Reja: Terrorizmning kelib chiqishi va uning tarqalish jarayonlari
Download 30.65 Kb.
|
falsafa. Setora
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydanilgan adabiyotlar.
Reja: 1. Terrorizmning kelib chiqishi va uning tarqalish jarayonlari 2. Jahon miqyosida terrorizmga qarshi kurashish 3. O’zbekistonda terrorizmga qarshi sa’y-harakatlar va ularning natijalari 4. Xulosa. Har bir yaxshi qadam -kelajak uchun foydadir. Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm toifalarga boʻlinadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qoʻllanadi. Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoʻliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo boʻldi. Koʻp hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bogʻliqligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi. Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terroristik harakatlar majmuasi. Terrorizmni iqtisodiyot va aholi uchun xavfli oqibatlari. XX asrning ohiri va XXI asr boshlarida terrorizm insoniyat hayotiga katta xavf sola boshladi. O`zining niyatini oshkora eta boshladi. Jumladan, Nyu-York (AQSH) shahridagi butunjahon savdo markazining ikki binosi sanoqli daqiqalar ichida er bilan yakson bo`ldi. Shuningdek, Irlandiya va Angliyadagi "UPA", Ispaniyadagi "ETA", Osiyoda jinoyatkorona faoliyat olib borayotgan "AL- Qoida", "Khamas" kabi er yuzasining turli burchaklaridagi 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari turli ko`rinishdagi qabih ishlarni amalga oshirdilar va hozirda ham olib bormoqdalar. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda 1975 yildan to bugungi kungacha dunyoning turli mamlakatlarida 10 mingga yaqin terroristik harakatlar sodir etilgan. Ohirgi yillarda terrorchilik uslublari ancha kengayganligi ma’lum. 1970 yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko`proq qo`llanilgan bo`lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus, poezdlarda portlashlarni sodir etish orqali ko`plab, tasodifiy kishilarning qurbon bo`lishiga olib keladigan qo`poruvchilikni amalga oshirishga qaratilgan. Avvallari terrorizm, odamlarni garovga olishdan maqsad pul undirish bo`lgan bo`lsa, hozirda terrorchilar asosan, xalqaro munosabatlar sohasida va mamlakatlarda beqarorlikni keltirib chiqarish borasida mo`ljallangan siyosiy maqsadlarga erishishni ko`zlaydilar. Bugungi kunda terroristik harakatlarning yanada faollashish jarayoni yuz bermoqda. U hozirgi kunda XXI asrning "global" muammosiga aylanib qoldi. Terrorchilik tashkilotlar o`zlarida mavjud bo`lgan barcha imkoniyatlarni ishga solib, o`z maqsadiga erishish uchun qonli yurishlarni ham qilmoqdalar. Ular turli hildagi kimyovimy va biologik qurollardan foydalanishga urinmoqdalar. Ma’lumotlarga qaraganda 200 martadan ortiq shunday qurol va vositalardan foydalanilgan. Jumladan, 1994 yil Yaponiyaning "AVM Cinrico" diniy terroristik tashkiloti tomonidan "zarin" kimyoviy vositasini ishlatish oqibatida 7 kishi vafot etgan, 114 nafar kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan. 1995 yilda mazkur terroristik tashkilot tomonidan Tokio metrosi 16- bekatining zararlanishi oqibatida 12 yo`lovchi halok bo`lgan, 400 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Bunday zararli moddalar Quvaytda, Iroqning Kurdiston hududlarida va boshqa davlatlarda qo`llanilib, ko`plab insonlarning o`limiga sabab bo`lgan. Terroristik guruhlar yovuz harakatlarini amalga oshirishda kishi e’tiborini o`ziga tortmaydigan, kichik hajmli, tashqi tomoni har kuni foydalaniladigan buyumlar ko`rinishidagi narsalardan foydalanmoqdalar (masalan, jomadan, sumka, sellofon paket va boshqalar). Terroristlar tomonidan qo`llaniladigan qurollarning foydalanish ob’ektlari - odamlar ko`p to`planadigan joylar: metro bekatlari, aeroportlar, temiryo`l va avtomobil bekatlari, katta binolar, yopiq turdagi konsert va sport zallari, kinoteatrlar, yirik shaharlardagi suv haydash tizimlari, suv omborlari va boshqa ob’ektlar. Ular ko’proq portlovchi modda va qurilmalardan: fugas, mina, granatalardan foydalanadilar. Terrorchilarni bunday qurollardan foydalanib o`z harakatlarini amalga oshrishlari kuchli ta’sirga kiradi. Chunki, bunday portlovchi qurilmalar har kimning e’tiborini o`ziga tortmaydi va o`zi bilan birga uni olib yurish imkoniyati yuqori bo`ladi. Masalan "o`yinchoq mina", "o`yinchoq qopqonlar" va boshqalar. Terrorchilarning qo`llayotgan turli ko`rinishdagi portlovchi moddalarning xavfli maydoni quyidagicha: - granata parchasining tarqalishi 50-100 m; - mina parchasining uchishi 100-300 m; - keysning xavfli maydoni 250-300 m ; - jomadon, sumkaga solingan portlovchi moddaning xavfli maydoni 350-400 m; - avtomobilga qo`yilgan portlovchi moddaning xavfli maydoni 50-300 m;- "o`lim belbog`i" ning xavfli maydoni 50-300 m. Terrorchilar tomonidan keng qo’llanilayotgan qurollardan biri tuproq ostida portlatiladigan mina va fugaslar hisoblanadi. Fugas yoki mina tipidagi portlovchi moddalarni mina izlovchi jihozlar yordamida topish mumkin emas. Chunki bunday tipdagi portlovchi qurilma plastik materiallardan yasalgan bo`lib, uni faqat saperlarning mahsus tayoqchasi yordamida aniqlash mumkin. Buni aniqlash jarayoni o`ta xavfli bo`lib, kichik bir hato ham inson hayotiga xavf solishi ehtimoli juda yuqori. Terroristik harakatlarning hususiyatlari quyidagilardan iborat: a) terroristik harakatlar qonun ustivor bo`lmagan, o`zaro jipslashmagan, rivojlanish darajasi ancha past bo`lgan hududlarda shakllanadi; b) birinchi bo`lib o`zi shakllangan, birlashgan hududni o`z tasarrufiga olishga harakat qiladi; c) ozga rivojlangan mamlakatlarda homiy izlashga harakat qiladi va har qanday homiy yordamini rad etmaydi; d) tarqibotni har qanday usullardan: reklamalardan, matbuot, materiallaridan, og`zaki tashviqotlardan, turli mish - mishlardan va yolg`on gaplar tarqatishdan o`z maqsadlari uchun samarali foydalanishga urinadilar; e) ular o`zini portlatib yuboradigan (kamekadze) lar guruhini tayyorlaydi va o`z harakatlarini bilvosita amalga oshiradi; f) ular hozirgi kunda fan, tehnika va tehnologiyalar yutuqlaridan foydalanib, terrorizmni "global" muammolarga aylantirishga urinadilar; g) ular o`zlari panoh topgan mamlakatlar boshqaruvini garovga olish yoki nazoratda ushlab turgan holatda keng jamoatchilikni qo`rqitish, vahimaga solish, bo`ysudirish maqsadida ko`proq kuchli rivojlangan mamlakatlarda terroristik harakatlarni amalga oshiradilar va bu bilan o`zlarini namoyish etishga urinadilar. Bunday tashkilot va terrorchilik harakati guruhlariga jumladan, Saudiya Arabistonning "Al-Qoida", Iordaniyaning "Xamas", Ispaniyaning "Eta", Palestin islom jihoti “Shakaki”, “Abu Nidala” kabilarni ko`rsatish mumkin). Ayni paytda, terrorizmning ham muhim jihatlari mavjud. Bu hususiyatlar hususida AQSH davlat departamentining 1999 yildagi global terrorizm to`g`risidagi ma’ruzasida ko’rsatib o`tilgan. Bular quyidagilardan iborat: Yahshi tashkil qilingan terroristik guruhlardan tuzilgan halqaro jinoiy uyushmaga aylanishi. Bularni mahalliy homiy davlatlar qo`llab - quvvatlab turadilar; Siyosiy terrordan diniy yoki g`oyaviy asoslari ustun bo`lgan terrorizmga aylanishi; Terrorizm markazining Yaqin Sharqdan Janubiy Osiyoga, hususan, Afg`onistonga ko`chishi, terroristik tashkilotlar tomonidan ular jazosiz harakat qilishi mumkin bo`lgan mintaqalardan joy qidirishi; Moliyalashtirishning hususiy homiylar, narkobiznes, uyushgan jinoyachilik va noqonuniy savdo-sotiq kabi manbaalaridan foydalanishi. Bularning ichida halqaro terrorizmning eng asosiy va havfli hususiyatlaridan biri, "zo`rlik - davlatni qulatvuchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi, parokandalikka olib keladi" - degan g`oyaga asoslanib harakat qilishdir. Bunda siyosiy masalalarni zo`rlik yo`li bilan hal qilishga harakat qilinadi. Bu haqda, amerikalik mutahassis B. Jenkins "Terrorizm eng avvalo, qurbonlardan ko`ra, guvohlarga qaratilgan va vahima uyg`otishga yo`naltirilgan zo`rlik" deb baholaydi. Boshqa bir amerikalik siyasatshunos J. Lonsning ta’rifiga ko`ra, terrorizm bevosita qurbonlardan ko`ra ko`proq odamlar fikriga ta’sir o`tkazish uchun qilinadigan tahdid yoki kuch ishlatishdir. Demak, har bir terrorchilik hurujining maqsadi - davlat to`ntarishini amalga oshirish, fuqarolar urushini keltirib chiqarishga asoslanadi. Jahonda[tahrir | manbasini tahrirlash. Erondagi Sistan, Belujiston va Gʻarbiy Ozarbayjon viloyatlarida uchta terroristik guruh yoʻq qilindi va 21-mart kuni Saravondagi teraktni sodir etganlar hibsga olindi. Sistan va Belujistondagi guruh aʼzolari boshqa mamlakatda harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan va guruh rahbarligida jinoyat sodir etgan „Jaysh al-Adl“ terroristik guruhiga aloqador boʻlgan. Guruh yetakchisidan ikkita avtomat, shuningdek, bomba tayyorlash uchun baʼzi qurol va materiallar topilgan. Bayonotda uning avval giyohvand moddalar savdosi va qotillik bilan shugʻullangani keltirilgan. Gʻarbiy Ozarbayjonni talon-toroj qilish va terroristik harakatlarni amalga oshirish maqsadida bostirib kirgan qurolli guruh ortidan kuzatuv amalga oshirilgan va Urmiya bilan chegaradosh mintaqadagi qurolli toʻqnashuvdan soʻng ulardan ikkitasi oʻldirilgan, bittasi esa qochib ketgan. Yaqin o‘tmishga nazar solsak, XXI asr boshida AQSHda Al-Qoida tomonidan amalga oshirilgan terroristik hujumdan so‘ng diniy motivlar asosidagi terrorizm millatchilik ruhidagi separatizmdan o‘zib ketdi va dunyoda sodir etilayotgan terroristik harakatlarning drayveriga aylandi. «The Guardian» gazetasining 2014 yilda taqdim etgan ma’lumotlariga ko‘ra, 2001 yil 11 sentyabr kuni Nyu-York va Vashingtonda sodir etilgan hujumlardan so‘ng J.Bush ma’muriyati tomonidan boshlangan «Terrorga qarshi urush» natijasida Iroq, Afg‘oniston va boshqa hududlardagi operatsiyalar uchun 4.4 trillion dollar sarflaganiga qaramay terrorizm xavfi yo‘qolmagan. Qayd etish joizki, nafaqat AQSH, balki dunyo mamlakatlarining terrorizmga qarshi global kurash olib borishlariga qaramay, uning xavfi kamaymadi, aksincha barqaror sur’atda o‘sib bormoqda... 17958 NAFAR QURBON "The Global Terrorism Index" ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yil terrroristik harakatlar oqibatida qurbon bo‘lganlar 3361 nafarni tashkil etgan. 2013 yilga kelib halok bo‘lganlar soni 17958 nafarga yetgani qayd etgan. 2014 yil Abu Bakr al-Bag‘dodiy tomonidan Iroq va Suriya hududlarida xalifalik tashkil etilishi terroristik harakatlarni navbatdagi yangi to‘lqini boshlanganidan darak berdi. Xalifalik asosida boshqarilishi da’vo qilingan ushbu kvazi-davlatni biror siyosiy yoki diniy tashkilot tan olmadi. Biroq, mazkur harakat a’zolarining g‘oyalari va ularning buzg‘unchi harakatlari ko‘plab mamlakatlar xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. So‘ngi o‘n yillikda dunyo hamjamiyatini diniy aqidalar asosidagi terrorizmga qarshi kurashi ayrim mintaqalarda natija bera boshlagani haqida OAVda tahliliy ma’lumotlar berila boshladi. Xususan, G‘arbda 2021 yilda diniy motivlar asosidagi terroristik harakatlar 82 foizga kamayib mazkur hududda siyosiy terrorizm ko‘rsatkichlari 73 foizga ortib, diniy terrorizmni ortda qoldirgani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, 2021 yil tahlillariga ko‘ra, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida ham terroristik harakatlar soni keskin kamaygani kuzatilgani, mintaqada 2020 yil 7 marotaba teraktda 7 kishi qurbon bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yil 1 ta terakt natijada ikki kishining o‘limi qayd etilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, so‘ngi to‘rt yil ichida terroristik hujumlardan halok bo‘lganlar soni qisqarib, har yili 99 nafarga kamayib borgani, mintaqadagi 12 davlatdan 9 tasida, jumladan, O‘zbekistonda ham so‘ngi besh yil ichida terroristik hujumlar qayd etilmaganligi xabar berildi. Ekstremizm va terrorizm insoniyat bilan birga XXI asrga kirib kelgan eng xavfli ijtimoiy illatlardan biriga aylandi. ekstremizm bag'rikenglik, rang-baranglik va hamfikrlilikni rad etishi bilan mamlakat taraqqiyoti va fuqarolararo hamjihatlikka raxna soladi. Aqidaparastlar nafaqat ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy sohalariga zarar etkazadilar, balki jamiyatga ommaviy tarzda psixologik bosim o'tkazib, eng mudhish shakllardagi zo'ravonlik va agressivlik mafkurasini yoyadilar. Shu nuqtai-nazardan, jamiyatda diniy asosda nizolar chiqishiga yo'l qo'ymaslik, dinni siyosiylashtirish va soxtalashtirish orqali mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan har qanday harakatning oldini olish davlat va jamiyatning oldida turgan hayotiy muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ekstremizm va terrorizm alohida mamlakatlarning milliy xavfsizligi va umuman jahon hamjamiyatiga jiddiy tahdid uyg'otayotgan omilga aylandi. Umumbashariy muammoga aylangan ekstremizm va terrorizmni jahon hamjamiyati faqat birgalikda, turli tor geosiyosiy manfaatlardan voz kechgan holda harakat qilibgina enga olishi mumkinligi aksariyat davlatlar tomonidan tan olingan ayni haqiqatdir. Ekstremizm va terrorizm illatining so'nggi paytlarda tobora kuchayib borayotgani mazkur muammoning naqadar dolzarb ekanini ko'rsatadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ham bu masala yuzasidan: “Ayni vaqtda dunyoning ba'zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o'z navbatida, terrorizm va ekstremizmning tarqalishiga hamda ularning global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda” deb so'zlaganlar. Ta'kidlash joizki, turli ekstremistik va terroristik tashkilotlar Markaziy Osiyo davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan faoliyatini davom ettirmoqda. Shu nuqtai-nazardan, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev jahon hamjamiyati e'tiborini Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, terrorizm va ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga qarshi samarali kurashishni BMT preventiv diplomatiya usullaridan foydalangan holda, shuningdek, MDH, ShHT, EXHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida ta'minlash mumkin ekaniga, xavfsizlikka tahdidlarni “o'ziniki va o'zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarurligiga qaratmoqda. O'zbekiston ekstremizm va terrorizm tahdidlari va zararlarini boshidan kechirgan mamlakat hisoblanadi. Yurtimizda ushbu illatlarga qarshi kurashish, uning sabablarini oldini olish bo'yicha jahon hamjamiyatiga namuna bo'la oladigan darajada o'ziga xos tajriba shakllangan. Respublikamizda Prezidentimiz boshchiligida hukumatimiz tomonidan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasida jahon hamjamiyati uchun namuna bo'lishi mumkin bo'lgan samarali ishlar qatorida quyidagilarni qayd etish mumkin: To'g'ri yo'ldan adashganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularni sog'lom hayotga qaytarish maqsadida mazkur shaxslar bilan keng jamoatchilikni jalb etgan holda tushuntirish-profilaktika ishlarini tizimli tashkil qilish, ularni maxsus ro'yxatdan chiqarish bo'yicha mexanizm yaratildi. Mazkur mexanizmning samarasi sifatida aqidaparastlik g'oyalari ta'siriga tushgan 16 mingdan ziyod fuqarolarning ichki ishlar organlarining maxsus hisobidan chiqarilishi jamiyatda katta ijobiy rezonans berdi. Yoshlarni ilm-ma'rifatga o'rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini etkazish, ma'rifiy islom ta'limoti, buyuk ajdodlarimizning ulkan ma'naviy merosini chuqur o'rganish, jamiyatda diniy va milliy bag'rikenglik va hamkorlikni mustahkam qaror toptirish orqali aholi, ayniqsa, yoshlarda aqidaparast g'oyalarga nisbatan mustahkam ma'naviy himoya qobig'i shakllantirish maqsadida Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati yo'lga qo'yildi. Samarqandda hadis va kalom ilmi maktabi, Buxoroda tasavvuf maktabi, Qashqadaryoda aqida maktabi, Farg'onada islom huquqi (fiqhi) ilmiy maktablari ochildi. Shuningdek, Davlat Rahbari darajasida respublikada mavjud diniy konfessiya rahbarlari bilan muloqotlar uyushtirilib, barcha din vakillariga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Har yili O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining diniy ekstremizmga qarshi kurash, millatlararo va konfessiyalararo hamkorlikni yanada kuchaytirishga yo'naltirilgan kompleks tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Ushbu dastur doirasida davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla yig'inlarida, aholining turli qatlamlari orasida ekstremizm va terrorizm bilan bog'liq tahdidlarning oldini olishga qaratilgan seminar, uchrashuv va davra suhbatlari o'tkazish yo'lga qo'yilgan. Aqidaparastlik g'oyalari tarqalishini oldini olish uchun OAV va boshqa axborot etkazish vositalaridan samarali foydalanishga urg'u berilmoqda. Xususan, “Diniy ekstremizm – kelajakka tahdid”, “ekstremizm va terrorizm – taraqqiyot kushandasi”, “Ogoh bo'ling “Sekta”, “Din niqobi ostidagi axborot xurujlari” nomli bukletlar tayyorlanib, mahallalarga, turli vazirlik, tashkilot va idoralar orqali aholiga etkazilmoqda. Xorijdagi mehnat migrantlari, talabalar va vaqtincha istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni ekstremistik oqimlar ta'siriga tushib qolishini oldini olish yuzasidan zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizning taniqli ulamolari Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Ekaterinburg, Novosibirsk va Qozon shaharlari, Chuvash Respublikasi, Sibir o'lkasi, Sverdlovsk va Omsk viloyatlariga Ukrainaning Kiev shahriga xizmat safariga yuborilib, mazkur tashriflar davomida o'tkazilgan diniy-ma'rifiy uchrashuvlarda ma'rifiy islom ta'limoti hamda hozirda buzg'unchi oqimlar tomonidan noto'g'ri talqin qilinayotgan “hijrat”, “jihod”, “shahidlik” kabi tushunchalarning asl mohiyati haqida keng tushunchalar berilmoqda. Xulosa O‘zbekistonda terrorizmga qarshi kurashishning o‘zbek modeli, avvalambor, huquqiy va siyosiy madaniyatni, maʼnaviy va diniy maʼrifatni oshirish orqali odamlar ongi, birinchi navbatda, yoshlar ongini oshirish uchun kurash sifatida tushuniladi. Ijtimoiy reabilitatsiya, ekstremistik g‘oyalar taʼsiri ostida bo‘lgan va o‘z xatolarini anglaganlarning normal hayotga qaytishi bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar ham ijobiy natijalarni bermoqda. Mamlakatda yangi - terrorologiya fani shakllanmoqda, ushbu global hodisalar tahliliga bag‘ishlangan qator monografiyalar, risolalar va maqolalar nashr etilmoqda, dissertatsiyalar himoya qilinmoqda. Ularda o‘zbek modelining mazmun-mohiyati, mazkur makon va zamon tanlamas illatga qarshi kurashishda davlat organlari va jamoatchilik tajribasi har tomonlama ko‘rib chiqilgan. Bu boradagi milliy va xalqaro saʼy-harakatlarni birlashtirish orqali samarali profilaktik chora-tadbirlarni belgilash, terrorizm va ekstremizmning oldini olish, ularni moliyalashtirish manbalari va kanallariga barham berish davlat Xalqaro terrorizm va ekstremizm kabi global hodisalarga qarshi ziyolilar, olimlar, diniy taʼlimot mutaxassislarining kurashi faollashgani jaholatga qarshi maʼrifat bilan javob qaytarishning muhimligini tasdiqlaydi. 2020 yilda Global terrorizm indeksi (Global Terrorism Index) bo‘yicha tadqiqotlar 135 ta davlatni qamrab oldi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston ro‘yxatning 134-pog‘onasini egalladi va bir necha yillardan buyon terrorizm xavfi past bo‘lgan yetakchi davlatlar qatoridan joy oldi. Mamlakatimiz bunday natijaga davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining muvofiqlashtirilgan faoliyati, aholi o‘rtasida tizimli profilaktika ishlarini olib borish orqali erishmoqda. Shuningdek, BMT mojaro zonalaridan ayollar va bolalarni o‘z vataniga qaytarish bo‘yicha o‘zbek modelini ham yuqori baholadi. Siyosatining muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 iyuldagi farmoni bilan 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlanib, yo‘nalishlari belgilandi. Taraqqiyot strategiyasining 76-maqsadida Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini shakllantirish masalasiga e’tibor qaratilgan. Unga ko‘ra, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha samarali davlat siyosati amalga oshiriladi. Xulosa shuki, O‘zbekiston bu kurashda o‘z pozitsiyasiga ega mamlakat sifatida xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro manfaatli tashqi siyosatni amalga oshiryapti. Ushbu sa’y-harakatlar terrorizmning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgani tufayli O‘zbekiston terrorizm xavfidan xoli, eng xavfsiz mamlakatlar qatoridan o‘rin oldi. Biroq mamlakat ichida va tashqarisida diniy radikallashuv xavfining mavjud ekani muammoning sabablarini muntazam tahlil etish va kompleks chora-tadbirlar tashkil etishni taqozo qilmoqda. So‘nggi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “Internet” orqali targ‘ibot o‘tkazish, oila a’zolari, yaqinlari va qo‘shnilarini o‘z guruhiga tortish, yashirin “hujralar” tashkil etish, diniy-ekstremistik mazmundagi materiallarni bosma, elektron ko‘rinishda tarqatish kabi usullarda amalga oshirmoqda. Mutaxassislarning fikricha hozirda 100 mingdan ortiq ekstremizmning turli ko‘rinishlarini o‘zida tashuvchi g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi saytlar faoliyat olib bormoqda. Internet orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jihod, shahidlik, xalifalikni tiklash kabi g‘oyalar singdirlib, ular turli to‘qnashuv va nizo o‘choqlariga jalb qilinmoqda. Muayyan siyosiy kuchlarning nog‘orasiga o‘ynayotgan diniy-ekstremistik va terrorchi oqimlar tomonidan u yerlarda amaliyotni o‘tab kelgan aqidaparast, diydasi qotgan, mustaqil fikrlashdan mahrum, rahnamolarining har qanday buyruqlarini qonun deb biluvchi zombi jangarilardan tinch mintaqalarda ham turli nizolar va beqarorliklarni keltirib chiqarishda foydalanish maqsadi bugun ko‘pchilikka ayon haqiqatdir. Ekstremizm va terrorizmni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olishga qaratilgan preventiv mexanizmlarni takomillashtirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yot g‘oyalar ta’sirini oldini olish va ularning ta’siriga tushib qolganlar bilan tizimli ishlash orqali ularning muammolari bartaraf etiladi. Yoshlarni o‘z safiga chorlayotgan, o‘zini “mujohid” deb tanitayotgan kimsalar tinch aholini qatl etmoqda, ayol-qizlarni xo‘rlab, nomuslariga tajovuz qilmoqda. Norasida bolalarni o‘ldirmoqda. Islomning beshinchi arkoni bo‘lgan haj amalini bajarishga borayotganlarni “toshga sig‘inuvchilar” deb e’lon qilib, ularga tahdid qilmoqda. Dinimiz qiblasi bo‘lgan muqaddas Baytullohni vayron qilishga va’da bermoqda. Tinchlikni asrash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Shu nuqtai-nazardan, globallashuv jarayonlari shiddatli tus olgan hozirgi zamonda xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda milliy g‘urur, iftixor, tuyg‘usini, yanada chuqurroq shakllantirish, yot g‘oyalardan saqlovchi mafkuraviy immunitet shakllantirish O‘zbekistondek buyuk Vanatimiz kelajagiga o‘zini ma’sul hisoblovchi barcha yurtdoshlarimizning, shu jumladan, diniy soha xodimlarining muhim vazifasi bo‘lib qoladi. Foydanilgan adabiyotlar. Rajabova M, Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash muammolari, Terrorizm, 2003. Karimov I. A., Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, Terrorizm, 1997; Karimov I. A., Terrorizm xavfi toʻgʻrisida, Terrorizm, 2001; Karimov I., Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi oʻz kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bogʻliq. Terrorizm, 2004; Download 30.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling