Reja: Temuriylar davridagi adabiy hayot
Download 18.63 Kb.
|
Temuriylar davr-WPS Office
Temuriylar davri matnshunosligi (XV asr) Reja:
2. Boysung‘ur Mirzo – ilm-adab ahlining homiysi. 3. Alisher Navoiy manshunoslik tarixida o‘ziga xos o‘rni. 4. “Xazoyin ul-maoniy” asarining o‘ziga xos xususiyati.
Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat bilan birga qo‘lyozma nusxalarga bo‘lgan munosabatlar jiddiy ravishda kuchaydi. Temuriyzodalarning sa’y-harakatlari matnshunoslik an’analarining sezilarli rivojlanishiga olib keldi. Alisher Navoiy kotiblardan muallif matnlarini buzmaslik, o‘zicha o‘zgartirmaslik, uning originalligini saqlash, g‘oyaviy va badiiy mazmuniga futur etkazmaslik, bilimdonlik bilan ko‘chirishni talab qilgan. Navoiy asarlarini ko‘chirish an’anasi xattot va kotiblarni davrning sinchkov matnshunoslariga aylantirgani ularning nusxa ko‘chirish jarayonida bitta qo‘lyozma bilan cheklanmasdan, bir necha qo‘lyozmani qiyosiy tekshirib ko‘rganliklari, insho san’atiga doir qo‘llanmalarda, xatlar to‘plamlarida matnlarni tuzishda ishlatiladigan qonun-qoidalar, xattotlarga ko‘rsatmalar va turli namunalarni keltirganliklari bilan tasdiqlanadi. Temuriylar davri o‘zbek matnshunosligi rivojida muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. O‘zbek matnshunosligi shu davrdan e’tiboran o‘zining 2-bosqichiga o‘tdi deyish mumkin. Bu davrda ilm-fan, madaniyat bilan birga qo‘lyozma nusxalarga bo‘lgan munosabatlar keskin kuchaydi. Shohrux zamonida Hirot shahri davlatning siyosiy markaziga aylandi. Shohruxning o‘g‘li va ayni vaqtda vaziri Boysung‘ur mirzo nihoyatda noziktab’, adabiyot va san’at muxlisi, hunar ahlining jonkuyar homiysi edi. “Mirzo Ulug‘bek astronomiya va handasada o‘z davrida yagona bo‘lgani kabi, Boysung‘ur mirzo she’r va xatda o‘z davrining eng mashhur kishisi edi”1. Boysung‘ur mirzo Hirotda ulkan kutubxona ta’sis etdi. Kutubxonada 40 nafar yetuk hunar egalari to‘plandi. Bular xushnavis xattotlar, kitob tuzish uchun qog‘oz tayyorlovchilar, muqovasoz, ya’ni sahifalarni to‘plab kitob holiga keltiruvchilar, kitob ko‘chirilib muqovalangach, sahifalarga surat chizuvchilar, oltin hal yurgizuvchilar, nodir kitoblarga charm yoki boshqa bir qimmatbaho matodan jild yasovchilar, to‘zigan kitoblarni qayta tiklovchilar, sahifalar hoshiyasi va yozuv oralariga oltin yoki kumush rang purkab bezatuvchilar kabilar edi. Boysung‘ur mirzoning o‘zi ham mohir xattot bo‘lgan. Uning olti xil yozuvni mukammal bilgani, ayniqsa, suls yozuviga mohirligi haqida ma’lumotlar bor. Temuriylargacha ishlab chiqilgan barcha matn shakllari, asosan, diniy adabiyotga tatbiq etilgan bo‘lsa, Boysung‘ur mirzo ularning barchasini badiiy adabiyotga tatbiq etdi. Xarakterli jihatlardan biri uning kutubxonasida kitob ko‘chirish bilan birga, qo‘lyozma nusxaning yig‘ma matnini tiklash ishlari ham olib borilgan. Jumladan, Boysung‘ur mirzo buyrug‘i bilan Firdavsiy “Shohnoma”sining turli qo‘lyozma nusxalari to‘planib, birinchi bor to‘liq va mukammal nusxada ko‘chirildi. Mazkur qo‘lyozma 1425–1430 yillari Ja’far Tabriziy tomonidan ko‘chirilib, musavvirlar uni 20ta surat bilan bezadilar. Boysung‘ur mirzo “Shohnoma”ning bu nusxasiga muqaddima yozadi va u adabiyot tarixida “Boysung‘ur muqaddimasi” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Mazkur “Shohnoma” va o‘sha davrda ko‘chirilgan “Kalila va Dimna”ning nodir nusxasi (unda 35 surat bor, 1460 yili ko‘chirilgan) ayni zamonda Tehrondagi Guliston saroyi muzeyida saqlanmoqda2. Boysung‘ur “Shohnoma”ning yig‘ma matnini tuzishda eng ishonchli, ko‘pchilik e’tirofida bo‘lgan nusxalarni tanlagan. Yig‘ma matn shakli asosan qiyosiy-solishtirma, tarixiy, mantiqiy-mazmuniy tahlil etish asosida tuzilgan. 1991 yili asarning ilmiy-tanqidiy matnini qayta amalga oshirgan M.N.Osmanov shunday yozadi: “Shohnoma” yaratilgandan so‘ng o‘tgan to‘rt asr davomida muallif matni juda ko‘p o‘zgarishlarga uchragan, poema nusxalari orasida o‘zaro farqlar kelib chiqa boshlagan edi. Shuning uchun XV asrda temuriylardan Mirzo Boysung‘ur olimlarga asarning yagona tahrir matnini ishlashni buyurdi. “Boysung‘ur tahriri” nomi bilan yuritiladigan ushbu nusxa – “Shohnoma” matni rekonstruksiyasining ishlanishida birinchi tajriba edi. Boysung‘ur tahriri zamonaviy ilmiy nashrga tayyorlash talablariga javob bermasligi tabiiy, chunki XV asrda Sharqda, faqat Sharqda emas, balki G‘arbda ham asosiy matn tuzish metodikasi ishlab chiqilmagan edi. Firdavsiy instituti (Eron) ilmiy xodimlarining tadqiqiy tahlillaridan ma’lum bo‘ladiki, Boysung‘ur tahririda muallif matniga sayqal berilgan baytlar ko‘p miqdorni egallaydi. Aynan “Shohnoma”ning “Boysung‘ur matni” XX asr o‘rtalarigacha asosiy nusxa vazifasini bajargan”3. Bundan ma’lum bo‘ladiki, Boysung‘ur matnshunoslari faqat matnlarni birlashtirish bilan qanoatlanmasdan, matnni tiklash ishlarini amalga oshirganlarki, bu matnshunoslik prinsiplari shu davrlarda ancha qat’iylashganligini anglatadi. Boysung‘ur mirzo tahriri bilan tuzilgan “Shohnoma”ning yig‘ma matni Sharq matnshunosligi tajribasining buyuk namunasidir. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, yozma yodgorliklarni asrash va qo‘lyozma asarlarni qayta ko‘chirtirish kabi ishlarga katta e’tibor qaratish faqat Boysung‘ur mirzoga xos bo‘lmagan. Jumladan, “Shohrux mirzoning o‘g‘li Sulton Ibrohim ham mohir hunarmandlarga jahon tasviriy san’ati namunalari hisoblangan kitoblar tuzdirdi. Shunday kitoblardan biri Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dostoni nusxasi bo‘lib, hozirgi davrda Niyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyda saqlanmoqda”.4 Zahiriddin Muhammad Boburning o‘zbek adabiyoti oldidagi xizmatlari hammaga ma’lum. “Bobur davlat arbobi, sarkarda, tarixchi, olim, tarjimon, shoir bo‘lish bilan birga, ibn Muqla’ kabi buyuk xat ixtirochisi sifatida Sharqqa tanilgan. Hindistonni boshqarib turgan vaqtida Bobur arab xatining turli shakllarida yoziladigan alohida bir xat ixtiro qilgan. Bu yangi xat “Xatti Boburiy” deb atalgan va shu nom bilan shuhrat topgan”.5 Bobur va uning avlodlari Humoyun, Akbar va boshqalar turli fanlar qatorida adabiyot va san’atning rivojiga, xususan, qo‘lyozma manbalarni ko‘chirish va saqlash ishlariga juda katta ahamiyat qaratganlar. Boburning xatga, xususan, matnga munosabati “Boburnoma”dagi bir maktub borasidagi so‘zlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bobur o‘g‘li Humoyunga davlat ishlarini yuritishda maslahat berarkan, o‘g‘lining unga yozgan xatidagi ba’zi o‘rinlarga e’tiroz bildiradi. Jumladan, Bobur xatda Humoyunning o‘ziga nisbatan aytilgan “yolg‘uzluq, yolg‘uzluqkim” so‘zlarini “podshohlikda aybdur”, chunki “podshohlik bila yolg‘uzlik rost kelmas” deb noo‘rin qo‘llangan so‘z ekanini ko‘rsatadi. Yana shoir Humoyunning xati va imlosini shunday chiroyli kuzatadiki, bunda Bobur ilmiy salohiyati bilan birga, o‘ta diqqat bilan matnni tahlil etgani ko‘rinadi. Xatda shunday yoziladi: “Yana, men degandek, bu xatlaringni bitibsen va o‘qumaysen, ne uchunkim, agar o‘qur xayol qilsang edi, o‘quyolmas eding. O‘quyolmagandin so‘ng albatta tag‘yir berur eding. Xatingni xud tashvish bila o‘qisa bo‘ladur, vale asru mug‘laqtur. Nasri muammo hech kishi ko‘rgan emas. Imloing yomon emas. Agarchi xeyli rost emas, iltifotni “to” (طا) bila bitibsen. Qulunjni “yo” (یا) bila bitebsen. Xatingni xud har tavr qilib o‘qisa bo‘ladur, vale bu mug‘laq alfozingdin maqsud tamom mafhum bo‘lmaydur. G‘olibo xat bitirda kohillig‘ing ham ushbu jihattindur. Takalluf qilay deysan, ul jihattin mug‘laq bo‘ladur. Bundin nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti: ham sanga tashvish ozroq bo‘lur va ham o‘qig‘uchig‘a”.6 Bundan ko‘rinadiki, Bobur Humoyunga tanbeh berishda ko‘p jihatlarga e’tibor qaratyapti. U o‘zing xatingni o‘qiy olmaysan, buni esa o‘zing payqamaysan, agar bilganingda o‘zgartirarding, xatingni juda qiyinchilik bilan o‘qisa bo‘ladi, deydi. Bobur Humoyun imlosini emas, balki o‘g‘lining matnga e’tiborsizligini tanqid ostiga olgan. Haqiqatan, iltifot “الطفات” emas, “التفات” shaklida, “to” emas, “te” bilan yoziladi. Boburning bu yozganlaridan uning xat va matnga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lgani ravshan ko‘rinadi.
Temuriylar davri o‘zbek matnshunosligi haqida so‘z ketar ekan, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning xizmatlari haqida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Uning xatga, xattotlik ishiga bo‘lgan qarashlari o‘zbek matnshunosligi tarixini yoritishda muhim o‘rin tutadi. G‘iyosiddin binni Humomiddin Xondamirning “Makorim ul-axloq” kitobida yozilishicha, Alisher Navoiy davlat va o‘z ijodiy ishlari bilan nihoyatda band bo‘lishiga qaramay, butun bo‘sh vaqtini “kitob iboratlarini tuzatish, ma’nolarini tekshirish, dalillar bilan isbot etish”ga sarf etgan. Kitob ko‘chiruvchi kotiblardan u muallif matnlarini buzmasdan, o‘zicha o‘zgartirmasdan, kamoli diqqat va bilimdonlik bilan ko‘chirishni talab qilgan. Jumladan, shoir “Sab’ai sayyor” dostoni xotimasida kotiblarga murojaat qilib, ularni shunday ogohlantiradi: Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Amir Temur davlat, jamiyat hayotida bo„lib o„tadigan har bir muhim reja oldidan kengash o„tkazar va bu kengashga nafaqat davlat arboblari, sarkardalar, temurzodalarni, balki sayyidlar, shayxlar, ilm-fan arboblarini ham taklif etgan va o„zining har bir yurish oldidan bunday kengashlar- ni o„tkazib turishni odat tusiga kiritgan. Sobiq sovetlar mafkurasi, proletar dunyoqarashi hukmronlik qilgan sharoitda Temur faoliyatiga nisbatan salbiy munosabatda bo„lindi, o„sha davr adabiyotlarida har doim qoralanib kelindi. Lekin mafkuraviy to„siq, taqiqlashlarga qaramay ayrim ilmiy asarlarda Temur haqida ba'zi to„g„ri fikrlar ham bildiriddi. Bu jihatdan O'zbekistonda 1968 yili akademik I.M.Mo„minovning "Amir Temurning O'rta Osiyo tarixida tutgan o„rni va roli" risolasining nashr etilishi muhim voqea bo„ldi. Risola Temur shaxsiga biryoqlamali qarashlarga qarshi yozilgan ilmiy asar sifatidagi dastlabki urinish edi. Lekin bu qadam Moskvadagi yuqori idoralar va matbuot organlari tomonidan qoralandi va asar muallifi benihoya aziyatlar chekdi. O'zbekistonning mustaqillikka erishuvi, eski mafkura siquvidan qutulish, tariximizga to„g„ri munosabatda bo„lish imkonini yaratdi. So„nggi yillarda Amir
jumladan, Bo„riboy Ahmedovning Amir Temur haqidagi katta roman-xronikasi nashr etildi. O'zbekiston Prezidentining farmoni bilan 1996 yil - Amir Temur yili deb e'lon etilishi va bu sana jahon miqyosida nishonlanishi Amir Temur nomi oqlanib, o„zbek xalqiga butunlay qaytganiga yorqin dalildir.Аmir Tеmurning Еvrоpа dаvlаtlаri bilаn оlib bоrgаn diplоmаtik yozishmаlаri. XIV аsr охiridа Usmоnli turk impеriyаsi ko`shinlаri G`аrbiy Еvrоpа tоmоn siljib bоrаr edi. Sultоn Bоyаzid (1354-1403)ning bu hаrаkаtlаridаn tаhlikаgаtushgаn Еvrоpа hukmdоrlаri, ungа kаrshi аrmiyа to`plаb, nаvbаtdаgi sаlib uyrishigаоtlаnаdilаr. Bu vаktdа Kichik Оsiyodа yаnа bir turkiy el hоkоni, jаhоngir Аmir Tеmurning kudrаtli ko`shini hоzir bo`lаdi. Ikki jаhоngirning o`zаrо to`knаshuvi vа kudrаtining zаiflаshuvi esаЕvrоpа hukmdоrlаri uchun аyni muddао edi. SHu mаksаdni ko`zlаgаn Vizаntiyаimpеrаtоri Mаnuil II Pаlеоlоgning dоjlаri (impеrаtоrning o`zi o`shа kеzlаrdа G`аrbiy Еvrоpа kirоllаri huzuridа bo`lgаn) Yildirin Bоyаzid tаzyikidаn хаlоs etishni so`rаb, Аmir Tеmurgа murоjааt kilishаdi vа shu pаytgаchа turk sultоnigа to`lаb kеlgаn bоjlаrini bundаy buyon sоhibkirоngа bеrаjаklаrini аytаdilаr. Kаstiliyа kirоli Gеnriх III vа Frаntsiyа kirоli Kаrl VI o`z elchilаrini, Rim pаpаsi Bоnifаkiy IX bo`lsа o`z kаtоlik missiоnеrlаrini shоshilinch Аmir Tеmur huzurigа yo`llаdilаr. Bоbоmiz Аmir Tеmur vаziyаtni uymshаtish uchun sultоn Yildirim Bоyаzidgа o`z elchilаrini uybоrаdi.Аmmо, Yildirim Bоyаzid kаysаrlik kilib, jаhоngir bоbоmizgа nоpisаnd mulоzаmаt ko`rsаtаdi. Аmir Tеmur 1402 yilning 28 iuylidаАnkаrа shаhri yаkinidаgi g`аlаbаdаn so`ng, ertаsi kuni Kаstiliyа kirоli Gеnriх III dе Trаstаmаrа (1379-1406)ning elchilаrini kаbul kilаdi. Оrаdаn bir yil o`tkаch, Kаstiliyа kirоli elchisi Run Gоnsаlеs dе Klаviхо bоshchiligidаgi elchilаr 1404 yilning 8 sеntyаbridа Sаmаrkаnddа Tеmur sаrоyidа hоzir bo`lаdilаr. Bu оrаdа, Аmir Tеmurning sultоn Bоyаzid ustidаn erishgаn g`аlаbаsi hаkidаgi хаbаrni Frаntsiyа vаАngliyа kirоllаrigаеtkаzish niyаtidа sоhibkirоn mаktublаrini оlgаn Sultоniyа (Erоn hududidаgi shаhаr) аrхiеskоpi Iоаn hаm G`аrbgаjo`nаtilаdi. Iоаn hаm 1404 yil kuzidа Sаmаrkаndgаеtib kеlаdi. Аmmо Kаrl VI dе Vаluа vа Gеnriх IV Lаnkаstеr nоmаlаri аrхiеpiskоp Iоаn bоbоmiz Аmir Tеmurgаоlib kеlib tоpshirgаni hаkidааnik mа`lumоt yo`k. Sоhibkirоn Аmir Tеmur bilаn Еvrоpа hukmdоrlаri o`rtаsidаgi yozishmаlаrning tаkdiri хususidа to`хtаlаdigаn bo`lsаk, bu nоmаlаrning аsl nusха vа tаrjimа vаriаntlаri hоzirdа Pаrij, Mаdrid vа Lоndоn kutubхоnаlаridа sаklаnib kеlinаdi. Bu hаkdа biz kuyidаgi tаriхiy аsаrlаrdаn bilib оlsаk bo`lаdi.ХаlkаrоАmir Tеmur jаmg`аrmаsining tаshkil etilishi hаmdаАmir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvri tаriхi muzеyining оchilishi Mustаkillik dаvri tоm mа`nоdа hаzrаti Tеmurning kаytа tug`ilish dаvri bo`ldi. Sоhibkirоnning «Bizkim, mulki Turоn, Аmiri Turkistоnmiz. Bizkim, millаtlаrning eng kаdimgi vа eng ulug`i – turkning bоsh bo`g`inimiz», dеgаn gаplаri хаlkimizgа milliy o`zligini, buuyk vа jаhоnshumul аn`аnаlаrgа vоris ekаnligini chukur аnglаshgахizmаt kilаdi. «Аmir Tеmur tuzuklаrini o`kisаm, - dеgаn edi Prеzidеnt I.Kаrimоv-хuddi bugungi zаmоnning kаttа-kаttа muаmmоlаrigа jаvоb tоpgаndеk bo`lаmаn». 1995 yil dеkаbrdа Prеzidеnt I.Kаrimоv 1996 yilni Аmir Tеmur yili dеb e`lоn kildi.«Tеmur tuzuklаri» bir nеchа tillаrdа chоp etildi. O`shа dаvr tаriхiy, mаdаniy yodgоrliklаrini tiklаb, yozmааdаbiyotlаr ilmiy muоmаlаgа kiritildi. Mukаddаs kаdаmjо - Аmir Tеmur mаkbаrаsi tа`mirlаndi. Judа kiskа fursаtdа, bоbоkаlоnimizning dunyoviy shа`ni vа shаvkаtigа mоs kеlаdigаn Tеmuriylаr dаvri tаriхi muzеyi kurildi. Prеzidеnt I.Kаrimоv Sоhibkirоn Аmir Tеmurning 660 yillik uybilеyigа bаg`ishlаngаn 1996 yil 24 оktyаbrdа Tоshkеntdа o`tkаzilgаn хаlkаrо ilmiy аnjumаndа shundаy dеdi: «Bizning tаriхimizdаАmir Tеmurdаy ulug` siymо bо ekаn, uning kоldirgаn mеrоsi, pаdu o`gitlаri bugungi hаyotimizgа hаmоhаng ekаn, оldimizdа turgаn muаmmоlаrni еchishdа bizgа ko`l kеlаyotgаn ekаn, bizning bu mеrоsni o`rgаnmаsdаn, tаriflаmаsdаn, tаrg`ibоt kilmаsdаn hаkkimiz yo`k. SHuning uchun hаm mаnа shu minbаrdаn turib, butun O`zbеkistоn хаlkigа, kоlаvеrsа, butun jаhоn аhligа kаrаtа «Аmir Tеmur bizning fахrimiz, iftiхоrimiz, g`ururimiz!», - dеb аytsаm, o`ylаymаnki, хаtо kilmаgаn bo`lаmаn». SHuni аlоhidа tа`kidlаsh jоizki, Аmir Tеmur tаvаlludining 660 yilligi jаhоnning 50 dаn оrtik dаvlаtlаridа nishоnlаngаni, ulug` bоbоkаlоnimiz mеrоsini o`rgаnishgа bаg`ishlаngаn хаlkаrо ilmiy аnjumаndа 30 gа yаkin mаmlаkаt оlimlаri ishtirоk etgаni buni yаnа bir bоr tаsdiklаyd. Sohibqironning «Temur tuzuklari»dan quyidagi satrlarni mamnuniyat bilan o’qish mumkin: «Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to’g’ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin». «Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar etkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o’rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o’rniga boshqasiga jabr-zulm o’tkazmadim». Quyidagi tuzuklarda Amir Temurning kechirimli hislatlari namoyon bo’lgan. Buni u boshqalardan ham talab qilgan. Kechirimli bo’lish inson uchun eng yaxshi fazilat sanaladi: «Menga yomonlik qilib, boshim uzra shamshir ko’tarib, ishimga ko’p ziyon etkazganlarni ham, iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelgach, hurmatlab yomon qilmishlarini xotiramdan o’chirdim. Martabalarini oshirdim. Ular bilan muomalada shunday yo’l tutdimki, agar xotiralarida menga nisbatan shubhayu-qo’rquv bo’lsa, unut bo’lardi». «Menga hasad qilib, o’ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg’a-in’omlar berib, muruvvatu ehson ko’rsatdimki, bu yaxshiliklarni ko’rib, hijolat teriga g’arq bo’ldilar. Hamisha mening roziligimni olib ish tutgan do’stlarim oldimga panoh tilab kelganlarida, ularni o’zimning taxtu davlatimga sherik qilib, hech qachon ulardan mol-mulk va tirikchilik ashyolarini ayamadim». «Hech kimdan o’ch olish payida bo’lmadim. Tuzumni totib, menga yomonlik qilganlarni parvardigori olamga topshirdim...». «Agar dushmaning bosh urib panohingga kelsa, rahm qilib yaxshilik va muruvvat ko’rsat». Amir Temurning do’stlik haqidagi pandu-nasihatlari ham ibratlidir: «Sodiq va vafodor do’st ulkim, o’z do’stidan ranjimaydi, do’stning dushmanini o’z dushmani deb biladi. Agar kerak bo’lsa, do’sti uchun jonini ham ayamaydi». Amir Temurning umr bo’yi obodonchilik, qurilish ishlariga katta ahamiyat berganligi, kambag’alparvarligini uning quyidagi o’gitlaridan ham bilish mumkin: «Kimki biron sahroni obod qilsa yoki koriz qursa, yoki biror bog’ ko’kartirsa, yohud biror harob bo’lib yotgan erni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, uchinchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig’sinlar». «Katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar, ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar...». Amir Temurning quyidagi so’zlari asarlar osha xalqimizning asl farzandlarini el-yurt, Vatan haqida qayg’urishga chorlab keldi: «Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qo’riqlang, yo’qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo’lsa». Bu jumlalar Amir Temurning ma’naviyati naqadar yuksak bo’lganligini bildirib turibdi. 2.Temur va temuriylar davri, umuman Sharq, xususan O’rta Osiyo ilm-fani, madaniyati, ma’naviyati, adabiyot va san’ati rivojida muhim bosqich, yangi tarixiy davr, burilishdir. Bu davr IX-XII asrlardagi ma’naviy-ma’rifiy hayotdagi ko’tarilish va yuksalishning mantiqiy davomidir. Boshqacha nom bilan bu davr «Oltin asr» deb ham yuritiladi. O’rta Osiyo xalqlari orasida etishib chiqqan buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi huddi shu davrda shakllandi va ijod qildi. Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar Sharofiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy; olimlardan Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy; faylasuf-shoirlardan Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy; musavvirlardan Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mirak Naqqosh; hattotlardan Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad Xandon, Muhammad bir Nur va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning barchasi o’sha davr va o’zlarigacha bo’lgan insoniyat ma’naviyati, ma’rifati va madaniyati yutug’ining barcha sohalarini mukammal bilib, o’zlashtirib olgan, o’zlari tanlagan sohalarining hali hech kim tomonidan zabt etilmagan cho’qqilarini egallagan ulug’ siymolar, qomusiy ilm egalari bo’lganlar. Shuning uchun ham ularning boy, serqirra ijodlari, tengi yo’q va takrorlanmas ilmiy-falsafiy, badiiy, tarixiy asarlari asrlardan-asrlarga o’tib, zamon sinovlariga bardosh berib bizlargacha etib keldi. Kamoliddin Behzod va uning shogirdlari ijodida yuksak bosqichga ko’tarilgan musavvirlik san’ati Sharq uyg’onish davrining yutuqlaridan biridir. Behzod o’zining takrorlanmas ijodi, go’zal miniatyura san’ati va ajoyib mahorati bilan nafaqat Sharqda, balki butun dunyoda ham o’chmas iz qoldirgandir. «Ikkinchi Moniy», «Sharq Rafaeli» deb yuksak e’zozlangan Behzod mashhur adib Jomiy, Navoiy, Bobur, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon va boshqalarning siymolarini yaratgan yuksak ma’naviyat egasidir. Temuriylar davri ilm-fan, madaniyat, ma’rifat rivoji Mirzo Ulug’bekning (1394-1449) nomi bilan chambarchas bog’lanib ketgan. U davlat arbobi, fan-ma’rifat homiysi, buyuk olim va munajjimdir. U o’zi bunyod ettirgan rasadxona va ilm-ma’rifat markaziga turli sohalarda ish olib boruvchi 100 dan ortiq ilm ahllarini to’plab keng miqyosda ilmiy kuzatish ishlarini olib borgan. Bular Qozizoda Rumiy, /iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mavlono Ahmad, Muhammad Havofiy, Abu Ali Birjondiy, Mirim Chalabiy, Muiniddin Koshiylar zamonaning zabardast olimlaridan bo’lgan. Mirzo Ulug’bek shu asosda Samarqandda «Samarqand akademiyasi» yoki «Ulug’bek akademiyasi»ga asos solgan edi. U «Ziji jadidi Ko’ragoniy» (Ko’ragoniyning yangi astronomik jadvali) va «To’rt ulus tarixi» nomli asarlarning muallifidir. Tarixchi olim Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha «Ulug’bek geometriya borasida Evklidga, astronomiya sohasida Ptolomeyga o’xshardi». Mirzo Ulug’bek fan homiysi bo’lishi bilan birga, mamlakatda ma’rifat rivojiga ham katta ahamiyat bergan allomadir. U Movarounnahrda uch madrasa qurdirdi. Bulardan biri Samarqandda (1417-1420), ikkinchisi Buxoroda (1417) va uchinchisi /ijduvondadir (1433). Hatto Buxorodagi madrasi peshtoqiga hadisdan: «Ilm olish har bir mo’min va muslima uchun farzdir» - deb yozdirib qo’ydi. Ulug’bek ko’proq buyuk olim, ilm-fan, ma’rifat bo’lgani uchun ham yanada qadrlidir.
Temuriylar davri ma’naviyati va ma’rifati rivoji o’zlarining ongli hayoti va faoliyatini insonning baxt-saodati, xalqlar osoyishtaligi, obodonlik ishlari, ilm-fan, adabiyot, san’at rivojiga bag’ishlagan ikki buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va Mir Alisher Navoiylarning (1441-1501) nomi bilan chambarchas bog’liqdir. Abdurahmon Jomiy O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy olamida, diniy tafakkur sohasida yuksak xizmatlar qilgan mutafakkirlardan biridir. Abdurahmon Jomiy temuriylar davri dunyoqarashi, mafkurasi bo’lmish naqshbandiylikni qabul qilgan va uning g’oyalarini targ’ib etgan. Naqshbanliychilik adolatni, o’z mehnati asosida bunyod etilgan halol luqmani ma’qullagan, dabdabali hayotni rad etgan, g’irrom yo’llar bilan mol-mulk to’plashni qoralagan. Bu ta’limot insonparvarlik, rostgo’ylik, halollik, mehnatsevarlik, ma’naviy poklik, kamtarlik, samimiylik kabi chin insoniy fazilatlarni ulug’lagan. Uning «Dil ba yoru, dast ba kor» - «Ko’nglim Ollohdayu, qo’lim mehnatda» degan shiori Jomiy va Navoiy kabi mutafakkirlarni o’ziga jalb etgan. Shu sababli bu ikki ulug’ siymo naqshbandiylik yo’lini qabul qilganlar va o’z ijodlarida uning g’oyalarini kuylaganlar. O’zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, o’zbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy O’rta Osiyo ma’naviy va ma’rifiy fikr taraqqiyotida alohida o’rin tutadi. U adabiyot, san’atning turli sohalariga oid qirqdan ortiq asar yaratdi. «Chor devon», «Xamsa», «Mahbub ul-qulub», «Muhokamatul-lug’atayn», «Majolisun-nafis», «Lison ut-tayr» va boshqalar shular jumlasidandir. Navoiy o’z asarlarida zolim, mustabid, nodon, maishatparast shoh va hukmdorlarni qoralab, ularga qarshi insonparvar, xalqparvar, odil, adolatli hukmdor obrazini qo’yadi. Navoiy sahovat va muruvattda benazir inson bo’lgan. O’zining joylardagi er-suvlari, mol-mulklaridan kelgan daromadlarini to’laligicha xayriya ishlariga sarflagan. Birgina Xirot shahrida o’zining jamg’armasi hisobidan ko’plab binolar, inshootlar barpo etgan, kabag’al, beva-bechoralarga tekin ovqat bilan ta’minlagan. Muhtoj kishilarga har yili ikki ming po’stik va kiyim-kechak tarqatgan. Bundan tashqari kanal qazdirib Mashhad shahriga suv keltirgan. Navoiyning bundan qariyib 550 yil avval ilgari surgan g’oyalari asrlar osha ahamiyatini, hayotiyligini yo’qotgani yo’q. Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davri ilm-fan, ma’rifat, ma’naviyat va madaniyati jahon stivilizastiyasi rivojiga ulkan hissa bo’lib qo’shildi. Bunda sohibqiron Amir Temurning xizmatlari beqiyos. Download 18.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling