Reja: Texnologik tizimlarning texnik ko’rsatkichlari
Texnologik tizimlarning texnik ko’rsatkichlari
Download 41.06 Kb.
|
Sorbsiya jarayonlarining texnik tizimlari ishonchliligi tahlil qilish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Texnologik tizimlarning ishga yaroqligining tahlili
2. Texnologik tizimlarning texnik ko’rsatkichlariTexnologik tizimlarning texnik ko’rsatkichi, birinchi navbatda, uning sonini va sifatini ba’olovchi parametrlarni xarakterlab, uning qo’llanish doirasi to’g’risida asosiy ma’lumotlar beradi. Odatda, bular qatoriga: texnologik tizimda ishlov beriladigan detal shakli, o’lchami va sirtni taominlash uchun zarur bo’lgan ishlov berish maromini (kesish va surish tezligi, kesish kuchi) o’rnatish, texnologik tizimda har turdagi materiallarga ishlov berishga qo’llanila olishini xarakterlovchi texnologik tizimning texnologik imkoni; texnologik tizim faqatgina ma’lum shakldagi detallarga ishlov berish va hosil qilish bilan xarakterlanibgina qolmasdan, u berilgan ishlab chiqarish sharoitida erishiladigan unimdorligini hamda ishlov berishdagi o’lchamlarning aniqligini ta’minlay olishday imkonlarni ham o’z ichiga olishi mumkin. Zamonaviy yuqori unumdorlik bilan ishlaydigan texnologik tizimlarda takomillashtirilgan texnologik jarayonlar qo’llanilib, bunda ishlov berish maromiga sarflanadigan asosiy va yordamchi vaqtni kamaytirish maqsadda texnologik tizimlar avtomatlashtiriladi. Texnologik tizimning unumdorligini oshirishda, bir vaqtning o’zida, detalni bir qancha yuzalariga ko’p asboblar bilan ishlov berishga harakat qilinadi, lekin buni oqibatida texnologik tizimning sifat ko’rsatkichlarini ishga yaroqli chegaradan chiqib ketish e’timolligiga olib kelinadi. 3. Texnologik tizimlarning ishga yaroqligining tahliliTexnologik tizimlarning ishga yaroqliligi - bu uni shunday holati bo’lib, bunda u berilgan funktsiyadagi vazifani bajarish imkoniga ega bo’libgina qolmasdan, uning ish bajarish davridagi sifat ko’rsatkichlarining parametrlari normativ – texnik hujjatlarda ko’rsatilgan ma’lumotlardan chiqib ketmasligi kerak. Masalan, metall qirqish dastgohlar va boshqalar uchun ularni texnik xarakteristikasida ta’kidlanganday, aniqlik va unumdorlik, ularning sifatini belgilaydigan asosiy parametr bo’lib hisoblanadi. Bu parametrlar dastgohning ish bajarish davrida boshlang’ich holatini saqlab qolishi kerak. Texnologik tizim ekspluatatsiya qilinishi vaqtida ko’p sonli ichki va tashqi kuchlar ta’sirida bo’ladi. Hamma turdagi energiyalar, bulardan asosiylari bo’lgan mexanik va issiqlik energiya texnologik tizimga va uni mexanizmlariga salbiy ta’sir ko’rsatib, uni texnik xarakteristikalarini ruxsat etilgan chegaradan og’ishiga shart-sharoit yaratib beradi. Texnik tizimda sodir etilishi mumkin bo’lgan jarayonlarining bir qismi o’z holatini egallovchi bo’lib, ular vaqtincha bo’lsada, detallar, qismlar va mexanizmlarni hamda tizim parametrlarini ma’lum oraliqda o’zgartiradi, lekin bu parametrlarni birdaniga yomonlashib ketishiga yo’l ochib bermasligi mumkin. O’z holatini egallovchi jarayonga misol tariqasida –deformatsiya bo’lib, u ichki va tashqi kuchlar ta’sirida sodir etiladi. O’z holatiga qaytmaydigan jarayon - vaqt o’tishi bilan texnologik tizimning texnik xarakteristikasini sekin - asta yomonlashishiga olib keladi. Bunga ishchi yuzalarining yemirilishi, zanglashi, ichki kuchlanish va ishorasi o’zgarib turuvchi kuchlar ta’sirida detallar tanasidagi ichki yorilishlar va boshqalar misol bo’la oladi. Texnologik tizim sifat ko’rsatkichlarini o’zgarishiga uni qism va mexanizmlarida sodir bo’ladigan jarayonlarining tezligi katta ahamiyatga ega. Bu jarayonlarning o’tish tezligini miqdoriga nisbatan uchta kategoriyaga ajratish mumkin. Download 41.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling