Reja: Til – belgilar sistemasi sifatida va semiotika


Nutq birliklari va ularga xos xususiyatlar


Download 229.7 Kb.
bet6/8
Sana27.01.2023
Hajmi229.7 Kb.
#1130596
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-ma\'ruza

Nutq birliklari va ularga xos xususiyatlar
1. Tovush – nutq birligi, fonemaning nutqda voqelashgan, reallashgan moddiy shakllanga asosi. Tovush til birliklari – morfema, leksemalarning moddiy qobig‘i, ifoda tomoni hisoblanadi. Tovush xususiylik sifatida fizik, akustik, fizioligik va lisoniy xususiyatlarga ega. U fonemaga nisbatan birlamchi hodisa va fonema bo‘la oladi, muayyan birliklarni funksional-semantik jihatdan farqlaydi va ijtimoiy vazifani bajaradi.
2. So‘z – nutq birligi bo‘lgan tovushlar kompleksidan tashkil topgan ijtimoiy belgidir. U tilda tayyor turadigan, imkoniyatlar majmuasi bo‘lgan leksemaning voqelanishi, ro‘yobga chiqishi, moddiy ko‘rinishidir. Demak, so‘z xususiylik sifatida namoyon bo‘ladi va perseptiv (tovush tomoniga egalik), nominativ (atash funksiyasi) va signifikativ (ma’no, tushuncha ifodalash) vazifalarni bajaradi.
3. So‘z birikmasi – leksema va so‘zlarning nutq jarayonida erkin birikuvidan tashkil topadigan, nutq jarayonida yetishtiriladigan birlik. U gap bilan so‘z orasidagi oraliq nutqiy birlik – nutq mahsuli sifatida baholanadi va gap uchun qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. So‘z birikmasi ham nominativ – atash vazifasini bajaradi, uning ma’nosi tarkibidagi mustaqil so‘zlar ma’nolaridan kelib chiqadi, biroq ushbu so‘zlar semantikasiga qaraganda aniqroq, chuqurroq, murakkabroq va kengro mazmunga ega. So‘z birikmasi tarkibidagi komponentlar o‘zaro tobe-hokim munosabatida bo‘ladi. Har bir so‘z birikmasi asosida so‘z valentligi – so‘zlarning birikuvchanlik imkoniyati yotadi.
4. Gap – ifoda va mazmun jihatlariga ega bo‘lgan, fikr ifodalash (axborot olish va axborot berish), ya’ni kommunikatsiya akti birligi hisoblanadi. Gap grammatik, intonatsion tugallikka ega bo‘lgan va muayyan hukmni bildiradigan birlik. Ayni paytda gapda borliqga munosabat – modallik ham ifodalanadi.
Til va nutq birliklari o‘zaro paradigmatik, sintagmatik va izomorfik munosabatda bo‘ladi. Paradigmatik munosabat til birliklarining umumiy grammatik ma’nolariga ko‘ra bir qatorga, paradigmaga birlashgan bo‘lib, bunga misol sifatida so‘zlarning turlanish yoki tuslanish qatoriga birlashishi va bosh, asosiga ko‘ra farqlanishini keltirish mumkin. Masalan, kitob, kitobni, kitobning, kitobda, kitobdan so‘zlarining ma’nosi bosh kelishik shakliga ko‘ra qiyoslanadi va muayyan til birliklarining vertikal yo‘nalishdagi imkoniyatlari sifatida baholanadi. Nutqiy vaziyatda esa ulardan bittasigina voqelanadi.
Sintagmatik munosabatda esa til birliklarining o‘zaro semantik-sintaktik munosabatga kirishishi va gorizontal yo‘nalishda birikmalar hosil qilishi tushuniladi: kitobning qadri, kitobni o‘qish kabi. Demak, paradigmatik munosabat til birliklarining nutqgacha bo‘lgan til hodisasi bo‘lsa, sintagmatik munosabat til birliklarining nutq jarayonidagi mantiqiy munosabatidir va u nutq hodisasi sifatida qaraladi. Nutq jarayonida tovushdan so‘z, so‘zdan so‘z birikmasi, so‘z birikmasidan gap hosil qilinishi, ularning asosida turgan til birliklari fonema, morfema, leksemalarning ham muayyan til modelini hosil qilishda o‘zaro shunday munosabatda turishi ularning ierarxik munosabatini ko‘rsatadi.



Download 229.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling