14– rasm. Spiralsimon parrakli suyuqlik hisoblagichi.
Parraklarning shakliga ko‘ra tezlik hisoblagichlari ikki guruhga bo‘linadi: spiralsimon va qanotli.
Spiralsimon parraklar o‘lchanayotgan oqimga nisbatan parrallel, qanotli parraklar esa oqim o‘qiga perpendikulyar joylashadi. Spiralsimon parrakli tezlik hisoblagichlari ko‘p miqdordagi suv sarfini o‘lchashda ishlatiladi. 4.14- rasmda spiralsimon (gorizontal) parrakli suv hisoblagich ko‘rsatilgan. Suyuqlik oqimi asbobning korpusiga kelib, sharra to‘g‘rilagich 5 orqali ko‘p kirimli vint shaklida ishlangan parrak kurakchalari 2 ga yo‘naladi. Parrakning aylanishi chervyakli juft 6 va uzatish mexanizmi 3 orqali hisoblash mexanizmi 4 ga uzatiladi.
Bu hisoblagichlar 50...200 mm shartli o‘tishga mo‘ljallanib, sarfini 70...1700 m3/soat va ±2...3% xato bilan o‘lchaydi. Muhitning bosimi 0,98 mPa (10 kgk/sm2) dan oshmasligi kerak.
Suyuqlikni parrakka uzatish usuliga ko‘ra qanotli hisoblagichlar bir sharrali va ko‘p sharrali bo‘ladi.
-rasmda bir sharrali (a) va ko‘p sharrali (b) hisoblagichlar sxemasi ko‘satilgan. Bu hisoblagichlarda suyuqlik asbobning parraklariga tangensial ravishda yo‘naltiriladi. Parrakli hisoblagichlar agressiv bo‘lmagan oqimda ishlasa va oqim harorati 30°S dan oshmasa, ularning parragi plast-massadan tayyorlanadi. Oqim harorati 90°S dan yuqori bo‘lsa, parraklar jezdan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |