Reja: Til ijtimoiy hodisa sifatida. Dunyo tillari va o‘zbek tilining o‘rni


Download 117.79 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi117.79 Kb.
#1468709
  1   2   3
Bog'liq
щщщщщщщщщщщщщщщщщ


Reja:


1. Til ijtimoiy hodisa sifatida. Dunyo tillari va o‘zbek tilining o‘rni.
2. Umumxalq tili, milliy til, adabiy til va Davlat tili tushunchalari.
3. O‘zbek tili va huquqiy-me’yoriy hujjatlar.
4. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘qitilish asoslari.

Til – eng muhim aloqa vositasi. Til yordamida suhbatlashib, savol-javob qilamiz. Til yordamida fikrni ifodalab, tushuntiramiz. Ajdoddan ma’lumot olib, avlodga uzatamiz. Tilning eng muhim aloqa vositasi ekanligi shunda namoyon bo‘ladi. Insonning eng asosiy, uni boshqa jonzotdan farqlab turuvchi belgisi - ong va tilga egaligi. Til faqat insonga va u mansub jamiyatga xos bo‘lgan hodisa. Til bir kishi tomonidan emas, balki kishilik jamiyati tomonidan uzoq davr mobaynida yaratilgan. Shuningdek, u ayrim shaxsga emas, balki jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun til ijtimoiy hodisa deyiladi.

Til – yaxlit bir butunlik. Borliqdagi barcha narsa qismdan tashkil topganligi kabi til ham gap, so‘z birikmasi hosil qilish va so‘z yasash qolipi, so‘z, qo‘shimcha va tovushdan iborat. Ana shu qismlar bir-biri bilan turli qonun-qoida, tartib asosida birikib butunlikni, ya’ni tilni hosil qiladi. Biror tilning qachon paydo bo‘lganini taxminan aytish mumkin. Masalan, manbalarda o‘zbek tili XV asrda shakllanib bo‘lgan, boshqa turkiy tillardan ajralib chiqqan deyiladi. Biroq, umuman insoniyatga xos tilning qachon paydo bo‘lganini aniqlab bo‘lmaydi.
Har qanday ixtiro yoki kashfiyot til bois ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib yashab kelmoqda. Shu bois har bir til o‘z egasi uchun nihoyatda qadrli va aziz hisoblanadi.

Til moddiy, ma’naviy merosni saqlash va boyitishning eng kuchli vositasi hisoblanadi. YUNESKO hisob-kitobiga ko‘ra, mavjud 7 mingga yaqin tilning yarmi joriy asrda o‘zining oxirgi sohiblaridan ajralishi mumkin. Ba’zi farazlarga ko‘ra, asr oxiriga kelib mavjud tillarning 95 foizi o‘lik tilga aylanadi. Har oyda dunyo miqyosida ikkitadan til o‘layotganligi – dahshatli hodisa!
Til nega o‘ladi? Chunki odamlar undan foydalanmay qo‘yishadi, keng qo‘llanishdagi va „obro‘li“ tillarga ustuvorlik berilishi natijasida bolalar bu tilda ta’lim olmaydi.
Tillar xavfsizligi alifbo-imlo, ko‘p sonli so‘zlashuvchilarga egalik, davlat tili maqomi va axborot-kommunikatsiyalari sohalari, Internet tili ekanligi omillari bilan ta’minlanadi. Bular tillar yashovchanligi uchun yaxlit mezondir. Albatta, bizning ona (o‘zbek) tilimizning ham o‘z alifbo va imlosiga, davlat tili maqomiga egaligi, 30 milliondan ortiq so‘zlashuvchisi borligi kishini xushnud qiladi. Biroq achchiq bo‘lsa-da, ta’kidlash kerakki, uning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet tili darajasiga ko‘tarilmayotganligi va, ayniqsa, bu borada hech qanday na nazariy, na amaliy va na tashkiliy ishlar olib borilmayotganligi uning ham mazkur xavfdan butkul xoli emasligini ko‘rsatadi.



Download 117.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling