Reja: Tenzodatchiklar
Download 65.71 Kb.
|
1-maruza Tenzodatchiklar. Yarim o’tkazgichlarning elektrofizik p
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
Reja: 1.Tenzodatchiklar. 2.Yarim o’tkazgichlarning elektrofizik parametrlariga deformasiyani ta’siri. 3.Tenzorezistorlar. p-n o’tish. 4.Xulosa Bu guruhdagi asboblarning ishlash prinsipi bosimni u bilan funksional bog’liq bo’lgan biror elektr kattalikka bevosita yoki bilvosita o’zgartirishga asoslangan. Bu asboblar, asosan, o’lchash qiyin bo’ lgan joylarda yoki laboratoriyalarda tadqiqot maqsadlarida qo’llaniladi. Ushbu asboblar guruhiga qarshilik, sig’imli, pyezoelektrik, induktiv va boshqa manometrlar kiradi. Qarshilik manometrlarining ishlash prinsipi sezgir ele ment qarshiligining tashqi bosim ta’sirida o’zgarishiga asoslangan. Sezgir elementlar qatoriga manganin, platina, konstantan, volfram, yarimo’tkazgich va hokazolar kiradi. Karshilik manometrlarida ko’llash uchun eng kulayi manganindir. Manganin ∆R elektr karshilik orttirmasining R bosimga nisbatan chiziqli bog’lanishiga ega: bu yerda Кр — manganin qarshiligining o’zgarish koeffitsiyenti 1/Pa. R— qarshilik, Om. 1-rasmda tenzometrik o’zgartgich sxemasi ko’rsatilgan. Tenzodatchikning sezgir elementi diametri 0,02 . .. 0,05 mm bo’lgan manganin sim 1 dan iborat. Bu sim bir-biriga yopishgan yupqa qog’oz 2 orasiga sirtmoq shaklida joylashgan. Simning uchlariga chiqish klemmalari ulangan. Tenzometrning sezgir elementi elastik element yuzasiga yopishtirilgan. Elastik element bosim ta’sirida deformatsiyalanganda, tenzodatchik simi cho’zilib, uning kesimi kamayadi va qarshiligi o’zgaradi. Sezgir element detaliga yopishtirilgan tenzodatchiklar o’lchanayotgan bosim R ni elektr qarshilikning o’zgarishi bilan sezadi. Bu tenzosezgirlik koeffitsiyenti K bilan baholanadi: Bunda: ∆R/R — tenzometr qarshiligining nisbiy o’zgarishi; ∆l/l — simning nisbiy deformatsiyasi; К koeffitsiyent qiymati metallar uchun 0,5-4,0 chegaralarida yotadi. 1-rasm. Tenzometrik o’zgartkich sxemasi. Tenzodatchik elektr ko’prik sxemasiga qarshilikni o’lchash uchun ulanadi. Ko’prikning shkalasi bosim birliklarida darajalanadi. Tenzometrlarning afzalliklari: elektr qarshilikning bosimga bo’lgan bog’ lanishi chiziqli, inersionlik darajasi kichik, asboblarni o’lchash qiyin bo’lgan yerlarga joylashtirish mumkin, xato ±2% dan oshmaydi. Uning kamchiliklari: sezgirlik miqdori juda kichik, temperatura o’zgarishiga bog’ liqlik. Qarshilik manbmetrlari bosimni o’lchashda sanoat texnologik qurilmalarida kam qo’llanadi. Tenzorezistorlar. Bu rezistorlarning ishlash prinsipi tenzoeffektga – mexanik deformatsiya ta’sirida metall yoki yarim o‘tkazgich elektr qarshiligining o‘zgarishiga asoslangan. Ma'lumki, o'tkazgichning elektr qarshiligi ifoda bilan aniqlanadi, bunda p - o'tkazgich yasalgan materialning solishtirma elektr qarshiligi, l, S - o'tkazgichning mos ravishda uzunligi va ko'ndalang kesim yuzasi. Mexanik deformatsiyalanishda o'tkazgich elektr qarshiligining o'zagrishi uning uzunligi ∆l/l, ko'ndalang kesim yuzasi ∆S/S yoki solishtirma elektr qarshiligi ∆p/p ning o'zgarishlari natijasida yuz beradi. Deformatsiya natijasida o'tkazgich qarshiligi o'zgarishining shu o'zgarishga sababchi bo'lgan uning uzunligi o'zgarishiga nisbati tenzosezgirlik deb ataladi: Tenzorezistor materiali plastik deformatsiyalanganda uning hajmi va solishtirma elektr qarshiligi o'zgarmaydi. Shuning uchun ham plastik deformatsiyalanuvchi tenzorezistorlarda tenzosezgirlik koeffitsiyenti 2 ga teng bo'ladi. Tenzorezistorlar konstantan, nixrom va vismutdan tayyorlanadi. Bu sohada kremniy va uning qotishmalari ham keng qo'llaniladi. Yarim o'tkazgichli tenzorezistorlarda tenzosezgirlik koeffitsiyenti metall tenzorezistorlarnikidan farqli ravishda bir necha yuzga teng bo'ladi. Bundan tashqari, kremniyda qarshilikning harorat koeffitsiyenti uncha yuqori emas. Konstruktiv jihatdan tenzorezistorlar metall sim, yupqa folga yoki yarim o'tkazgichli plastina shakllarda yasaladi (2 - rasm). Tenzorezistorlar yupqa qog'ozga yoki lok qobiqqa yelemlab qo'yiladi. Tenzosezgir element qismalariga ingichka mis simlar payvandlanadi. 2 - rasm. Tenzorezistor qurilma: a -simli; b -yupqa folga; c -yarim o'tkazgichli. Xulosa: men ushbu mustaqil talim davrida shu tenzorezistor va boshqalar haqida toliq va yorqin malumotga ega bo’ldim bundan juda hursanman dars juda qiziq boldi hammga rahamt Download 65.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling