Reja: Til ijtimoiy hodisa sifatida. Dunyo tillari va o‘zbek tilining o‘rni


O‘zbekiston – ko‘p millatlik davlat


Download 117.79 Kb.
bet2/3
Sana09.06.2023
Hajmi117.79 Kb.
#1468709
1   2   3
Bog'liq
щщщщщщщщщщщщщщщщщ

O‘zbekiston – ko‘p millatlik davlat. Respublikada 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. O‘zbekiston aholisining 80 foizdan ortig‘ini o‘zbeklar tashkil etib, ularning umumiy aholi sonidagi ulushi muntazam oshib bormoqda.

Davlat muassasasi, matbuot, radio, televideniye va ta’lim, madaniyat va ilmda adabiy tildan foydalaniladi. Adabiy til umumxalq tilidan tashqarida bo‘lmaydi. Adabiy tili bo‘lishi uchun umumxalq tili a) yozuv bilan ta’minlangan bo‘lishi; b) qonun-qoidasi aniqlangan bo‘lishi; c) mutaxassislar tomonidan qayta ishlangan bo‘lishi lozim. Dunyodagi ko‘pgina tilning hozir ham adabiy shakli yo‘q. Adabiy tilning og‘zaki va yozma ko‘rinishi mavjud. Og‘zaki shakl so‘z, tovush, gap, ohang, pauza (to‘xtam) bilan, yozma shakli esa harf, yozuv, tinish belgisi bilan ish ko‘radi. Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakli o‘z me’yoriga ega. Uning og‘zaki shakli kishi uchun bevosita, yozma adabiy til esa bilvosita aloqa vositasi. Chunki yozuvda qog‘oz, ruchka, yorug‘lik bo‘lishi kerak. Og‘zaki muloqotda bu shart emas. Adabiy til lahja va sheva negizida umumlashtirish, qat’iy me’yorni ishlab chiqish yo‘li bilan hosil qilinadi va undan oziqlangan holda muttasil rivojlanib boradi. Shuning uchun adabiy til xalq shevasidan uzilmagan. Milliy til uchun sheva boyishning ichki manbasi hisoblanadi. Boshqa tildan so‘z olib rivojlanish tashqi manbadir.
Faqat muayyan hududga xos til shakli sheva, bir-biriga yaqin bo‘lgan sheva yig‘indisi lahja deb yuritiladi. O‘zbek umumxalq tili taridbida uchta lahja bor: qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh); qipchoq lahjasi (janubiy-g‘arbiy guruh); o‘g‘iz lahjasi (shimoliy-g‘arbiy guruh).

Dаvlаt tili mustаqil dаvlаtning muhim bеlgisidir. Til dаvlаt himоyasigа muhtоj bo‘lgаndа, undаn fоydаlаnishni bаrqаrоrlаshtirishgа ehtiyoj sеzilgаndаginа, uning rivоji uchun shаrt-shаrоit lоzim dеb tоpilgаndаginа ungа qоnun yo‘li bilаn dаvlаt tili mаqоmi bеrilаdi. Tilgа dаvlаt tili nufuzining bеrilishi esа mustаqil dаvlаtning suvеrеn huquqi hisоblаnаdi.
O‘zbek tili mavqeyini mustahkamlash borasida mamlakatimizda qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.
1989-yil 21-oktabrda istiqlol sari tashlangan dadil qadam sifatida O‘zbekiston Respublikasining 30 moddadan iborat “Davlat tili haqida”gi tarixiy qonuni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 31-avgustda mustaqil davlat deb e’lon qilinishi qaddimizni bukib kelgan barcha tahqir va tazyiqlardan ozod etdi. “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun – 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni deb e’lon qilindi va har yili boshqa bayramlar qatori yuqori ko‘tarinkilik bilan nishonlanib kelinmoqda.
Mazkur tarixiy qonun qabul qilingan paytda O‘zbekiston Respublikasi hali sobiq sho‘rolar davlati tarkibida bo‘lib, birgina qonun qabul qilish bilan o‘zbek tilining mamlakat ichida va undan tashqaridagi obro‘-e’tibori, xalqaro mavqeyini tezdan tiklash qiyin edi. Shuningdek, mazkur qonunda o‘zbek tili bilan bir qatorda rus tiliga ham millatlararo muomala tili sifatida bir talay imtiyozlar ham berilgan ediki, bu hol ham o‘zbek tilining davlat tili sifatida keng miqyosda qo‘llanishiga biroz bo‘lsa-da, soya tashlar edi. Shuning uchun ham istiqlolga erishilgach, qonun qayta ishlanib, davr talabidan ortda qolayotgan moddalar yangilari bilan almashtirildi, mustaqil davlat hayotiga mos keluvchi yangi tahrirda 1995-yil 21-dekabrda qabul qilindi. Avvalgi qonun 30 moddadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, yangi tahrirdan so‘ng u 24 moddaga keltirildi. Qonunning 1-moddasidayoq “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir” deyilgan. Mazkur moddaning o‘ziyoq respublikamizda ish yuritish – hujjatlar bilan bog‘liq barcha ishlarning davlat tilida olib borilishi lozimligini talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-sentabrdagi 311-sonli qarori bilan “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining amalga oshirilishini ta’minlash Davlat dasturi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan yangi tahrirda tasdiqlandi. Davlat dasturiga asoslanib O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 1996-yil 14-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida” (yangi tahrirda)gi Qonunini bajarish tadbirlari to‘g‘risida 267-sonli buyruq chiqardi. Unda o‘quv yurtlarida xodimlar va talabalar uchun “Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” kurslarini 1997-yildan e’tiboran doimiy ravishda tashkil etish qat’iy qilib qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son farmoni, 2020-yil 20-oktabrdagi „Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-6084-son farmoni qabul qilindi. Mazkur me’yoriy hujjatlarda „o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash“ asosiy maqsad qilib belgilangan. 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida nazarda tutilgan vazifalar barcha soha vakillarining, ayniqsa, filolog o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirishi tabiiy. Jumladan, konsepsiyada ustuvor vazifa sifatida belgilangan mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish; ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish; davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish masalalari nafaqat filologik sohavakillariga, balki hayotimizning barcha jabhasida faoliyat yuritayotgan har bir fuqaroga tegishli ekanligi shubhasizdir.
Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga „O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi“ fani kiritilgan bo‘lib, talabalarga amaliy mashg‘ulot sifatida o‘qitilmoqda. Mazkur fanning maqsadi:

Download 117.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling