Reja: Texnologiya darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Download 18.64 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi18.64 Kb.
#1450693
Bog'liq
texnologiya Zuxra24

Texnologiya darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish.


Reja:
1. Texnologiya darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish
2. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarning afzalligi
3. O’quvchilarning texnik ijodkorligini oshirish usullari

Boshlang‘ich ta`lim umumta`lim maktablarining bosh bo‘g‘ini bo‘lgani sababli ana shu jarayonda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e`tibor berish lozim. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mas`uliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina qadam qo‘ygan o‘quvchilarni maktab hayotiga ko‘niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo‘l ochib beradilar. Bolalarning o‘qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining vazifasi mas`uliyatli ekanligini ko‘rsatadi.


Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo‘zg‘otish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir.
Ta’lim–tarbiya mazmuni,maqsad va vazifalari davrlar o`tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda.Hozirda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari ulardan ko`zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimlar, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so`nggi yillarda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan, va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o`z o`rniga ega bo`lgan keng ko`lamli serqirra tushunchadir. Pedagogik texnologiyada ishlab chiqarish sohalaridagi turli texnologiyalardan farqli ravishda ishlov beriladigan material o`quvchi (ta’lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo`lib, ularga o`qituvchi, tarbiyachi tamonidan ma’lum maqsadlarga erishish yo`lida har turli ta’sirlar o`tkaziladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o`rtalarida AQSHda paydo bo`lib, 1940-50 yillar o`rtasigacha «Ta’lim texnologiyasi» deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o`qitishga nisbatan qo`llanilgan. 50-60 yillarda programmalashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan, 70- yillarda «pedagogik texnologiya» iborasi qo`llanilib u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o`quv jarayonini bildirgan.1979 yilda AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan Pedagogik texnologiyani kompleks, integrativ jarayon deb asoslangan va 80- yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli ta’riflar berilgan:
Texnologiya – biror ishda, san’atda, mahoratda qo`llaniladigan usullar, yo`llar yig`indisi. (Izohli lug`at).
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o`zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati metodlar yig`indisi. (V.M.Shepel).
Pedagogik texnologiya – Bu o`qituvchi (tarbiyachi)ning o`qitish (tarbiya) vositalari yordamidao`quvchi ( talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta’sir ko`rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayondir. (N.Saydaxmedov ).
;Pedagogik texnologiya – o`qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo`llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig`indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi;u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat ( B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya – texnika resurslari, odamlar va ularning o`zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallshtirish vazifasini qo`yuvchi o`qitish va bilimlarni o`zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodi. (YUNESKO).
Pedagogik texnologiya – bu o`qitishga o`ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir.U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko`chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.( B.L.Farberman)
Ushbu aytilganlar asosida pedagogik texnologiyaning quyidagi eng qisqa va umumlashtirilgan ta’rifini keltirishimiz mumkin:
“Pedagogik texnologiya – barkamol insonni shakllantirish faoliyati”.
Shu bilan birga pedagogik texnologiyaning keng ko`lamli, serqirra tushuncha ekanligini hisobga olgan holda uning quyidagi yana bir nechta ta’riflarini keltirishimiz mumkin.
Pedagogik texnologiya – axborotlarni o`zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog`liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o`rgatish jarayonidan iborat.
Pedagogik texnologiya – bu o`z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo`yuvchi, butun o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o`zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo`llash va aniqlashning tizimli metodidir.
Pedagogik texnologiya turlari
Pedagogik texnologiyalar uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim sohalari hamda ayrim belgilari bo`yicha turlarga ajratiladi
Uzluksiz ta’lim turlari bo`yicha maktabgacha ta’lim, boshlang`ich ta’lim, tayanch ta’lim, maktabdan tashqari-qo`shimcha ta’lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi pedagogik texnologiyalariga bo`linadi. Shu bilan birga, ta’lim sohalari bo`yicha ona tli, xorijiy tillar, adabiyot, ijtimoiy, tabiiy, aniq fanlar, san’at, sport, texnika, texnologiya, amalaiy fanlar, kasb-hunarlar, maxsus ta’lim pedagogik texnologiyalari mavjud.
Boshlang‘ich sinfda ta`lim jarayonida o‘quvchilarning o‘qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o‘quvchilarni ta`lim jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interfaol metodlar o‘qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi.
Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o‘yin mashqlardan foydalanib, darslar o‘tish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi.
Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi hamda o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining faoliyati o‘quv materialini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e`tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O‘z ishiga ixlos bilan qaragan o‘qituvchida chinakkam ehtiros bo‘ladi.
“Texnologiya” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egallamang, kim bo‘lmang, “Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz bizga hayotda, albatta, naf keltiradi. “Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uyro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz.
Texnologiya darslarida zamonaviy (innovatsion, pedagogik va axborot) texnologiyalarini qo‘llashning asosiy bo'limlari «Texnologiya va dizayn», «Servis xizmati» hamda «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlari berilgan. Siz ulardan birini to‘liq o‘rganasiz. Shuni e’tiborga olish kerakki, «Texnologiya va dizayn» yo‘nalishi uchun darslikda «Elektrotexnika ishlari» hamda «Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ta’mirlash» nomli boblar berilgan. Bu boblarni «Qishloq xo‘jalik asoslari» yo‘nalishlarini o‘rganayotgan o‘quvchilar ham o‘rganadilar. Siz mashg‘ulotlar va uyushtiriladigan sayohatlar davomida ko‘plab sohalarga oid kasbhunar turlari bilan tanishasiz. Kelajak hayotingizda shu kabi kasb-hunarlardan birini egallab, o‘z sohasining mohir ustasi bo‘lib yetishasiz. Bu bilan siz jamiyatimiz ravnaqi uchun o‘z hissangizni qo‘shasiz. Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogik texnologiya, texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish, texnologik tayyorgarlik haqida so’z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta’riflar beriladi. Menimcha, avvalo «texnologiya» so’zining ma’nosini bilish maqsadga muvofiq. «Texnologiya» so’zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar olish maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan xom-ashyo va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni anglatadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zida uni «texno» - hunar yoki san’at, «logos» - fan deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati haqidagi fan sifatida e’tirof etishadi. Shu nuqtai nazardan bo’lsa kerak, Yevropa mamlakatlarida, jumladan Germaniya va Rossiya maktablarida «Mehnat ta’limi» o’quv predmetini «Texnologiya» yoki «Texnologik ta’lim» deb yuritilishi maqsadga muvofiq hisoblayman. Bundan tashqari, o'quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma’lumotlarni o‘rganish; texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish; texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo‘llay olish; texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish; texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish; buyum va jarayonlarni bajarishga oid xulosalar chiqarish hamda mehnat operatsiyalarini, mahsulot sifatini baholay olish; ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash ishlarini amalga oshirishda tayanch va texnologiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya fani boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda “Texnologiya va dizayn”, “Servis xizmati” yo‘nalishlarida o‘qitiladi.
Download 18.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling