Reja: Temperatura haqida tushuncha. Bosim o’lchash asboblari konstruksiyasi va ishlash pirinsipi. Suyuqlik va gazlarni modda miqdori va sarfini o’lchovchi asboblar haqida tushuncha. Suyuqlik sathini o’lchovchi asboblar kostruktiv tuzilishi va ishlash


– rasm. DEDVU tenzorezistorli o‘zgartkichning sxemasi


Download 1.65 Mb.
bet12/27
Sana09.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#262807
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
xisob

16 – rasm. DEDVU tenzorezistorli o‘zgartkichning sxemasi: a – tuzilishi;

b – ishlash prinsipi.

Korpus 1 da elastik element 2 o‘rnatilgan bo‘lib, u asos 8 va sferik tovon 5 li silindrik ustunchadan iborat. 1 Elastik elementning ishchi qismida tenzorezistorlar 3 yopishtirilgan. Kuchni elastik elementga uzatish uchun sferik tovon 5 xizmat qiladi. Korpusning chuqurligida moslashtiruvchi rezistorlari bo‘lan montaj plita 6 joylashtirilgan bo‘lib, ularning chiqarish o‘tkazgichlari (simlari) rozetka vilkasi bilan tutashtirilgan. Elastik element yuqori tomondan diafragma 4 bilan, past tomondan qopqoq 7 bilan yopilgan, ular o‘zgartkichning ichki hajmining germetikligini ta’minlaydi.

O‘zgartkichning ishlash prinsipi tenzorezistorlarning deformasiyasi vaqtida ularning elektr qarshiligini o‘zgartirishga asoslangan.

R1-R4 tenzorezistorlar (-racm, b ga qarang) kompensasiyalovchi R9 va R10 rezistorlar bilan birga ko‘prik hosil qilib, uning bir diagonaliga manba kuchlanishi (12 V o‘zgarmas tok) ulangan, ikkinchisidan esa chiqish signali olinadi (24 mV gacha chegarada). O‘lchanayotgan kuch ta’sirida R1— R4 tenzorezistorlar deformasiyalanib, ko‘prikning balansini buzadi, uning o‘lchovchi ab diagonalida o‘lchanayotgan kuchga mutanosib kuchlanish paydo bo‘ladi.

Yuklangan o‘zgartkichning chiqish signali qiymatini moslash uchun R5, R6, R7 (R7 — mis rezistor) rezistorlar, boshlang‘ich signalni moslashtirish uchun esa R9, R10 rezistorlar xizmat qiladi. R8 rezistor o‘zgartkichning kirish qarshiligini moslash uchun muljallangan. O‘zgartkichning aniqlik sinfi 0,5.

DST turidagi kuch o‘lchovchi tenzorezistorli datchiklar uzluksiz ishlovchi torozilar va dozatorlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. DST datchiklari konstrukiiyasining asosi tenzorezistorlar yopishtirilgan elastik element hisoblanadi. Dumaloq korpusga joylashtirilgan diametri 120 mm va qalinligi 54 mm bo‘lgan elastik element uchta tusindan iborat rom kurinishida yasalgan, ular bitta tekislikda parallel joylashtirilgan. Har bir tusin markazida yuk qabul qiluvchi elementlar va chiqish signallarini sozlovchi (rostlovchi) rezistorlar yopishtirilgan bloklar o‘rnatilgan. Rezistorlar falgadan (zarqog‘ozdan) to‘r shaklida yasalgan; rostlash to‘rning ayrim elementlarining uzilishi hisobiga amalga oshiriladi.

O‘lchanayotgan kuchlanish (kuch) konusga yoki yuk qabul qiluvchi elementning sharsimon sirtiga uzatilib, balkalarning bukilishiga va uni mutanosib elektr signalga o‘zgartiruvchi tenzorezistorlarning deformasiyalanishiga sabab bo‘ladi. Datchiklarning naminal yuklanishlari 10 dan 10 000 kgk atrofida bo‘ladi.

Asosiy xatolik ±0,1%


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling