternya esa o‘z navbatida chap shesternyani soat strelkasi harakati yo‘nalishiga qarshi aylantiradi. Bu holatda o‘ng shesternya suyuqlikning 1-qismini chiqarib tashlaydi. II holatda shesternya suyuqlikning yangi 2-qismini chiqaradi. O‘ng shesternya esa avval chiqarilgan 1-hajmni hisoblagichning chiqishiga uzatadi. Ish paytida aylantiruvchi moment ikkala shesternyaga ham ta’sir qiladi. III holatda chap shesternya etaklovchi bo‘lib, suyuqlikning 2-hajmini chiqaradi. IV holatda o‘ng shesternya 3-hajmni chiqarishni tamomlaydi, chap shesternya esa 2-hajmni hisoblagichga kiritadi. V holatda 3-hajm batamom chiqariladi, ikkala shesternya ham yarim aylanishni bajarib o‘ng shesternya yana etaklovchi bo‘lib qoladi. SHesternyalar aylanishining ikkinchi yarimi yuqoridagidek o‘tadi. Suyuqlikning hajmi shesternyalar aylanishiga mos.
Ovalsimon shesternyali suyuqlik hisoblagichlari 0,8...36 m3/soat chegaradagi o‘lchashlarni ta’minlaydi. SHartli o‘tish diametrlari 15...80 mm, asbobning xatosi ±0,5%, ish bosim 1,57 mPa (16 kgk/sm2). Hisoblagich ishlashida quvurdagi bosimning yo‘qotilishi taxminan 0,02 MPa (0,2 kgk/sm2).
Gazsimon moddalar miqdorini o‘lchash uchun diafragmali, rotasion va barabanli hisoblagichlar keng qo‘llaniladi. 4.12 rasmda GKF turidagi diafragmali hisoblagich sxemasi ko‘rsatilgan.
Diafragma 1 bilan bo‘lingan hisoblagichning ikki kamerasi (I va II) ma’lum sikl bo‘yicha gazga to‘lib va bo‘shab turadi. Bu kameralar richag 6 orqali klapanlar 3—4 bilan bog‘langan bo‘lib, yuqorigi
klapanlar berkilganda gaz I kameraga, pastki klapanlar
Do'stlaringiz bilan baham: |